Maxsus ta’limi vazirligi



Download 73,83 Kb.
bet1/3
Sana02.07.2022
Hajmi73,83 Kb.
#731693
  1   2   3
Bog'liq
adabiyotning tur va xillari kurs ishi



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA
MAXSUS TA’LIMI VAZIRLIGI

BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI

FILOLOGIYA FAKULTETI

Filologiya va tillarni o’qitish(o’zbek tili) ta’lim yo’nalishi


Talabasi IBRAGIMOVA GO’ZALNING

“IJROVIY LIRIKANING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI”


mavzusidagi
KURS ISHI

Ilmiy rahbar: O’zbek tili va adabiyoti kafedrasi o’qituvchisi:R.S.Qodirova

MUNDARIJA
Kirish………………………………………………………………………………
I bob.Adabiyotning tur va xillari…………………………………….
1.1.Lirik turning spetsifik xususiyatlari…………………………..
1.2.Lirik tur va uning janrlari…………………………………………..
II bob.Ijroviy lirika………………………………………………………….
2.1.Avtopsixologik lirikaning o’ziga xos xusisiyati……………
2.2. Lirik asarlarni janrlarga ajratish prinsiplari. ………………………..
Xulosa……………………………………………………………………………
Adabiyotlar ro’yxati…………………………………………………………….

Kirish
Mavzuning dolzarbligi. Prizdentimiz Shavkat Mirziyoyev:”Adabiyot ,san’at va madaniyat yashasa,millat va xalq,butun insoniyat bezavol yashaydi”1 deb fikr bildirganlar.Adabiyot deganda Fitratning quyidagi gaplarini yodga olish joizdir:


“Adabiyot-fikr,tuyg’ularimizdagi to’lqinlarni so’zlar,gaplar yordami bilan tasvir qilib,boshqalarda ham xuddi shu to’lqinlarni yaratmoqdir. Bu ta’rif adabiyotning to’g’ri ta’rifidir.Shu bilan yozilgan asarlarga adabiy asarlar deyiladi”.2
Adabiyot san’atning bir turi voqelikni so’z yordamida obrazlar orqali aks ettiradi.Adabiyot avval og’izaki bo’lgan,yozuv paydo bo’lgandan so’ng yozma shaklga o’tgan.Adabiyot so’z orqali insonning his-tuyg’ularini keng va chuqur aks ettirish imkoniyatiga ega,shuning uchun ham u san’atning eng ommaviy turi hisoblanadi.Badiy adabiyotning yetakchi 3 turi-epos,lirika,drama mavjud.Epos voqelikni o’zini in’ikos etadi,lirikada esa insonning voqelikdan olgan taassurotlari qo’shib tasvirlanadi.SHarq qadimdan she’riyat tuyg’ulari o’lkasi bo’lgan.Shu boisdan sharq badiiy adabiyotida ayniqsa lirika keng rivojlangan.Drama hayotni harakatda ifodalab,muallif nutqisiz aks ettiradi.Adabiyotda qorishiq turlar ham mavjud.Masalan: lirika va epos xususiyatlari birlashib liro-epik turni tahkil topadi.Liro-epik turga poema,ballada,doston,masal kabilar kiradi.Hozirgi o’zbek adabiyotida adabiyotning tasvir ob’ekti umumiy ijtimoiy voqelik bo’lsa,bosh tasvir bo’ekti esa insondir.

Mavzuning o’rganilishi. O’zbek adabiyotida lirikaning turlari.Ijroviy lirikaning adabiyotda o’ziga xos o’rni.


Kurs ishining maqsad va vazifalari. Adabiyot turlarini o’rganib,lirikani turlarini o’rganish.Ijroviy lirikaga chuqurroq to’xtalib,o’rganish bosh maqsadimiz.
Maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalarni bajarish lozim deb topdik:
-Adabiyot turlarini yoritish;
-Lirikaning o’ziga xosligi;
-ijroviy lirikaning o’ziga xos xususiyatlari;
Tadqiqot natijalarining nazariy va a’maliy ahamiyati.
Ushbu kurs ishi adabiyotni chuqurroq o’rganishga bag’ishlanganligi bilan ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi. Uning natijalari kelgusida amalga oshiriladigan izlanishlar uchun muayyan ahamiyatga ega bo’ladi,deb o’ylayman.Maskur kurs ishi xulosa va natijalaridan quyidagi masalalarni hal etishda foydalanish mumkin. O’rta umumta’lim maktablarida adabiyotning lirikaga oid mashg’ulotlarni tashkil etishda,kursning nazariy xulosalaridan oliy o’quv yurtlari va akademik litsey hamda kollejlar,o’rta umum ta’limlar uchun darslik va qo’llanmalar yaratishda,uslubiy tavsiyanomalar tuzishda,talabalarga maxsus kurslar o’qitishda foydalanish mumkin.
Kurs ishi tartibi. Kurs ishi kirish,ikki bob,umumiy xulosalar hamda foydalanilgan adabiyotdan iborat.
Adabiyot (arabcha — adab soʻzining koʻpligi) — 1. Fan va amaliyotning biror sohasidagi yutuqlarni umumlashtiruvchi asarlar majmui (texnikaviy adabiyot, qishloq xoʻjaligi adabiyoti, siyosiy adabiyot va boshqalar). 2. Sanʼatning bir turi (badiiy adabiyot deb ham ataladi); voqelikni soʻz yordamida obrazlar orqali aks ettiradi. Adabiyot avval ogʻzaki boʻlgan, yozuv paydo boʻlgandan soʻng yozma shaklga oʻtgan. Adabiyot soʻz orqali insonning his-tuygʻularini keng va chuqur aks ettirish imkoniyatiga ega, shuning uchun ham u sanʼatning eng ommaviy turi hisoblanadi. Badiiy adabiyotning yetakchi 3 turi — epos, lirika, drama mavjud. Epos voqelikning oʻzini inʼikos etadi, lirikada esa insonning voqelikdan olgan taassurotlari qoʻshib tasvirlanadi. Sharq qadimdan she’riyat tuygʻulari oʻlkasi boʻlgan. Shu boisdan Sharq badiiy adabiyotida ayniqsa lirika keng rivojlangan. Drama hayotni harakatda ifodalab, muallif nutqisiz aks ettiradi. Adabiyotda qorishiq turlar ham mavjud. Mas, lirika va epos xususiyatlari birlashib liro-epik turni tashkil etadi. Liro-epik turga poema, ballada, doston, masal kabilar kiradi. Epos, odatda, 3 ga boʻlinadi: kichik epik shakl (latifa, ocherk, ertak, hikoya), oʻrta epik shakl (qissa) va katta epik shakl (roman). Lirika mazmun va shaklga koʻra, gʻazal, muhammas, marsiya, ruboiy, qasida, sonet, qoʻshiq va boshqalarga boʻlinadi. Dramatik adabiyotning ham mazmu-nan 3 xili bor: drama, komediya va tragediya (fojia). Adabiyot sanʼatning boshqa turlari kabi mafkuraviy hodisadir. Adabiyotda voqelikni aks ettirish tamoyiliga koʻra, adibning ijodiy usuli paydo boʻladi. Voqelikdagi tipik hodisalar umumlashtirilgan holda haqqoniy aks ettirilsa, realistik adabiyot deyiladi. Yozuvchi ayni voqelikni emas, balki u haqidagi oʻz orzu-umidlarini ham ifoda etsa, romantik adabiyot boʻladi. Adabiyotning badiiylik mezoni uning gʻoyaviy-badiiy jihatdan mukammal boʻlishini taqozo qiladi.
Bu hol asar mavzuining dolzarbligi, ifoda etadigan gʻoyasining toʻgʻriligi, tasvir haqiqatining chuqurligi, badiiy shakl tarkibiy qismlarining mukammalligidan yuzaga keladi. Har bir adabiyot milliydir, shunga koʻra har bir xalqning tarixiy hayotidagi va ruhiyatidagi xususiyatlar adabiyotning milliyligi mazmunini tashkil etadi va oʻziga xos milliy shaklni yuzaga keltiradi. Milliy shaklning yuzaga kelishida adabiyot tomonidan uzoq davr mobaynida yigʻilgan tajriba va anʼananing ham ahamiyati kattadabiyot Xalq hayotidagi yangi davr esa adabiyotni yangi, yuqoriroq bosqichga koʻtaradi, uning mazmuni va shaklini ham yangilaydi, ham boyitadi. Yangilangan adabiyot oʻz navbatida yangi jamiyatning mustahkamlanishida qudratli qurol vazifasini oʻtaydi. Hozirgi zamon oʻzbek adabiyotda adabiyotning tasvir ob’ekti umuman ijtimoiy voqelik boʻlsa, bosh tasvir ob’ekti esa insondir. Adabiyotda insonning ijtimoiy mohiyati umumlashtirilgan holda ifoda etiladi. Shuning uchun ham adabiyotning maqsadi maʼlum bir ijtimoiysiyosiy kuchning mohiyatini toʻla ifodalash va ayni vaqtda keskin individuallashgan badiiy obraz yaratmoqdir. Yaratilgan bunday obrazlarning eng mukammali „tip“ deb ataladi. Navoiy asarlaridagi Farhod, Shirin, Majnun, Layli, Iskandar obrazlari; Shekspir asarlaridagi Otello va Hamlet; Abdulla Qodiriy asarlaridagi Otabek va Kumush tip darajasiga koʻtarilgan obrazlardir.

I BOB.ADABIYOTNING TUR VA XILLARI


1.1.Lirik turning spitsifik xususiyatlari
Adabiyot tarixi ayrim tur va janrlarning paydo bo`lishi va taraqqiyoti tarixidir. Bu tur va janrlarning paydo bo`lishi va taqdiri tarixiy taraqqiyot taqozosi bilan
bog`liqdir. 
Adabiyotda hayotni badiiy ifodalashning uch turi mavjud: - epik; - lirik; - dramatik. 
Adabiyotni bu kabi uch turga bo`lish qadim zamonlardan ma’lum bo`lib, hozirgacha davom etib kelyapti. Demak, ana shu uch tur hayotni ifodalash vazifalariga to`la muvofiq keladi. CHunki ana shu uch Shaklda badiiy adabiyot insonning bir daqiqalik tuyg`u va kechinmalaridan tortib, butun bir tarixiy davr voqeligini ifodalashgacha bo`lgan ulkan vazifani uddalay oladi. Hozirda ham adabiyot hayotni aks ettirish usuliga ko`ra uch turga bo`linadi. Har bir tur, o`z navbatida, hayotni ifodalash vazifalariga to`la muvofiq keladi. CHunki ana shu uch Shaklda badiiy adabiyot insonning bir daqiqalik tuyg`u va kechinmalaridan tortib, butun bir tarixiy davr voqeligini ifodalashgacha bo`lgan ulkan vazifani uddalay oladi. Hozirda ham adabiyot hayotni aks ettirish usuliga ko`ra uch turga bo`linadi. Har bir tur, o`z navbatida, hayotni ifodalash Shakliga qarab, o`z ichida bir necha janrga bo`linadi. Masalan, epik tur: - epos, roman, roman-epopeya, qissa, hikoya, ocherk. 
Dramatik tur: - tragediya, komediya, drama, tragikomediya. 
Lirik tur: - umuman, kichik lirik Shakldagi barcha lirik she’r Shakllarini o`z ichiga oladi.
Bundan tashqari, u yoki bu turga kiritish mumkin bo`lmagan Shakllar ham mavjud. Liro-epik tur ana shunday o`rtaliq turlardan sanaladi. 
Liro-epik tur: - she’riy roman, doston, ballada, masal. 
Har bir janr hayotiy voqelikni aks ettirish xarakteriga ko`ra o`z ichida bir necha turga bo`linadi: tarixiy roman, maishiy roman, psixologik roman, falsafiy roman, fantastik roman, sarguzasht roman, satirik roman, sotsial roman va hokazo. Bu kabi tur va janr xillari ko`pincha sof holda emas, birbiriga aralashgan holda uchraydi. Badiiy adabiyotning bu rangbarang tur va janrlarga bo`linishi tasvir ob’ekti taqozosi bilan vujudga kelgandir.
EPIK TUR. Voqea va xarakterlar muallifdan tashqarida qilib beriladi. Muallif esa, hikoyachi sifatida bo`ladi. Bu turda voqealar keng tasvirlanadi, inson va uni qurShab olgan muhit voqeligi to`la va har tomonlama beriladi. Bu turda hayotni ifodalashning har xil usullaridan foydalaniladi. SHuning uchun ham epik turda voqelik keng qamrab olinadi. 
Epik tur uchun xos bo`lgan yana bir xususiyat - voqealar bo`lib o`tgan qilib beriladi. Bu xususiyat muallifga voqealarni tasvirlabgina qolmasdan, izohlash, ularga munosabat bildirishga ham imkon yaratadi. Hikoya ko`pincha uchinchi Shaxsda bo`ladi. Masalan, «Qutlug` qon», «Anna Karenina». SHuningdek, hikoya birinchi Shaxs tilidan ham berilishi mumkin. «Davr mening taqdirimda», «Qadrim», «Zamonamiz qahramoni». 
Epik tur voqelikni qamrab olish kengligi jihatidan 3 ga bo`linadi: 
Yirik epik Shaklda inson hayotining ma’lum bir davri uni ko`plab boshqa Shaxsla taqdiri bilan bog`lab beradi. Bunga quyidagilar kiradi: - epos, roman, roman-epopeya. 
O`rta epik formada inson hayotining ma’lum bir davri, bir necha epizodi beriladi. Bunga quyidagilar kiradi: - qissa. 
Kichik epik formada inson hayotidan muhim bir epizod olinadi. Bunga hikoya, novella, ocherk kiritiladi. Adabiyot tarixi ayrim tur va janrlarning paydo bo`lishi va taraqqiyoti tarixidir. Bu tur v janrlarning paydo bo`lishi va taqdiri tarixiy taraqqiyot taqozosi bilan bog`liqdir. Adabiyotda hayotni badiiy ifodalashning uch turi mavjud: - epik; - lirik; - dramatik. Adabiyotni bu kabi uch turga bo`lish qadim zamonlardan ma’lum bo`lib, hozirgacha davom etib kelyapti. Demak, ana shu uch tur hayotni ifodalash vazifalariga to`la muvofiq keladi. CHunki ana shu uch Shaklda badiiy adabiyot insonning bir 
daqiqalik tuyg`u va kechinmalaridan tortib, butun bir tarixiy davrvoqeligini ifodalashgacha bo`lgan ulkan vazifani uddalay oladi. 
Hozirda ham adabiyot hayotni aks ettirish usuliga ko`ra uch turga bo`linadi. Har bir tur, o`z navbatida, hayotni ifodalash vazifalariga to`la muvofiq keladi. CHunki ana shu uch Shaklda badiiy adabiyot insonning bir daqiqalik tuyg`u va kechinmalaridan tortib, butun bir tarixiy davr voqeligini ifodalashgacha bo`lgan ulkan vazifani uddalay oladi. Hozirda ham adabiyot hayotni aks ettirish usuliga ko`ra uch turgabo`linadi. Har bir tur, o`z navbatida, hayotni ifodalash Shakliga qarab, o`z ichidabir necha janrga bo`linadi. Masalan, epik tur: - epos, roman, roman-epopeya, qissa, hikoya, ocherk. 
Dramatik tur: - tragediya, komediya, drama, tragikomediya. 
Lirik tur: - umuman, kichik lirik Shakldagi barcha lirik she’r Shakllarini o`z ichiga oladi. Bundan tashqari, u yoki bu turga kiritish mumkin bo`lmagan Shakllar ham mavjud. Liro-epik tur ana shunday o`rtaliq turlardan sanaladi. 
Liro-epik tur: - she’riy roman, doston, ballada, masal. 
Har bir janr hayotiy voqelikni aks ettirish xarakteriga ko`ra o`z ichida bir necha turga bo`linadi: tarixiy roman, maishiy roman, psixologik roman, falsafiy romanfantastik roman, sarguzasht roman, satirik roman, sotsial roman va hokazo. Bu kabi tur va janr xillari ko`pincha sof holda emas, bir-biriga aralashgan holda uchraydi. Badiiy adabiyotning bu rangbarang tur va janrlarga bo`linishi tasvir ob’ekti taqozosi bilan vujudga kelgandir. Biroq san’atkorning roman yoki lirika janriga murojaat qilishi sabablarini bevosita hayot voqeligiga bog`lab qo`ya berish adabiy jarayonni vulpgarlashtirish bo`ladi. San’atkorning u yoki bujanr Shakllarga murojaat qilishi uning mahoratiga ham bog`liqdir. Ba’zi san’atkorlar buyuk iste’dodga ega bo`ladilar va adabiyotningbarcha tur va janrlarini mukammal egallaydilar. SHuning uchun hayot voqeligi taqozosi bilan istalgan janrda asaryarata oladilar. Masalan, Pushkin, Oybek barcha janr Shakllarida ham muvaffaqiyat bilan ijod qilganlar. Ayrim san’atkorlar u yoki bu janr Shaklida alohida qobiliyat ko`rsata oladilar. Masalan, I.Turgenev barcha janrlarda ham yozib ko`rgan, biroq roman va novellada katta mahorat ko`rsatib, shu janrlar ijodchisi bo`lib qolgan. A.Qahhor va S.Ahmad asosan, hikoyachilikda mashhurdirlar. Hamza esa drama va lirikada, K.Yashin dramaturgiyada, A.Qodiriy romanchilikda mahorat ko`rsatishgan. Muayyan janrturini har bir xalq adabiyoti, har bir san’atkor o`z tajribasi, milliy hamda o`ziga xos xususiyatlar bilan boyitadi. Badiiy adabiyotning bu kabi tur va janrlarga bo`linishi uzoq tarixi
y taraqqiyot natijasidir. Eng qadim zamonlarda san’at sinkretik bo`lgan. U o`zida adabiyot va san’atning barcha turlariga xos xususiyatlarni mujassamlagan. Unda san’atda lirik, epik, dramatik, teatrlashgan, musiqaga xos xususiyatlar bir paytning o`zida namoyon bo`lgan. Keyinchalik bu kabi sinkretizm (aralashlilik) san’atidan san’atning ayrim sohalari, ayrim sohalardan esa uning tur va janrlari ajralib chiqa boshlagan. Biroq bu taraqqiyot barcha xalqlarda ham bir xil va bir tartibda bo`lavermadi. Bunga har bir xalqning tarixiy xususiyatlari, Sharoiti va milliy xususiyatlari taqozo qildi. SHu bilan birga, davr taqozosi bilan u yoki bu janr alohida rivojlanadi. SHuning uchun ham u yoki bu janr namunalarini tahlil qilganda, uni davr bilan bog`liq holda o`rganish kerak. 
EPIK TUR. Voqea va xarakterlar muallifdan tashqarida qilib beriladi. Muallif esa, hikoyachi sifatida bo`ladi. Bu turda voqealar keng tasvirlanadi, inson va uni qurshab olgan muhit voqeligi to`la va har tomonlama beriladi. Bu turda hayotni ifodalashning har xil usullaridan foydalaniladi. SHuning uchun ham epik turda voqelik keng qamrab olinadi. Epik tur uchun xos bo`lgan yana bir xususiyat – voqealar bo`lib o`tgan qilib beriladi. Bu xususiyat muallifga voqealarni tasvirlabgina qolmasdan,izohlas ularga munosabat bildirishga ham imkon yaratadi Hikoya ko`pincha uchinchi Shaxsda bo`ladi. Masalan, «Qutlug`qon», «Anna Karenina». SHuningdek, hikoya birinchiShaxs tilidan ham berilishi mumkin. «Davr mening taqdirimda», «Qadrim», «Zamonamiz qahramoni». 
Epik tur voqelikni qamrab olish kengligi jihatidan 3 ga bo`linadi: 
Yirik epik Shaklda inson hayotining ma’lum bir davri uni ko`plab boshqa Shaxslartaqdiri bilan bog`lab beradi. Bunga quyidagilar kiradi: - epos, roman, roman-epopeya. 
O`rta epik formada inson hayotining ma’lum bir davri, bir necha epizodi 
beriladi. Bunga quyidagilar kiradi: - qissa. 
Kichik epik formada inson hayotidan muhim bir epizod olinadi. Bunga hikoya, 
novella, ocherk kiritiladi. 
Epos. Epos adabiyot taraqqiyotining dastlabki davrlarida yaratiladi. Unda ma’lum tarixiy davr yoki umumxalq ahamiyatiga ega bo`lgan yirik voqealar tasvirlanadi. Bu bilan shu xalqning shuhrati va qudrati ulug`lanadi. V.Belinskiy aytganiday, bu janrda muallif voqea va hodisalarga o`z xalqi ko`zi bilan qaraydi. 
Epik poemaning qahramoni xalq ommasi bo`ladi. Undagi asosiy qahramonlarda xalqning eng yaxshi qahramonlarining fazilatlari namoyon bo`ladi. Eposning yorqinmisoli Xomerning «Iliada» dostonidir. 
ROMAN. Bu janr voqelik va inson xayoti keng va har taraflama tasvirlaydi, uni butun murakkablikda ifodalaydi va ochadi. Qissadan farqli ravishda romanda ishtiroketuvchi personajlar, syujet liniyalari ko`p va murakkab bo`ladi. Romanning dastlabki namunalari antik adabiyotda yaratilgan. O`rta asrlarga kelib roman keng rivojlanganRomanning paydo bo`lishi Shaxsning jamiyatdan ajralib chiqishi, insonda individ xayotiga qiziqishning kuchayishi bilan bog`liq. Qadimgi romanlarda ko`proq qahramonlik va sarguzashtlar, qahramonlar taqdirida yuz bergan kutilmagan o`zgarishlar ko`rsatilgan edi. Masalan, «Oltin eShak», Longning «Dafnis va Xloya», ritsarp romanlari. Bu romanlar asosida ko`proq fantastik syujetlar va taqdirlar yotardi. Bu voqealar hayot haqiqatidan ancha uzoqda edi. Hozirgi romanning dastlabki namunalari feodalizmning emirilishi va burjua munosabatlarining paydo bo`lishi bilan bog`liqdir. Realistik romanning dastlabki namunalarini Rable bilan Servantes yaratdilar. Ular o`z asarlarida davrning keng voqeligini ifoda etdilar, feodal jamiyatning halokati, burju munosabatlarining paydo bo`lishini ko`rsatdilar. SHu bilan birga ular burjua munosabatlarining ham cheklanganligini ko`rsatdib, halqning orzu - ideallarini ham ifodaladilar. Bu yozuvchilar davrning ijtimoiy ziddiyatlarini, inson psixologiyasini aniq va bo`rttirib berdilar, yorqin xarakterlar chizish darajasiga ko`tarildilar. Ular o`z asarlarida davrning yirik muammolarini kuratib chiqdilar. SHu bilan Rable va Servantes hozirgi ma’nodagi klassik romanning paydo bo`lishiga zamin hozirladilar.
QISSA. O`rtacha epik janr bo`lib, unda inson hayotining ma’lum davri, bir nechaepizodi beriladi yoki bir qahramon hayoti va taqdiri ko`rsatiladi. Voqealar romandag kabi keng qamrab olinmaydi va personajlar ham romandagi kabi ko`p bo`lmaydi.Qissada voqealar romandagi kabi detallashtirib chuqur ko`rsatilmaydi. Biroq qissa syujeti hikoyaga qaraganda murakkabroq bo`ladi, syujet liniyalari ham ancha ko`proq bo`ladi. Masalan, «Obid ketmon», «Nur qidirib», «Qadrdon dalalar», «G`oliblar», «O`tmishdan ertaklar», «Sinchalak». Qissada asosan psixologizm, lirizm, axloqiyoilaviy muammolarga e’tibor beriladi. Qissanoma asarlar o`zbek adabiyoti uchungina xos emas. Buni rus va boshqa qardoshlar adabiyotida ham ko`rish mumkin. CH.Aytmatov, Tendryakov, Rekemchuk, SHoloxovning «Inson taqdiri» asari va b. 
HIKOYa. Siqiqlik va rivoyaning uncha murakkab emasligi hikoyaga xos xususiyatdi Hikoyada qahramon hayotidan bir muhim epizod olinadi, hayotning u yoki bu tomoni ochiladi. Mana shu olingan tomon alohida bo`rttirib tasvirlanadi. Biroq hikoyaning Shakl va usullari rangbarang Hikoyada voqealar ancha keng olinishi ham mumkin. Biroq bu voqealar ancha siqiq beriladi. Personajlar juda oz bo`ladi, ko`pincha ikki yoki uch kishidan oshmaydi. 
NOVeLLA. Hajm jihatidan hikoyaga nisbatan ancha ixchamroq bo`ladi, syujetning ancha dinamikligi, echimning kutilmaganligi bilan ajralib turadi. «Mateo falpkone», Turge
nev, Mopassan novellalari. «DahShat» - A.Qahhor. Umuman, novella bilan hikoya o`rtasida farq uncha katta emas, ular qariyb bir narsadir. 
2Epik turning spеtsifik xususiyatlari haqida gap kеtganda avvalo 
voqеabandlik tilga olinadi. Darhaqiqat, epik asarda makon va zamonda 
kеchuvchi voqеa-hodisalar tasvirlanadi, so`z vositasida o`quvchi 
tasavvurida rеallik kartinalariga monand jonlana oladigan to`laqonli 
badiiy voqеlik yaratiladi. O`quvchi tasavvurida rеallikdagiga monand
o`zining tashqi shakli bilan jonlangani uchun ham epik asardagi badiiy 
voqеlikni "plastik" tasvirlangan dеb aytiladi. Epik asarda plastik 
elеmеntlar bilan bir qatorda noplastik elеmеntlar ham mavjud bo`lib, 
bu elеmеntlar muallif obrazini tasavvur qilishda muhim ahamiyat kasb 
etadi. Epik asarning noplastik elеmеntlari dеyilganda muallifning 
mushohadalari, fikrlari, tasvir prеdmеtiga hissiy munosabati kabilar 
tushuniladi. Tabiiyki, noplastik unsurlar, plastik unsurlardan farqli 
o`laroq, asarni o`qish davomida o`quvchi tasavvurida jonlanmaydi. 
Epik asarda obyеktiv va subyеktiv ibtidolarning uyg`un birikishi 
kuzatiladi: asardagi badiiy voqеlikni biz shartli ravishda obyеktiv 
ibtido dеb olsak, asar to`qimasining har bir nuqtasiga singdirib 
yuborilgan muallif shaxsini subyеktiv ibtido dеb yuritamiz. Badiiy 
voqеlikni shartli ravishdagina "obyеktiv" ibtido dеyishimizga sabab, u 
rеallikdan olingan oddiygina nusxa emas, balki voqеlikning ijodkor 
ko`zi bilan ko`rilgan, idеal asosida idrok etilgan, baholangan va ijodiy 
qayta ishlangan aksi ekanligidir. Shunday ekan, hatto "obyеktiv tasvir" 
yo`lidan borilib, muallif imkon qadar o`zini chеtga olgan asarlarda ham 
muallif obrazi mavjud bo`lishi tabiiydir. Dеmak, epik asarlarda badiiy 
voqеlik bilan bir qatorda noplastik muallif obrazi ham har vaqt 
mavjuddir. 
Epik turga mansub asarlar asosan nasriy yo`lda yozilishi, 
shuningdеk, nasriy yo`lda lirik asarlar ham yaratilishi mumkinligini 
ilgari aytildi. Dеmak, nasriy yo`lda yozilganligining o`zigina asarni epik 
dеyishimizga asos bеrmaydi, "nasriy asar" va "epik asar" tushunchalari 
bitta ma'noni anglatmaydi. 
Voqеabandlik epik turning eng muhim xususiyati hisoblanadi. 
Epik asarda, odatda, makon va zamonda kеchuvchi voqеalar 
tasvirlanadi, muallif yoki hikoyachi-pеrsonaj tomonidan hikoya 
qilinadi. Bu esa epik asarlarda rivoya, tavsif va dialogning qorishiq 
holda kеlishini taqozo qiladi, zеro, ularning bari birlikda o`quvchi 
tasavvurida badiiy voqеlikni plastik jonlantirishga xizmat qiladi. Shu 
bilan birga, eposda rivoya an'anaviy ravishda yеtakchi o`rinni 
egallaydi, uning vositasida asarga dialog hamda tafsilotlar (pеyzaj, 
portrеt, narsa-buyumlar va h.) olib kiriladi. Rivoya bu unsurlarning 
barini yaxlit butunlikka birlashtiradi. 
Epik turning takomili jarayonida undagi rivoyaning salmog`i 
kamayib borishi kuzatiladi. Masalan, xalq og`zaki ijodidagi ertaklar, 
hikoyat va rivoyatlarda rivoyaning salmog`i katta bo`lgani holda, 
dialogning salmog`i unchalik katta emas, tafsilotlar esa badiiy 
voqеlikni to`laqonli tasvirlashga ko`pincha yеtarli bo`lmaydi. 
Rivojlanish jarayonida eposda kеyingi ikkisining salmog`i va ahamiyati 
ortib boradi. Bu narsa badiiy adabiyotning boshqa san'at turlari bilan 
aloqasi, ularga xos usul va vositalarni o`ziga singdirishi natijasidagi 
tasvir va ifoda imkoniyatlarining kеngayishi sifatida tushunilishi 
mumkin. Masalan, dramaturgiya va tеatrning rivojlanishi natijasida 
inson xaraktеrini yaratishning dramaturgik usullari ishlab chiqildi
sayqallandi; tеatr san'atining rivoji o`quvchi ommani dramaturgik 
usulda yaratilgan inson xaraktеrini anglashga, dialoglar vositasida 
yaratilayotgan badiiy voqеlikning mohiyatini tushunishga tayyorladi, 
ya'ni badiiy didni rivojlantirdi. Shu asosda eposga dramatik unsurlar 
kirib kеldi. Epik asardagi dialog dramatik asardagi dialogdan o`zining 
hayotiyligi, ma'no ko`lamining kеngligi bilan ajralib turadi. Buning 
asosi shundaki, epik asarda dialog amalga oshayotgan konkrеt hayotiy 
situatsiya, unda qatnashayotgan pеrsonajlarning ruhiy holati, xaraktеr 
xususiyatlari haqida kеngroq tasavvur bеrish imkoniyatlari mavjud. 
Ya'ni, pеrsonajning dialogda aytilayotgan har bir gapi butun asar 
kontеkstida tushunilishi mumkin.
Epik asarda voqеa-hodisalarni hikoya qilib bеrayotgan shaxs roviy 

yoki hikoyachi dеb yuritiladi. Yuqorida aytganimizdеk, epik asarda 


rivoya ko`pincha uchinchi shaxs (muallif) tilidan, ba'zan esa birinchi 
shaxs (pеrsonajlardan biri) tilidan olib boriladi.
Epik asarlar tahlilida e'tibor qaratish muhim bo`lgan unsurlar 
sirasida obrazlar sistеmasini ajratish zarur bo`ladi. Obrazlarning bir-
biri bilan mazmuniy munosabati asosida asarning mazmuni ochiladi. 
Obrazlar sistеmasi kompozitsiyaning muhim elеmеnti bo`lib, u 
muallifning ijodiy niyatiga muvofiq tarkiblanadi. Obrazlar sistеmasi 
dеyilganda, xususan, yirik epik asarlar haqida gap borganda, ko`proq 
undagi pеrsonajlarning jami tushuniladi (biroq obrazlar sistеmasi 
asardagi boshqa obrazlar — narsa buyumlar, tabiat, jonivorlar va 
h.larni ham o`z ichiga olishini har vaqt yodda tutish zarur). Epik 
asardagi obrazlar asar voqеligida egallagan mavqеi, sujеt rivojida 
o`ynagan roli, muallif badiiy konsеpsiyasini ifodalashdagi ahamiyati 
kabi jihatlardan bir-biridan farqlanadi. Shunga ko`ra, odatda 
qahramon, ikkinchi darajali pеrsonaj va yordamchi pеrsonajlar 
obrazlari ajratiladi. Qahramon dеganda asar sujеtida, muallif badiiy 
konsеpsiyasini ifodalashda yеtakchi ahamiyat kasb etuvchi pеrsonajlar 
tushuniladi. Ikkinchi darajali pеrsonajlar asar qahramonlari tеgrasida 
harakatlanib, sujеt rivoji va badiiy konsеpsiyaning ifodalanishida 
ma'lum rol o`ynaganlari holda, asosan, qahramon xaraktеrini ochishga, 
u harakatlanayotgan muhitning xususiyatlarini, uning taqdirini 
ko`rsatishga xizmat qiluvchi vosita sifatida namoyon bo`ladi. 
Yordamchi pеrsonajlar yuqoridagilarning har ikkisiga nisbatan 
yordamchilik funksiyasida bo`lib, ular mavqеi jihatidan badiiy dеtalga 
yaqin turadi. Masalan, "O`tgan kunlar" romanining qahramonlari 
sifatida — Otabеk (bosh qahramon), Yusufbеk hoji va Kumushbibi 
(oxirgisi badiiy konsеpsiyani ifodalashda tutgan o`rni nuqtayi 
nazaridan quyiroq mavqе egallaydi), ikkinchi darajali pеrsonajlari 
sifatida — Hasanali, O`zbеk oyim, Oftob oyim, usta Alim, Zaynab, 
Homid obrazlari, boshqa pеrsonajlarning bari yordamchi pеrsonajlar 
sifatida ko`rsatilishi mumkin.
Epik asarlarni janrlarga ajratishda, tabiiyki, hajm mеzon 

bo`lolmaydi. Zеro, ayrim hikoya yoki romanlar hajman qissalarga 


yaqin bo`lishi va aksincha holatlar kuzatilishi mumkin. Biroq odatan 
hikoya, qissa va romanlar hajmi sanoqdagi tartibga mos tarzda 
kattarib borishi ham inkor qilib bo`lmaydigan haqiqatdir.
Epik janrlar bir-biridan badiiy shakl xususiyatlari bilan ham 
farqlanadi. Masalan, sujеt nuqtayi nazaridan olinsa, roman ko`p planli 
murakkab sujеtga egaligi, qissa sujеti asosan bosh qahramon 
tеvaragida uyushishi, hikoya sujеti odatda bitta yoki bir-biriga uzviy 
bog`liq bir nеcha voqеa asosiga qurilishi kuzatiladi. 
Hikoya, qissa va roman eposning asosiy janrlari sanaladi. Shu 
bilan birga, epik turning asosiy bo`lmagan qator janrlari ham mavjud. 
Ularni hayotni badiiy qamrash ko`lami jihatidan quyidagi tartibda 
tasniflash mumkin: 
1) kichik epik shakllar: latifa, masal, hikoyat, rivoyat, ertak, afsona, 
badia, etyud, ochеrk, essе; 
2) o`rta epik shakllar: qissa (povеst) 
3) epos, epik doston, roman, epopеya 
Yuqoridagi tasnifga ayrim izohlarni kiritib o`tish darkor. Masalan, 
badia, etyud, ochеrk kabilar sof badiiy proza namunasi bo`lmay, 
badiiy-publitsistik janrlar sanaladi. Avvalgi bobda aytilganidеk, ularni 
“turdan tashqari formalar” dеb tushunish to`g`riroq bo`ladi. Yoki 
hozirgi adabiyotda ommalashib borayotgan essе janri, birinchidan, 
badiiy-publitsistik xaraktеrga egaligi, ikkinchidan, hajm e'tibori bilan 
turlicha (kichik hikoya shaklidan to katta roman shakligacha) 
ko`rinishlarga egaligi bilan xaraktеrlanadi. Masalan, X.Davronning 
"Bibixonim qissasi yoxud tugamagan doston" asari ham, 
B.Ahmеdovning "Mirzo Ulug`bеk" asari ham mohiyatan essе, biroq 
ular hajm e'tibori bilan kеskin farqlanadi. Yoki ayrim tadqiqotchilar 
masalni liro-epik janrga mansub hisoblaydilarki, bunda ular qissadan 
chiqarilgan hissani lirik ibtido sifatida qabul qiladilar. Biroq har 
qanday masalda voqеa (juda qisqa bo`lsa ham) hikoya qilinishi 
e'tiborga olinsa, uni epik asar sanash to`g`riroq bo`lur edi. Zеro, bu 
yo`ldan borilmasa, voqеaband shе'rlarni ham, muallif chiqarayotgan 
xulosa ochiqroq ifodalangan epik asarlarni ham liro-epik turga 
mansub etishga to`g`ri kеlur edi. Yana bir izohtalab nuqta shuki, 
"doston" nomi bilan yuritiluvchi janr ham lirikada, ham eposda bo`lishi 
tabiiy. Shu bois ham adabiyotshunoslikda "lirik doston", "epik doston", 
"liro-epik doston" singari janr atamalari qo`llaniladi. Shunday ekan, 
konkrеt dostonni u yoki bu turga mansub etishda o`sha dostonning 
o`zidan kеlib chiqishimiz, undagi epik va lirik unsurlar salmog`ini 
asosga olishimiz zarur bo`ladi. Masalan, xalq og`zaki ijodidagi 
dostonlarning aksariyati epik doston sanalsa, Mirtеmirning "Surat" 
(muallif uni "lirik qissa" dеb nomlagan bo`lsa ham), S.Zunnunovaning 
“Ruh bilan suhbat” dostonlari lirik dostonlardir.
Lirika (yun. cholg`u asbobi) adabiy tur sifatida qadimdan 
shakllangan bo`lib, o`zining bir qator xususiyatlariga egadir. Lirikaning 
bеlgilovchi xususiyati sifatida uning tuyg`u-kеchinmalarni tasvirlashi 
olinadi. Ya'ni, epos va dramadan farq qilaroq, lirika voqеlikni 
tasvirlamaydi, uning uchun voqеlik lirik qahramon ruhiy 
kеchinmalarining asosi, ularga turtki bеradigan omil sifatidagina 
ahamiyatlidir. Shu bois ham lirik asarda voqеlik lirik qahramon qalb 
prizmasi orqali ifodalanadi, yana ham aniqrog`i, lirikada kеchinmani 
tasvirlash uchun yеtarli miqdordagi voqеlik "parchalari", dеtallargina 
olinadi.
Lirikaning asosiy obrazi — lirik qahramon (ba'zan u lirik subyеkt 
dеb ham yuritiladi). Ko`pincha lirik qahramon dеganda muallif 
tushuniladiki, bu har doim ham to`g`ri bo`lavеrmaydi. Zеro, shoir 
o`zining kеchinmalarini tasvirlashi ham, o`zganing ruhiyatiga kirgan 
holda o`sha "o`zga shaxs" kеchinmalarini tasvirlashi ham mumkin. Bu 
o`rinda yana bir muhim masala shuki, shе'rda hatto shoir o`z 
kеchinmalarini tasvirlagan holda ham lirik qahramon bilan rеal shoir 
orasiga tеnglik alomati qo`yib bo`lmaydi. Chunki, L.Tolstoy aytmoqchi, 
har bir inson qalbida mavjud bo`lishi mumkin bo`lgan barcha qalblar 
imkoniyat tarzida mavjuddir, shunga ko`ra, shoir o`zganing holatiga 
kirishi, ma'lum hayotiy situatsiyadagi istalgan insonning kеchinmasini 
his qilishi ham mumkin. Masalan, Cho`lponning "Mеn va boshqalar" 
shе'ri garchi lirik "mеn" tilidan bеrilgan bo`lsa-da, uning lirik 
qahramoni shoir emas, balki o`zbеk qizining umumlashma obrazi 
ekanligi oyday ravshan. Lirik qahramon, epik asar qahramonlaridan 
farqli o`laroq, noplastik obraz sanaladi. Lirik asarda subyеktning 
noplastik obrazi yaratilgani bois ham u o`quvchi tasavvurida tashqi 
ko`rinishi bilan gavdalanmaydi, mavhumligicha qoladi, aniqrog`i, o`quvchi o`zini uning o`rnida ko`radi, uning kеchinmalariga turtki 
bеrgan holatni his qiladi, ko`nglidan kеchgan kеchinmalarni o`z 
ko`nglida ham kеchiradi,— o`zini ko`rolmaydi
1.2.Lirik tur va uning janrlari
Lirikaning asosiy obrazi — lirik qahramon (ba'zan u lirik subyеkt 
dеb ham yuritiladi). Ko`pincha lirik qahramon dеganda muallif 
tushuniladiki, bu har doim ham to`g`ri bo`lavеrmaydi. Zеro, shoir 
o`zining kеchinmalarini tasvirlashi ham, o`zganing ruhiyatiga kirgan 
holda o`sha "o`zga shaxs" kеchinmalarini tasvirlashi ham mumkin. Bu 
o`rinda yana bir muhim masala shuki, shе'rda hatto shoir o`z 
kеchinmalarini tasvirlagan holda ham lirik qahramon bilan rеal shoir 
orasiga tеnglik alomati qo`yib bo`lmaydi. Chunki, L.Tolstoy aytmoqchi, 
har bir inson qalbida mavjud bo`lishi mumkin bo`lgan barcha qalblar 
imkoniyat tarzida mavjuddir, shunga ko`ra, shoir o`zganing holatiga 
kirishi, ma'lum hayotiy situatsiyadagi istalgan insonning kеchinmasini 
his qilishi ham mumkin. Masalan, Cho`lponning "Mеn va boshqalar" 
shе'ri garchi lirik "mеn" tilidan bеrilgan bo`lsa-da, uning lirik 
qahramoni shoir emas, balki o`zbеk qizining umumlashma obrazi 
ekanligi oyday ravshan. Lirik qahramon, epik asar qahramonlaridan 
farqli o`laroq, noplastik obraz sanaladi. Lirik asarda subyеktning 
noplastik obrazi yaratilgani bois ham u o`quvchi tasavvurida tashqi 
ko`rinishi bilan gavdalanmaydi, mavhumligicha qoladi, aniqrog`i,
o`quvchi o`zini uning o`rnida ko`radi, uning kеchinmalariga turtki 
bеrgan holatni his qiladi, ko`nglidan kеchgan kеchinmalarni o`z 
ko`nglida ham kеchiradi,— o`zini ko`rolmaydi. Masalan, tubandagi 
shе'rni shu jihatdan ko`zdan kеchirishimiz mumkin: 
Ko`ksimga qo`yilgan bu boshni endi 
Gohida ko`z qiyib, gohida qiymay 
Va buning ustiga sеni unutolmay 
Yashash axir mеnga ko`p qiyin. 
“Bora-bora sеvib kеtarman 
Mеn erimni balki kеyinroq",— 
Dеgan xayol bilan yashaysan, 
Mеndan ko`ra sеnga qiyinroq. 
(U.Qo`chqor) 
Shе'rni o`qigan kitobxon lirik qahramonni — qaysidir sababga 
ko`ra sеvgilisiga yеtisholmagan, endilikda o`zining oilasida sokin va 
totuv umrguzaronlik qilayotgan, turmush o`rtog`ini-da samimiy 
hurmat qiluvchi va ayni paytda sеvgisini ham unutolmagan odamni 
tasavvur qiladi, o`sha odamning ruhiy holatiga kirib, uning 
kеchinmalarini qalbdan o`tkazadi. Yuqorida aytdikki, lirik qahramon bilan rеal shoir tеng emas, ya'ni, shu shе'rni yozish uchun shoirning 
albatta sеvgilisiga yеtisholmagan va hamon o`sha sеvgisini qo`msab yashayotgan odam bo`lishi shart qilinmaydi. Fikrimizning yorqin dalili 
shuki, siz, ya'ni shе'rxon, bu holatni his qilasiz, holbuki, unda 
tasvirlangandеk hayotiy holatni rеal hayotda boshdan kеchirmagansiz, 
faqat, Tolstoy aytmoqchi, qalbingizda mavjud bo`lishi mumkin bo`lgan 
barcha qalblar imkoniyat tarzida yashaydi. 
Shoir va lirik qahramon munosabatini asosga olgan holda biz lirik 
asarlarni ikkiga: avtopsixologik va ijroviy lirikaga ajratamiz. 
Lirika, juda kamdan-kam holatlardan tashqari, she'rlarda intensiv ifodali shakl sifatida yaratilgan, ammo nasrda she'rlar deb ataladigan she'rlar (nomi oksimoronik, nasrdagi lirik miniatyuralarni anglatadi), asosan "Antonov olmalari" yoki "" kabi lirik hikoyalar mavjud. Buninning birinchi sevgisi, epik asarlardagi lirik chekinishlar, masalan, " O'lik jonlar". Axmatovaning "Rekviyem"ida, umuman olganda, "Muqaddima o'rniga" nasriy sahnasi lirik rol o'ynaydi, V.P. Astafiev "Cho'pon cho'pon" - syujetni tuzish (prolog va epilogga o'xshash).
Lirik asarlar epik va dramatik asarlar bilan solishtirganda juda kichikdir. To'g'ri, XVIII asrning odelari. shubhasiz, katta tantanavorlik uchun qattiqlashtirilgan, lekin aslida bu ularning qadr-qimmatini emas, balki kamchiligidir. Bundan tashqari, o'ta qisqa miniatyuralar mavjud. Tyutchevda "rus adabiyotida birinchi marta epigram yoki yozuv emas, balki mustaqil lirik asar bo'lgan bir qatorli she'rlar paydo bo'ladi". Hatto monostikalar ham bor - bir satrdagi she'rlar (sentimentalist N. M. Karamzin, simvolistlar V. Ya. Bryusov va K. D. Balmont, ego-futurist Vasilisk Gnedov va boshqalardan, 20-yillarning oxirida juda ko'p - XXI bosh in.). Ammo romantik lirik-epik she'rda, masalan, Lermontovning ("Mtsyri") hikoya qismi lirikka qaraganda kamroq matnni egallashi mumkin edi. XIX asrning ikkinchi yarmida. da N.A. Nekrasov tomonidan birinchi sof lirik she'rlar ham paydo bo'ldi ("Sukut", 1857, "Bir soatlik ritsar", 1862). XX asrning birinchi uchdan birida. lirik she'rning klassiklari - V.V. Mayakovskiy (masalan, "Men sevaman") va M.I. Tsvetaeva.
Ode klassitsizmning asosiy lirik janri edi. Yosh Pushkin uchun uning "Ozodlik" (1817) 18-asr an'analarining, ya'ni Radishchevning davomi bo'lsa ham, A.N. 1783-1790 yillarda yozilgan Radishcheva siyosiy jihatdan ancha radikal edi; "Men o'zimga qo'l bilan qurilmagan haykal o'rnatdim ..." (1836) she'ri ancha qadimiy, antiqa an'anaga qaytadi (bu Horacening "Melpomenga" odesi mavzusidagi erkin variant), qachonki Ode amalda qo'shiq matni bilan sinonim edi. Pushkin davrida romantizmga xos boʻlgan odelar, shuningdek, elegiyalar “kichik sheʼrlar”ga qarshi edi. Elegiyalar rus romantizmining asoschisi Jukovskiy tomonidan yozilgan ("Oqshom", 1806, "Dengiz", 1822). Pushkin janubiy surgun davrida ularga "Kun o'chdi ..." (1820) she'ridan boshlab saxiy o'lpon to'lagan. Qadimgi adabiyotda u asosan janr edi sevgi mavzusi, yangi Yevropa she'riyatida - asosan falsafiy, jiddiy, ko'pincha qayg'uli fikr va kechinmalarni ifodalaydi. Yetuk Pushkin qayg'uli sevgi elegiyasiga shubha bilan qaradi, uni "Yevgeniy Onegin" da (Lenskiy she'rlari) parodiya qildi, lekin E.A.ning nafis sovg'asini yuqori baholadi. Baratinskiy va ushbu janrga mos keladigan asarlar yozishni davom ettirdi keng ma'no(“Elegiya”, 1830). Nekrasovning 1874 yildagi “Elegiyasi” (“O‘zgaruvchan moda bizga gapirsin...”) janr va uslub jihatidan ongli ravishda arxaikdir: aksincha, “mavzu eski – xalq dardi” deb ta’kidlangan – afsuski, qarimaydi.
Romantizm, shuningdek, she'riy matnning to'liq emasligiga taqlid qiluvchi yoki muhokama qilinayotgan mavzuning tugamasligiga ishora qiluvchi o'ziga xos "parcha" janrini ("So'zlab bo'lmaydigan", 1819, Jukovskiy) keltirib chiqardi. Yetuk Pushkin bir parchani "Kuz" (1833) deb atagan, "Qaerga suzib boramiz? .." so'zlari va nuqta chiziqlari bilan tugaydi. Darhaqiqat, "... Yana tashrif buyurdim ..." (1835) ham parcha: yozilganlarning muhim qismi haqiqatan ham uni yakuniy matnga aylantira olmadi, bu shunday lakonik shoir uchun juda uzoq. Xabar (she'riy yozuv) klassitsizm janri bo'lib, shunga mos ravishda klassitsizm taqlid qilgan antik davrda paydo bo'lgan. Romantiklar uni o'zgartirdilar, uni do'stlar bilan tasodifiy suhbat (do'stona xabar) shaklida berdilar, 6 futlik iambik og'ir kupletlar - Iskandariya misrasi - erkin qofiyali 4 fut yoki erkin qofiya bilan almashtirildi, lekin yuqori mavzular, uslubi yanada ulug‘lashdi (“Chaadaevga”, “Sibir rudalari qa’rida...” Pushkin. 1825 yildan boshlab do‘stlik mavzusini ayniqsa yuqori qo‘ygan shoir iambik 4 va 5 futda beshta she’r yozgan, jumladan Sarlavha Tsarskoye Selo litseyi ochilgan sana - "19 oktyabr" - va oltita she'r "Do'stlarga", ularning birinchisi 1816 yilda yaratilgan). XIX asrning o'rtalariga kelib. an'anaviy xabar janri o'lib bormoqda.
She'r dastlab she'riy shaklning o'zi va umuman she'r yozish deb nomlangan (VK Trediakovskiyning "Qadimgi, o'rta va yangi rus she'ri to'g'risida" risolasi, 1755 yil), keyin har qanday she'riy asar: "She'rlar" ning uchinchi qismi (jild). Aleksandr Pushkin” (1832) lirik va kichik lirik-epik tasavvurlar qatoriga “Motsart va Salyeri” kichik tragediyasi, “Tsar Saltan haqidagi ertak...” va toʻrtinchi qism (1835) - yana uchta ertak; "M. Lermontov she'rlari" kitobi (1840) 26 she'r orasida - "Tsar Ivan Vasilyevich haqida qo'shiq ..." (to'plamda birinchi o'rinda) va "Mtsyri" (birinchi o'rinda) she'rlari. oxirgi joylar). Biroq, Lermontov qo'shiq matnidagi barcha janr chegaralarini yo'q qiladi. "She'riyat" so'zi asta-sekin asosan lirik asarlar uchun universal belgiga aylanib bormoqda, garchi "Borodino" kabi mavzu va ruhdagi sutubo dostoni kabi asar ham xuddi shu so'z bilan ta'riflangan.
“Eski janr tizimining xarobalarida Nekrasov yangi janr shakllarini yaratdi: ijtimoiy mavzulardagi elegiya, parodik romantika, parodik ode; qayta tiklangan kinoya va xabar... Ko‘p hollarda bir qancha an’anaviy janrlarning xususiyatlari yangicha tarzda uyg‘unlashadi. Shunday qilib, "da temir yo'l“Elegiyadan ham, balladadan ham, satiradan ham bor, “Muloyim shoir muborak...” – qisman satira, qisman elegiya, qisman ba’zi tafsilotlarida qasida. Ammo aynan shu janr xususiyatlarining chalkashligi tufayli Nekrasovning she'rlari va hatto lirik she'rlari odatda oddiy she'rlar deb ataladi. Kelajakda janr aniqligi ataylab ta'kidlangan narsaga aylanadi, masalan, Mayakovskiyning "Inqilobga ode". XIX asr oxirida va ayniqsa XX asrda. she’rlarning sikllashuvi keng tarqalgan. Shunday qilib, Blokning har bir she'ri boshqalardan alohida idrok etilishi mumkin bo'lsa-da, u butun "mujassamlanish trilogiyasi", jild, bo'lim va tsikl kontekstidan tashqarida o'quvchi uchun nimanidir yo'qotadi. tomonidan tarqatilgan yangi tur siklizatsiya - she'rlar kitobi: "Kechki", Axmatovaning "Rosary" va boshqalar.
Lirika ham syujetli, ham tavsifli (birinchi navbatda landshaft) boʻlishi mumkin. Demak, biz Lermontovning “Qiya”sida minimal syujetni ko‘ramiz. Xo, aslida, bu allegoriya va dostonning elementi emas, balki hikoya emas. Qo‘shiq matnidagi manzara esa sof tavsif emas, odatda psixologik manzaradir.


Download 73,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish