MAVZU:TARJI’BAND JANRI TAHLILI (ALISHER NAVOIY TAJRI’BANDLARI MISOLIDA) TAYYORLADI:erkinova noila Tekshirdi:yallaqayev zoir - Tarjiʼband (arab. — qaytarish, takrorlash; band) — mumtoz adabiyotda lirika janrlaridan. T. gʻazal kabi qofiyalanib, 5 baytdan 12 baytgacha boʻladi, har bandi bir vaznda yozilib, bandlar oxirida boshqa bir bayt takrorlanib keladi. Bandlar takrorlanuvchi bayt — tarjiʼ vositasida oʻzaro bogʻlanishi tufayli T. deb yuritiladi. Barcha bandlarning oxiri oʻsha takrorlanadigan bayt bilan mazmun jixatidan uzviy boitanib keladi. T.da takrorlanadigan ushbu bayt bayt boshi deb aytiladi.
- Shayx Axmad ibn Xudoydod Taroziy "Funun ulbalogʻa" asarida T.ni 5 turga ajratadi: 1) har bandning qofiyasi boshqacha boʻladi, lekin bayt takrori saqlanadi; 2) barcha bandlar bir qofiyada aytilib, tarjiʼ bayti takrorlanmaydi, balki har bandning oxirida boshqa bir bayt keladi; 3) barcha bandlar, jumladan tarjiʼ baytlar ham bir qofiyada yoziladi; 4) har bir band alohida, shuningdek, tarjiʼ baytlar ham gʻazal kabi qofiyalanadi (1misrasida qofiya boʻlmaydi) va ularni jam etsa, yaxlit gʻazal koʻrinishini oladi; 5) har bir bandning ham, tarjiʼ baytning ham qofiyasi alohidaalohida boʻladi.
- T. da shoirlar koʻpincha falsafiy qarashlari, fikrmuloqazalarini ifodalashgan. Bu jihatdan Saʼdiy, Hofiz, Navoiy va Furqatlarning tasavvufiy mazmundagi T.lari mashhur. Mas., Navoiy:Xarobot aro kirdim oshuftaholMay istarga — ilgimda singan safol.—bayti takrorlanib keladigan mashhur T.ida oʻzining olam va odam toʻgʻrisidagi falsafiy qarashlarini tasavvuf taʼlimoti bilan bogʻlab aks ettiradi. Oʻzbek adabiyotida T. janrining dastlabki mukammal namunalarini Navoiy yaratgan. "Xazoyin ulmaoniy"da 4 ta T. mavjud boʻlib, ularning ikkitasi 10 band (biri 10, ikkinchisi 11 baytdan), uchinchisi 8[11 (ikki band 12) baytdan], toʻrtinchisi 7 (8 baytdan) ni tashkil etadi. Ularning barchasi falsafiy mazmunda.
- Oʻzbek adabiyotida, shuningdek, Yusuf Amiriy, Nodira, Ogahiy, Avaz, Uvaysiy, Ravnaq, Furqat, Miriy va boshqalar T. lar yozishgan. Zamonaviy shoirlardan Habibiy, V. Saʼdulla, Chustiylar T. yaratishgan. Lekin bu T. larda mehnat nashidasi, vatanga va yorga muhabbat tuygulari tarannum etilgan.
- TARJIʼBAND (arab. — qaytarish, takrorlash; band) — mumtoz adabiyotda lirika janrlaridan. Tarjiʼband gʻazal kabi qofiyalanib, 5 baytdan 12 baytgacha boʻladi, har bandi bir vaznda yozilib, bandlar oxirida boshqa bir bayt takrorlanib keladi. Bandlar takrorlanuvchi bayt — tarjiʼ vositasida oʻzaro bogʻlanishi tufayli Tarjiʼband deb yuritiladi. Barcha bandlarning oxiri oʻsha takrorlanadigan bayt bilan mazmun jixatidan uzviy boitanib keladi. Tarjiʼbandda takrorlanadigan ushbu bayt bayt boshi deb aytiladi.
- Shayx Axmad ibn Xudoydod Taroziy «Funun ulbalogʻa» asarida Tarjiʼbandni 5 turga ajratadi:
- 1) har bandning qofiyasi boshqacha boʻladi, lekin bayt takrori saqlanadi;
- 2) barcha bandlar bir qofiyada aytilib, tarjiʼ bayti takrorlanmaydi, balki har bandning oxirida boshqa bir bayt keladi;
- 3) barcha bandlar, jumladan tarjiʼ baytlar ham bir qofiyada yoziladi;
- 4) har bir band alohida, shuningdek, tarjiʼ baytlar ham gʻazal kabi qofiyalanadi (1misrasida qofiya boʻlmaydi) va ularni jam etsa, yaxlit gʻazal koʻrinishini oladi;
- 5) har bir bandning ham, tarjiʼ baytning ham qofiyasi alohidaalohida boʻladi.
- Tarjiʼbandda shoirlar koʻpincha falsafiy qarashlari, fikrmuloqazalarini ifodalashgan. Bu jihatdan Saʼdiy, Hofiz, Navoiy va Furqatlarning tasavvufiy mazmundagi Tarjiʼband lari mashhur. Mas., Navoiy: Xarobot aro kirdim oshuftahol May istarga — ilgimda singan safol. — bayti takrorlanib keladigan mashhur Tarjiʼband ida oʻzining olam va odam toʻgʻrisidagi falsafiy qarashlarini tasavvuf taʼlimoti bilan bogʻlab aks ettiradi. Oʻzbek adabiyotida Tarjiʼband janrining dastlabki mukammal namunalarini Navoiy yaratgan. «Xazoyin ulmaoniy»da 4 ta Tarjiʼband mavjud boʻlib, ularning ikkitasi 10 band (biri 10, ikkinchisi 11 baytdan), uchinchisi 8[11 (ikki band 12) baytdan], toʻrtinchisi 7 (8 baytdan) ni tashkil etadi. Ularning barchasi falsafiy mazmunda.
- Oʻzbek adabiyotida, shuningdek, Yusuf Amiriy, Nodira, Ogahiy, Avaz, Uvaysiy, Ravnaq, Furqat, Miriy va boshqalar Tarjiʼbandlar yozishgan. Zamonaviy shoirlardan Habibiy, V. Saʼdulla, Chustiylar Tarjiʼband yaratishgan. Lekin bu Tarjiʼband larda mehnat nashidasi, vatanga va yorga muhabbat tuygulari tarannum etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |