erishish uchun etarli elementlari kiritish tushuniladi. Aniqlik deganda esa real
o’quv jarayonida berilgan mazmunda joriy qilish yo’lini ko’rsatadigan elementlar
va belgilar tasavvur etiladi.
O’quv dasturlarida talabalar o’quv rejasiga kiritilgan har qaysi fandan nimani
va qanday izchillikda o’rganish kerakligi, shuningdek, talabalar bilib olishi lozim
bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalar hajmi belgilab beriladi.
O’quv dasturlarining mazmuni kasb tavsifnomalarning talablari asosida
aniqlanadi. Dasturlarni ishlab chiqishda didaktik tamoyillarga va malakali
mutaxassislar tayyorlash mazmuniga qo’yiladigan talablarga amal qilinadi.
O’quv materialini tanlashda mavzuni o’rganishga ajratilgan vaqt va
talabalarning materialni o’zlashtira olish-olmasligi hisobga olinadi.
Umumkasbiy va ixtisoslik fanlari dasturlarida shunday o’quv
materiali
bo’ladiki, talabalar bu materialni o’rganib, ishlab chiqarishning hozirgi zamon
texnikasi va texnologiyasi asoslarini o’rganilayotgan kasbni ongli ravishda, puxta
va chuqur egallash hamda ishlab chiqarish malakasini yanada oshirish uchun zarur
bo’lgan hajmda o’zlashtiradilar.
Umumkasbiy va ixtisoslik fanlari dasturlarida o’quv materiali mazmunini
aniqlashda avvalo ilmiylik tamoyiliga asoslaniladi. Bu tamoyilga muvofiq,
o’rganish uchun ilmiy tadqiqotlar bilan asoslab berilgan va tajribada tekshirib
ko’rilgan jarayon, hodisa va faktlar, fan hamda texnikada qabul qilingan tushuncha,
atama, qoida va belgilar tanlab olinadi. Ilmiylik tamoyili o’quv materialni mantiqiy
izchillik
bilan bayon etishni, har bir yangi hodisa yoki narsani har tomonlama
o’rganishni, mazkur ob’ektning o’ziga o’xshash boshqa ob’ektlar bilan ham,
o’zidan farq qiladigan ob’ektlar bilan ham bog’lanishidagi xilmaxillikni aniqlashni
talab etadi.
Umumkasbiy fanlari dasturlarida o’quv materialining mazmunini va uni
o’rganish ketma-ketligini aniqlashda, asosi ochib berilayotgan fanning mazmuni,
mantiqiga asoslaniladi. Masalan,
elektrotexnika, gidravlika va pnevmoyuritmalar,
amaliy mexanika, issiqlik texnikasi, ekologiya kabi fanlarning dasturlari mazmuni
jihatidan eng barqaror dasturlardir.
Dasturlardagi o’quv materialiniig mazmunini aniqlash tamoyillaridan biri
uniig talabalarga tushunarli bo’lishidir. O’quv materialining tushunarli bo’lishi
deganda, uni soddalashtirish yoki engillashtirish tushunilmasligi kerak. O’quv
materialining tushunarliligi deganda, uning talabalar uncha qiynalmay o’zlashtira
oladigan darajada ochib berilishi tushuniladi. Shunday qilinganda talabalarning
tafakkuri, xotirasi, irodasi rivojlanadi. O’quv materialini
tushunadigan qilib
tanlashda bilimlar hajmini va o’quv materialinint ochib berilish chuqurligini
aniqlash ko’zda tutiladi.
Dasturning har bir mavzusi bo’yicha bilimlar hajmini belgilashda zarur
bo’ladigan asosiy materialga, shuningdek, ko’rgazmali va ma’lumotnoma
materialga asoslaniladi hamda uning hajmi bilan talabalarning fikrlash va xotirada
saqlab qolish imkoniyatlariga taqqoslab ko’riladi. Bunda o’qitish davri, mavzuga
ajratilgan vaqt, o’quv materialining muhimligi, talabalarning tayyorgarlik darajasi,
fanlararo bog’lanishlar hisobga olinadi.
Ochib berilish chuqurligi jihatidan olganda o’quv materialini shartli ravishda
uch guruhga: oson, o’rtacha va qiyin o’zlashtiriladigan materiallarga bo’lish
mumkin. Ma’lumki, faktlar eng oson material; faktlar tizimi - o’zlashtirilishi qiyin
material; o’rganiladigan mashina, jihoz,
mexanizm, materiallar sifati, texnologik
jarayonning muhim alomatlarini aniqlash yanada qiyin. Tushunish va o’zlashtirish
eng qiyin material - sabab-natijali bog’lanishlarni topish, chunki ular tarkibida
ancha murakkab o’quv materiali bo’ladi. Sabab-natijali bog’lanishlarni aniqlash
zarurati.
Do'stlaringiz bilan baham: