Mavzu: Musiqa tinglash madaniyati,musiqa ijrochiligi,musiqa madaniyati



Download 1,68 Mb.
Sana17.12.2022
Hajmi1,68 Mb.
#889784
Bog'liq
musiqa tinglash madaniyati

Mavzu:Musiqa tinglash madaniyati,musiqa ijrochiligi,musiqa madaniyati


Bolalarning musiqiy bilimlar tizimida musiqa tinglashning ahamiyatini baholash murakkabdir. Musiqa tinglamay madaniyatni o'rgatish, dunyo musiqa san'ati durdonalari bilan tanishtirish, musiqaning ifoda vosiralarini o'rgatish, yuqori musiqa san'ati asarlariga nisbatan muhabbat uyg'otish
mumkin emas. Bu sifatlarni shakllantirishda musiqa tinglash jarayonining juda katta o'mi bor.
Musiqa tinglash jarayonida, bolalar turli bastakor va kompozitorlar asarlaridan namunalar tinglaydilar. Shostakovichning ta'biri bilan aytganda: «Musiqani sevish uchun, avvalam bor uni tinglash kerak...» Vatan, do'stlik haqidagi, mehnat va boshqa jismoniy hamda aqliy faoliyatlar mavzusidagi asariami tinglash, bolalarga ijobiy ta'sir qiladi. Bola tingiangan musiqa yoki san'at asari haqida birorta savol bermasa, unda biror hissiyot vujudga kelmasa, shaxsiy hissiyot va munosabat bilan bog'lanmagan xabar tarzidagi
aloqagina paydo bo'lsa, demak vazifa bajarihnagan, maqsadga erishilmagan hisoblanadi.
Musiqa madaniyati darslarining o'ziga xos xususiyatlaridan biri unda musiqa ta'limining ko'pgina faoliyatilari qamrab olinadi. Bu faoliyat turjari ichida xor bo'lib kuylash va musiqiy asar tinglash jarayonida bolalaming musiqiy didini shakllantirish yetakchi o'rinni egallaydi. Shuningdek,
mashg'ulotning tarkibiy qismlari - qo'shiq kuylash, musiqa cholg’u asboblarida jo'r bo'lish, musiqa ostida ritmik harakatlar qilish jarayonlarida ham bolalaming musiqiy didlari shakllantirib boriladi. Bolalarda musiqaga
havas uyg'otish uchun ularning eshitayotgan musiqa asarlarini sevish katta ahamiyatga egadir. Bu hislat faqat yuksak badiiy-estetik saviyadagi asar vositasida amalga oshiriladi
Inson yaxshi qo'shiqni mahoratli ijrochidan tinglaganda unda musiqiy asarga nisbatan taassurotlar, fikr-mulohazalar uyg'onadi. Tinglovchilarning qo'shiqni qanday idrok etishlari, undan qanchalik ta'sirlanishlari, musiqiy asarning tinglovchilar hissiyotiga va ongiga ta'siri musiqaning qanday yangrashi, sozanda yoki xonandaning asarni qay darajada ijro etishiga bog'liqdir.
Lekin buning o'zi musiqa tinglash uchun yetarli emas.
Tinglovchilar musiqa ijodkorlari va mualliflari haqida, tinglanyotgan asaring yaratilgan davri, shakli, turi, o'lchovi, ritmi va boshqalar haqida tushunchaga ega bo'lsa, musiqiy asami tinglashda asaming mazmunmohiyatini
to'la-to'kis tushunadi, shuningdek, asar unga ijobiy ta'sir qiladi, ichki hissiyot va kechinmalarni hosil qiladi.
Bolalarni milliy musiqamizni tinglashga tayyorlash uchun hozirgi kunda maktabgacha ta'lim muassasalarida qanday ishlar olib borilayapdi? Yuqorida
aytilgan musiqa tinglash uchun kerak bo'ladigan shartlarni bajarish musiqa rahbari oldiga katta vazifalarni qo'yadi.
Musiqa rahbari musiqiy asarni
eshittirishdan oldin, bolalar bilan shu mavzuda qisqacha suhbat o'tkazadi va suhbatda asaming mazmuni va xarakteri, asar mualliflari haqida bolalarga so'zlab beradi. E.Gorskayaning fikriga ko'ra, musiqa tinglashdan avval
o'tkazilgan siihbat o'quvchilarni psixik jihatdan asarni idrok etishga tayyorlaydi. Asaming janri, yaratilish tarixi, ijodkorlari, asardagi g'oya
haqida o'tkazilgan suhbat o'quvchilarni shu asami tinglashga zamin yaratadi. Kuyni tinglash jarayonida uni yaratilgan davr haqida, kompozitoming hayot va ijodi haqida, qo'shiq yoki kuy bilan bog'liq tarixiy voqealar haqida o'tkazilgan suhbat musiqani idrok etishda o'ta muhim jarayon hisoblanadi.
E.Gorskaya shu fikrlarni bayon etar ekan, bir qator har xil mavzudagi
qo'shiq va kuylarni keltiradi. Shuningdek, u har bir kuy va qo'shiqni ijro
etishdan - tinglashga berishdan awal beriladigan kirish suhbatlaridan
namunalar keltiradi. O'quvchilarga har bir musiqiy asar zamirida ma'lum
voqelik, his-tuyg'u va fikrlar yotishi haqida ulaming hayotiy tajribalariga
tayangan holda tushuncha berib borish lozim.
Musiqiy tarbiyani amalga oshirishda bolalarni nafaqat musiqiy asami
ijro etishga, balki musiqani emotsional va ruhan idrok etishni o'rgatish kerak.
Asosan, bolalar musiqani qo'shiq kuylash jarayonida eshitadilar.
E.Gorskaya shu fikrlarni bayon etar ekan, bir qator har xil mavzudagiqo'shiq va kuylarni keltiradi. Shuningdek, u har bir kuy va qo'shiqni ijroetishdan - tinglashga berishdan awal beriladigan kirish suhbatlaridan namunalar keltiradi. O'quvchilarga har bir musiqiy asar zamirida ma’lum voqelik, his-tuyg'u va fikrlar yotishi haqida ulaming hayotiy tajribalariga tayangan holda tushuncha berib borish lozim.Musiqiy tarbiyani amalga oshirishda bolalarni nafaqat musiqiy asami ijro etishga, balki musiqani emotsional va ruhan idrok etishni o'rgatish kerak.Asosan, bolalar musiqani qo'shiq kuylash jarayonida eshitadilar.
Qoidagako'ra, musiqa rahbari qo'shiq o'tgatishdan avval, bolalarga uni o'zi ijro etibberadi. Bolalaming musiqani eshitish va idrok etishlari uchun bu juda kamlikqiladi. Buning uchun awalo musiqa rahbari bolalarni o'zlari kuylaydigan qo'shiqlaridan murakkabroq kuy va qo'shiqlarni tinglashga o'rgatishi kerak.Shuning uchun ham musiqa rahbarining o'zi yuqori darajada musiqani ijro eta olishi va qo'shiq kuylay olishi talab etiladi. Afsuski, hozirgi paytda hamma musiqa rahbarilari ham bunday imkoniyatga ega emaslar. Lekin metodik jihatdan mahoratli musiqa rahbari turli texnik vositalar, audio
tasmalar, musiqiy markazlar va kompyuterlardan foydalangan holda bolalarni
yuqori emotsional holatda musiqa eshitishlarini tashkil eta oladi, ya'ni
zamonaviy musiqa madaniyati musiqa rahbari barcha imkoniyatlardan
foydalangan holda bolalaming musiqani asl mohiyatini tushunishlari, uni
ma'nosini anglashlari uchun mavjud bo'lgan texnik va ko'rgazmali
qurollardan samarali foydalana olishi lozim. Lekin shuni inobatga olish
kerakki, magnitofon yordamida eshitilgan asarga nisbatan musiqa rahbarining o'zi ijro etgan musiqiy asar bolalarda ko'proq taassurot qoldirar ekan. Agar musiqa rahbari musiqiy asami avval o'zi ijro etib, so'ngra magnitofonda qo'yib bersa natija yanada yuqori darajada bo'ladi.
Boshlang'ich sinflarda musiqa tinglash bo'yicha qo'yiladigan asosiy vazifalar ikkita asosiy yo'nalishni o'z ichiga oladi:
1. Har xil mazmundagi va har xil mualliflar asarlari bilan tanishish,musiqiy zahira to'plash. Musiqiy termin va tushunchalarni o'zlashtirish, asosiy musiqaning ifodalovchi vositalari haqida, musiqiy asar elementlari haqida boshlang’ich tushunchalarni egallash. Musiqa ta'lim tizimidagi darslarni metodik jihatdan to'g'ri tashkil etishda mashg'ulotlarda tinglanadigan asar musiqiy tuzilishi,badiiy-g'oyaviy mazmun jihatidan chorak mavzusidan kelib chiqishi lozim. Musiqa tinglash jarayonini quyidagi bosqichlarga bo'lish mumkin:
1. Tinglanadigan asar haqida musiqa rahbarining kirish so'zi (bunda,musiqa rahbari bolalarga musiqiy asar mualliflari haqida, asarning yaratilish tarixi haqida so'zlab beradi).
2. Musiqa rahbari yoki magnitofon ijrosida asami tinglash.
3. Tinglangan asami suhbat-bahs yo'li bilan musiqiy va badiiy-g'oyaviy jihatdan oddiy tahlil qilish.
4. Musiqiy asami bir butunligicha qaytadan tinglash hamda asar haqida bolalaming umumiy taassurotlari yuzasidan yakuniy xulosa chiqarish.
Yuqorida keltirilgan bosqichlarga amal qilgan holda, mavzu jihatidan bolalar hayotiga oid bo'lgan, turli xarakterdagi musiqa asarlarini tinglab va bu asarlarni yaratgan kompozitorlaming hayoti va ijodi to'g'risida qisqacha ma'lumotga ega bo'lsalar - ko'zlangan maqsadga ehrishgan bo'lamiz. Shu tariqa bolalar mashg'uiotlaming musiqa tinglash qismida quyidagi ko'nikma
va malakalarga ega bo' ladilar:
Tajribalar shuni ko'rsatadiki, bolalar o'z tinglagan asarlari haqidagi
taassurotlarini rasm chizish orqali aks etishlari yaxshi natijalar beradi. Musiqa
rahbari bolaiarning tasviriy faoliyati natijalariga asoslanib ularning fikrlashi,
idrok etishi, tafakkuri, ongi say darajada shakllanganligini baholash
imkoniyatiga ega bo'ladi.
Musiqa tinglashning yana bir muhim shartlaridan biri, musiqiy asarni
tinglash jarayonida guruhda tinchlik bo'lmog'i lozim. Musiqani diqqat bilan,
jimlik sharoitida tinglashga o'rganish yoshlikdan boshlanadi va bola
ulg'aygandan so'ng yuksak madaniyatli shaxs bo'lib yetishadi.
Har qanday sohada ko'nikma va malakalarni oshirish uchun takrorlash o'ta muhim shart hisoblanadi. Musiqa tinglashda ham eshitilgan musiqiy asarni qayta-qayta tinglab turish, ushbu asarni yaxshiroq tushunish va o'zlashtirishga imkon yaratadi. Eng asosiy talablardan biri shundaki, bola tinglangan asar haqida o'z taassurotlarini aytib bera olishi kerak. Har bir bolaning o'z fikr-mulohazalarini bayon qilishi eshitilgan asar haqidagi taassurotiar ko'lamini kengaytiradi. Masalan, musiqa tinglashda - «Bu qo'shiqni bilasizmi? Birinchi marta qaerda eshitgansiz? Qo'shiq sizga yoqdimi? Qo'shiqning ma'nosini tushuntirib bera olasizmi?» - kabi savollar orqali bolalarni yanada diqqat bilan tinglashga, ularni o'zlari e'tibor bermagan ayrim jihatlarni idrok etish va anglashga, mustaqil fikr yuritishga odatlantirib boradi.
Musiqa madaniyati mashg'ulotlarlarida musiqa tinglashni ahamiyatinibaholash murakkabdir. Bolalarga musiqa tinglash madaniyatini o'rgatish,ularni dunyo musiqa san'ati durdonalari bilan tanishtirish, musiqaning o’ta boy ifoda vositalarini o'rgatish, yuqori badhy saviyadagi musiqa san’ati asarlariga nisbatan muhabbat uyg'otishda musiqa tinglash jarayonining o’rni juda katta. Musiqiy ta'lim tizimida, xususan, musiqa tinglash ta'lim mazmunining asosini tashkil qiladi. Bolalar asar tinglash jarayonida yakkanavoz va jo'rnavoziikni ajrata bilishlari, ansambl va-orkestr ijrosini farqlay bilishlari,sozlar va cholg'ular tembrini ajrata olishlari, o'zbek, qardosh va jahon xalqlari bastakorlari asarlaridan namunalar tinglay olishni o'rganishlari zarur.
Musiqa tinglash mashg'ulotlarda barcha faoliyat turlarini bajarish jarayonida amalga oshadi. Demak, musiqa tinglash orqali bolalarda musiqani,uning obrazlari vositasida hayotni, borliqni estetik idrok etish, anglash va bilish qobiliyati rivojlanib boradi. Yuqorida sanab o'tilgan shartlar bajarilsa,bolalarni musiqiy asarlami badiiy-g'oyaviy jihatdan mantiqan to'g'ri idrok etishga, musiqiy did va tafakkuri arini rivojlantirishga, musiqiy asarniqadrlashga, uni to'g'ri baholashga qulay sharoit yaratiladi.
Bolalar tarbiyasida musiqa muhim o'rin egallaydi. Bu faoliyat turi bolalarga boshqa faoliyat turlariga nisbatan yaqin va tushunarlidir. Bolalar qo'shiq kuylashni sevadilar. Kuylash bolalar ijrochiligi faoliyati ichida yetakchi faoliyat turi bo'lib, u o'quvchilarning musiqiy-estetik tarbiyasida muhim o'rin egallaydi. Yaxshi qo'shiq bolani quvontiradi, har tomonlama kamol topdiradi va tarbiyalaydi. Cholg'u kuylaridan farqii o'laroq qo'shiq kuylash kuchli emotsional ta'sir kuchiga ega. Chunki qo'shiqda mate va musiqa badiiy birligi namoyon bo'ladi. qo'shiq kuylash bola shaxsi tarbiyasiga har tomonlama ta'sir ko'rsatadi. qo'shiq inson aqliy kamolotini o'sishiga, dunyoqarashini kengayishiga, atrof-olam haqidagi tasavvurlarini boyitishga xizmat qiladi.
Qo'shiq kuylash jarayonida ular musiqani chuqurroq idrok etadilar, o'z
kechimna va his-tuyg'ularini faolroq ifodalaydilar. Qo'shiqning matni
bolalarga musiqa mazmunini tushunishga va kuyni osonroq o'zlashtirishga yordam beradi. Biror bir cholg'uda ijro etilgan kuyga nisbatan ovozda ijro etilgan kuyni bolalar yaxshiroq idrok etadilar.
Qo'shiq kuylash jarayonida bolalarda musiqiy qobiliyat rivojlanadi:
musiqiy eshitish qobiliyati, musiqiy xotira, ritm hissi, shuningdek, qo'shiq
kuylash musiqiy qobiliyatlardan: metr va ritm hissi, musiqiy eshituvi,
lad hissi rivojlanadi.Jamoa bo'lib kuylash faoliyati o'quvchilarni musiqiy o'quv qobiliyati hamda ijrochilik malakalarini rivojlantirish uchun zarurdir. Sinfda jamoabo'lib kuylash jarayonida o'quvchi o'z ovoz ijrosini,boshqarishni, ustozlari ijrosini eshitib, kuzatishni hamda ular bilan bahamjihat jo'rnovozlik qilishgaintiladi, jamoaviy birlik, uyushqoqlik, o'zaro do'stlik hislari tarbiyalanadi.Qo'shiq kuylash bola ruhiyatiga ta'sir qilish barobarida, uning jismoniy o'sishi va rivojlanishida ham katta ta'sir ko'rsatuvchi omildir. Jamoa bo’lib "kuylash mashg'ulotlarida o'quvchilarning diqqat-e'tibori, ongliligi va faolligi oshadi, musiqiy xotira yaxshi rivojlanadi va o'rgangan qo'shiqlarni ijro etganda, zavqlanish hissi paydo bo'ladi. Qo'shiqni so'z ma'nosi va musiqa ohangini chuqur idrok etadilar va asarni mazmuni orqali hayotni o'rganadilar.
Qo'shiq kuylash bolaiarning nutqini ham rivojlanishiga zamin yaratadi.Qo'shiq so'zlari cho'zib ijro etilganligi tufayli bolalar yangi so'zlarni bo'g'inlab, xatosiz o'rganadilar. Musiqiy rahbar va tarbiyachilar so’zlarning to'g 'ri ijro etilishini tekshirib boradilar. Qo'shiq kuylash jarayoni bolalarni umumiy kayfiyat bilan birlashtiradi,ular hamkorlikda faoliyat bajarishga o'rganadilar. Ular shoshib ketayotgan yoki orqada qolib ketayotgan o'rtoqlarini eshitadilar va ularni bir xil sur'atda kuylashga chaqiradilar.
Qo'shiq kuylash - musiqiy tarbiyaning asosiy vositasidir. U boshqa faoliyatlarga nisbatan bolalar uchun juda yaqindir. Qo'shiq kuylab, ular musiqani yanada faolroq idrok etadilar. Qo'shiq matni esa mazmunan qo'shiq kuyini anglashga yordam beradi. Kuylash faoliyatida bolalarda musiqiy qobiliyatlar eshitish qanday xotira va ritm hissi rivojlanadi. Kuylash bolarning nutqini rivojlantiradi.Musiqa o'qituvchisi (rahbari) bolalarni qo'shiq kuylash jarayonidaso'zini kuyga mos qilib kuylash ularni nazorat qilib turadi.Bola ovozni o'ziga xos xususiyatlari bog'cha bolalarining ovozi nozik,yumshoq mayin bo'ladi. Bola tomog'i undagi bo'g'in bilan katta kichkina bo'ladi. Shuning uchun ovozi yumshoq va tovush rezanatori orqali kuchaytirib beriladi.

E’tiboringiz uchun rahmat


Download 1,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish