Mavzu: “Quvnoq bolalar qo’shig’I” G’afur Qodirov hayoti va ijodi - G'ofur Qodirov 1917-yil 1-fevralda Toshkent shahrida bog'bon-dehqon oilasida tugildi. 1928-yili 54- umumta'lim maktabining 6-sinfini bitirdi. 1933-yilda O'rta Osiyo san'at maktabiga o'qishga kirib, 1936yil bitirdi. Ta'lim olgan yillarida badiiy havaskorlik to'garaklari, xor jamoasiga qatnashdi va o'zbek xalq cholg'ulari ansamblida dutor va tanbur chertishni o'rgandi. 1936yili u Toshkent Davlat To'qimachilik institutiga o'qishga kirdi. Mazkur institutning badiiy havaskorlik xori bilan 1937yilda o'tkazilgan olimpiadada ishtirok etdi. Shundan keym G'ofur Qodirov musiqa bilan jiddiy shug'ullanishga qaror qildi. O'sha yili uning musiqa qobiliyatini sezgan kompozitor Nikolay Mironov maslahati bilan Toshkent Davlat konservatoriyasining tayyorlov bo'limiga o'qishga kirdi 1940yili kompozitorlik mutaxassisligi va cholg'ulashtirish bo'yicha ta'lim olib, 1945-yil konservatoriyani muvaffaqiyatli bitirdi. O'sha yili Hamza nomidagi Toshkent Davlat bilim yurtiga musiqa nazariyasidan dars berishga yo'llanma bilan yuborildi. 1959-yili u cholg'ulashtirishdan dars berishga konservatoriyaga taklif qilindi 1971—1975-yillarda O'zbekiston Bastakorlar uyushmasi xay'atining mas'ul kotibi lavozimida ishladi. Ularning qo'shiqlari ohangdorligi, dilkashligi, hayotiyligi, sevgi-muhabbatni keng qamrab olganligi bilan ajrahb turadi va davr nafasi yaqqol sezilib turadi.
Yozgan asarlari - Fortepiano uchun pyesalar: «Rondo», «Raqs», «Suita», «Sonata», «Preludiya va орега»
- Torli kvartet, simfonik orkestr uchun «Marsh», «Suita», «Simfoniyetta» fortepiano jo'rhgida Navoiy g'azallari asosida «G'azal» romansi, «Mard yigit» qo'shig'I
- Bolalar teatrlarida sahna yuzini ko'rgan «Qari chol va bo'ri» nomli spektakhga 1944-yil musiqa bastaladi.
- «0'zbekistonim», «O`lkamga», «Yoshlar marshi», «Mirzacho'l», «Oq oltin taronasi», «Do'sthk festivali», «Paxta», lirik estrada qo'shiqlaridan: «Mirzacho'l yor-yori», «Koyimang, oyijon», «Go'zal Toshkent» va boshqalar. Shuningdek, bolalar uchun yaratgan qo'shiqlari nota to'plamlarida chop etildi: «Maktabjon — oftobjon», «Baxtli avlod», «О'уnab ber», fortepiano uchun pyesalar va «0'zbek raqslari» to'plamlari nashrdan chiqdi.
- Kompozitor turli cholg'u ansambli, orkestr, yakkaxon, ansambl va xor uchun «Maktabjon — oftobjon» IV qismli vokal-simfonik suita, «Biz yosh o'qituvchilar» IV qismli kantata, «Oq oltin», «Biz istiqlol egasimiz» V qismli vokal-simfonik suitasi, «Dangasahk — kasallik», «Ota-onalarga», «Bobomlar bog'bon», «Ona qo'llari», «Gunafsha», «Laylak» kabi qator qo'shiqlarni yaratdi.
Mukofotlari - 1969-yili dotsent ilmiy unvoniga sazovor bo'ldi.
- Kompozitor G'ofur Qodirov O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan san'at arbobi faxriy unvoniga sazovor bo'lgan.
“Quvnoq bolalar qo’shig’i”tahlili Tempi - Marshona O’lchovi – 2/4 Tonalligi – F-dur Diapazoni – 1-oktava re dan 1-oktava lyagacha. Asar 3-sinf ya’ni 8-9 yoshdagi bolalar uchun mo’ljallangan E’tiboringgiz uchun rahmat!
Do'stlaringiz bilan baham: |