Mavzu y engil atletika bo`yicha o`quv ishlarini tashkillashtirish, rejalashtirish



Download 16,92 Kb.
Sana14.12.2022
Hajmi16,92 Kb.
#885206
Bog'liq
2 Mavzu
Photo, w, 2 Mavzu, 2 Mavzu, 10. The Attitudes of Therapists and Physicians on the Use of Sex Robots in Sexual Therapy Online Survey and Interview Study author Christiane Eichenberg, PhD

Mavzu-2. Yengil atletika bo`yicha o`quv ishlarini tashkillashtirish, rejalashtirish
va hisobotini yuritish


Sport texnikasini o'rgatish, sport taktikasini o'rgatish, jismoniy sifatlami rivojlantirish, ma’naviy va irodaviy fazilatlami tarbiyalash va nazariy bilimlar berishdan iborat besh xil o'zaro uzviy bog'liq jarayon sport mashg‘uIotining besh jixatini tashkil etadi.
Yengil atletikachining yoshi va tayyorgarlik darajasiga, yengil atletika turining xususiyatlariga, mashg‘ulot bosqichi va davriga qarab mashg'ulotning ayrim tomonlariga ko‘proq, ayrim tomon- lariga esa ozroq ahamiyat beriladi. Masalan, endi shug'ullanayotgan sportchi yengil atletika va boshqa mashqlar texnikasini o'zlash- tirishga ko'proq e’tibor berishi, umumiy jismoniy tayyorgarligini yaxshilab olishi kerak bo‘lsa, sport ustasi ko‘proq yuqori taktik mahoratga va maxsus jismoniy tayyorgarlikka ahamiyat berishi zarur. Tayyorgarlik davrida umumiy va maxsus tayyorgarlik asosini hosil qilishga ko‘proq vaqt ajratilsa, musobaqa davrida maxsus mashg‘ulotlarga ko'proq vaqt beriladi.
Bir xil mashqni bajara turib, tayyorgarlikning turli tomon- larini, lekin qaysidir bir tomonini ko'proq bilib olish mumkin. Masalan, sport texnikasini o'rgatish davomida jismoniy va irodaviy sifatlar rivojlanadi va tarbiyalanadi. Bunda asosiy maqsad o'rgatish bo'lgani uchun, sportchining harakatlarni boshqarishni bilish imkoniyatlariga ko‘proq talab qo'yiladi. Demak, bu mashq ko'proq o‘rgatishga qaratilgan ekan.
Mashg'ulotni rejalashtirish va o'tkazish paytida mashqlaming nafaqat asosiy ta’siri, balki qo‘shimcha ta’sirlarini ham nazarda tutish kerak. Texnika, taktika, jismoniy va irodaviy sifatlarning takomil- lashuviga mashg‘ulotning asosiy vositalari bo'lib xizmat qiluvchi jismoniy mashqlami muntazam bajarib turish yo‘!i bilan erishiladi. Jismoniy mashqlar uchta asosiy guruhga bo'linadi:
Sportchi yengil atletikaning qaysi turiga ixtisoslashayotgan bo'lsa, shu turga va shu turning barcha elementlari va variantlariga xos mashqlar (masalan, qisqa masofaga yugurishda, ya’ni sprintga ixtisoslashayotganda qisqa masofalarga yugurish, estafetali yugu­rish, tezlanish bilan yugurish, sur’atni o‘zgartirib yugurish, yurib kelib yugurishga o‘tish va hokazo).
Umumiy rivojlantiruvchi jismoniy mashqlar. Bular ikkita kichik guruhlarga bo'linadi:
boshqa sport turlaridan olingan (gimnastika, yengil atletika turlari, og'ir atletika, sport o'yinlari va boshqalar), umumiy jismoniy rivojlanish uchun qo'llanadigan mashqlar. Bunda o‘z sport turining xususiyatlari ham e’tiborga olinadi. Masalan, uloq­tiruvchi ko‘proq og‘ir atletika, qisqa masofaga yugurish, sakrash, basketbol va voleybol bo'yicha umumrivojlantiruvchi mashqlardan foyda topsa, uzoq masofaga yuguruvchilar og'irliklar ko'tarib mashq qilishga kamroq ahamiyat beradilar.
Lekin ayrim mashqlar hamma yengil atletikachilar uchun shart hisoblanadi. Umumiy chidamlilik va sog'liqni yaxshilash uchun — yozda kross yugurish va qishda chang'ida yurish; mushaklarni rivojlantirish va mustahkamlash uchun — og'irliklar bilan mashq qilish; tezkorlik hosil qilish uchun - qisqa masofaga yugurish; chaqqonlik va harakatni boshqara bilishni oshirish uchun — sport o'yinlari va gimnastika snaryadlarida mashqlar bajarish qo‘llaniladi;
turli buyumlar (tayoq, arg'arnchi, cho‘qmorlar, gantellar va boshqalar) bilan yoki buyumsiz umumiy jismoniy rivojlanish uchun qo'llanadigan tayyorgarlik mashqlari. Bunga engashish, burilish, tebranish, aylanish, oyoq-qo'lni bukish, sakrash kabi juda ko‘p harakatlar kiradi.
Umumiy rivojlantiruvchi tayyorlov mashqlari, birinchi nav- batda, endi shug'ullanayotgan va kam tayyorlangan yengil atletikachilarni umumiy jismoniy rivojlantirishga mo‘ljallangan. Shuningdek, ular bo‘g‘imIardagi xarakatchan-likni oshiradi va sportchining o'z harakatlarini boshqara olishini yaxshilaydi. Bu mashqlardan qomat tuzilishi va jismoniy rivojlanishdagi kam- chiliklarni tuzatishda ham foydalaniladi.
Tanlab olingan sport turiga moslab jismoniy va irodaviy sifatlarni rivojlantirishga, shuningdek, texnika va taktikani o'rga- tishga mo'ljallangan maxsus mashqlar. Taqlidiy mashqlar ham maxsus mashqlar qatoriga kiradi. Tanlab olingan sport turidagi mashqlarni takror bajarish bilan kuch. tezkorlik, chidamlilik, bo‘g‘imlardagi harakatchanhk, chaqqonlik sifatlarini maxsus mashqlardagidek darajada rivojlantirib bo'lmaydi.
Ma’lumki, jismoniy mashqlar sportchining organizmiga ko'p tomonlama ta’sir ko‘rsatishi mumkin, bu ko'pincha sport mash- g'ulotida birdaniga bir necha vazifalarni hal etishga imkon beradi. Masalan, kross ichki organlar va tizimlarni mustahkamlaydi, tirishqoqlik, qiyinchilikni engishda irodani tarbiyalaydi, mushak­lar qayishqoqligini oshiradi, yugurish texnikasini takomillashtiradi. Lekin bu vazifalar har qaysi mashqda bir xilda hal etilmaydi. Masalan, shtanga bilan bajarilgan mashqlar ko'proq kuchni, uzoq masofaga yugurish chidamlilikni, akrobatik sakrashlar chaq­qonlikni ko'proq rivojlantirib, boshqa sifatlarni esa kamroq rivojlantiradi.
Shunday qilib, har qaysi jismoniy mashq muayyan sifatlarni boshqalariga qaraganda ko'proq rivojlantiradi. Kerakli sifatlarni mana shunday tanlab rivojlantirish uchun maxsus mashqlar ish- latiladi. Ular tanlab olingan yengil atletika turiga moslab ayrim mushak guruhlari kuchini, u yoki bu bo‘g‘im harakatchanligini, harakat tezkorligini, harakat reaktsiyasi tezligini, sakrovchanlikni taraqqiy ettirish imkonini beradi.
Jismoniy sifatlarni rivojlantirishga qaratilgan maxsus jismoniy mashqlarni qo'llash barobarida sport texnikasining ayrim ele- mentlarini takomillashtirish ham mumkin. Sport texnikasini o'zlashtirishga mo‘ljallangan maxsus mashqlarni ko'p marta takrorlash bilan bir vaqtda jismoniy sifatlar ham rivojlanadi.
Maxsus mashqlar, odatda, mazkur yengil atletika turidan olingan bir nechta harakatlarning bir elementi, qismi yoki «boylami» boMadi. Ular snaryadlar (yengil atletika, to'ldirma to'plar, qum toMdirilgan xaltalar, gantellar, shtanga, qadoq toshlar, blokdagi yuklar va boshqalar) bilan, ya’ni snaryadlarni qo'lga tutib, snaryadlarda, gimnastika devorida, arqonda va boshqalarda, ya’ni snaryadlar ustiga chiqib va snaryadsiz bajariladi (yengil atletikaning ayrim turlaridagi mashg‘ulotlarga bag‘ishlangan bo'limlardagi maxsus mashqlarga qarang).
Tanlab olingan yengil atletika turi va maxsus mashqlar mu­rakkab sharoitda (yumshoq yo'lkada, shamol qarshidan esayot- ganda, yomg‘ir yog‘ayotganda') va musobaqa maydoni sharoitida bajariladi. Bu yengil atletikachilami psixologik tomondan tayyorlash, ularda irodaviy sifatlarni tarbiyalash, jismoniy sifatlar darajasini oshirish uchun qo‘llaniladi. Mashqlaming qanday qilib va qanday sharoitda bajarilishiga qarab, ularning maqsadga muvofiqligi va sportchiga bo'lgan ta’siri har xil bo'lishi mumkin. Masalan, mashqning davomiyligiga, tezligiga, harakat shakliga (tizzani baland ko‘tarib yugurish, sakrab-sakrab yugurish va hokazo) qarab, shuningdek, erning xususiyatiga (qattiq yoki qipiqli yo‘lka, past- baland ochiq joy va hokazo) qarab, yugurish ko'proq tezkorlikni yoki ayrim mushak guruhlari kuchini rivojlantirishi yoki ayrim mushak guruhlari qayishqoqligini oshirishi mumkin.
Gigienik tartib (ovqatlanish, uyqu, kun tartibi, massaj va hokazo) va tabiiy omillar (quyosh, havo, suv) markaziy asab tizimini yaxshilash, sog'liqni mustahkamlash va chiniqish uchun eng yaxshi vositalardir. Ular yengil atletikachining faolligini oshiradi, unga ko'proq va foydali mashq qilish, yuqori sport yutuqlariga erishish, mashg'ulotlardan keyin kuchni tezroq tiklay olish imkonini beradi.
Sport mashg‘uloti tizimida jismoniy mashqlarm bajarish, irodaviy fazilatlarni tarbiyalash, sport texnikasi va taktikasini o'rgatishda turli metodlardan foydalanish muhimdir.
Download 16,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
axborot texnologiyalari
zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
guruh talabasi
nomidagi toshkent
O’zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
toshkent axborot
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
davlat pedagogika
rivojlantirish vazirligi
pedagogika instituti
Ўзбекистон республикаси
tashkil etish
vazirligi muhammad
haqida tushuncha
таълим вазирлиги
toshkent davlat
respublikasi axborot
O'zbekiston respublikasi
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
махсус таълим
vazirligi toshkent
fanidan tayyorlagan
saqlash vazirligi
bilan ishlash
Toshkent davlat
Ishdan maqsad
fanidan mustaqil
sog'liqni saqlash
uzbekistan coronavirus
respublikasi sog'liqni
coronavirus covid
vazirligi koronavirus
koronavirus covid
qarshi emlanganlik
covid vaccination
risida sertifikat
sertifikat ministry
vaccination certificate
haqida umumiy
o’rta ta’lim
matematika fakulteti
fanlar fakulteti
pedagogika universiteti
ishlab chiqarish
moliya instituti
fanining predmeti