Mavzu: jamoadan tashqari axloq psixologiyasi va uni belgilovchi omillar



Download 27,52 Kb.
bet1/4
Sana18.04.2022
Hajmi27,52 Kb.
#561648
  1   2   3   4
Bog'liq
Jamoadan tashqari axloq psixologiyasi va uni belgilovchi omillar


MAVZU: JAMOADAN TASHQARI AXLOQ PSIXOLOGIYASI VA UNI BELGILOVCHI OMILLAR

Jamoadan tashqari xatti-harakat shaxsning qonun doirasidan chetga chiqishi va jamiyatda o‘rnatilgan tartib-qoida va qonunlarni bilib-bilmasdan ularga qarshi zid xatti-harakatlarni sodir etishidir.


Shu sababli har qanday jamoadan tashqaridagi xatti-harakatlar, ya’ni ommaviy ijtimoiy tartibbuzarliklar ijtimoiy qo‘rquv, vahima ostidagi delikvent xulq o‘zgarishlarini yuzaga keltiradi. Delikventlik – tartib, tarbiyaning izdan chiqishi, ya’ni tartibsizlik, tarbiyasizlik, konformlilik (tashqi ta’sirlarga berilish), madaniyatsizlik kabi psixik kamchiliklarni namoyon etadi. Inson xulq-atvorida konformlilik darajasining kuchayishi oqibatida noadekvat (nomunosib) xatti-harakatlar yuzaga keladi va tashqi ta’sirlarga beriluvchanlik holatlari kuzatiladi. Natijada shaxs xatti-harakatlarining ma’lum ma’noda qolipdan chiqishi va jamiyatdagi mavjud qonunchilikka mos kelmaydigan, jamiyat uchun zid bo‘lgan jamoadan tashqaridagi xulq-atvor yuzaga keladi.
Insonlarning jamoadan tashqaridagi salbiy xatti-harakatlariga oid jinoyatlar O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 244, 277-moddalari asosida huquqiy jihatdan tartibga solinadi.
Insonning jamoadan tashqaridagi xatti-harakatlari doirasi keng bo‘lib, biz shundan faqat mish-mishlar va olomon psixologiyasiga to‘xtalib o‘tamiz.
Turli jamoalarni harakatga keltiruvchi omillardan bo‘lmish mish-mish gaplar hamda olomon doimo huquqshunoslar, psixologlar va sot-siologlar diqqat-e’tiborida bo‘lgan. Jamoadan tashqari axloq psixolo-giyasi haqida bir qator olimlar o‘z qarashlarini bayon etgan. Masalan, fransuz psixologi Le Bon Gyustavning fikriga ko‘ra, «insonning ma’lum bir guruh yoki jamoa orasida o‘ziga bo‘lgan ishonchi, irodaviy kuchining ortishini va intellektual ongining susayishini kuzatamiz. Aksariyat hollarda olomondagi odamda o‘z xatti-harakatiga nisbatan nazoratning yo‘qolganligini ko‘rish mumkin»1.
Rus olimi F. N. Plevako insonlarning jamoadan tashqaridagi xatti-harakatlarini psixologik jihatdan tahlil etgan va umumiy xulosaga kelgan. Muallifning fikricha, olomon – katta bir devor, undagi odamlar esa ushbu devor elementlaridir. Olomon orasida bo‘lish, undagi instinkt belgilaridir2. Insonning jamoadan tashqari xatti-harakatlardagi zarur elementlardan biri unda liderning mavjudligidir.
Shu nuqtai nazardan «insonning jamoadan tashqari xatti-harakati» tushunchasi ijtimoiy psixologiya va yuridik psixologiyada muhim ahamiyatga ega bo‘lib, inson xulq-atvorining ma’lum ma’noda huquqiy normadan chiqishi, unda inpulsiv (shartsiz refleks) harakatning namoyon bo‘lishi bilan izohlanadi. Bundan tashqari, inson ruhiyatida kuchli qo‘zg‘alishni, hissiy muvozanatsizlikning ortishini va idrok etish ko‘lamining torayishini sezish mumkin. Jamoadan tashqari xatti-harakatda asosiy rolni, ya’ni dominantalik (ustunlik)ni insonlarga rahbarlik, tashkilotchilik qilayotgan yo‘lboshchilar bajaradi. Shuning uchun ham insonlarning jamoadan tashqari xatti-harakatlariga jinoiy-huquqiy nuqtai nazardan baho berilganda yo‘lboshchilar jamoaning tashkilotchisi va rahbari hisoblanadi. Ular asosan mish-mishlarni tarqatishda hamda olomonni harakatga ketirishda katta rol o‘ynaydi. Ijtimoiy psixologiyada shaxsning ijtimoiy munosabatlarga kirishishi, turli ijtimoiy ko‘rinishlardagi xatti-harakatlarining ijtimoiy psixologik qonuniyatlari o‘rganiladi. Chunki insonlarning bir-birlarini idrok etishi munosabatlar mexanizmini yaratadi. Shu nuqtai nazardan insonlarning jamoadan tashqaridagi xatti-harakatlarini tartibga solishda bevosita olomon psixologiyasini o‘rganish, ya’ni inson xulq-atvorini huquqiy jihatdan tartibga solish va me’yorlash maqsadga muvofiqdir.
Chunki har bir jamiyatda jamoatchilik fikri, kayfiyati va ichki ma’naviy-ruhiy dunyoqarashi asosida ijtimoiy psixologik ko‘rinishlar, hodisalar, voqealar namoyon bo‘lib, bu dinamik xarakterga ega. Ya’ni olomondagi insonning xatti-harakatlariga ham biologik, ham ijtimoiy omillar dominantlik (ustunlik) qiladi. Natijada insonda tashqi hodisalar ta’siriga berilish ichki irodaviy boshqaruv va o‘zini o‘zi nazorat qilishning susayishini kuzatish mumkin.
Bu borada atoqli rus olimi M .I. Yenikeyevning «aksariyat jinoiy xatti-harakatlarning zamirida odamlarning ayrim ijtimoiy ko‘rinishlarga bo‘lgan dezadaptatsiyalashuvi (moslasha olmasligi) sabab bo‘ladi»1, degan fikrlarida qaysidir ma’noda haqiqat mavjud.
Shu nuqtai nazardan ichki ishlar idoralari xodimlari o‘z kasbiy faoliyatlarida asosiy ijtimoiy-psixologik ko‘rinishlar (mish-mishlar, olomon)ga qarshi kurashishda olomonning ijtimoiy va etnopsixologik xususiyatlarini va geografik shart-sharoitlarini chuqur o‘rganishi hamda tahlil qilishi muhim o‘rin tutadi. Inson hayoti davomida urf-odatlar, etnik va ijtimoiy qadriyatlarga rioya etishga majbur. Bu, o‘z navbatida, uning jamoada ichki muhitni yaratishida psixologik mexanizm sifatida namoyon bo‘ladi. Aksariyat hollarda insonlarning xatti-harakatlarida huquqiy normalardan chetga chiqishlarda ularning ayrim ijtimoiy muno-sabatlarga moslasha olmasligi bosh omillardan biri sanaladi. Chunki ijtimoiy moslashuvchanlikning yo‘qligi nafaqat ichki qadriyatlarning, yo‘nalishlarning sustligida, balki undagi ijobiy ijtimoiy stereotiplar va ko‘nikmalarning shakllanmaganligida va o‘ziga o‘zi bergan bahoning pastligida namoyon bo‘ladi. Shu nuqtai nazardan olomon tarkibiga kiruvchi odamlarning aksariyatida mish-mish gaplarga psixologik yuqimlilik, konformlilik (tashqi ta’sirlarga tez beriluvchanlik) holatlari ko‘proq kuzatiladi. Shuni aytish joizki, bugungi kunda jamiyatda bo‘layotgan ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy o‘zgarishlar bevosita insonlar ongiga o‘z ta’sirini o‘tkazadi va bu, qaysidir ma’noda, inson xatti-harakatlarini ma’lum bir me’yordan chiqishiga sabab bo‘luvchi bosh omillardan biridir. Chunki har bir inson ma’lum bir jamoada o‘zining ichki dunyoqarashlari, ehtiyoj va motivlari asosida qandaydir vazifani bajaradi.
Asosiy ijtimoiy psixologik ko‘rinishlar, ya’ni mish-mish gaplar va olomon ichki ishlar idoralari xodimlari uchun doimo operativ qiziquv uyg‘otgan va hamma vaqt mish-mish gaplar tarqatgan hamda jamoat xavfsizligi, tartibiga xavf soluvchi shaxslar hisobga olingan.
Yuqorida qayd etilganlardan kelib chiqadigan bo‘lsak, asosiy ijtimoiy-psixologik ko‘rinishlardan biri bo‘lmish mish-mish gaplar va olomon psixologiyasini o‘rganish bugungi kunda ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatidagi muhim muammolardan biri sanaladi. Shu sababli ushbu ijtimoiy-psixologik ko‘rinishlarga batafsil to‘xtalib o‘tish maqsadga muvofiqdir.
Mish-mishlar odatda asoslarga ega bo‘lmagan axborotdir. Ularning obyektiv mazmuni matbuot, radio, televideniye orqali tarqatiladigan axborotga nisbatan nihoyatda kam. Ammo faqat shu asosda ularga e’tiborsizlik ko‘rsatish, majoziy qilib aytganda, bola cho‘miltirilgan tog‘oradagi suvni bola bilan birga tashlab yuborishni anglatadi. Gap shundaki, mish-mishlar mantiqsizligiga qaramay, aholining muayyan tabaqalari ongi va xatti-harakatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Ayrim hollarda, afsuski, mish-mish gaplar xatti-harakatning rasmiy axborotga qaraganda kuchliroq determinanti (omili) bo‘ladi.
Shu ma’noda, mish-mish psixologik tuzilishga ko‘ra ijtimoiy hodisa bo‘lib, o‘tgan asrning 20-yillaridan boshlab maxsus o‘rganilib kelin-moqda. Buning sababi o‘sha yillardagi siyosiy-ijtimoiy, iqtisodiy ahvol va aholining savodsizligi bo‘lib, bundan ko‘pgina shaxslar g‘arazli niyatlarda foydalanishgan. Shu davrda mish-mishlar insonlar hayoti va taqdirida katta rol o‘ynagan.
Ichki ishlar idoralarining mish-mishlarga qiziqishi bejiz emas, albatta. Mish-mishlar ko‘pgina holatlarda operativ vaziyatni murakkab-lashtiruvchi juda xavfli omillardan biri bo‘lib xizmat qiladi. Masalan, u yoki bu tovar narxining oshirilishi haqidagi mish-mish xaridorlarning do‘konlarga ommaviy «oqib borishiga» hamda oson pul topishga qiziquvchilar foydalanib qoladigan sun’iy taqchillikni yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi.
Odamlar orasida tarqatiladigan xilma-xil mish-mishlarning barcha-sini bir qator asoslarga ko‘ra tasniflash mumkin.
Aks ettirilayotgan voqea adekvatligiga ko‘ra, mutlaqo ishonchsiz, haqiqatga yaqin unsurlari bo‘lgan ishonchsiz, haqiqatga o‘xshash hamda haqiqatga o‘xshamaydigan elementlari bo‘lgan ishonchli mish-mishlarga ajratiladi.
Mish-mish tarqatuvchining so‘zlaridan aniqlanadigan pozitsiyalarg a ko‘ra quyidagilar ajratiladi: istak mish-mish, bunda xabar amalga oshmagan istak tufayli umidsizlik keltirib chiqarish va, binobarin, odamlarni tushkunlikka tushirish maqsadiga ega bo‘ladi; qo‘rqituvchi mish-mish – tashvish, qo‘rquv va ishonchsizlik kayfiyati ustunlik qiladi-gan odamlar orasida eng samarali tur; tajovuzkor mish-mish, u muayyan shaxslar yoki muayyan odamlar guruhlariga nisbatan adovat (nafrat) urug‘ini sochadi; ajratuvchi mish-mishlar, bular odamlarning o‘zaro
munosabatlarida nizo-janjal keltirib chiqaradi, ular o‘rtasida shubha,
ishonchsizlik kabilarni yuzaga keltirib odatdagi ijtimoiy aloqalarni buzadi1.

Download 27,52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish