Mavzu: Olti yoshli bolalarga matematikani o‘rgatish metodikasi. Bolalarni masalalar еchishga o‘rgatish. Bolalarni arifmetik amallarni ifodalashga o‘rgatish



Download 104,03 Kb.
Sana02.01.2022
Hajmi104,03 Kb.
#312215
Bog'liq
matematika mashg'ulotlarini tashkil etish


1-amaliy vazifa

Mavzu:Olti yoshli bolalarga matematikani o‘rgatish metodikasi. Bolalarni masalalar еchishga o‘rgatish . Bolalarni arifmetik amallarni ifodalashga o‘rgatish.

1.Katta guruhda bolalar bilan matematik mashǵulatlarni qanday tashkil qilinadi? 6 yoshli bolalarda o`z xulq-atvorini boshqarish qobiliyati paydo bo`ladi; erkin xotira, diqqat rivojlanadi. Shu yoshda topshiriqni bajarishga, o`z ishiga ijobiy baho olishga intiladilar. Ular o`quv topshiriqlari (vazifasi) ga katta qiziqish bilan qaraydilar.

Bolalar katta guruhda birinchi o`nlik sonlarini yaxshi o`zlashtirishlari kerak. Har xil buyumlar to`plamini sanash, ularning qatorda kelish tartiblarini aniqlash jarayonida sonlar mohiyatini o`zlashtirish amalga oshiriladi. Bolalar bilan bajariladigan hamma ishlar ular oldingi bosqichlarda olgan bilimlar va ularni hgisobga olish asosida tashkil qilinadi. O`qitishni o`tilganlarni takrorlashdan boshlash kerak. Har qaysi yangi bilim oldin o`zlashtirilgan bilimlar tizimiga kiritilishi zarur.

Mashqlar miqdori yetarli bo`lgandagina o`quvchilarda puxta malaka va ko`nikmalar shakllanishi mumkin. Bolalarni buyumlar, o`yinchoqlar, geometrik figuralar, kartochkalar va rasmlardagi tasvirlarni sanash (qayta sanash, qo`shib sanash, ajratib sanash) ga, obyektlar miqdorlarini sezish bilan aniqlashga mashq qildirish kerak.

Mazkur guruhda haftada 1 tadan mashg`ulot o`tkaziladi. Mashg`ulotni haftaning birinchi yarmida jismoniy tarbiya mashg`uloti bilan qo`shib olib borish maqsadga muvofiq.

2. Arifmetik masala tuzilishi bilan tanishtirish bóyicha mashǵulot ishlanmasin tuzing ( Katta guruhlar misolida ) Masalalar yechishda bolalar mulohaza yuritishni, isbotlashni, o`z harakatlarini asoslab berishni organib olishi, qaysi sonli ma`lumotlar qaysilari bilan o`zaro munosabatga kirishishi kerakligini, nimani qo`shish, nimani ayirish mumkin va ayirish kerakligini tushunmog`i kerak. Aynan, ko`pincha masalada yashirinib yotgan mana shu tomoni bolalar uchun oydin bo`lishi kerak. Bu ishda bolalarga masalani ko`rsatmali materiallardan namoyish qilib, yordam berishi kerak. Bolaga gullar solingan guldonni ko`rsatamiz, bitta gulni olamiz va bu haqida quyidagicha masala tuzish mumkinligini aytamiz: guldonda yettita gul bor edi. Onam bitta gulni oldi. Guldonda nechta gul qoldi?”

Masalalarni yechish jarayonida bolalar yechimni topish uchun bajarilishi zarur bo`lgan arifmetik amallarnigina (qo`shish yoki ayirish) qo`llashlari kerak. Bolalar bu amallarni ifodalay oladigan va masalani yechish mantig`ini tushuntira oladigan bo`lishlari muhim.

- Guldondagi gullar nechta edi? – deb so`raydi bola.

- Yettita, - deb javob beradi bola.

- Onam bitta gulni olganidan keyin gullar ko`paydimi yoki kamaydimi?

- Kamaydi.

- Qanday amalni bajarish kerak, qo`shish amalinimi yoki ayirishnimi?

- Ayirishni, - deb javob beradi bola

- Onam nechta gulni olgan?

- Onam bitta gulni olgan.

- Endi masalani yechish kerak, ya`ni guldonda nechta gul qolganini topish kerak. Buning uchun yettita guldan bitta gulni olish kerak: oltita gul qoladi. Masalaning javobi: oltita gul.

- Masalaning javobi nimani ko`rsatadi?- deb so`raymiz boladan.

- Masalaning javobi guldonda nechta gul qolganini ko`rsatadi.



3. Matematik mashǵulotlarga oid tarqatma materiallar tayyorlang.












Download 104,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish