Mavzu: Jadid adabiyotida estetik ideal muammosi.
Abdurauf Fitrat (1898-1938). Avvalo shuni aytish kerakki, '' Adabiyot qoidalari’’da mualif nafaqat adabiyot nazariyotchisi sifatida, balki keng quvvai hofizali nafosatshunos tarzida maydonga chiqadi.
Fitrat har bir ‘’goʻzal san’at ‘’ ning materiali, substratiga qarab, ularni olti turva ikki xilga (turkumga ) boʻladi. U misiqani birinchi oʻringa qoʻyadi, undan keyin: “rasm, haykalchilik, me’morchiik oʻyun (tans ), abiyot”keladi. “ Goʻzal san’atlarning mana shu olti turlari bir birlariga yaqinlashmoq e’tibori bilan ikki turkumga ayriladir, - deb yakunlaydi muallif oʻz risolasini, - Adabiyot, musiqa, oʻyun, (tans ) bir turkum boʻladur.”
“ Adabiyot qoidalari” da Fitrat uslub masalasiga atroflicha toʻxtaladi. Uslubni zararli , makonga va shaxsga xoslik xususiyatlarini aytib oʻtadi, uni uygʻunlik bilan, ohang bilan uzviy boʻliq ravishda tadqiq etadi. Shuningdek , muallif kitob oxirida, “Adabiyotda oqim istilohlari” sarlavhasi ostida klassitsizm, ratsionalizm, simvolizm, realizm, modernizm singari tarixiy va zamonaviy yoʻnalishlarning qisqacha tavsifini beradi.
Bundan tashqari, Fitratning “Adabiyot qoidalari”dan boshqa musiqamiz tarixi va aruz nazariyasiga bagʻishlangan risolalari borki, ular ham nafosatshunoslik nuqtayi nazaridan qimmatlidir.
Abdulhamid Choʻlpon (1898 – 1938 ) . Uning goʻzallik haqidagi tushunchasi oʻziga xos, asosan u shoir she’rlarida “goʻzal” soʻzi orqali aks etadi.
Choʻlpon ijodidan oʻnlab maqolalar teatrga bagʻishlanganini koʻramiz. U Meyerxold
teatrini yuksak baholab , oʻzbek teatrini ham oʻsha darjaga chiqishini istaydi. Ayni paytda Mannon Uygʻur san’atiga yuksak baho berdi. Uning - teatr estetikasida aktyor mahorati masalasi alohida oʻrin tutadi . “Aktyorga ahamiyat berish demak, soʻzga ahamiyat berish demakdir, chiroylik soʻz chiroylik qilib gapirilsa, tomoshaning ta’siri boʻlmay iloji yoʻq… Goʻzal va ustalarcha oʻynagʻon aktiyor goʻzal va ustalarcha gapirishni ham bilsin” , - deydi Choʻlpon.
Xulosa qilib aytadigan boʻlsak, Turkiston jadid ma’rifatchilari qisqa vaqt ichida nafis san’at targʻibotini yoʻlga qoʻydilar. Afsuski, yangi mustamlakachilik siyosati asosiga qurilgan Shoʻrolar davlati ularni qatagʻon qilib, asirlarini taqiqlab, Turkiston xalqlari Uygʻonishi harakatiga chek qoʻydi. Shunga qaramay, ular qoldirgan meros bugungi kunda ham oʻz ahamiyati va ta’sir kuchini yoʻqotgan emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |