Mavzu: Svetofor ishoralari



Download 265,5 Kb.
Sana18.04.2022
Hajmi265,5 Kb.
#561290
Bog'liq
Hayvonot bog`ida 3 синф она тили


Mavzu: Hayvonot bog`ida
Maqsad:
Ta`limiy maqsadi:O`quvchilarning fe`l so`z turkumi, uning so`roqlari, harakatni bildirish haqidagi bilimlarini mustahkamlsh.Berilgan reja asosida hikoyani qismlarga bo`lib, har qaysi qismni yangi qatordan yozish ko`nimmasini shakllantirish
Tarbiyaviy maqsad: O`quvchilarning ona tabiatga muhabbat va tabiatni asrab avaylash ruhida tarbiyalash. Hayvonot bog`ida sayohatda xavfsizlik qoidalariga rioya qilishga o`rgatish.
Rivojlantiruvchi maqsad: O`quvchilarning bog`lanishli nutqini rivojlantirish; hayvonot bog`ida sayohatda xavfsizlik qoidalariga rioya qilishga oid malakalarini rivojlantirish. 
Dars turi: Yangi bilim beruvchi (sayohat darsi)
Dars uslubi: Jamoa, guruh va har bir o`quvchi bilan ishlash, noananaviy.
Dars jihozi: ko`rgazma qurollar, mavzuga oid rasmlar,hayvonot bog`idagi hayvonlar.
Dars tarkibi
Tashkiliy qism: O`quvchilarning darsga tayyorgarligini nazorat qilish, navbatchilar axboroti, yo`qlama qilish. 
O`tilgan mavuni takrorlash:
O`tilgan mavzu asosida savol-javob o`tkazib o`tilgan mavzuni mustahkamlash
Yangi mavzu:
Dars Termiz shahar hayvonot bog`ida tashkil etilgan. O`quvchilar bilan birgalikda hayvonlar tomosha qilindi va har bir hayvon haqida o`quvchilar o`zlari bilgan ma`lumotlarni berishdi va o`quvchilar hayvonlar haqida she`rlar aytishdi. 
O`quvchilar fikri tinglandi va to`ldirildi.




Termiz hayvonot bog‘ida dunyoning o‘nlab mamlakatlaridan keltirilgan 141 turdan ortiq, 365 ta jonivor parvarish qilinayapti.Tabiat oshuftalari uchun yirtqichlar, tuyoqlilar, qushlar, baliq va ilonlar hamda zootexniklar bo‘limi faoliyat ko‘rsatmoqda. Mustaqillik sharofati bilan maskanda talay xayrli ishlar amalga oshirildi. Jumladan, Termiz shahrining 2500 yilligi arafasida hayvonot bog‘ida keng ko‘lamda obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish hamda qurilish ishlari amalga oshirildi. Bog‘da noyob jonivorlar soni yildan-yilga oshmoqda. 
Darslik bilan ishlash:
372-mashq.
Mashqni o`qittirish. O`quvchilardan mazmunini so`rash va zag`izg`on , to`ti va bo`gma ilon haqidagi bilgan ma`lumotlarini so`rash va to`ldirish .
Zag’izg’on o’troq qush bo’lib, uni mamlakatimizning barcha viloyatlarida, shu jumladan Navoiy viloyatida ham yil davomida uchratish mumkin.Zag’izg’on odamlar orasida bir nechta nomlar (hakka, ola hakka, ola shaq-shaq) bilan mashhur.Zag’izg’onning boshi, bo’yni, ko’kragining oldingi qismi, tanasining orqa tomoni, dumi, tumshug’i va oyoqlari qora rangda, yelkasi, ko’kragining orqa qismi va qorni oq rangda, dumi esa uzun bo’ladi.




Zag’izg’on, asosan zararkunanda hasharotlar va ularning lichinkalari bilan, bundan tashqari qish faslida o’laksalar bilan, har xil donli ekinlarning urug’lari, oziq-ovqat qoldiqlari, kemiruvchilar (uy va dala sichqonlari) va boshqa ozuqalar bilan oziqlanadi.Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, zag’izg’onning zararidan ko’ra foydasi ko’proqdir.Jumladan, u zararkunanda hasharotlarni qirish bilan bir qatorda, tabiiy sanitarlik vazifasini ham bajaradi. Shuning uchun, zag’izg’on va uning polaponlariga ziyon yetkazmaslik, uya qurilgan daraxtlarni kesmaslik va ularni buzmaslik kerak. 




Ilonning 3000 ga yaqin turi 13 oilaga boʻlinadi. Asosiy oilalari: suv ilonlari, aspidlar, dengiz ilonlari, qora ilonlar, chuqurchaboshlilar, soʻqirilonlar, torogʻizlilar, boʻgʻma ilonlar, qalqondumlilar. Yer yuzida, Antarktidadan tashqari, hamma joyda uchraydi. Odatda, yer ustida qalin oʻt-oʻlanlar orasida,daraxtlarda, koʻp turlari choʻllarda, ayrim turlari suvda yashaydi. Yirtqich, oʻljani tirikligicha yoki oldin zaharlab yoki boʻgʻib oʻddirib keyin yutadi. Tuxum qoʻyadi, ayrimlari tuxumdan tirik tugʻadi. Ilon tabiatda kemiruvchilar, mollyuskalar va hasharotlar sonini cheklab turishda katta ahamiyatga ega.
Ilon zaharidan tibbiyotda foydalaniladi. Baʼzi Ilon terisi charm sanoatida qoʻllaniladi. Ayrim Ilon odam uchun xavfli, biroq ular hech qachon birinchi boʻlib hamla qilmaydi.
Oʻzbekiston hududida Ilonning 20 gacha yaqin turi tarqalgan, ulardan kapcha ilon, koʻlbor ilon, dasht qora iloni, boʻsh ilon (qalqontumshuq), qum charx-iloni zaharli hisoblanadi. Koʻpchilik turlarining soni keskin kamayib ketmoqda. Xalqaro tabiatni muhofaza qilish jamiyati Qizil kitobiga 16 tur va kenja turi kiritilgan. 






Dam olish daqiqasi:




Hayvonot bog`ida

Bir kuni hayvonot bog`ida qiziq voqea yuz berdi. Allaqayerdan bir zag`izg`on uchib keldi. U to`tining qafasi yonida bezovtalanib qag`illadi. Bog`ni ilon inidan chiqib ketgan ekan. U sudralib, to`ti turgan qafasga chiqib olgan, bechora to`ti esa, o`zini har tarafga ura boshladi. Hayvonot bo`gidagi xizmatchilar bundan xabardor bo`ldilar. Ular ilonni tezda tutdilar va o`z qafasiga soldilar. Shunday qilib, to`ti o`limdan qutqarildi.
Reja:
1. Zag`izg`onning bezovtalanishi.
2. Bo`g`ma ilon hamlasi.
3. To`ti o`limdan qutqarildi.

O`quvchilar berilgan reja asosida hikoyani qismlarga bo`lib aytib berishadi.
Hayvonot bog`ida
Bir kuni hayvonot bog`ida qiziq voqea yuz berdi. Allaqayerdan bir zag`izg`on uchib keldi. U to`tining qafasi yonida bezovtalanib qag`illadi.
Bog`ni ilon inidan chiqib ketgan ekan. U sudralib, to`ti turgan qafasga chiqib olgan, bechora to`ti esa, o`zini har tarafga ura boshladi.
Hayvonot bo`gidagi xizmatchilar bundan xabardor bo`ldilar. Ular ilonni tezda tutdilar va o`z qafasiga soldilar. Shunday qilib, to`ti o`limdan qutqarildi.
Yangi mavzuni mustahkamlash.
-Bugungi sayohat darsi sizga yoqdimi?
-Termiz shahar hayvonot bog`o haqida va hayvonlari haqida qanday ma`lumotlar oldingiz?
-Ilonlarning qanday foydasi bor ekan?
-Nima uchun hayvonot bog`I kerak?
O`quvchilar fikri tinglab umumlashtirish
Zero, inson, o‘simliklar, hayvonot olami yaxlit bitta ekotizimda yashaydi. Hayvonot olamiga mehr-shafqatli bo‘lish, uni asrash orqali aslida, biz borliqning bir bo‘lagini va o‘zimizni asragan bo‘lamiz.
O`quvchilarni baholash.
Uyga vazifa:Reja asosida 372- mashqni 373-mashqni bajarish.
Download 265,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish