Kirish. Yangi tashkil etilayotgan korxonalar o‘z moliyaviy va moddiy resurslarini mustaqil shakllantiradi. Bunday resurslar, odatda, korxona ta’sischilari tomonidan o‘z xususiy mulklarini ustav kapitaliga ulush sifatida qo‘shish bilan yaratiladi. Kompanlya faollyatini tashkil etish davrida kompaniya ta’sischilari tomonidan o‘z moliyaviy resusrlarini ustav kapitalini shakllantirishga yo‘naltiradi.Shunlng uchun ham turll mulkchilik shaklldagl korxonalarnl tashkll etlsh bosqichida xususly kapitalning shakllanlshl hlsobiga alohida e’tibor qaratiladi. Chunki, xususiy kapital moliyaviy aktivlar bilan ta’minlashning asosiy manbai hisoblanadi. Korxonaning xo‘jalik faoliyati uchun zarur bo‘lgan uning moddiy va nomoddiy boyliklari, pul mablag‘lari va moliyaviy qo‘yilmalarinlng jaml - korxonanlng kapitalidir. Korxonanlng xususly kapltall - bu unlng netto-aktivlari bo‘lib (sof aktivlar, mol- mulkning mulkdorlarga tegishli bo‘lgan sof qiymati), u aktivlar bilan majburiyatlar o‘rtasidagi aylrma sifatida aniqlanadi. Bir yoki bir necha shaxs tomonidan ta’sis etilgan, ustav kapitali ta’sis hujjatlari bilan belgilangan miqdorlarda ulushlarga bo‘lingan xo‘jalik jamiyati mas’uliyati cheklangan jamiyat deb hisoblanadi. Mas’uliyati cheklangan jamiyatning ishtirokchilari uning majburlyatlarl bo‘yicha javobgar bo‘lmaydilar va jamiyat faoliyati bilan bog‘liq zararlar uchun o‘zlari qo‘shgan hissalar qiymati doirasida javobgar bo‘ladilar. Jamiyatning o‘z hissasini to‘la qo‘shmagan ishtirokchilari jamiyat majburiyatlari bo‘yicha har bir ishtirokchi hissasining to‘lanmagan qismining qiymati doirasida solidar javobgar bo‘ladilar.104 Bir yoki bir necha shaxs tomonidan ta’sis etilgan, ustav kapitali ta’sis hujjatlari bilan belgilangan miqdorlardagi ulushlarga bo‘lingan xo‘jalik jamiyati qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyat deb hisoblanadi. Bunday jamiyatning ishtirokchilari jamiyat majburiyatlari bo‘yicha o‘ziga tegishli mol-mulklari bilan hamma uchun bir xil bo‘lgan va qo‘shgan hissalari qiymatiga nisbatan jamiyatning ta’sis hujjatlarida belgilanadigan karrall mlqdorda solldar tarzda subsidiar javobgar bo‘ladilar. Qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyat ishtirokchilari javobgarligining eng yuqori miqdori qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatning ustavida nazarda tutiladi.Ustav kapltall jamiyatning akslyadorlarga nlsbatan majburiyatlarini tasdlqlovchl muayyan miqdordagi aksiyalarga taqsimlangan xo‘jalik yurituvchi subyekt aksiyadorlik jamiyati deb hisoblanadi. Jamiyat davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan boshlab yuridik shaxs huquqlarini qo‘lga kiritadi. Jamiyat, agar uning ustavida boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, cheklanmagan muddatga tuziladi. Agar bir (asosiy) xo‘jalik jamiyati yoki shirkati ikkinchi xo‘jalik jamiyatining ustav fondida undan ustunlik mavqeiga ega bo‘lgan holda ishtirok etishi tufayli yoxud ular o‘rtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq yo bo‘lmasa boshqacha tarzda ikkinchi xo‘jalik jamiyati tomonidan qabul qilinadigan qarorlarni belgilab berish imkoniga ega bo‘lsa, ushbu ikkinchi xo‘jalik jamiyati sho‘’ba xo‘jalik jamiyati hisoblanadi. Xo‘jalik jamiyatida ishtirok etuvchi boshqa jamiyat xo‘jalik jamiyatiga qarashli ovoz beradigan aksiyalarning yigirma foizidan ko‘prog‘iga ega bo‘lsa, bunday xo‘jalik jamiyati qaram jamiyat deb hisoblanadi.