Mavzusida tayyorlagan mustaqil ishi



Download 35,53 Kb.
bet1/4
Sana10.07.2022
Hajmi35,53 Kb.
#772440
  1   2   3   4
Bog'liq
xalqaro munosabatlar mustaqil talim


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI
TARIX FAKULTETI
III KURS 19-76 B GURUH TALABASI ISLOMIDDIN MUSOJONOVNING JAHON TARIXI FANIDAN “1815-1870-YILLARDA YEVROPADA XALQARO MUNOSABATLARMAVZUSIDA TAYYORLAGAN

MUSTAQIL ISHI


Tayyorladi: I. Musojonov
Qabul qildi: O. Rahmanova


Farg‘ona-2022
REJA:

  1. Fransiya-Rossiya munosabatlari

  2. Prussiya-Avstriya munosabatlari

  3. Rossiya-Turkiya munosabatlari

  4. Angliya-Fransiya munosabatlari



  1. Fransiya-Rossiya munosabatlari

1812 yilning boshiga kelib Fransiya - Rossiya munosabatlarinng keskinlashishi oqibatda urushga sabab bo‘ldi. Urush 1812 yil 24 iyunda boshlandi. 26 avgustda bo‘lib o‘tgan Borodino jangida fransuzlarning talafoti 60 ming askarni tashkil etdi. Garchand rus armiyasi chekingan bo‘lsa ham, lekin o‘z jangovarligini saqlab qoldi. 1812 yilning 14 sentyabrida fransuzlar Moskvaga kirib kelishdi, biroq atrofda partizan urushi, xalq urushi avj olayotgan edi. 1812 yilning 12 oktyabrida Napoleon armiyasi Moskvani tark etishga majbur bo‘ldi. Keyinchalik Bonapartning o‘zi ham armiyasini tashlab, Parijga jo‘nab ketdi. Fransuzlar armiyasining Rossiyadagi mag‘lubiyati “engilmas” Napoleon imperiyasining qulashini boshlab berdi. 1813 yilning bahorida Fransiyaga qarshi oltinchi kaolitsiya tashkil etildi. Uning tarkibiga Rossiya, Angliya, Shvetsiya, Prussiya, Ispaniya, Portugaliya, Avstriya mamlakatlari kirdi. Hal qiluvchi jang 1813-yil 16-19-oktyabrda Leypsig shahri yonida ro‘y berdi. “Xalqlar jangi” natijasida Napoleon mag‘lub bo‘ldi va Reyn daryosi ortiga chekindi. 1814 yil mart oyining boshida ittifoqchilar Napoleonni to‘la tor – mor qilmaguncha urush harakatlarini olib borish to‘g‘risidagi Shomon shartnomasini imzolashdi.31 martda ittifoqchilar Parijga kirib kelishdi. Napoleon o‘z o‘g‘li taxtdan voz kechdi. Biroq, senat va Evropa davlatlari Fransiya taxtida Burbonlarni tiklashdi. Napoleon Elba oroliga badarg‘a qilindi. 1814-yil 30-mayda Parijda tinchlik shartnomasi imzolandi. Unga binoan, Fransiya 1792-yil chegaralariga qaytarildi. Napoleonga hayrixoh bo‘lgan kayfiyatlar yana jonlandi. 1815-yil 1-martda Napoleon Fransiyaning janubiga borib tushdi va 20-martda Parijga qaytib keldi. Imperiya tiklandi. Napoleonga qarshi oxirgi, ettinchi kaolitsiya tashkil etildi. 1815-yil 18-iyunda Vaterloo yonidagi jangda Napoleon armiyasi batamom tor - mor etildi. Napoleonning o‘zi Muqaddas Elena oroliga surgun qilindi va bu erda 1821-yilda vafot etdi. Napoleon ag‘darib tashlanganidan so‘ng Yevropa davlatlari vakillari 1814-yilda Vena kongressiga yig‘ilishdi. Kongress qatnashchilari avvalgi sulolalarni vadvoryanlar hokimiyatini tiklashga, g‘olib chiqqan koalitsiya manfaatlariga mos tarzda erlarni qayta taqsimlashga intilishdi. Asosiy rolni Avstriya, Prussiya, Angliya va Rossiya vakillari o‘ynadi. Natijada, Rossiya Polshaning bir qismini – Varshava gersogligini oldi; Prussiyaga boy va iqtisodiy rivojlangan viloyatlar – Reyn viloyati va Vestfaliya, hamda polyaklarning g‘arbiy erlarni tegdi. Italiyaning ikki viloyati - Lombardiya va Venetsiya Avstriyaga o‘tdi. 200 mayda knyazliklar o‘rniga 38 davlatdan iborat German ittifoqi barpo etildi. Ular orasida eng yiriklari Prussiya va Avstriya edi. Angliya O‘rta yer dengizida muhim tayanch nuqtasi hisoblanmish Malta orolini va sobiq mustamlakalari - Hindiston qirg‘oqlari yonidagi Seylon orolini va Afrika Kapa yerini o‘zida saqlab qoldi. Lekin Angliyaning asosiy muvaffaqiyati uning asosiy raqibi - Fransiyaning zaiflashishi edi. Papaning Rim viloyati ustidan dunyoviy hokimiyati tiklandi, Neapolitan qirolligida esa avvalgi Burbonlar sulolasi taxtga chiqarildi. Burbonlar hokimiyati Ispaniyada ham tiklandi. Fransiya yerlari avvalgi chegaralariga qaytarildi. Bundan tashqari, Fransiya ulkan kontributsiyani to‘lashga majbur edi.
Vena kongressida, “din yo‘lida” inqilobiy harakatlar bilan kurashish uchun,
Rossiya va Avstriya imperatorlari, hamda Prussiya qiroli “ Muqaddas ittifoqni”
(Aleksandr I tashabbusi bilan) tuzishdi. Unga keyinchalik Yevropa davlatlarining
deyarli barcha monarxlari qo‘shildi. Birgalikda amalga oshirilgan harakatlar
natijasida Ispaniya va Italiyada ro‘y bergan inqiloblar bo‘g‘ib tashlandi.
“Vena tizimi” ning mustahkam emasligi 1815-yilda barpo etishi davridan
boshlab ayon bo‘lib qoldi. Muqaddas ittifoq ishtrokchilari uni inqilobiy jarayonlariga qarshi samarali qurolga va ixtilofli xalqaro muammolarni hal etadigan forumga aylantira olmadilar. Axen kongressidan ( 1818-y. ) so‘ng Evropa davlatlari oldida turgan eng jiddiy masala - bu ko‘tarilib borayotgan inqilobiy to‘lqinni bartaraf etish muammosi edi. 1819-yildan boshlab Yevropaning qator mamlakatlarida (german va italyan davlatlari, Ispaniya, Portugaliya va boshq ) feodal - absolyutik tartiblarga qarshi chiqishlar ko‘payib bordi. Muqaddas ittifoqning ushbu inqiloblarga nisbatan munosabatini belgilash maqsadida 1820-yilning oktyabrida Troppau (Opava) shahrida, Axen kongressidan keyin, ikkinchi kongress chaqirildi va u o‘z ishini 1821-yilda Laybaxda (Lyublyane) davom ettirdi. Avstriya, Rossiya, Prussiya, Angliya va Fransiya davlatlari qatnashgan kongressda markaziy o‘rinni Neopolitan qirolligidan voqealarning muhokamasi egalladi. Metternix inqilobni bostirish uchun Avstriya qo‘shinlaridan foydalanishni taklif etdi. Ushbu masala bo‘yicha munozaralardan davlatlarning ichki ishlariga aralashishga qaratilgan aksilinqilobiy doktrinani qonunlashtirdi. 1821-yil 12-mayda uch davlat (Avstriya, Rossiya, Prussiya) monarxlari Muqaddas ittifoqning butun dunyoda inqilobiy harakatlar bilan ochiqdan-ochiq harbiy kurash olib borish to‘g‘risidagi deklaratsiyani qabul qilishdi. Muqaddas ittifoqning uchinchi kongressi Verona shahrida 1822-yilning okryabrida inqilobiy Ispaniyaga qarshi harbiy intervensiyani tashkil etish uchun to‘plandi. Rossiya, Avstriya va Prussiya yakdillik bilan harakat qilishdi. Veronada Fransiya ham ularga qo‘shildi. Ammo Angliya o‘zgacha nuqtai nazarga ega edi. Verona kongressining boshlanishi Yaqin Sharqda ingliz-rus ziddiyatlarning keskinlashishiga to‘g‘ri keldi. Angliya-Fransiya raqobati ham, qaytadan boshlandiki, bu ayniqsa Pireney yarimorolida va Lotin Amerikasida ko‘zga tashlandi.
Veronadagi kongress asosiy e’tiborni Pireneydagi inqiloblarga qaratdi.
Muqaddas ittifoq ishtrokchilari inqiloblarni Fransiya kuchlari vositasida bostirish
qarorini qabul qilishdi. Bunga faqat Angliya qarshi chiqdi. 1823-yilning bahorida
fransuzlarning ekspeditsion korpusi Pireneylarni kesib o‘tdi va 1823-yilning may
oyida Madridni egalladi. Inqilob bostrildi. Pentarxiya tomonidan amalga
oshiriladigan muvofiqlashtirilgan harkatlardan Angliyaning chetga chiqishi jiddiy
oqibatlarga ega edi; bunday holat Evropani separat itifoqlariga bo‘linib ketishiga olib kelardi.


  1. Download 35,53 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish