Men, Sherbekova Shahzoda Asqarovna 1997-yildan boshlang’ich sinf o’qituvchisi lavozimidan boshlaganman.
Pedagogik ish stajim - 23-yil
Ma’lumotim – oliy
Toifam – 1
2019-2020 o’quv yilida 9 – IDUM qoshidagi 1-“A” sinfda ish faoliyatimni olib bordim. Darslarni muntazam reja asosida o’tib, o’quvchilarni chuqur bilim ko’nikma va malakalarini egallashga astoyidil harakat qildim. Darslarni zamonaviy, yangi pedagogik texnologiyalar, ko’rgazmali AKT vositalaridan foydalangan holda o’tishga harakat qildim. Darslar jarayonida o’quvchilarni og’zaki nutqini rivojlantirishga, mantiqiy fikrlashga, xusnixat asosida yozishga, rasmlar asosida so’zlashga, turli boshqotirmalar, testlar yechishga undadim. Darslar jarayonida “Zinama – zina”, “O’yla, izla, top”, “Kim chaqqon?” , “Aqliy hujum”, “Klaster”, “Tez-tez” kabi metodlardan foydalanib o’tdim. O’quvchilarni bo’sh vaqtlarini unumli o’tkazish maqsadida matematika fanidan “Qiziqarli maematika” to’garagini reja asosida muntazam o’tdim. Bunga sinfdagi barcha o’quvchilarni jalb qildim. Dars berish bilan bir qatorda turli tadbirlar ochiq darslar o’tishga erishdim.
12 – noyabr kuni sinf ota – onalari ishtirokida savod o’rgatish fanidan “Shsh harfi va sh tovushi” mavzusida ochiq dars tashkil qildim. Bunga barcha ota – onalar tashrif buyurishdi.
21-noyabr kuni maktab jamoasi bilan o’tkazilgan “Hosil” bayramida sinf o’quvchilari ham faol ishtirok etdilar. Ular o’z she’r, qo’shiq va raqslari bilan chiqishlarini namoyish etishdi.
6 – dekabr kuni Konstitutsiya kuniga bag’ishlab “Konstitusiya – baxtimiz poydevori” mavzusida kichik tadbir o’tkazildi. Unda o’quvchilar o’z huquq va burchlari haqida fikr almashdilar.
26 – dekabr kuni o’quvhcilarning “Savodxonlik muborak” tadbiri tantanali ravishda nishonlandi. O’quvchilar o’zlarining she’r, qo’shiq, raqs, sahna ko’rinishilari bilan ota – onalar va tadbir ishtirokchilarini mamnun etdilar.
27-fevral 2020-yilda 1-“A” sinf o’quvchilari va 3 – “V” sinf o’quvchilari ishtirokida “Kitobim – oftobim” marafoning ochilish tadbirini namoyish etdilar. Tadbirda rasmlar tanlovi she’rlar, qo’shiqlar, raqslar, sahna ko’rinishlari namoyish etildi.
1 – “A” sinf o’quvhiolarinig o’zlashtirish samarodirligi 88% ni davomat esa 97% ni tashkil etdi.
2019 – yil Uchtepa tumanidagi “Orom” 38 – maktabda 5 ta tashabbusning 4 - yo’nalishi yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o’rtasida kitobxonlikni keng targ’ib qilish bo’yicha shahar seminarida o’z mavzuyimni trening mashg’ulot sifatda yoritib berdim.
2019 – yil 26 – fevralda Angliyaning London shahrida “Xalqaro konferesnsiya” jurnalida “Kichik yoshdagi o’quvchilarning komunikativ universal ta’lim harakatlarini shakllantirishning asosiy qiyinchiliklari” mavzusida maqolam chop etilib diplom bilan taqdirlandim.
Men faoliyat yuritayotkan 1 – “A” sinf ota – onalari bilan muntazam ishlar olib bordim, ular bilan o’z farzandlarining o’qishlari, qiziqishlari, intilishlari, olayotgan bilimlari, tartib intizomi va odob-axloqi haqida muntazam suhbatlar olib bordim.
Do'stlaringiz bilan baham: |