Mavzu: Moliyaviy oqimlar va ularni boshqarish Reja: Moliyaviy oqimlar



Download 32,24 Kb.
Sana22.06.2022
Hajmi32,24 Kb.
#692659
Bog'liq
Moliyaviy oqimlar va ularni boshqarish


Mavzu:Moliyaviy oqimlar va ularni boshqarish
Reja:
1. Moliyaviy oqimlar
2. Moliyaviy oqimlar va ularni turlari
3. Moliyaviy oqimlar va ularni boshqarish


1.Korxonalarning jamg’armalari, daromadlari hamda markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan Moliyaviy resurslar fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish jarayonidagi pul mablag’larining miqdoriy va sifat jihatidan harakatiga Moliyaviy oqim deyiladi. Moliyaviy oqimlarning hajmi ular asosida shakllanishi lozim bо‘lgan Moliyaviy resurslar fondlarining о‘lchamiga bog’liq. Mamlakatning iqtisodiy (Moliyaviy) qudrati qancha kuchli bо‘lsa, uning о‘sishiga xizmat qiluvchi Moliyaviy resurslar fondi va Moliyaviy oqimlar hajmi Shuncha katta (hajmli) bо‘ladi.
Moliyaviy oqimlarning sifat jihatdan tavsifnomasi ular shakllantiruvchi Moliyaviy resurslar fondining nimaga mо‘ljallanganligi bilan bevosita bog’liq. Masalan, soliqli Moliyaviy oqim bilan korxonaning tuShumini shakllantiruvchi Moliyaviy oqim sifat jihatidan bir-biridan farqlanadi. Shuning uchun ham ularni boshqarish myetodlari ham turlichadir. О‘zining sifat mazmuniga kо‘ra quyidagilarni farqlash maqsadga muvofiq:
byudjetli-soliqli Moliyaviy oqimlar - barcha darajalardagi byudjetlarning mablag’larini shakllantirish va ulardan foydalanish jarayonida vujudga kyeladi;
tijorat (tijoriy) Moliyaviy oqimlari – tadbirkorlik xо‘jalik sub’yektlari tomonidan amalga oshiriladi;
nobyudjet Moliyaviy oqimlar – notijorat tashkilotlarining fondlarini shakllantiradi;
Moliyaviy oqimlarni boshqarishning funksiyalari quyidagilardan iborat:
qonunchilik – Oliy Majlisning vakolatida;
nazoratchilik (tartibga soluvchanlik) – Hisob palatasi va mamlakatning boshqa nazorat organlari (Moliya vazirligi, soliq va bojxona qо‘mitalari va boshqalar) tomonidan amalga oshiriladi;
boshqaruvchanlik – korxona va korporasiyalar, banklar, soliq organlari, Xazinachilik apparati va Moliya vazirligining hisob-kitob-kassa va boshqa xizmatlarining vakolatida;
nadzorchilik – korxonalarning Moliyaviy jihatdan kasodga uchraganligigi tо‘g’risidagi ishlarni kо‘radigan va bu holda Moliyaviy oqimlar ustidan nazoratni amalga oshiruvchi arbitrajlik sudlari tomonidan bajariladi.
Moliyaviy oqimlarni boshqarish bо‘yicha Yuqoridagi organlarning funksiyalari bir-biri bilan qо‘shilib kyetib, ularni har doim ham ajratib (alohida qilib) bо‘lmaydi.
Agar Moliyaviy oqimlar Moliyaviy resurslar aylanishining qonuniyatlariga muvofiq ravishda, kо‘zda tutilgan tartibda (ryejimda) va Rejada aks ettirilgan hajmda, ishlab chiqarish va sosial vazifalarni samarali yechish uchun kerak bо‘lgan tarzda va takror ishlab chiqarish siklini pul mablag’lari bilan tо‘liq ta’minlash tarzida amal qilsa, bularning barchasi, Moliyaviy oqimlarning samarali ekanligidan dalolat beradi.
Moliyaviy oqimlarning samaradorligi pul mablag’larining yetarli bо‘lmagan hajmda va о‘z vaqtida tushmaganligida pasayadi. Moliyaviy oqimlar ritmining buzilishi resurslarning doiraviy aylanishi va daromadlarning olinishida uzilishlarning bо‘lishiga, Moliyaviy-iqtisodiy faoliyatda keskin yо‘qotmalarning bо‘lishiga olib kyeladi. Moliyaviy oqimning samaradorligini quyidagicha aniqlash mumkin:
Hmo

Ks = ------------------
Rmo
Bu yerda: Ks – Moliyaviy oqim samaradorligining
koeffisiyenti;
Hmo – davriy koeffisiyentga о‘zgartirilgan (korryek-
tirovka qilingan) haqiqatdagi Moliyaviy
oqim;

Rmo - Rejadagi Moliyaviy oqim.
Moliyaviy oqimlar moddiy resurslarning uchrashma harakatini о‘zida aks ettiradi. Ular orqali iqtisodiyotning makro- va mikrodarajalarida (korxonalar, firmalar, korporasiyalar va boshqalarda) mulkdan foydalanishning holati, dinamikasi va samaradorligi nazorat qilinadi.
TuShumlar va boshqa pul mablag’larining kelib tushishini (oqib kelishini) aks ettiradigan Moliyaviy oqimlar ijobiy oqimlar deyiladi. Aksincha, pul mablag’larining oqib kyetishini xarakterlaydigan Moliyaviy oqimlar salbiy oqimlar deyiladi. Korxonaning Moliyaviy ahvolini mustahkamlash uchun ijobiy Moliyaviy oqimlar salbiy Moliyaviy oqimlardan ancha Yuqori bо‘lishi kerak. Bunday sharoitda korxonaning ixtiyorida qoluvchi pul mablag’larining о‘lchamini aks ettiruvchi sof Moliyaviy oqimning bо‘lishi ta’minlanadi. Sof Moliyaviy oqim korxona Moliyaviy salohiyatining о‘sish, ular daromadlarining kapitalizasiyalaShuvi darajasini aniqlash, investision va innovasion imkoniyatlarining manbai bо‘lib hisoblanadi.
Korxona va korporasiyalar sof Moliyaviy oqimining о‘sishi ular rentabelligi va investision samaradorligini oshirish imkoniyatlarini xarakterlaydi hamda Moliyaviy ahvolini mustahkamlashning muhim shart-sharoiti hisoblanadi.
Makrodarajada Moliyaviy ahvolni xarakterlaydigan quyidagi bir nyecha kо‘rsatkichlar mavjud:
bir ishlovchi tо‘g’ri kyeladigan ishlab chiqarilgan YAIMning miqdori;
inflyasiya darajasi va dinamikasi;
davlat byudjetining ahvoli (dyefisit, profisit);
oltin valYuta zahiralarining miqdori va dinamikasi.
Davlatning Moliyaviy ahvoli mamlakat sosial-iqtisodiy komplyeksi faoliyatining natijasidir.
Jahon taraqqiyoti tyendyensiyalarining kо‘rsatishicha, hozirgi sharoitda davlat Moliyaviy ahvolini mustahkamlashning asosiy joriy va istiqboldagi ryezyervi ijtimoiy intyellyektning (sosial kapitalning) tо‘planishi (jamg’arilishi) va uni iqtisodiy о‘sishning innovasion-investision stratyegiyasida foydalanish jarayonida samarali moddiylashtirish hisoblanadi. Sosial xarakterdagi muammolarni (maorif, sog’liqni saqlash, madaniyat va boshqalarni) hal etish, turmush tarzining (hayotning) sifat darajasini oshirish bilan birgalikda, iqtisodiy taraqqiyotning kuchli omili va buning oqibatida esa, mamlakat joriy va istiqboldagi salohiyatini mustahkamlashning muhim shartidir.
Davlat qarzlarini о‘z vaqtida qaytarish (uzish) davlatning Moliyaviy ahvolini kо‘rsatuvchi muhim kо‘rsatkichlardan biri hisoblanadi. Murakkab Moliyaviy vaziyatda davlat dyefolt, ya’ni bir tomonlama tartibda qabul qilingan xalqaro Moliya-kredit majburiyatlardan bosh tortish e’lon qilishi mumkin. Bir vaqtning о‘zida davlat qarzlarini ryestrukturizasiya qilish va uning qaytarilish muddatlari bо‘yicha kreditorlar bilan muvofiqlashtirilgan holda choralarni ishlab chiqish va ularni amalga oshirish kerak.
Korxonalar, firmalar va korporasiyalar darajasida Moliyaviy ahvol tо‘lovga qobillilik bilan, ya’ni bozor iqtisodiyotining boshqa sub’yektlari va soliq organlari oldida Moliyaviy majburiyatlarini о‘z vaqtida uzish imkoniyati bilan xarakterlanadi. Tо‘lovga qobillik bu korxona barcha pul aktivlari (Pa) va tо‘lov muddati kyelgan (yoki о‘tgan) Moliyaviy majburiyatlar (Mm) о‘rtasidagi nisbat dyemakdir. Sog’lom ishlayotgan korxonalar uchun tо‘lovga qobillik koeffisiyenti (TQk) doimo birdan Yuqori bо‘lishi kerak:
Pa
TQk = ------------- 1


Mm
Korxonaning Moliyaviy holatini aniqlash uchun likvidlilik, aylanma aktivlarning о‘z aylanma mablag’lari bilan ta’minlanganlik kо‘rsatkichi va boshqa Shu kabi kо‘rsatkichlardan foydalaniladi.
Ma’lum bir aniq sanada va iqtiqbolda korxona tо‘lov majburiyatlari va uning Moliyaviy imkoniyatlari о‘lchamini balanslashtirishning asosiy myetodi Moliyaviy oqimlar byudjetidir (balansidir). U о‘z ichiga korxona ixtiyoriga kelib tushadigan pul mablag’lari va korxona tomonidan sarflanadigan pul mablag’larini oladi. Bu narsa doimiy ravishda korxona pul mablag’larining harakatini nazorat qilish, ular dinamikasini baholash va bashoratlash imkonini beradi. Ana Shunday byudjet asosida korxonaning tо‘lovga qobilligini boshqarish amalga oshiriladi.
Moliyaviy oqimlar byudjeti bu korxona tо‘lovga qobilligining kengaytirilgan koeffisiyenti, dyemakdir. Agar uning chap tomoni (daromadlar qismi) о‘ng tomoniga tyeng yoki undan katta bо‘lsa, unda korxona tо‘lovga qobildir. Agar uning о‘ng tomoni (xarajatlar qismi) chap tomonidan oshsa, u holda korxona tо‘lovga qobil emas hisoblanadi. Moliyaviy oqimlar byudjeti (balansi) pul mablag’larining tushilmalari va ularning sarflanish yо‘nalishlari bо‘yicha bir-biri bilan о‘zaro bog’liq bо‘lgan Rejali-istiqbolli hisob-kitoblar tizimidan iborat bо‘lib, u byudjetlashtirish tizimiga (sotuvlar byudjeti, tо‘g’ridan-tо‘g’ri (bevosita) va egri (bilvosita) xarajatlar byudjeti, investision byudjet va boshqalardan) asoslanadi.
Moliyaviy oqimlarning miqdoriy va sifat tavsifnomalari orqali korxonaning faoliyati ifodalanadi. Ular ishlab chiqarish barcha omillari harakatining qiymatdagi ifodasidan iboratdir. Myenyejmyentda sifat jihatdan farqlanuvchi boshqaruv tizimi - korxonani Moliyaviy boshqarish tizimi shakllandiki, bu narsa Moliyaviy oqimlar orqali ishlab chiqarish, mahsulot realizasiyasi, resurslarning aylanuvchanligi, xarajatlar, rentabellik va boshqa jarayonlarning boshqarilishini kо‘zda tutadi.
Moliyaviy oqimlar byudjeti bu haqiqatda turli davriy muddatlarda hisoblanadigan korxonaning Moliyaviy Rejasidir. Turli davrlar uchun (kunlik, dyekadalik, oylik, choraklik, yillik va uzoq istiqboldagi) Moliyaviy oqimlarning bashoratli byudjetlarini tuzish korxonaning tо‘lovga qobillik darajasini oshirishga imkon beradi va kyelajakda uning Moliyaviy holati barqarorligini ta’minlaydi.
Rivojlangan har qanday davlat yirik mulkka – mamlakat milliy boyligining katta qismiga – ega. Bu mulk, asosan, moddiy-buYumlashgan shaklda (tabiiy boyliklar, binolar, inshootlar, ishlab chiqarish va xizmat kо‘rsatish korxonalari, muzyeylar, qо‘riqxonalar, davolash manbalari, kutubxonalar, oltin zahiralari va h.k.) mavjud bо‘lib, о‘zining mо‘ljallanganligiga kо‘ra ular davlat boshqaruvi va iqtisodiy tartibga solishda davlatning ishtirokiga oid joriy ehtiyojlarni “tо‘lash”ga ishlatilmasligi kerak. Ma’lumki, hozirgi va kyelajak avlod uchun milliy boylik, odatda, “yeyilmaydi” va aksincha, u kо‘paytiriladi. Shuning uchun ham davlatning (agar, albatta, davlat hududlar, aholi, an’analar va h.k.lar komplyeksi sifatida emas, balki boshqaruv organi sifatida qaralsa) real (haqiqiy) boyligi uning markazlashtirilgan pul fondidan, ya’ni davlat Moliyasining moddiy asosidan iborat ekanligi ma’lum bо‘ladi. Barcha zamonaviy iqtisodiy makon uchun turli-tuman pul oqimlarining harakati va ularning bir-birlari bilan qо‘shilib kyetishi, о‘z о‘lchami bо‘yicha turlicha bо‘lgan pul fondlarini (shaxsiy, jamoa, kredit, ryezyerv, valYuta, sug’urta, byudjet, markaziy, mintaqaviy, homiylik va boshqalar) shakllantirish va ulardan foydalanish xosdir. Ularning barchasi yagona real manba - mamlakat ichida va xorijda Shu yilning о‘zida yaratilgan qо‘shilgan qiymat – hisobidan “oziqlanadi”. Bu fondlarni qayta taqsimlashning tarkibi va strukturasi (tarkibiy tuzilmasi) , ya’ni davlat uning qancha qismini о‘ziga oladi va undan qanday foydalanadi, milliy xо‘jalik takror ishlab chiqarishining proporsiyalari, sosial sohani ta’minlash, zaruriy ryezyervlarni yaratish, milliy xavsizlikni ta’minlash imkoniyatlari va h.k.larni belgilab beradi.
Hozirgi paytda dunyoning sanoati taraqqiy etgan mamlakatlarida markazlashtirilgan pul fondlarining jami hajmi YAIMning о‘rtacha 30% dan 50% gachasini tashkil etadi. Shunday qilib, qolgan barcha pul oqimlari harakatini tartibga solishning potyensial imkoniyati va boshqa har qanday pul fondlarini shakllantirish sharoitlariga ta’sir kо‘rsatish zamonaviy davlat Moliyasi miqdoriy xarakteristikasining о‘ziga borib taqaladi. Biroq, rivojlanayotgan dunyo, Shuningdyek о‘tish iqtisodiyotiga ega bо‘lgan mamlakatlar Moliyasi uchun bu sifatlar, ularning bunday masshtabi xos emas, albatta. Bu mamlakatlarda tyegishli raqamlar YAIMga nisbatan 11-17% atrofida tyebranadi va aynan Shu raqamlarning о‘zi davlat tomonidan bu jarayonga aralaShuvning yetarli darajada faol emasligidan dalolat beradi.
Bu jarayonlarning yanada rivojlanish tyendyensiyalari tо‘g’risida gapirilganda, qayd etish kerakki, bu yerda davlatning tartibga solish roli uzluksiz Yuqoriga о‘sib boruvchi tо‘g’ri chiziq sifatida qaralmaydi. CHunki rivojlangan xorij mamlakatlarida xususiy sub’yektlar daromadlarini davlat daromadlariga “oqib о‘tishi”ning о‘ziga xos bо‘lgan iqtisodiy chyegarasiga (kritik nuqtasiga) erishilgan. Shunga muvofiq ravishda, G’arbning nazariy bilimlari tyegishli hukumatlarni davlat ta’sirini qisqartirishning barcha yо‘nalishlari tomon faol va muvaffaqiyatli tarzda yо‘naltirmoqda.
Aksincha, dunyoning rivojlanayotgan mamlakatlari va bozor iqtisodiyotiga о‘tayotgan mamlakatlar uchun esa kyelajak boshqacharoqdir. Bu mamlakatlarda bozor tuzilmalari va institutlarining rivojlanishi va mustahkamlanishi bilan parallyel ravishda davlatning Moliyaviy tartibga solishi ham ortib (kuchayib) borishi kerak va ularda tyegishli iqtisodiy “chyegara”ga (kritik nuqtaga) yetgunga qadar hali ancha bor.
Turli sosial-iqtisodiy jarayonlarda Moliyaning rolini (Moliyaviy tartibga solishning rolini) tо‘liq idrok etish uchun tizimning shakllantiruvchi asoslarini – davlat xarajatlari va davlat daromadlarini - hamda ular har birining rolini atroflicha tahlil qilib chiqmoq lozim.
Dastlab, davlat xarajatlarining tavsifiga murojaat qilish kerak. CHunki aynan davlat xarajatlari davlat Moliyasining ijtimoiy mо‘ljallanganligi nimadan iborat ekanligini aniq kо‘rsatadi. Shunga mos ravishda, aynan davlat xarajatlarining tarkibi, tarkibiy tuzilmasi va hajmi Moliya tizimi faoliyatining natijalarini о‘zida aks ettiradi va bu tizim ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonida о‘zining funksiyalarini bajarayaptimi yoki yо‘qmi, degan savolning javobini oldinroq aniqlashga imkon beradi.
Takror ishlab chiqarish jarayonida davlat Moliyasining rolini aniqlab olish uchun ularni bir nyecha belgilar bо‘yicha klassifikasiya qilish mumkin.
Agar davlat xarajatlariga tovarlar yoki mehnatda ifodalangan xizmatlar qarama-qarshi turadigan bо‘lsa, u holda davlat pul mablag’lari oqimlarining boshqa nye’matlarga о‘ziga xos tarzda transformasiyalaShuvi sodir bо‘ladi va Shu munosabat bilan bunday xarajatlarni transformasion xarajatlarga kiritish mumkin. Ularning orasidan quyidagilarni ajratib kо‘rsatish mumkin:

davlat istye’moli (davlat syektori ishchilarining ish haqi, joriy ehtiyojlarni qoplash uchun davlat tomonidan sotib olingan tovarlar uchun tо‘lovlar, ishlab chiqarishni dotasiyalashtirish; davlat qarziga xizmat kо‘rsatish, byudjetlararo subsidiyalar va Shu yerda kо‘rsatilgan maqsadlar uchun foydalaniladigan ssudalar);



davlat investisiyalari (davlat korxonalari va tashkilotlarining asosiy kapitali va aylanma fondlarining о‘sgan qismiga quyilmalar, davlat zaxiralari va ryezyerlarini yaratish, uzoq muddatli byudjet kreditlari).

Shunday qilib, iqtisodiyot resurslarining cheklanganligi sharoitida transformasion xarajatlar nodavlat syektorida tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarishning hajmini bevosita о‘zgartiradiki, bulardan boshqa bir vaziyatlarda jamiyat foydalanadi va bir vaqtning о‘zida jami taklifning tarkibiy tuzilmasiga о‘z ta’sirini kо‘rsatadi.
Agar davlatning xarajatlari turli xildagi pyensiyalarni (yosh bо‘yicha, nogironlik, boquvchisini yо‘qotganda, alohida xizmatlari uchun) va nafaqalarni (bolalarga, vaqtinchalik mehnat qobiliyatini yо‘qotganda, ishsizlik bо‘yicha) tо‘lashga yо‘naltirilsa, u holda davlat tomonidan mablag’larni berishning о‘ziga xos - transfyert – tarzda berilishi sodir bо‘lib, bunda mablag’lar soliq tо‘lovchilardan Shu tо‘lanmalarni oluvchilarga beriladi va uchraShuvchan xizmatlarning taqdim etilishi, bu yerda, sodir bо‘lmaydi. Bunday holda yangi qiymat yaratilmaydi va huquqni ushlab turuvchining tovarlar va xizmatlar istye’moli berilishi kuzatiladi. Bunday xarajatlar transfyert xarajatlar deyiladi. Bu xarajatlar jamiyatning jami daromadini uning a’zolari о‘rtasida taqsimlanishini о‘zgartiradi (korryektirovka qiladi).
Davlatning xarajatlari yana joriy (davlat istye’moli va transfyertlar) va kapital xarajatlarga (davlat investisiyalari) bо‘linadiki, bunday bо‘linish takror ishlab chiqarish paramyetrlari dinamikasiga Moliyaning ta’sirini baholashda juda muhimdir. Shuningdyek, davlatning xarajatlari insonlarga (shaxsiy daromadlar) va kapitalga (joriy quyilmalar va investisiyalar) xizmat qilishi mezoni bо‘yicha ham klassifikasiya qilinishi mumkin. Bu narsa ijtimoiy mahsulotni ishlab chiqarish va uni istye’mol qilishda ularning ulushlarini alohida hisobga olishga imkon beradi.
Davlat xarajatlarini guruhlarga ajratishda funksional prinsipdan foydalanish mamlakat taraqqiyotining ichki muammolarini hal qilish va dunyo hamjamiyati bilan о‘zaro munosabatlar orqali ifodalanadigan davlatning barcha funksiyalarini (sosial, iqtisodiy, tadqiqotchilik, boshqaruvchilik, tashqi siyosiy va boshqalar) namoyish qilishi mumkin. Shu narsaning о‘zi tizimlashtirilgan kо‘rinishda yо‘nalishlarning ustuvorligini aks ettirishga va davlat tomonidan tartibga solish jarayonining ta’sirchanligini baholashga imkon beradi. Masalan, davlatning sosial funksiyalarini bajarish bilan bog’liq bо‘lgan xarajatlar aholi kam ta’minlangan qatlamlarining kvalifikasiya, tibbiy xizmat, uy-joy, kafolatlangan minimal pyensiya va nafaqalar olishga tyegishli sharoitlarni yaratadi. Sosial munosabatlarning barqarorligini qо‘llab-quvvatlab, ular jami talabning hajmi va tarkibiy tuzilmasiga keskin ta’sir kо‘rsatadi va bu narsa quyidagilarda namoyon bо‘ladi:

sosial subsidiya oluvchilar aholining moddiy nye’matlar istye’moli qismiga nisbatan barqaror tо‘lovga qobiliyatli talabning barqarorligini ta’minlaydi;

sosial-madaniy soha tashkilotlarini joriy saqlash uchun tovarlar va xizmatlarni davlat tomonidan sotib olinishi bozorning juda kо‘p syegmyentlarida talab va taklif о‘rtasidagi muvozanatga о‘z ta’sirini kо‘rsatadi;

maorif, sog’liqni saqlash, madaniyat va sosial ta’minot ob’yektlarining kengaytirilishi,uy-joy qurilishiga davlat dotasiyalari bilan birgalikda, faqat qurilish matyeriallariga bо‘lgan talabni oshirib qolmasdan, balki qurilish industriyasi bilan bog’liq bо‘lgan sanoatning boshqa alohida tarmoqlari uchun ham chuqur bozorni yaratadi, uzoq muddatli foydalanish xos bо‘lgan pryedmyetlar uchun talabni oshiradi.



Bundan tashqari, davlatning sosial-madaniy tadbirlar xarajatlari bu о‘ziga xos tarzda malakali ishchi kuchini tayyorlashga qilingan investisiyalardan iboratdir. Bundan uning ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish va tadbirkorlik sohasini qо‘llab-quvvatlashning stratyegik chorasi ekanligi ham yaqqol kо‘rinadi. Davlatning boshqa funksiyalarini amalga oshirilishi jarayonida ham, xususan, sanoat va qishloq xо‘jaligi korxonalarini subsidiyalashtirish va kreditlashtirishda, infratuzilma ob’yektlarini yaratish va ularni takomillashtirishda, harbiy qurilish uchun quro-aslahalarni sotib olishda, davlat qarzlarini qaytarish va ular bо‘yicha foizlarni qaytarishda ham bozor kon’Yunkturasini keskin о‘zgaradi. YUqorida sanab о‘tilgan xarajatlar hajmining о‘zgartirilishi (korryektirovka qilinishi) investisiyalarning о‘lchamiga, jami talabning hajmiga va taklifning tarkibiy tuzilmasiga bevosita о‘z ta’sirini kо‘rsatadi.
Shunday qilib, davlat xarajatlari jami talab shakllanishining unumli yо‘naltirilishida ijobiy tarkibiy qism (element) bо‘lib hisoblanishi mumkin. Tyeskari holatlarda esa, ya’ni harbiy, boshqaruv, mafkuraviy xarajatlar salmog’ining Yuqoriligida, Shuningdyek, davlat qarzlariga xizmat qilish xarajatlari hajmining kattaligida davlat xarajatlari faqat qalbaki ijtimoiy talabning о‘sishiga olib kyeladiki, ular oxir oqibatda, qutilib bо‘lmaydigan buzuvchan (vayronagarchilik) kuchlar(i)ni vujudga kyeltiradi (jahon amaliyotida bunday misollar juda kо‘p, masalan, о‘tgan asrning 70-80-yillarida butun kapitalistik dunyoni qamrab olgan inflyasiya, 1998 yilning avgustida Rossiyada sodir bо‘lgan Moliyaviy tanazzul va boshqalar).
Umumdavlat pul fondi mablag’larining sarf etilishi, Shubhasiz, davlatning takror ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etishini moddiy jihatdan ta’minlaydigan resurslarning mobilizasiya qilinishini (tо‘planishini) taqoza etadi. Qо‘shilgan qiymatni Moliyaviy qayta taqsimlashning dastlabki bosqichida davlat daromadlari – YAIM va MDning bir qismini qaytarilmaslik sharti bilan davlatning ixtiyoriga olish bо‘yicha iqtisodiy munosabatlar - xizmat qiladi.
Davlat daromadlarining hajmi va tarkibi bilan manipulyasiya qilish vositasida umumishlab chiqarish kо‘rsatkichlarining tartibga solish imkoniyati quyidagi ob’yektiv shart-sharoitlar bilan izohlanadi (tuShuntiriladi). Jismoniy va Yuridik shaxslar ega bо‘lgan va о‘zlarining joriy xarajatlari hamda investisiyalarini tо‘lash uchun foydalaniladigan resurslar bir qismining davlatlashtirilishi (davlat ixtiyoriga о‘tkazilishi) Yuqoridagi ijtimoiy tizim sub’yektlarining daromadlilik darajasini kamaytiradi (pasaytiradi) va jami istye’molning tarkibiy tuzilmasini о‘zgartiradi. YUqoridagi tartibda davlatlashtirish sosial tabaqalanishning darajasini о‘zgartirishga (korryektirovka qilishga) va ishlab chiqarish samaradorligining yetarli darajada asoslanmagan past yoki Yuqori chyegaralarini cheklab turishga imkon beradi. Bu narsaga, birinchidan, aholining kam ta’minlangan tabaqalariga, Shuningdyek zararga ishlayotgan yoki past rentabelli korxonalarga ma’lum bir imtiyozlarni taqdim etish orqali erishiladi. Ikkinchidan, ustama daromadlarning bir qismini qarama-qarshi yо‘nalishda yо‘naltirish (byegonalashtirish) vositada (masalan, mehnatni rag’batlantirish yoki myeros sifatida о‘tadigan mol-mulk, yoki mahsulotlar bahosi sog’lom faoliyat uchun zarur bо‘lgan shart-sharoitlardan Yuqori bо‘lgan daromadlarning shakllanishiga olib kyelsa) qо‘lga kiritish mumkin.
Umumiy tarzda, davlat daromadlarining olinishini quyidagilarga ta’sir etishi mumkin dyeb, ajratib kо‘rsatsa bо‘ladi:

baholarni shakllantirishga (bu, asosan, egri (bilvosita) soliqlar);

ishlab chiqarish xarajatlariga (mol-mulkning qiymatidan, istye’mol fondidan olinadigan soliqlar, sosial xarakterdagi nobyudjet fondlarga ajratmalar);

jamg’armalar hajmiga (investision imtiyozlar);



bandlilik va shaxsiy istye’molga (mehnat haqi fondidan olinadigan soliqlar, aholi bandlik fondiga ajratmalar va h.k.lar).

YUqoridagilardan tashqari, davlat daromadlari kо‘rinishlari va ularni undirish mexanizmlarining xilma-xilligi davlatga ma’lum bir tovarlar va xizmatlarga bо‘lgan talabni maqsadli yо‘nalishda tartibga solish, eng samarali texnologiyalar, import mahsulotlari va h.k.larni tanlashga imkoniyat beradi. Ma’lumki, zamonaviy davlatlarning kо‘pchiligida markazlashtirilgan pul oqimlarining katta qismi soliqlar yordamida shakllantiriladi. Ular umumiy darajasining global pasaytirilishi sof daromadlar, talab, bandlikning oshishiga olib kyelsa, tadbirkorlik tashabbusini faollashtirsa, ularning oshirilishi esa bozor kon’Yunkturasini “muzlatish”ning ishonchli vositasidir.
Soliqlarning har bir konkryet turi sosial-iqtisodiy jarayonlarni tartibga kyeltirishning tabaqalashtirilgan yо‘nalishiga ega. Masalan, sosial-madaniy soha xо‘jalik hisobidagi muassasalarining soliqlardan ozod qilinishi yoki ularga kо‘pgina soliq imtiyozlarining taqdim etilishi jamiyatning madaniy-ma’rifiy salohiyatini oshirishga, uning axloqiy sog’lig’ining mustahkamlanishiga о‘z ta’sirini kо‘rsatishi mumkin. Aholi daromadlari va mol-mulkini soliqqa tortishda sosial yо‘naltirilganlikning kuchaytirilishi ( soliq bazasi va soliq stavkalarining kо‘p bolali oilalar, nogironlar va faxriylar uchun kamaytirilishi), о‘zining mohiyati jihatidan Shu maqsadlar uchun davlat xarajatlarining kо‘paytirilishini anglatib, jamiyat tuzumining sosial barqarorligini ta’minlashga xizmat qiladi.
Download 32,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish