MAVZU:Raqobat va monopoliya. Bozor muvozanati, maksimal va minimal narxlar.
1-masala “Ziyo” aktsionerlik jamiyati 2 mln so’m foyda qildi. Firma aktsiyalarining 15% Otabek Murodovga, 25% Rayim Karimovga, 35% Begzod Axmedovga tegishli bo’lsa, ular qanchadan divident oladilar?
Yechish: Otabek Murodov: 2 000 000*15%=300 000 so’m Rayim Karimov: 2 000 000*25%=500 000 so’m Begzod Axmedov: 2 000 000*35%=700 000 so’m.
Aktsiyadorlarning umumiy yig’ilishida aktsiyadorlarga aktsiya nominal bahosining 9%i miqdorida divident berish qabul qilindi. 250 ming so’m, 300 ming so’m, 800 ming so’mlik aktsiya paketi bor. Aktsiyador qancha foyda oladi?
2-masala Yechish: D1=250 000*9%/100%=22 500 so’m
D2=300 000*9%/100%=27 000 so’m
D1=800 000*9%/100%=72 000 so’m
Jami aktsiyalar bo’yicha dividend: 22 500+27 000+72 000=101 250 so’m.
Ishlab chiqaruvchi firma, ulgurji savdo bilan shug’ullanuvchi firma chakana savdo firmasi, xaridor tizimidan quyidagilar ma’lum bo’lsin: mahsulotlar tannarxi – 500 so’m; ulgurji savdo xarajatlari – 100 so’m; Chakana savdo xarajatlari – 150 so’m. Taqsimlash kanallari har birlarining foydasi tovar tannarxining 20%iga teng. Xaridor tovarni qanday tannarxda sotib oladi?
3-masala Yechish: 500*20%=100 so’m
Ishlab chiqarish firmasi
500+100=600
Ulgurji savdo firmasi
600+100+(500*20%)=800
Chakana savdo firmasi 800+150+(500*20%)=950+100=1050 so’m.
Ishlab chiqaruvchi firma, ulgurji savdo bilan shug’ullanuvchi firma chakana savdo firmasi, xaridor tizimidan quyidagilar ma’lum bo’lsin: tovar tannarxi – 1 000 so’m, ulgurji savdo xarajatlari – 100 so’m, chakana savdo xarajatlari – 200 so’m. Taqsimlash kanalining har bir qatnashchisi foydasi tovar tannarxi 15% ga teng. Xaridor tovarni qanday narxda sotib oladi?
4-masala Yechish: 1 000*15%=150 so’m
Ishlab chiqarish firmasi
1000+150=1150
Ulgurji savdo firmasi 1150+100+(1000*0.15)=1250+150=1400
Chakana savdo firmasi
1400+200+150=1750 so’m.
Ishlab chiqaruvchi firma, ulgurji savdo bilan shug’ullanuvchi firma chakana savdo firmasi, xaridor tizimidan quyidagilar ma’lum bo’lsin: ulgurji savdo xarajatlari – 150 so’m, chakana savdo xarajatlari – 200 so’m, taqsimlash kanallarining har bir qatnashchisi foydasi tovar tannarxining 20% ga teng. Xaridor tovarni 1330 so’mdan sotib oldi. Tovar tannarxi necha so’m?
5-masala x+u=ishlab chiqarish narxi;
x – tannax; u – foyda. x+u+150+y=x+2y+150 ulgurji narx x+2y+150+200+y=x+3y+350=1330
x – 100% y – 20%; y=0.2 x+3y+350=1330 x+350+3*0.2x=1330 x+0.6x+350=1330 x+0.6x=1330-350 1.6x=980
x=980÷1.6;
x=612.5.
Tovarga bo’lgan talab va taklif funktsiyalari quyidagicha berilgan: Qd=110-P; Qs=2P-50. Agar har bir tovar uchun uning narxining 20% i miqdorida soliq belgilansa: A.Bu tovarning bozordagi muvozanat narx va muvozanat miqdor qanday o’zgardi? B.Bu tovar sotuvchining daromadi qanday o’zgaradi?
5-masala Yechish: Qs= Qd 2P-50=110-P 2P+P=110+50 3P=160 P=53.3 Qs=2*53.3-50=56.6 Qd=110-53.3=56.6 TR=P*Q=53.3*56.6=3016.78
Narxga soliq foizini qo’shish formulasi: (1-%/100*P)
110-P=2((1-20%/100%)*P)-50
110-P=2*0.8P-50
110-P=1.6P-50
160=2.6P P=61.5
Q=110-61.5=48.5; TR=61.5*48.5=2982.7
B. ∆TR=TR2-TR1=2982.7-3016.78=-34.1