1.Testologiya vujudga kelishining shart-sharoitlari.
2.Testologiyaning fan sifatida shakllanish bosqichlari.
3.Intellektual testlarning paydo bo‘lishi.
4. Testologiyaning XX asrda rivojlanishi.
Fan sifatida testologiya 19 asrning oxiri 20 asrning boshlarida psixologiya, sotsiologiya va pedagogika fanari negizida yuzaga keldi.
Testologiya fanining asoschisi ingliz olimi F.Galton hisoblanadi (1882-1911).
1884 yiilda u tomonidan Londonda birinchi antropometrik laboratoriya tashkil etiladi.
Laboratoriyada oddiy psixofizik funksiyalarning individual xususiyatlari haqida ma`lumotlarni to`plash va tahlil qilish mumkin.
F.Galtonning fikricha, sensor farqlash testlarini inson intellektini baholovchi vosita sifatida qo`llash kerak.
F.Galton testashtirishning 3 ta asosiy tamoyilarini ajratib ko`rsatadi:
1.
Aynan bir xil seriyadagi tekshiruvlarni ko`p sonli sinauvchilarda qo`lash
2.
Olingan ma`lumotlarni tahlil qilish uchun natijalarni statistik qayta ishlash
3.
Baholash etalonlarini o`rnatish
1890 yilda Dj.Kettell tomonidan “Aqliy testlar va o`lchovlar” nomli maqola chop etilgandan so`ng “Aqliy test”tushunchasi ommalashdi.
Dj.Kettell ilmiy eksperiment o`tkazish uchun test unikal vosita deb hisobladi.
Dj.Kettell quyidagi talablarni shakllantirdi:
Barcha sinaluvchilar uchun aynan bir xil sharoitlarni yaratish;
Test o`tkazish vaqtini chegaralash (1 soat);
Barcha diagnostika qilinuvchilar uchun bir xi ko`rsatma berish;
Tekshiruvni tomoshabinlarsiz o`tkazish;
O`tkazilgan diagnostika natijaarini matematik statistika anaiz metodlari yordamida qayta ishlash(minima, maksima, o`rtacha ko`rsatkicharni aniqlash, matematik kutuv va dispersiyani hisobash).
1905-1911 yillar mobaynida A.Bine va T.Simon tomonidan bolalar intellektual qobiliyatarini o`lchash uchun test ishlab chiqiladi.
Ular tomonidan o`sha davr uchun unikal hisoblangan Bine-Simon shkalasi ishlab yaratiladi. Intellekt ko`rsatkichini Bine “aqliy” va biologik yosh o`rtasidagi farq orqali aniqlaydi.
Bine-Simon testi 3 ta seriyada: 1- seriya 1905 yil, 2-seriya 1908 yil va 3-seriyasi 1911 yilda nashr ettirilgan. Topshiriqlar yosh bo`yicha guruhlashtirilgan(3 yoshdan 13 yoshgacha). Har bir yosh uchun mos tarzda topshiriqlar tanlab olingan. Agar tekshirijgan 80-90% bolalar echa olsalar, topshiriqlar shu yoshga mos deb qaralgan. Bunda 6 yoshgacha bo`lgan bolalarga 4 tadan topshiriq, 6 yoshdan oshgan bolalarga 6 tadan topshiriq berilgan.
Aqliy yosh intellekt ko`rsatkichi bo`lib, xronologik yoshdan farq qilishi mumkin. Aqliy yosh test topshiriqlarining bajarilishiga qarab aniqlanadi. Bolaning xronologik yoshiga mos topshiriqlar taklif etiladi. Agar bola bu topshiriqlarning barchasini bajara olsa, o`zidan katta guruh uchun mo`ljallangan topshiriqlar beriladi.
Agar bola 7 yoshlilar uchun mo`ljallangan barcha vazifalarni bajarsa va 8 yoshlilarnikidan 2 ta vazifani bajarsa, uning natijalari quidagicha hisoblanadi:
12 oy : 6(8 yoshlilar uchun vazifalar soni ) = 2 oy ( bitta vazifa bahosi );
2 oy x 2 = 4 oy. Shunday qilib, bolaning aqliy yoshi – 7 yoshu 4 oy.
Aqliy yosh bilan xronologik yoshning mos kelmasligi yoki iqtidorlilik, yoki aqlan qoloqlik sifatida qaralgan, ya`ni agar aqliy yosh xronologik yoshdan past bo`lsa – aqliy qoloqlik, aqliy yosh xronologik yoshdan yuqori bo`lsa – iqtidorlilik hisoblangan.
O`rtacha ko`rsatkich 100 ga tehg. 100±16, ya`ni 84 va 116 oralig`idagi ko`rsatkich norma hisoblanadi. 84 dan past bo`lsa – aqlan qoloqlik, 116 dan yuqori bo`lsa – iqtidorlilik.
O`rtacha ko`rsatkich 100 ga tehg. 100±16, ya`ni 84 va 116 oralig`idagi ko`rsatkich norma hisoblanadi. 84 dan past bo`lsa – aqlan qoloqlik, 116 dan yuqori bo`lsa – iqtidorlilik.
Topshiriqlar namunasi ( 3 yoshlilar uchun);
Ko`z, burun,og`izni ko`rsatish.
6 bo`g`indan iborat so`zni takrorlash.
Berilgan ikkita sonni takrorlash.
Rasmdagi predmetlarni aytish.
Familiyasini aytish.
Ilmiy Testologiyaning tarkib topishida psixologiya fanida eksperiment va natijarlarni o‘lchash g‘oyalarining kirib kelganligini tadqiqot sohasida qo‘yilgan katta qadam, deb baholash mumkin. Bu boradagi o‘rinishlarni XIX asrning 30-yillarida nemis olimi Volf tomonidan diqqat xususiyatlarini aniqlash borasida uzoq vaqt davomida olib borgan izlanishlarida kuzatish mumkin. Bu tadqiqotlarda nemis olimi “psixometriya” tushunchasini birinchilardan bo‘lib fanga olib kirgan.
Ilmiy Testologiyaning tarkib topishida psixologiya fanida eksperiment va natijarlarni o‘lchash g‘oyalarining kirib kelganligini tadqiqot sohasida qo‘yilgan katta qadam, deb baholash mumkin. Bu boradagi o‘rinishlarni XIX asrning 30-yillarida nemis olimi Volf tomonidan diqqat xususiyatlarini aniqlash borasida uzoq vaqt davomida olib borgan izlanishlarida kuzatish mumkin. Bu tadqiqotlarda nemis olimi “psixometriya” tushunchasini birinchilardan bo‘lib fanga olib kirgan.