Mavzu: qoraqalpogiston hududi XVI xix asrlarda



Download 21,21 Kb.
bet1/2
Sana27.06.2022
Hajmi21,21 Kb.
#708458
  1   2
Bog'liq
QORAQALPOGISTON HUDUDI XVI – XIX ASRLARDA


MAVZU: QORAQALPOGISTON HUDUDI XVI – XIX ASRLARDA

Reja:



  1. Qoraqalpoq xalqining kelib chiqishi haqida ma’lumotlar.

  2. XVI – XIX asr boshlarida qoraqalpoqlar.

  3. Oydo’stbiy qo’zg’oloni.

  4. Qoraqalpoqlarda ijtimoiy – iqtisodiy hayot.

Bexistun yozuvlarida miloddan avvlgi VI asrda hozirgi Qoraqalpog’iston hududida saka tigraxauda (cho’qqi kigiz qalpoqli) qabilalari yashab o’tganligi haqida ma’lumot beriladi. VI-VIII asrlarda Orol dengizi atroflarida bijanak va o’g’uz etnik guruhlari shakllandi. Ana shu bijanaklar qoraqalpoqlarning ajdodi hisoblanadi. VIII-X asrlarda qoraqalpoq halqi tashkil topa boshlagan davrda, Orol atrofi Kerder viloyati deb atalgan.

1221 yilda CHingizxon qo’shinlari Urganchni egallab, Amudaryo to’g’onini buzib tashladi. Endi Amudaryo Kerder viloyati tomon emas, g’arb tarafga oqa boshlagan: ekin yerlarining qurib qolishi sababli qoraqalpoqlarning bir bo’lagi Volga va YOyiq daryolari bo’ylariga, Qora dengiz qirg’oqlari, Sirdaryo yoqalari sari kuchayib ketganlar.

XII-XIII asr rus yilnomalarida qoraqalpoqlar «cherniye klobuki», sharq manbalarida «qora bo’rkli» tarzida tilga olinadi. XIV asr oxirlarida qoraqalpoqlar Volga va YOyiq daryolari oralig’ida tashkil topgan No’g’oy (Mang’it) xonligi tarkibida bo’lganlar. No’g’oy xoni Idigu (Edigey) 1419 yilda o’ldirilgach, taxt talashishlar natijasida xonlik kuchsizlandi.

Bu harakat oldidan Oydo’stbiy xondan yordam so’ragan. Xiva xoni yordamida Oydo’stbiy Oqyoqish bo’yida (Hozirda Taxtako’prik tumanida) ulkan qo’rg’on qurdirgan.

Qo’zg’olon oldidan qoraqalpoqlar orasida soliq yig’ish uchun Gadoyniyoz mahram yuborilgan. U qoraqalpoqlarning xitoy qabilasi boshlig’i Bekpo’latbiydan qo’zg’olon tayyorlanayotgani to’g’risida eshitadi. SHundan keyin mahram qo’ng’irot qabilasi boshlig’i CHo’nqorabiyning o’g’li Qobilbiy huzuriga keladi. Uning uyida qolib, odamlarini Xivaga jo’natadi. 1827 yil 25 iyul kuni xon Oydo’stbiy boshchiligidagi tayyorlanayotgan qo’zg’olon haqida eshitadi. Xon Oydo’stbiy qo’zg’olonchilarini yo’qotish uchun mahsus qo’shin to’plab, unga Muhammad Nazarbiy inoqni qo’mondon tayinlaydi va Xo’jayli shahriga jo’natadi. SHahar atrofida askarlar o’rnashadi.

Oydo’stbiy qoraqalpoq kadxudo va biylarni to’plab, Orol dengizi bo’yida Sori atov degan mavzuda mashvarat qiladi. Yig’ilganlar maslahati bilan qoraqalpoq ovullariga otliq choparlar jo’natib, shunday buyruq beradi: «Hamma bola-chaqasi bilan qo’zg’olonga yig’ilsin. Kimda-kim bosh tortsa, u dushman hisoblanadi». Natijada barcha qoraqalpoqlar to’planib qulay yerda xandak qazib, shoh-shabbalar va aravalar bilan mudofaa to’sig’i qurishgan. 29 iyulda Oydo’stbiy o’zining ikki o’g’li Rizo va To’rani 300 botirga bosh qilib, Qo’ng’irot qo’rg’oniga chopovulga yuboradi. O’shanda Qo’ng’irot hokimi Muhammad YA’kub Mushrif qo’rg’on mudofaasini uyushtirgan. Urush peshingacha davom etgan. Oydo’stbiy askarlarining bir qanchasi nobud bo’lgan. Ba’zilari dengiz tomon qochgan. Rizo ham, To’ra ham bor imkoniyatni ishga solsalar-da, yengilganlar.

Ma’lumki, qozoq xoni Abulxayrga qarshi olib borilgan urushda qoraqalpoqlar yengilgan edi. Bu mag’lubiyat natijasida ular azob-uqubatlarga duchor etilgan. Hususan, Sirdaryo bo’ylaridagi qoraqalpoqlar har yoqqa tarqab ketganlar. Ularning bir qismi esa Toshkent atrofiga ( CHirchiq bo’ylariga), boshqa bir qismi esa Qizilqum orqali Xorazmga ( Orol dengizining janubiy sohillariga) ko’chib ketganlar. Mana shu mashaqqatli ko’chishlarning guvohi bo’lgan Jiyen Jirov o’zining « Darbadar el» nomli dostonini yaratgan edi.

Qoraqalpoq adabiyotining ko’zga ko’ringan vakillaridan yana biri Kunxo’ja Ibrohim o’g’li (1799-1830 yy) edi.

Uning butun umri Muhtojlikda o’tgan. SHoirning «O’roqchilar», «Oq qamish», «CHo’ponlar» kabi she’rlari diqqatga sazovordir.

Ajiniyoz Kasibay o’g’li (1811-1878 yy) qoraqalpoq halqining atoqli shoirlaridan biri. Mo’ynoqdagi eski maktabda o’qigan. Keyin Xivadagi SHerg’ozixon madrasasida ilm olgan. SHoirning « Bo’zatov» dostonida qorqalpoq halqining boshqa yurtlarga ko’chib ketishiga majbur etilganligi, katta mahorat bilan bayon etilgan. Ajiniyoz shoir she’rlarida vatanparvarlik, insonparvarlik g’oyalari ustun turadi.

SHoir Ajiniyozni butun O’rta Osiyoda tanitgan asari «Qiz Mengash bilan aytishuv» asari edi.

Qoraqalpoq halqi adabiyoti uning asoschisi Berdaq (1827-1900 yy) nomi bilan mashhurdir.

Berdimurod Qarg’aboy o’g’li Berdaq yoshligidan ota-onasidan yetim qolib, bir burda non uchun ovulma-ovul ish qidirishga majbur bo’lgan. U ijodini 18-19 yoshlarida do’mbira chertib she’r aytishdan boshlangan. 25 yoshida iste’dodli shoir sifatida halq orasida tanildi. Uning she’rlarida halqning hayotida aks ettirilgan.

Berdaq tarixiy mavzularida ham qalam tebratgan. Uning «Avlodlar», «Omongeldi», «Oydosbiy», «Ernazarbiy» kabi asarlarida halq qaxramonlari faxr bilan kuylanadi.



Download 21,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish