Mavzu: Pul tizimining rivojlanishi va elementlari.
Reja:
1.Pul tizimi va uning turlari.
2. Pul tizimining asosiy elementlari.
3. O'zbekiston pul tizimining tashkil topishi va rivojlanishi.
4. O'zbekistonda pul tizimining elementlari.
Pul tizimi:
Pul tizimi:
Pul tizimi - bu mamlakatda tarixan tarkib topgan va milliy qonunchilik bilan tasdiqlangan pul muomalasini tashkil qilish shaklidir Pul tizimi turlari pul qanday shaklda amal qilishiga bog'liq, ya'ni umumiy ekvivalent - tavor sifatida yoki qiymat belgisi sifatida bo'lishiga qarab quyidagicha pul tizimlar mavjud bo'lgan.
Turlari:
Turlari:
Birinchi tizimda metall pul bevosita muomalada bo'ladi va pulning barcha funksiyalarini bajaradi, pullar esa metallga almashinishi mumkin;
Kredit va qog'oz pullar muomalaga kiritilishi bilan qog'oz pullar muomalasi tizimi yuzaga kelgan;
Mamlakatda umumiy ekvivalent sifatida qabul qilingga metallga va pul muomalasi bazasiga qarab pul tizimi bimetalizm va monometalizm pul tizimlariga bo'linadi.
Bimetalizm - pul tizimida umumiy ekvivalent rolini metall (ko'pincha oltin va kumush) bajargan, bu tizimda ikkala metalldan ham tangalarning erkin muomalaga chiqarilishi va ularning cheksiz almashishiga amal qilingan.
Bimetalizm - pul tizimida umumiy ekvivalent rolini metall (ko'pincha oltin va kumush) bajargan, bu tizimda ikkala metalldan ham tangalarning erkin muomalaga chiqarilishi va ularning cheksiz almashishiga amal qilingan.
Bimetalizm 16-17 asrlarda keng tarqalgan bo'lib, g'arbiy Yevropaning qator mamlakatlariga 19 asrda yetib kelgan.
Elementlari:
Elementlari:
Zamonaviy pul tizimi quyidagi elementlarni o’z ichiga oladi:
1.Pul tizimini tashkil etish tamoyillari;
2. pul birligi;
3. baholar masshtabi;
4. pul ko’rinishlari;
5. emissiya tizimi;
6. pul muomalasini tartibga solishning usullari;
7. mamlakatda pul oborotining tarkibi va uni tashkil etish.
O'zbekiston pul tizimining tashkil topishi va rivojlanishi:
O'zbekiston pul tizimining tashkil topishi va rivojlanishi:
Birinchi bosqichi. Pul tizimining birinchi bosqichi 1991-yil sentyabrdan 1993-yil noyabr oyiga qadar bo'lib o'tgan davri o'z ichiga oladi. Ikkinchi bosqich. 1993-yil noyabrdan 1994-yil iyun oyiga to'g'ri keladi. Ushbu davrda, yani 1993-yil 15 noyabrda muomalaga oraliq «so'm - kupon» lar kirtildi. Pul tizimining uchinchi bosqichi 1994-yildan hozirgi kunchagacha o'tgan davri o'z ichiga oladi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 122-moddasi va «O'zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining asoslari to'g'risida»gi qonunning 11-moddasi, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1993-yil 3- sentyabrdagi 952-XI-sonli qaroriga muvofiq 1994-yi 1- iyuldan boshlab O;zbekiston Respublikasi hududida qonuniy to'lov vositasi bo'lgan milliy valyuta «So'm» muomalaga kirtildi.