Mavzu: oq xusayni navining uvologik tavsifi. Gost 32095-2013 Reja



Download 0,49 Mb.
bet1/3
Sana28.04.2022
Hajmi0,49 Mb.
#587036
  1   2   3
Bog'liq
Oq xusayni navining uvologik tavsifi


MAVZU: OQ XUSAYNI NAVINING UVOLOGIK TAVSIFI. GOST 32095-2013

Reja

1. Kirish


2. Oq xusayni navining uvologik tavsifi
3. Sharob tayyorlash
4. GOST 32095-2013 Standart haqida ma’lumot
5. Xulosa
6. Foydalanilgan adabiyotlar

KIRISH
Uzumchilik mamlakatimiz qishloq xo‘jaligining muhim tarmoqlaridan biri. Markaziy Osiyo respublikalarida, xususan, O‘zbekistonda uning roli ayniqsa katta. O‘zbekistonning qulay tabiiy sharoiti bu yerda xilma-xil nav uzum yetishtirishga imkon beradi.


Tok — qimmatbaho o‘simlik hisoblanadi. Uning mevalari juda mazali va foydalidir. Ular tarkibida 15—30% shakar (tupida sulitilganda esa 40—50% gacha), organik kislotalar, pektin, oshlovchi, xushbuy hidli va buyoq moddalar, o‘simlik yelimi, bir qancha fermentlar, A, V1, V2, S vitaminlar va mineral tuzlar bo‘ladi.
Uzum tarkibida yaxshi o‘zlashtiriladigan shakar (glyukoza va fruktoza), organik kislotalar va boshqa moddalarning bo‘lishi va tarkibiy qismlarining bir-biriga mos ravishda birikkanligi tufayli ular davolash xususiyatiga ega.
Uzumdan har xil maqsadlar uchun foydalaniladi. Uzum yangiligicha ko‘p ishlatiladi. Undan iyundan boshlab noyabrgacha foydalaniladi. Tashishga chidamliligi va xolodil'niklarda hamda maxsus omborlarda uzoq saqlanishi tufayli uzum yangiligicha kelgusi yilning may oyida ham iste'mol qilinadi.
Uzum oziq-ovqat va vino sanoati uchun juda xam yaxshi xom ashyodir. Yangi uzumdan murabbo, kompot, marinadlar tayyorlanadi. Uzum suvi tegishlicha tayyorlanganda eng yaxshi tuyimli, parxez va shifobaxsh mahsulot sifatida kup oylar davomida caqlanishi mumkin.
Uning suvini kaynatish yoki sovuqda kondentrlash yuli bilan shinni, vakuum-suslo, uzum asali va tarkibida 60—75% gacha shakar bo‘lgan boshqa mahsulotlar olinadi.
Uzumdan quritilgan qimmatbaqo mahsulotlar: urug‘li xo‘raki navlardan mayiz, urug‘siz navlardan kishmish, juda mayda (6— 9 mm), urug‘siz qora mevali korinka nav uzumdan quritilgan korinka olinadi. S S S R d a ko‘plab kishmish, mayiz esa kamroq tayyorlanadi. Korinka butunlay tayyorlanmaydi.

Kaloriyasi yuqori bo‘lganligi, uzoq saqlanishi, tashish uchun qulayligi tufayli mayiz konditer va kulinariya sanoatida ishlatiladigan qimmatbaho oziq-ovqat mahsulotiga aylandi. O‘zbekiston S S R mamlakatimizda mayiz yetishtiriladigan asosiy respublikadir ( S S S R d a yetishtiriladigan mayizning 85% ni beradi).


Uzumdan har xil vinolar, shampan vinosi, kon'yak tayyorlashadi. Iste'mol qilinadigan vinolardan uzum sirkasi tayyorlanadi. Uzum turpidan spirt, vino kislota, tanin moddasi, uzum moyi, buyoqlar, yoritkich gaz va boshqalar olinadi. Turp komposti bilan bog‘ va tokzorlar o‘g‘itlanadi.
Tok yana shu bilan qimmatliki, u erta (utqazilgandan sung nkkinchi-uchinchi yili) hosilga kiradi, uzoq yashaydi, yaxshi parvarish qilinsa, 80—100 yil hosil beradi.
Tokning ildiz sistemasi baquvvat va katta bo‘lganidan u qurg‘oqchilikka nisbatan chidamli bo‘ladi va undan melioratsiya maqsadlarida— tog‘larni, tog‘ etaklarini o‘zlashtirishda, qum va jarlar hamda shunga o‘xshashlarni mustahkamlashda foydalanish mumkin. U boshqa ekinlar uchun ham yaroqli bo‘lgan yerlarda, shag‘altoshli, shurxok, sizot suvlar yer yuziga yaqin (1—1,5 m) bo‘lgan o‘tloq botqoq tuproqli yerlarda muvaffaqiyatli ravishda ko‘paytirilmoqda.
O‘rta Osiyoda tokning xavfli dushmanlari — filloksera va mildyu yuq.
O‘zbekistonning sug‘oriladigan buz tuproqli yerlarida tabiiy sharoit qulay bo‘lganligi tufayli yaxshi agrotexnikani qullab, juda yuqori — SSSR dagi o‘rtacha mikdordan 2—3 marta ortiq hosil olinadi. Masalan, qaishadaryo oblastidagi «Ki-tob» uzumchilik sovxozida yiliga har gektar yerdan 180 s ga yaqin uzum olindi; ayrim uchastkalardan bayonidairey navidan gektariga 520 s dan hosil olindi, Toshkent oblastidagi “Quyi Chirchiq” sovxozida 400 ga yerning har gektaridan 150—200 s dan, Samarkand oblastidagi Bulungur sovxozida 650 ga yerning har gektaridan 150—160 s dan va Samarkand rayonidagi Engel's nomli kolxozda 360 ga yerning har gektaridan 200—250 s dan hosil olib kelinadi.
Uzumchilik qishloq xo‘jaligining daromadli tarmog‘idir. Masalan, «Kitob» uzumchilik sovxozi bir yilda 800 ming so‘mdan ortiq, ya'ni 1 gektar hisobiga o‘rtacha 3,1 ming so‘mdan sof daromad oladi. «Quyi Chirchiq» sovxozida har gektar yerdagi uzumdan olinadigan sof daromad 2,6 ming so‘m bo‘lishi aniqlangan, 1 s uzumning tannarxi eca 6,5—8 so‘mga (O‘zbekiston S S R bo‘yicha 14,5 so‘mga) teng.
Samarkand va Toshkent oblastlaridagi bir qancha kolxozlarning uzumchilikdan olgan daromadi xujalikdagi barcha daromadning 58—65% ni tashkil etadi.

Oq xusayni navining uvologik tavsifi


Uvologiya (lot. uva — uzum va logiya) — vino va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarishda uzum shingillari va gʻujumining tarkibiy qismlarini hamda uzumni oziq-ovqat sanoati uchun xom ashyo tarzida oʻrganadigan kimyotexnologiya fani. U. uzumni yangiligida yoki quritib isteʼmol etish, saqlash yoki sharbat, vino, shampan, konyak ishlab chiqarish uchun qayta ishlash jihatlaridan oʻrganadi. Uzum navlarini uvologik jihatdan tekshirishda ampelografik maʼlumotlarga tayangan holda uzumning tarkibi va xususiyatlari; kimyoviy tarkibi; pishish muddatlari; uzum va undan olingan mahsulotlarning taxlili; tokchilikni reja asosida joylashtirish; vinochilikni ixtisoslashtirish; tok oʻstirilayotgan yer sharoiti va tok parvarishi, bu omillarning uzumning mexanik xususiyati va kimyoviy tarkibiga taʼsir etishi oʻrganiladi va h.k. (yana q. Ampelografiya).
TOK HAQIDA QISQACHA T A R I X I Y
MA'LUMOTLAR
Tokchilikning ahvoli va uni rivojlantirish istiqbollari
Tok eng qadimgi gulli o‘simliklarga kiradi. Uning ajdodlari (Vitaceae) quyosh tushib turadigan ochiq joylarda o‘sgan buta holidagi, tabiatan yorug‘sevar o‘simlik bo‘lgan. So‘ngra ular yorug‘lik uchun kurashda chirmashib o‘sadigan shaklga kirib, o‘rmonda yashashga moslashgan.
Vitis (tok) avlodining vakillari dastlab yer sharining iqlimi bir vaqtlar issiq bo‘lgan arktika zonasida o‘sgan. Muzlik davrida arktika zonasidagi toklarning bir qismi nobud bo‘lgan, bir qismi janubga siljigan. Shimoliy Amerika va Sharqiy
Osiyoda uning qadimgi turlari hozirgacha saqlanib qolgan. Janubiy Yevropada uchlamchi davrning oxirgi erasida yoki bundan ancha oldin paydo bo‘lgan Vitis vinifera degan avlodi saqlanib qolgan. U ekish uchun yaroqli qisoblandi.
Materik bo’linib ketgandan sung Vitis avlodi uch turga: shimoliy amerika, sharqiy osiyo va yevropa-osiyo gruppalariga bo’linib ketdi. Oxirgi gruppa ( V i t i s vinifera)ni uzoq vaqt sun'iy tanlash natijasida hozirgi toklarning ko’p xilma-xil navlari yetishtirildi. Tok navlarining kamrog’i boshqa turlardan kelib chiqqan.
Qadimgi odamlar yovvoyi uzumni o’rmonlardan olib kelib yeganlar. Odamlar o’troq hayot kechira boshlashi bilan tok ekiladigan bo’ldi. Uzumning yuqori darajada tuyimliligi, tokning oson ko’payishi va uni istalgan shaklga kiritish mumkinligi, shuningdek muhit sharoitiga yaxshi moslashishi uning keng tarqalishiga imkon berdi. Sershakar va serhosil bo‘lgan eng yaxshi xillarini ko’p yillar davomida tanlash va ularni parvarish qilish usullarini takomillashtirish tufayli uzumning turli xujalik maqsadlarda ishlatiladigan xilma-xil navlari yetishtirildi.
Tok ekila boshlagandai so’ng, uni chirmashib usuvchi (liana) holidan tup holiga keltirish zarur edi, bunda o‘simlikni parvarish qilish osonlashadi, uning o’sishi va hosilga kirishi uchun eng yaxshi sharoit yaratiladi. Taxminan 4—6 ming yil ilgari tok Kavkazda, O‘rta Osiyoda, Suriya, Mesopotamiyada va Misrda ekilgan. Qariyb 3 ming yil avval tokchilik Gretsiyada rivojlangan va qora dengiz hamda O‘rta Yer dengizi sohillarida, Rimda, bir oz keyinroq esa Fransiyada tarqalgan. X V I I I — XIX asrlarda tok Janubiy Amerikada, Avstraliyada, Yangi Zerlandiyada, Yaponiyada. Koreyada tarqaldi va dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida keng ko’lamda ekila boshladi.
Yevropada tokchilik va vinochilik X V I I — X V I I I asrlarda keng rivojlandi. 1845—1863 yillarda Shimoliy Amerikadan keltirilgan zararkunanda va kasalliklar (filloksera, mildyu, oidium, antraknoz) Yevropada tokka katta zarar keltirgan. Masalan, Fransiyada filloksera paydo bo‘lgandan 15—20 yil keyin tokzorlarning yarmi nobud bo‘lgan. Yevropaning boshqa mamlakatlarida , jumladan, Rossiyada ham — Ukrainada, Kavkazning Qora dengiz sohillarida, Moldaviya, Gruziya, Armaniston, Ozarbayjonda katta-katta tokzorlar nobud bo’ldi. Keyinchalik filloksera va zamburug’ kasalliklariga qarshi samarali kurash choralari topildi.
Hozirgi vaqtda tokzorlar shimoliy kenglikning 20—52° va janubiy kenglikning 30—45° orasidagi keng maydonni egallaydi. Tokzor maydoni 1964 yili butun dunyo bo’yicha 10 mln. ga ni tashkil etgan.
Tokzorlarning asosiy qismi (95%) shimoliy yarim sharda joylashgan. Tok bilan band bo‘lgan hamma maydonning 85% ga yaqini Yevropa va Osiyoda, 8% Amerikada va 6% Afrikada hamda 1 % Avtraliyadadir.
Uzum yetishtirishda birinchi o’rinni Italiya, so’ngra Fransiya, Ispaniya, Afrika, Portugaliya, Turkiya, Argentina, Jazoir egallaydi. Italiya va Fransiya ko’p miqdorda vino ham ishlab chiqaradi, yetishtirilgan uzumning 97—98% ana shu maqsad uchun ishlatiladi.
Sossialistik davlatlardan S S S R , Ruminiya, Vengriya, Bolgariya, Yugoslaviyada uzum eng ko’p yetishtiriladi. Mayiz AQShda , Gretsiya, Turkiya, Avstraliya, Eronda ko’p yetishtiriladi. Gretsiyada yetishtiriladigan uzumning 40%, Turkiyada taxminan 50% mayiz qilinadi.
S S S R d a tokzorlar 1 mln. ga dan ortiq maydonni egallaydi. Asosiy tokzorlar Ukrainada, Moldaviyada, Rossiya Federatsiyasining janubida, Gruziya, Uzbekiston va Ozarbayjondadir.
Ulug Oktyabr sosialistik revolyusiyasigacha tokchilik Rossiyada qoloq ahvolda edi. Tokzor maydonlar sezilmas darajada kengayar edi. 1917 yilga kelib tokzor maydoni hammasi bo’lib 230 ming ga ni tashkil etgan. Uzum mahsulotlari ko’plab boshqa mamlakatlardan — Erondan, konyak Gresiyadan, vinolar, asosan shampan vinosi Fransiyadan keltirilar edi. Yordamchi xo’jaliklarida tok agrotexnikasi va assortimenti Fransiya, Italiya, Ispaniyaga taqlid qilib olib borilardi.

Download 0,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish