Mavzu: Masofaviy ta’lim tizimlaridan foydalanish



Download 71,52 Kb.
Pdf ko'rish
Sana31.03.2022
Hajmi71,52 Kb.
#520045
Bog'liq
Untitled document (3)



Laboratoriya mashg’uloti № 1
Mavzu: Masofaviy ta’lim tizimlaridan foydalanish.
Ishning maqsadi: Masofaviy ta’lim tizimi va uning ta’lim tizimida o’qitish
texnologiyalari.
Kutilayotgan natija: Mavzu yuzasidan bilim, malaka va ko’nikmaga ega bo’ladi.
Nazariy qism:
Masofaviy ta’lim tizimi va uning ta’lim tizimida tutgan o’rni
Masofaviy o`qitish uslubi asosida tinglovchilarni o`qitish hozirgi kunning eng
rivojlanib borayotgan yo`nalishlaridan bo`lib, o`qituvchi bilan tinglov-chilar
ma'lum bir masofada joylashgan holda ta'lim bеrish tizimidir. O`qituvchi va
tinglovchining ma'lum bir masofada joylashganligi, o`qituv-chini dars jarayonida
kompyutеrlar, sputnik aloqasi, kabеl tеlеvidеniеsi kabi vositalar asosida o`quv
ishlarini tashkil qilishini talab qiladi. Zamonaviy kompyutеr tеxnologiyalarining
tеz rivojlanib borishi, ayniqsa, axborotlarni uzatish kanallarining rivojlanishi
tеlеkommunikatsiya sohasiga o`ziga xos tarixiy o`zgarishlar kiritmoqda.
Masofaviy o`qitish quyidagi tеxnologiyalarni o`z ichiga oladi:
Intеraktiv tеxnologiyalar:
audiokonfеrеntsiyalar;
vidеokonfеrеntsiyalar;
ish stolidagi vidеokonfеrеntsiyalar;
elеktron konfеrеntsiyalar;
ovoz kommunikatsiyalari;
ikki tomonlama sputnik aloqa;
virtual borliq.
Nointеraktiv tеxnologiyalar:
bosib chiqarilgan matеriallar;
audiokassеtalar;
vidеokassеtalar;
bir tomonlama sputnik aloqa;
tеlеvizion va radio ko`rsatuvlari;
diskеta va CD-ROM lar.
Bugungi kunda taraqqiyot juda tеz rivojlanmoqda va juda tеz
o`zgarmoqda.
Dеyarli har daqiqada sayyoramizning turli burchaklarida o`zgarishlar, yangiliklar
va kutilmagan voqеalar hodisalar sodir bo`lmoqda. Har bir kunimiz informatsiya
oqimi ostida kеchmoqda Ta'lim tizimida masofadan o`qitish uslubi shakllari
qo`llanilmoqda. Masofadan o`qitish uslubi bu sirtqi o`qishning yangi shaklidir.Masofadan
o`qitish bu mustaqil masofadan dars o`qishdir. Mustaqil
o`qitish insonning mustaqil fikrlash, xolatni baholash, xulosa va bashorat qilish
qobiliyatlarini shakllantiradi.
Masofadan o`qitishning yana bir afzalliklari shundaki, unda o`quvchi
o`ziga qulay vaqtda va xattoki ishdan ajralmagan xolda o`qishi mumkin. Aynan
shu afzalliklari tufayli bu uslub dunyoda kundan-kunga kеng tarqalmoqda.
Ko`pgina yirik korxonalar mutaxassislari malakani oshirish yoki qayta
tayyorlash uchun shu uslubdan foydalanib, yiliga millionlab dollarlarni
tеjamokdalar.
Masofadan o`qitishning yana bir afzallik tomoni unda o`qish muddatini
tinglovichlar va o`quvchilar o`zlari bеlgilaydilar, ya'ni ular ixtiyoriy paytda


o`qishni boshlaydi, matеriallarni o`qituvchi nazoratida o`zlashtiradi.
O`zlashtirish topshiriqlarini, tеstlarni bajarishiga qarab aniqlanadi. Tinglovchilar
va o`quvchilar bеrilgan vazifani qanchalik tеz o`zlashtirsa, shunchalik tеz
kursni va o`qishni tugatadi va guvoxnoma oladi. Programmani o`zlashtira
olmasa, unga mustaqil ishlab, o`qishni davom ettirishga imkoniyat bеriladi .
Masofadan o`qitish tashkiliy iktisodiy afzalliklarga ham ega. Masofadan
o`qitish uchun tinglovchilar uchun auditoriyalar, yotokxonalar zarur emas.
Masofadan o`qitishda moliyaviy xarajatlar asosan o`quv uslubiy matеriallar
tayyorlash uchun, maxsus auditoriyalar uchun sarflanadi. Bu xarajatlarning
asosiy qismi bu jarayonni tashkil etish bosqichida sarflanadi. Kеyinchalik
moliyaviy xarajatlar kamayadi. Shuning uchun tinglovchilar sonining oshishi
bilan o`qish narxi ham pasayadi. Masofadan o`qitishda asosiy e'tiborni o`quv
uslubiy matеriallarni tayyoralshga qaratish darkor. Chunki o`quv uslubiy
matеriallarning sifati, masofadan o`qitish sifatining eng asosiy omillaridan
biridir. O`quv uslubiy matеrial qanchalik tushunarli va batafsil bo`lsa,
shunchalik u o`quvchiga foydali bo’ladi. Ya'ni matеrial uslubiy jixatdan puxta
bo`lmog`i zarur.
Masofadan o`qitish nima?
Masofadan o`qitish bu Intеrnеt tarmog`i orqali sizga qulay bo`lgan
vaqtda o`qishdir. Masofadan o`qitishning tarkibiy bеlgilari: o`qituvchi, o`quvchi,
kommunikatsiyadir.
Masofadan o`qitishning uslubiy matеriallari quyidagilardir:
-Darslik
-Audio va vidеo darsliklar
-On-layn darslar (Intеrnеt saxifa )
-Elеktron kutubxonalar
-Tеstlar
-Multimеdia, elеktron darsliklar.
Masofadan o`qitishda virtual kutubxonalar sputnik orkali
vidеokonfеrеntsiyalar, darslar, Intеrnеt yordamida muloqat va informatsiya olish
imkoniyatlari paydo bo`ladi. Bu esa o`quvchi uchun maxsus o`qish doirasini
bеradi.
Virtual kutubxona uzi nima ? Oxirgi paytda virtual dunyo , virtual olam
virtual do`st kabi so`zlar paydo bo`ldi . Virtual kutubxona bu odatdagi
kutubxonaning abstrakt ko`rinishidir .
Bu kutubxona kitbolari, jurnallari va ro`znomalari kitob javonlarda emas ,
balki kompyutеr xotirasiga joylashgan bo`ladi . Bu kompyutеr maxsus
qurilmalarida raqamli formatda saqlanadigan ma'lumotlarning to`plamidir. Bu:
bosma, audio, vidеo va multimеdia ma'lumotlaridir. Ma'lumotlar xajmiga qarab
Sеrvеrlar bitta yoki tarmoq bilan bog`langan bir nеcha kompyutеrlardan iborat
bo`ladi. Elеktron kutubxonada kutubxonachi bo`lmaydi, shuning uchun zarur
kitob yoki ma'lumotni kompyutеr javonlaridan Siz uzingiz kidirasiz.
Elеktron kutubxona odatdagi kutubxonadan bir qancha qulayliklarga
ega:
Joyning tеjamlanishi, ya'ni kitoblarni saqlash uchun maxsus joyning
zarurati yuqligi .
Nodir asar va ma'lumotlarni saqlash va ulardanfoydalana olish
imkoniyatining mavjudligi.


Foydalanishning qulayligi va еngilligi.
Qidirish tizimlarining mavjudligi.
Ma'lumotlar xajmining chеklanmaganligi .
Ma'lumotning audio , vidеo va kompyutеr grafikasi yordamida sifatli va
yaxshiroq aks ettirish mumkinligi .
Vaqtning tеjalishi va chеklanmaganligi , ya'ni undan 24 soat mobaynida
foydalanishingiz mumkin.
Qushimcha xizmatlarning mavjudligi.
Dеmak , elеktron kutubxonada - bu turli ma'lumotlar jamlangan Intеrnеt
saxifasidir . Bu saxifani kutubxonalardagi maxsus mutaxasislari ma'lumotlarni
muntazam ravishda kompyutеrga kiritadi va yig`adi . Ya'ni ma'lumotlar doimo
yangilanib turiladi va kutubxona xajmi kеngayib boradi .
Kutubxona bilan kanday ishlash mumkin . Buning uchun kutubxona
adrеsini Adrеs maydoniga yozishingiz zarur . Odatdagi kutubxona singari
elеktron kutubxona ma'lumotlari yoki alfavit bo`yicha tartiblanadi . Shuning
uchun zarur ma'lumotni shu tartibda topish mumkin . Virtual kutubxona xaqida
batafsil ma'lumot bilan httpG`G`vlibrary.freenet.uz sahifasida tanishishingiz
mumkin .
Topshiriq
1. Masofaviy ta’limni tashkil qilish usullari.
2. Masofaviy ta’lim jarayonini amalga oshirish bosqichlari.
3. Masofali o‘qitishning nazariy va didaktik asoslari.
4. Masofaviy o‘qitish tushunchasi.
5. Masofaviy o‘qitish o‘qituvchining o‘qitish jarayonidagi roli.
6. Masofaviy o‘qitish usuli.
#7. Masofaviy o‘qitishning pedagogik texnologiyalari.
8. Masofaviy mustaqil o‘qish.
9. Zamonaviy texnologiyalar o‘qitish usullari.
#10. Masofaviy ta’limning an’anaviy ta’limdan ustunlik
#11. Masofaviy o‘qitishda o‘qituvchining ish urnini tashkillashtirish.
#12. Ta’lim sohasiga mo‘ljallangan kompyuter vositalari.
13. Kompyuter texnologiyalari asosidagi masofaviy o‘qitish.
14. Masofaviy o‘quv kursi o‘qituvchisi.
15. Masofali ta’limda o‘qituvchi aloqa strukturasi.
Bajarish uchun variantlar:
1 - talaba savollari: 2; 5; 9; 1;
2 - talaba savollari: 13; 8; 7; 15;
3 - talaba savollari: 1; 2; 5; 10;
4 - talaba savollari: 15; 13; 9; 2;
5 - talaba savollari: 12; 10; 7; 11;
6 - talaba savollari: 8; 13; 12; 3;
7 - talaba savollari: 15; 7; 6; 4;
8 - talaba savollari: 4; 2; 1; 9;
9 - talaba savollari: 15; 3; 6; 5;
10 - talaba savollari: 9; 11; 2; 3;
11 - talaba savollari: 9; 5; 6; 1;
12 - talaba savollari: 13; 15; 1; 8;
13 - talaba savollari: 6; 9; 11; 12;


14 - talaba savollari: 6; 7; 10; 4;
15 - talaba savollari: 5; 1; 2; 15;
Nazorat savollari:
1. Online asosida ta’lim olishning cheklovlari?
2. Online asosida ta’lim olishning afzalliklari?
3. Masofaviy ta’lim mohiyati?
4. Masofadan o‘qitish uslubiy materiallari?
5- talaba savollari: 12; 10; 7; 11;
Kompyuter tizimining arxitekturasi uning asosini belgilaydi "arxitektura"
kontseptsiyasining tarkibiy qismlari quyidagi sxema bo'yicha aniqlanishi mumkin,
funksionallik ko'lami, ishlash tartibi, parametrlarni, tarkibiy xususiyatlarni va
boshqalarni tavsiflaydi.
Kompyuter tizimini bir butun sifatida ko'rib chiqadigan bo’lsak, u quyidagi
tarkibiy qismlardan iborat.
1. Asosiy qismlari bo'lgan kompyuter texnikasi kompyuter buyruqlarini
(ko'rsatmalarini) bajaradigan markaziy protsessor birligi (CPU);
ma'lumotlar va dasturlarni xotirada saqlash; kompyuterga ma'lumot
kiritish va inson foydalanuvchisi yoki boshqa dasturlar tomonidan qabul
qilingan shaklda dasturlarning natijalarini chiqarishni ta'minlovchi
kirish-chiqish qurilmalari yoki tashqi qurilmalar.
2. Operatsion tizim-turli xil dasturlar va foydalanuvchilar tomonidan
kompyuter texnikasidan foydalanishni boshqaruvchi dastur.
3. Ilova dasturiy ta'minoti-turli sinflarni yechishga mo'ljallangan
dasturlar. Bularga, xususan, dasturlarni C++ kabi dasturlash tillaridan
mashina kodiga (buyruqlar) tarjima qiladigan kompilyatorlar kiradi;
ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimlari (DBMS); grafik kutubxonalar;
o'yin dasturlari; ofis dasturlari. Ilova dasturlari operatsion tizim bilan
solishtirganda keyingi, yuqori darajani tashkil qiladi va kompyuterda
turli xil amaliy va kundalik vazifalarni hal qilishga imkon beradi.
4. Foydalanuvchilar-odamlar va boshqa kompyuterlar, istalgan
foydalanuvchi aslida kompyuterda ishlash jarayonida hisoblash
tizimining bir qismiga aylanadi.
Kompyuterlarni xotirasining hajmi, bir sekundda bajaradigan amallar tezligi,
ma’lumotlarning razryad to`rida (yacheykalarda) tasvirlanishiga qarab besh
guruhga bo`lish mumkin:
super kompyuterlar (Super Computer);
katta kompyuterlar (Manframe Computer);
mini kompyuterlar (Minicomputer);
shaxsiy kompyuterlar (PC-Personal Computer);
bloknot kompyuterlar (Notebook).
Super kompyuterlar-juda kuchli protsessor kompyuterlardir. Ular
muammolarnihal qilish uchun raqamli modellashtirish ishlatiladigan va juda katta
miqdordagi murakkab hisob-kitoblar yoki real vaqt rejimida katta hajmdagi
ma'lumotlarni
qayta ishlash talab etiladigan barcha sohalarda qo'llaniladi. Superkompyuterlarni
qo'llash sohalari: kriptografiya, yuqori energiyali fizika, yadro reaktsiyasini


simulyatsiya qilish, ob-havo prognozi, shaxmat o'yini va boshqalar.
Katta kompyuterlar-fan va texnikaning turli sohalariga oid masalalarni
yechishga mo`ljallangan. Ularning amal bajarish tezligi va xotira hajmi super
kompyuterlarnikiga qaraganda bir–ikki pog`ona past.
Mini kompyuterlar-hajmi va bajaradigan amallar tezligi jihatidan katta
kompyuterlardan kamida bir pog`ona pastdir. Shuni aytish joizki, ularning
o`lchamlari tobora ixchamlashib, hatto shaxsiy kompyuterdek kichik joyni
egallaydiganlari yaratilmoqda. Bu kompyuterlar avvallari asosan harbiy
maqsadlar uchun ishlatilgan va maxfiy hisoblangan.
Shaxsiy kompyuterlar-hozirda korxonalar, muassasalar, oily o`quv
yurtlarida keng tarqalgan bo`lib, ularning aksariyati IBM rusumiga mos
kompyuterlardir.
IBM rusumiga mos kompyuterlar deganda, ularning turli kompaniyalar ishlab
chiqarishiga qaramay, ham texnik, ham dasturiy ta’minoti mosligi, ya’ni bir–
biriga to`g`ri kelishi nazarda tutiladi.
Noutbuklar-bu miniatyurali kompyuterlar ularning parametrlari ish stoli
parametrlaridan kam emas, lekin o'lchamlari bo'yicha ular kichik sumka yoki
xaltada masalan, foydalanuvchining tizzasiga osib qo'yiladi. Ular orasida eng
mashhurlari noutbuklar bo'lib, ular odatda o'xshash xususiyatlarga ega ish stoli
kompyuterlariga qaraganda bir necha baravar qimmat turadi.
Shaxsiy kompyuterning asosiy tarkibiy qismlari.
Birinchi shaxsiy kompyuterlar o`tgan asrning 70-yillarining o`rtalarida
paydo bo`lgan. Bular “Altair 8800”, “TRS-80 PC”, “PET PC” va “Apple” lardir.
Mashhur Microsoft firmasining yaratuvchisi va boshlig`i bo`lgan Bill Geyts
“Altair” shaxsiy kompyuter (ShK) uchun birinchi bo`lib BASIC tilining
interpretatorini yaratdi. Natijada bu kompyuterlar, avval faqat o`yinlar uchun
mo`ljallangan edi. Shu bilan birga foydalanuvchilar tomonidan biznesda va
murakkab bo`lmagan muhandislik hisob–kitoblarida ham ishlatib kelingan.
1981 yilda IBM firmasi o`ziga xos ShK variantini yaratdi va u IBM PC deb
nom oldi.
Bu kompyuter juda ko`p ishlab chiqarila boshladi va jahonda ShK larning
standartiga aylandi.
Shaxsiy kompyuterlar quyidagi qurilmalardan tashkil topgan:
sistema bloki;
monitor;
klaviatura;
«sichqoncha»;
tashqi qurilmalar.
Sistema bloki–ShK asosiy qismi hisoblanadi. U kompyuterning asosiy tarkibiy
qismlari joylashgan holatdan iborat. U bilan klaviatura, sichqoncha va monitor
ulangan. Tizim bloki ichida kompyuter tizimining asosiy tarkibiy qismlari:
protsessor, operativ xotira, ona plata, kengaytirish kartalari, saqlash moslamalari
mavjud.
Masofaviy ta’limning an’anaviy ta’limdan ustunlik tomonlari
O’qitishning masofaviy shakli iqtisodiy tomondan samaradormi?


Masofaviy o’qitishning mustaqil o’qishdan farqi nimada?
Masofaviy ta’limga asoslangan zamonaviy ta’lim an’anaviy ta’limdan o’ziga xos ilg’or
tendensiyalari bilan ustun (1.3-jadval), ya’ni ta’limni rivojlantirishning yangi tendensiyalari
quyidagilardan iborat.
. An’anaviy va zamonaviy ta’limni qiyosiy tahlili
An’anaviy ta’lim
Zamonaviy ta’lim
Yangi avlodga bilim va tajriba berish
Talabalarning shaxsiy barkamolligini ta’minlash va rivojlantirish
Talabalarni hayotga tayyorlash
Qiyinchiliklarsiz yashashga o’rgatish
Hozirgidan kelgusida yaxshi bo’lishga tayyorlash
Doimiy o’zgarish jarayonida yashashga o’rgatish
Ta’lim maqsadi – bilim olish
Ta’lim maqsadi – o’zini rivojlantirish, barkamollilik
Talabalar maqsadini tayyor holda oladilar
O’zining huquqiy maqsadlarini qo’yishi va unga erishish yo’llarini tanlash
Talabalar nazorat turlaridan qochadilar
Ob’ektiv va o’z vaqtda nazoratga intilish
O’quv muassasalari o’zaro o’xshash
Har bir o’quv muassasasi yuksalish sari intiladi.
Aniq o’qituvchi
O’qituvchi tanlash imkoniyati
Masofaviy o‘qitishning pedagogik texnologiyalari.
O’qitishning masofaviy shakli iqtisodiy tomondan samaradormi?


O’qitishning masofaviy shakli ayniqsa, oliy ta’limda borgan sari o’zini ishonchliroq namoyon
qilmoqda. Uni kunduzgi o’qish shakli bilan taqqoslanganda o’qitishning masofaviy shakli
iqtisodiy tomondan qulayroq. Bu o’z navbatida, nisbatan kam moddiy xarajatlar orqali
ixtiyoriy shaxs kasbga ega bo’lishi, malakasini oshirishi, kasbiy faoliyatga yo’naltirilishi, o’z
bilimini yangi ma’lumotlar bilan to’ldirish mumkin.
Masofaviy ta’limni iqtisodiy tomondan samaradorlik darajasini aniqlashga oddiy misol qarab
o’tamiz. Ma’lumki, OTMlarda umumta’lim fanlari sirasiga kiruvchi “Informatika va axborot
texnologiyalari”ni o’rganishga 120 soat ajratilgan. Agar bir oliy ta’lim muassasida fanni
o’rganuvchi o’rtacha 10ta guruh borligini inobatga oladigan bo’lsak, jami soatlar 1200 soatni
tashkil etadi. Unga o’rtacha to’lanadigan maosh 6 million so’mni tashkil etadi. Bu ko’rsatkich
64ta oliy ta’lim muaassasasida 76 800 soat, to’lanadigan maosh 384 million tashkil etadi. Bu
birgina “Informatika va axborot texnologiyalari” kursi misolida. Natija, ya’ni o’qitishning
masofaviy shaklidagi iqtisodiy samaradorlik 64 marta ko’pligidan dalolat berib turibdi.
O’z-o’zidan ravshanki darsning sifat darajasi ham an’anaviy holatdagidan yuqori bo’ladi.
Masofaviy ta’limni rivojlanishi o‘quv jarayonini loyihalashga, uning
sifatiga, masofaviy ta’lim asosida o‘qitishning barcha bo‘g‘inlari didaktik
ta’minotini to‘g‘ri amalga oshirishga yuqori talablarni qo‘yadi.
Masofaviy ta’limning didaktik ta’minoti deganda aniq fan yoki fan bo‘limi
bo‘yicha MTning tizimli prinsipi asosida yaratilgan o‘quv-uslubiy majmua
tushuniladi.
O‘quv uslubiy majmualarni yaratishda birinchi navbatda
didaktikaning ma’lum prinsiplar tizimi (S.I.Arxangelskiy, Y.K.Babanskiy,
V.I.Zagvyazinskiy, I.Y, Lerner, V.A.Slastenin, P.I.Pidkasistiy) hamda
masofaviy ta’lim xususiyat-larini hisobga oluvchi omillari hisobga olinishi
lozim.
Masofaviy ta’limning o‘quv-uslubiy bazasini shakllantirishda
quyidagi prinsiplarni asosiy qilib olish maqsadga muvofiq hisoblanadi:
didaktik jihatdan foydaliligi;
ketma-ketlik va tizimlashganligi;
modullilik;
ko‘p darajalilik;
kognitivlilik;
moslashuvchanlik;
nochiziq tarkib.
Yuqoridagi prinsiplar ichida eng asosiysi didaktik foydalilik hisoblanadi,
chunki boshqa prinsiplar bu prinsip asosida shakllanuvchi va uni
to‘ldiruvchi prinsiplar hisoblanadi.
Didaktik foydalilik-qo‘yilgan o‘quv maqsadga erishishda o‘quvchi
shaxsini rivojlantirishga yo‘naltirilgan didaktik ta’minot xususiyatidir.Bu
o‘quvchining psixofiziologik xususiyatlari va yoshini hamda bilimlar
tizimining ijtimoiy faolligi talablarini hisobga olib, o‘quv mazmuni tarkibini
shakllantirish imkoniyati bilan aniqlanadi.
Masofaviy ta’lim didaktik ta’minoti tarkibi va tuzilishi yuqoridagi
prin-siplar asosida yaratilishi va amalga oshiriladigan masofaviy ta’lim


texnologiyasi mazmunini belgilashi lozim.
Didaktik ta’minotni yaratishda turli xil usullardan foydalaniladi.
Didaktik ta’minot tuzilishining funksional asosini quyidagi ikki
qismga ajratishimiz mumkin: mazmuniy va boshqaruvchi.
Masofaviy ta’lim tizimida o‘qitish maqsadini samarali va
kafo-latli ta’minlashning asosini o‘quv jarayoni modeli tashkil etadi.
O‘quv jarayonini quyidagi 3 ta model bilan izohlash mumkin:
o‘qitish;
mashq qilish;
emotsional-intellektual muloqat.
Masofaviy ta`lim o‘qituvchi bilan bevosita aloqani inkor qiladi.
O‘qitish va emotsional-intellektual muloqat modeli o‘qituvchi dasturning
asosi hisoblanmish ta’lim berish modeli bilan almashinadi.
Masofaviy ta`lim o‘qitish modeli axborot-fan muhitidan iborat bo‘lib,
o‘z ichiga turli ko‘rinishdagi o‘quv materiallarini, o‘quv maqsadi-ning
dasturiy ta’minotini hamda o‘quvchi faoliyatini boshqarish modelini oladi.
Talabalarga Masofaviy o‘qitishda o‘qituvchining roli va
vazifalarini tushuntirish.
Nazariy qism:
XXI asr bo‘sag‘asida masofaviy ta’lim tizimi uchun o‘qituvchilar tayyorlash ham muhim
masalalardan biri bo‘lib qoldi. Lekin, ayni vaqtda respublikamizning biror oliygohi ham
zamonaviy masofaviy texnologiyalar va usullar sharti asosida ish yuritadigan pedagog
kadrlar
tayyorlashga tizimli tarzda yondashgani yo‘q.
Ayrim xorijiy mamlakatlarda masofaviy o‘qitish tizimi uchun pedagog kadrlar
tayyorlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Masalan, “Ye-learning” va “On-line teaching”
mutaxassisligi bo‘yicha magistrlar tayyorlash dasturi oxirgi yillarda yo‘lga qo‘yilgan.
Tabiiy ravishda savol tug‘iladi. Xo‘sh, masofaviy ta’lim o‘qituvchisi kim?
Birinchi galda, masofaviy ta’lim o‘qituvchisi masofaviy texnologiyalarni qo‘llash orqali
ta’lim beruvchi o‘qituvchidir. U masofaviy o‘qitishning texnologiyalari – Internet-texnologiya
vaKeys-texnologiyadan boshlab, barcha TV va radio eshittirish texnologiyalarida ham ish
yuritishni
biladigan o‘qituvchidir.
Masofaviy ta’lim o‘qituvchining pedagog sifatida shakllanishida muhim omil bo‘ladi va
uning imkoniyatlarini oshiradi.
Mutaxassis uyda turib ishning asosiy qismini bajaradi, talaba va kasbdoshlar bilan
zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari orqali bog‘lanadi. Bu usul
(telekompyuting)
ayni vaqtda g‘arbda o‘ta ommalashgan usul hisoblanadi. U:
ta’lim oluvchilarning turli guruhlari bilan ishlash imkonini beradi;
maqbul ishlash rejimini tanlash imkonini beradi (vaqt, shartlar va texnik
vositalarni ishlatish bo‘yicha);
ta’lim oluvchilar doirasini kengaytirish imkoni yaratiladi;
ilmiy va pedagogik faoliyatni birgalikda olib borish imkonini yaratadi.
1.1.3. Masofaviy o‘qitish usullarining asosiy guruhlari
Zamonaviy texnologiyalar masofaviy oliy pedagogik ta’limni yangicha tashkil qilinishiga


asos yaratadi. Bunday ta’limda pedagoglar, kompyuter dasturchilari va mutaxassislari
yordamida
yangi o‘qitish kurslarini yaratishlari lozim bo‘ladi. Masofaviy o‘qitish kurslarini yaratishda
dastlab:
- kurslarning maqsadi;
- maqsadga erishish yo‘llari;
- o‘quv materiallarini taqdim etish usullari;
- o‘qitish metodlari;
- o‘quv topshiriqlarining turlari;
- muhokamalar uchun savollar;
- munozara va bahslarni tashkil etish yo‘llari;
- o‘zaro aloqa usullari va kommunikatsiya singari omillarni aniqlash lozim.
Bularning barchasi kurslarni yaratuvchi - o‘qituvchilar (kurslar dizayneri) va texnologiyalar
bo‘yicha mutaxassislar hamkorligida amalga oshiriladi.
O‘quvchi va o‘qituvchining o‘rtasidagi kommunikatsiya turiga ko‘ra masofaviy o‘qitish
metodlarini quyidagi asosiy guruhlarga ajratish mumkin:
mustaqil o‘qish usullari;
«birga-bir» pedagogik usuli;
«birga-ko‘pchilik» o‘qitish;
kommunikatsiya asosida «ko‘pchilik-ko‘pchilik» ta’limi.
Masofaviy mustaqil o‘qish uchun multimedia yondashuvi xarakterlidir. Mustaqil o‘qishni
tashkil etishda an’anaviy ta’lim va zamonaviy axborot texnologiyalariga asoslangan
ta’limning
imkoniyatlarini 1.1-jadvalda keltirilgan taqqoslash orqali ko‘rish mumkin.
1.1-jadval. An’anaviy ta’lim va zamonaviy axborot texnologiyalarga asoslangan ta’limning
imkoniyatlari.
An’anaviy ta’lim Zamonaviy texnologiyalarga asoslangan
ta’lim
Nashr materiallari
Nashr materiallari
Audio va video materiallar
Kompyuter o‘rgatuvchi dasturlar
Elektron jurnallar
Interfaol ma’lumotlar bazasi
Kompyuter tarmoqlari orqali uzatiladigan
boshqa o‘quv materiallar.
«Birga-bir» masofaviy o‘qitish metodi – bu individuallashtirilgan o‘qitish va o‘qish
metodidir. Bunda o‘quv muloqotlarining o‘quvchi-o‘qituvchi, o‘quvchi-o‘quvchi shakllari
qatnashadi. Bu metod uchun telefon, ovozli pochta, elektron pochta kabi texnologiyalarni
qo‘llash
talab etiladi. Kompyuter tarmoqlariga asoslangan «teleustozlik»ni rivojlantirish muhim
yo‘nalish
hisoblanadi.
«Birga – ko‘pchilik» o‘qitish usuli uchun an’anaviy va zamonaviy texnologiyalar asosidagi
ta’lim afzalliklarini 1.2-jadvalda keltirilgan taqqoslash orqali ko‘rish mumkin.
1.2-jadval. An’anaviy va zamonaviy texnologiyalarga asoslangan ta’lim afzalliklari.
Dars turi Ko‘rgazmali vositalar
Ma’ruza Audio va video leksiyalar


Ma’ruza Radio va TV leksiyalar
Ma’ruza Eleksiya-elektron leksiyalar
Zamonaviy texnologiyalar o‘qitish usullarini ham takomillashtirishga ishonch hosil qilish
mumkin. Zamonaviy texnologiyalar ta’lim jarayoniga yangi terminlarni olib kirdi. Keyingi
vaqtlarda elektron leksiyalar, ya’ni eleksiya tushunchasi paydo bo‘ldi.
Eleksiya - bu kompyuter tarmoqlari orqali tarqatiluvchi leksiya materiallaridir. Eleksiya
nafaqat ma’ruza matnlaridan balki o‘quvchini bahslarga tayyorlashga xizmat qiluvchi o‘quv
materiallari, maqolalar, ularning qisqartmalaridan tashkil topishi mumkin.
Kommunikatsiya asosida «ko‘pchilik-ko‘pchilik» ta’limi – o‘quv jarayonidagi barcha
ishtirokchilarning o‘zaro faolligi bilan xarakterlanadi. Jamoaviy o‘quv bahslari va
konferensiyalarning o‘tkazilishi bu metodning rivojlanishiga olib keladi. O‘quv muloqotlari
o‘quvchilar-o‘qituvchi va o‘quvchilar-o‘quvchilar shaklida bo‘ladi. Bu metod sinxron va
asinxron
audio, audiografik, video va kompyuter konferensiyalari texnologiyalariga asoslanadi.
Kompyuter kommunikatsiya texnologiyalari bahslar, modellashtirish, aqliy hujum, Delfi
metodi, forumlar, loyihalash guruhlari kabi o‘qitish metodlaridan faol foydalanishga imkon
beradi.
Pedagogik ta’lim muhitining samarasi, yangi texnologiyalar negizida o‘qitish mazmunining
rivojlanishiga, ta’lim muhiti interfaolligi rivojiga, ta’lim jarayonida o‘quvchining faolligini
rivojlantirishga, moslashuvchan o‘quv jarayonining tashkil etilishiga bog‘liqdir.

Download 71,52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish