Mavzu: Tabiatdan foydalanish iqtisodiyoti nazariy asoslari reja



Download 32,18 Kb.
bet1/3
Sana01.01.2022
Hajmi32,18 Kb.
#292941
  1   2   3
Bog'liq
TABIATDAN FOYDALANISH IQTISODIYOTI NAZARIY ASOSLARI


MAVZU: Tabiatdan foydalanish iqtisodiyoti nazariy asoslari

REJA:

  1. Tabiat va jamiyat oʼzining taraqqiyot bosqichlari

  2. Iqtisodiyot nazariyasi.

  3. Tabiatdan Foydalanish Iqtisodiyoti faning tadqiqot obekti.


Tabiat va jamiyat oʼzining taraqqiyot bosqichlari.

Tabiat va jamiyat oʼzining taraqqiyot bosqichlariga ega. Tabiat bosqichlari-katarxey, arxey, proterazoy, paleazoy, mezazoy va kaynazoy. Bu bosqichlar bir-biridan tubdan farq qiladi. Jamiyat bosqichlari-ibtidoiy jamoa, quldorlik, feodalistik, kapitalistik va sotsialistik (bu bosqich barbod boʼldi).

Bizga maʼlumki iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi quyidagilarga bogʼliq: aholining sogʼlomligi, atrof-muhit muhofazasi va tabiatdan foydalanishning holati. Аmerikalik geograflar kosmik rasmlarni oʼrganib, quruqlikning 48 mln.km.kv. (yoki uning deyarli uchdan bir qismi) yerida inson xoʼjalik faoliyati taʼsirining hech qanday asari yoʼq degan xulosaga keldilar. Bu koʼrsatkich, Shimoliy Аmerika hududida-38%, MDH-34%, Xorijiy Osiyoda-14%, Xorijiy Yevropada-3%. Choʼllashish jarayoni soatiga 7 km tezlik bilan roʼy bermoqda, yaʼni yiliga 6,9 mln.gektar yer choʼlga aylanyapti. Choʼl va chala choʼl oʼlkalarda har yili 20 mln gektardan ortiq yer holati keskin oʼzgaryapti; Har daqiqada tropik oʼrmonlardan 14-15 gektari qirqilib bormoqda va hokazo.

«Tabiatdan foydalanish» deganda tabiiy resurs salohiyatini ekspluatatsiya qilishning barcha shakllari hamda uni muhofaza qilish boʼyicha tadbirlar majmuasi tushiniladi. Shuningdek, qayta tiklanadigan resurslarni muntazam tiklab borish, miqdorini koʼpaytirish, ayrim hududlarni foydalanishdan chiqarib, alohida muhofaza qilinadigan obʼektlar qoʼriqxonalarga aylantirish kabilarni ham shu maʼnoda tushunmoq kerak. Tabiatni maqsadga muvofiq holda oʼzgartirish, tabiat biologik tizimlarining mahsuldorligini oshirish maqsadida rejali va ilmiy jihatdan asoslangan negizda uni barqaror ravishda oʼzgartirish demakdir.

Fan va texnikataraqqiyoti asosida tabiatdan boyliklarni olish miqyosi tobora ortib borayotgan va insonning xoʼjalik faoliyati jadallashayotgan hozirgi paytda ikkala turdagi faoliyat: tabiatdan foydalanish (TF) va uni muhofaza qilish (MQ) bir-biridan ajratilmagan holda amalga oshirilishi lozim. TF-ni har bir turi tabiatni muhofaza qilishning unga mos keluvchi tadbiri bilan birgalikda olib borilgan taqdirda tabiiy muhit holatini muntazam tiklab borish, atrof muhit ifloslanishining oldini olishga imkon beradi. Bizningcha, TF, MQ, Qayta tiklash, Uni yaxshilash tadbirlari, dialektik jihatdan ajralmas va bir vaqtning oʼzida amalga oshiriladigan katta samaraga erishiladi, Bu jarayonni «Tabiatdan oqilona foydalanish» atamasi bilan ifodalash maqsadga muvofiq.

Yillar mobaynida tabiatdan oqilona foydalanishga amaliy muammo sifatida qarab kelindi. Аmmo Tabiatdan foydalanishning amaliy vazifalari maxsus, keng qamrovli va teran tadqiqotlar talab qilayotgan hozirgi sharoitlarda shunday tadqiqotlar bilan shugʼillanadigan, tabiatdan oqilona foydalanishning nazariy asoslarini ishlab chiqadigan «Tabiatdan foydalanish iqtisodiyoti» fani shakllandi. Ushbu fan tabiat va jamiyat oʼrtasidagi oʼzaro taʼsirnatijalarini ochib beradi, tahlil qiladi va baholaydi, tabiatning resurslaridan foydalanish hamda tabiiy muhitni himoya qilishning nazariy tamoyillarini ishlab chiqadi. Fan koʼrib chiqadigan masalalar qatorida ijtimoiy va iqtisodiy masalalar asosiy oʼrinni egallaydi. TFI, tabiatga undan foydalanishning har qanday vazifalari yechilishida kompleks (majmuali) va tizimli (sistemali) yondashuvni taʼminlaydi.

Bunday yondashuv tadbirlardan har birini «inson-ishlab chiqarish-tabiat» umumiy tizimidagi tarkibiy qism sifatida qarashni taqozo etadi. Tabiat, tabiiy resurslardan foydalanish, ularni muhofaza qilish va qayta tiklash boʼyicha tadbirlarni bir biriga bogʼliq boʼlmagan holda va ishlab siqorish bilan aloqasiz qarash mumkin emas. Bu unsurlar bir biri bilan bogʼliq boʼlgan yagona jarayonning tarkibiy qismlarini tashkil etadi. Tabiatdan foydalanish muammosining majmualiligi, shuningdek texnikaviy tadbirlarni tashkiliy iqtisodiy tadbirlar bilan birga boʼlishi va ularning ishlab chiqarish jarayonida bir paytda qoʼllanilishini bildiradi.


Download 32,18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish