Mavzu: Oksidlar



Download 15.62 Kb.
Sana30.10.2020
Hajmi15.62 Kb.

05.05.2020

Mavzu:Oksidlar



Oksidlar, tabiiy oksidlar (yun. oxys — nordon) — elementlarning kislorod bilan tabiiy kimyoviy birikmalari, minerallar sinfi. 300 tacha mineralni oʻz ichiga oladi. Tabiatda eng koʻp uchraydigan oksidlardan dan biri — suv (vodorod oksidi). Silikat angidrid (SiO2) koʻpgina togʻ jinslari tarkibiga kiradi. Eng keng tarqalgan oksid hosil qiluvchi elementlar: Si, Fe, Mn, Al, kamroq miqsorida — Cu, U. Oksidlarning aksariyati — ion aloqali birikmalar, ammo kremnezyom (Si), nemetall (As, Se, Te) va xalkofil (Si, Pb, Zn, Sn, Hg, Cd, In, Bi, Sb) elementlar minerallari kovalentli aloqalar bilan tavsiflanadi. Odatda, oksidlar tarkibida gid-roksid va oksigidratlar (bir paytda O2~ va ON~) birlashmalari mavjud. Normal oksid molekulasi tarkibidagi barcha kislorod atomlari faqat oʻsha element atomlariga birikkan boʻladi, lekin oʻzaro birikmaydi. Peroksid, superoksid va ozonidlar tarkibiga kislorod atomlari faqat element atomlariga birikib qolmay, bir-biri bilan ham birikadi (mas, SnO2 — normal oksid, VaO2 — peroksid). Normal oksid elementlarning kislorod bilan bevosita birikishidan, elementlarning gidroksidlari karbonat, nitrat, sulfat va boshqa kislorodli kislotalar tuzlarining ajralishidan hosil boʻladi.

Oksidlar — elementlarning kislorodli birikmalari. Normal oksid molekulasi tarkibidagi barcha kislorod atomlari faqat oʻsha element atomlariga birikkan boʻladi, lekin oʻzaro birikmaydi. Peroksid, superoksid va ozonidlar (peroksid va peroksid birikmalar) tarkibida kislorod atomlari fakat element atomlariga birikib qolmay, bir-biri bilan ham birikadi (mas, SnO2 — normal oksid, Na2O2 — peroksid). Normal oksidlar elementlarning kislorod bilan bevosita birikishidan, elementlarning gidroksidlari karbonat, nitrat, sulfat va boshqa kislorodli kislotalar tuzlarining ajralishidan hosil boʻladi.

oksidlarning nomlanishi quyidagicha: a) agar element kislorod bilan faqat 1 ta kislorodli birikma hosil qilsa, u oksid deb ataladi. Mas, Al2O3 — alyuminiy oksid, MgO — magniy oksid; b) elementning bir necha oksidlari maʼlum boʻlsa, uning oksidlanish darajasi eʼtiborga olinadi: CuO mis (-oksid, CuO — mis (II)-oksid, Cr2O3 — xrom (III)-oksid, CrO3 — xrom (VI)-oksid va h.k.; v) elementning oksidi suv taʼsirida kislotaga aylansa (yoki kislotadan yoxud uning tuzidan olini-shi mumkin boʻlsa) ayni oksid oʻsha kislotaning angidridi deb ataladi: SO3— sulfat angidrid, SO2 — sulfit angidrid.

Normal oksid — asosli, kislotali amfoter (oraliq) va befarq oksidlar deb, 4 guruhga boʻlinadi. Mendeleyev davriy sistemasida davr ichida chapdan oʻngga o’tgan sari oksidning xossalari asoslilikdan amfoterlilikka, soʻngra kislotalikka aylanadi. Mas, III davr elementlari ok-sidlaridan Na2O, MgO asosli O; Al2O3 — amfoter oksid; SiO2, P2O5, SO3 va S12O7— kislotali O.dir. Elementning oksidlanish darajasi ortgan sari ok-sidlarning asoslik xossalari kuchsizlanib boradi: MpO — asos xossasiga, Mg>02 — amfoter xossaga, Mp2O7 — kislota xossasiga ega.

Baʼzi oksidlar tuzlar hosil qilmaganligidan ularga indifferent yoki befarq oksid nomi berilgan (mas, CO va NO). Koʻpchilik oksidlar tabiatda uchraydi. Tabiatda eng koʻp uchraydigan oksidlardan biri suv — vodorod oksiddir. Silikat angidrid (SiO2) koʻpgina togʻ jinslari tarkibiga kiradi.



oksid turmush va texnikada keng qoʻllanadi. Mas, soʻndirilmagan ohak CaO — qurilishda, NO2, SO2 — nitrat va sulfat kislota ishlab chiqarishda, baʼzi metallarning oksidlaridan iborat aralashmalar esa katalizatorlar sifatida ishlatiladi
Download 15.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
guruh talabasi
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
samarqand davlat
navoiy nomidagi
haqida tushuncha
rivojlantirish vazirligi
toshkent davlat
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
bilan ishlash
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
pedagogika universiteti
fanining predmeti
o’rta ta’lim
таълим вазирлиги
maxsus ta'lim
fanlar fakulteti
ta'lim vazirligi
tibbiyot akademiyasi
махсус таълим
Referat mavzu
Toshkent axborot
umumiy o’rta
haqida umumiy
ishlab chiqarish
vazirligi muhammad
fizika matematika
pedagogika fakulteti
universiteti fizika
Fuqarolik jamiyati