Mavzu: Islohatlar va ularning ma`naviy mezoni



Download 54,5 Kb.
Sana03.01.2020
Hajmi54,5 Kb.
#31885
Bog'liq
ISLOHAT

Mavzu: Islohatlar va ularning ma`naviy mezoni
Reja.

  1. Xalqimizning ma`naviyat va madaniyati.

  2. Ma`naviy merosimiz.

  3. Mustaqil mamlakatimizning Asosiy qonuni

Xalqimiz ma’naviyat va madaniyat, ta’lim va tarbiya sohalarida boy merosga ega bo‘lib, yosh avlodini hamisha insonparvarlik, vatanparvarlik, do‘stlik, mehnatsevarlik, mehr-oqibat, birodarlik va kamtarlik kabi umuminsoniy fazilatlar ruhida tarbiyalab kelgan. Prezidentimiz Islom Karimov “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida ta’kidlaganidek, “Ma’naviyat – insonni ruhan poklanish, qalban ulg‘ayishga chorlaydigan, odamning ichki dunyosi, irodasini baquvvat, iymon-e’tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg‘otadigan beqiyos kuch, uning barcha qarashlarining mezonidir”.

Ma’naviyat – ajdodlarni avlodlarga, o‘tmishni bugunga, bugunni esa kelajakka bog‘lovchi ko‘prik vazifasini bajaradi. U ota-bobolarimiz to‘plagan jamiki yaxshi fazilatlar va xislatlar, qadriyatlar va an’analarning majmui, qolaversa, ajdodlarimiz to‘plagan tarixiy-ijtimoiy tajriba va barcha qarashlarni o‘zida mujassam etadi.

Tariximizning boyligi va buyukligi, avvalo, xalqimizning yuksak ma’naviyati va ma’rifati bilan bog‘liqdir. Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Abdulxoliq G‘ijduvoniy, Bahouddin Naqshband, Muhammad Muso Xorazmiy, Ahmad Farg‘oniy, Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi buyuk ajdodlarimiz insoniyat taraqqiyotiga, xususan, ilm-fan, ma’naviyat va ma’rifatning yuksalishiga ulkan hissa qo‘shganlar. Temuriylar, Boburiylar tomonidan yaratilgan buyuk saltanatlar, ular rahnamoligida barpo etilgan muhtasham tarixiy obidalar bugun ham xalqimiz dahosining yorqin namunalari sifatida dunyo ahlini hayratga solib kelmoqda.

Inson kamoloti va yuksak ma’naviyati haqida gap ketganda, ijtimoiy muhit haqida ham fikr yuritish joiz. Chunki qadimda ota-bobolarimiz o‘z farzandlari tarbiyasi masalasiga katta mas’uliyat, jiddiy e’tibor bilan yondashganlar. Masalan, bola tarbiyasi bilan asosan diniy-dunyoviy ilm sohasida oqila enagalar yoki ilm-ma’rifatda katta obro‘-e’tiborga ega ustoz-murabbiylar shug‘ullangan. Dono xalqimizda “Qush uyasida ko‘rganini qiladi” degan ibratli so‘zlar bejiz aytilmagan. Ya’ni, har bir shaxsning o‘sib kamol topishida u yashagan oila muhiti, ustozlari va mavjud ijtimoiy sharoitlar muhim o‘rin tutadi.

Afsuski, eski tuzum zamonida ta’lim-tarbiya, ma’rifat va madaniyatga ikkinchi darajali sohalar deb qaraldi. “Ma’naviyat” so‘zining o‘zi tilimizda iste’moldan chiqarib yuborildiki, bu tushuncha zamiridagi qadriyatlarimizning o‘sha davrdagi ahvoli haqida gapirmasa ham bo‘ladi.

Shu boisdan, istiqlol arafasida ma’naviyat sohasiga beqiyos e’tibor qaratilib, Yurtboshimiz sa’y-harakatlari bilan tilimizda, demakki, ongu tafakkurimiz – dunyoqarashimizda ma’naviy boyliklar, ma’naviy tarbiya, xalq ma’naviy boyligi, xalq ma’naviyati, ma’naviy burch kabi tushunchalar yangidan shakllandi. Birgina misol: agar o‘tgan asrning 70-80-yillarida chop etilgan ikki jildli “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”ga ham, o‘n to‘rt jildlik “O‘zbek sovet ensiklopediyasi”ga ham “ma’naviyat” so‘zi kiritilmagan, demakki, bu tushunchaga ta’rif berilmagan bo‘lsa, 2009 yilda nashr etilgan “Ma’naviyat: asosiy tushunchalar izohli lug‘ati” nomli alohida kitobda odamzod uchun bebaho boylik bo‘lmish ma’naviyatning ma’no-mazmuni, uning inson va jamiyat hayotidagi tutgan o‘rni, ahamiyati bilan bog‘liq eng asosiy tushuncha va atamalarning keng izohi berilgan.

Sobiq tuzum davrida inson ma’naviyati, xalq ma’naviyati, millatimizning ma’naviy merosiga nisbatan bir tomonlama yondashildi, ularga sinfiy va partiyaviy nuqtai nazardan baho berilgan. Yanada aniqroq aytadigan bo‘lsak, yaqin o‘tmishda ma’naviy merosning minglab durdonalari haqida so‘zlash, yozish, targ‘ib-tashviq qilish taqiqlangan edi. Yuzlab ma’naviyat darg‘alari millatchilik, milliy biqiqlikda, dindorlikda ayblanib, qatag‘on qilingan. Hatto, yaqin qarindoshining janozasida bo‘lgani, ta’ziyasiga borgani uchun yurtdoshlarimizga nisbatan jazo choralari ko‘rilishi eski tuzumning oxirgi yillarida odatiy holga aylangandi. Yurtboshimiz iborasi bilan aytganda, “bu tuzum o‘z xalqinining tarixini, uning ruhi va odatlarini, o‘z avlod-ajdodini bilmaydigan manqurtlarga tayanar edi”.

Tarix sinovidan o‘tgan haqiqat shuki, ezgu g‘oyalarga, ma’naviy merosga, an’analar va zamonaviy talablarga asoslanmagan har qanday davlat tizimi uzoqqa borolmaydi. Bu haqiqatni yetmish yilning nari-berisida patorat topgan sobiq ittifoqning qismati yaqqol isbotladi. Ayni vaqtda mustabid tuzum davrida xalqimizning qadr-qimmati, sha’ni va g‘ururi poymol etilgani, ko‘hna tariximiz va muqaddas qadriyatlarimiz toptalgani, ma’naviy qaramlik ostida taqdirimiz jar yoqasiga kelib qolganini aslo unutib bo‘lmaydi.

Shuni ta’kidlash kerakki, istiqlol yillarida amalga oshirilayotgan ma’naviy targ‘ibot faoliyati o‘zining mazmun-mohiyat va ahamiyati jihatidan eski davrdagi “propaganda-agitatsiya ishlari”dan yer bilan osmoncha farq qiladi.

Mustaqil mamlakatimizning Asosiy qonuni – Konstitutsiyamizning 12-moddasida: “O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlarning xilma-xilligi asosida rivojlanadi. Hech qaysi mafkura davlat mafkurasi sifatida o‘rnatilishi mumkin emas”, deb belgilab qo‘yilganini eslash maqsadga muvofiqdir. Bugungi kunda olib borilayotgan ma’naviy targ‘ibot-tashviqot jarayoni zamirida yurtimizdagi turli millat, ijtimoiy toifa, kasbu korga mansub bo‘lgan kishilarni ma’naviy tajovuzlardan asrash, ularni ogohlikka chorlash, mavjud xavf va tahdidlarning oqibatlarini anglab yetish, ular haqida jamoatchilik fikrini shakllantirish, eng muhimi, milliy g‘oya asosida xalqni birlashtirish, jipslashtirish, yosh avlod ongi va qalbida ezgu g‘oyalarga sadoqat tuyg‘ularini tarbiyalashga qaratilgan tizimli va aniq maqsadli amaliy harakatlar mujassamdir.

Chunki maqsadimiz oddiy va hayotiy – odamlarimiz qalbi va ongida yuqorida zikr etilgan insoniy tuyg‘ular qaror topishi, jamiyatimizda olijanob fazilatlar ustuvor bo‘lishiga erishishdir. Tabiiyki, bunda yurtdoshlarimizning nafaqat bilimini oshirish, balki ular qalbida mustaqilligimizni mustahkamlash bilan bog‘liq yangicha tafakkur, yangi g‘oyalarni kamol toptirish, ularni yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi va Vatanimiz taraqqiyotini ta’minlash yo‘lida ezgu ishlarga rag‘batlantirish, odamlar ongu shuurida hayotimizning turli sohalarida olib borilayotgan keng qamrovli islohotlarga daxldorlik, bunyodkorlik, kelajakka ishonch va shukronalik tuyg‘ularini rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi.

Bugun O‘zbekistonimiz mustaqilligining 20 yillik shonli sanasini nishonlash arafasida – Prezidentimiz istiqlolning ilk kunlaridan boshlab, avvalambor, barchamizni o‘sib kelayotgan yosh avlodning ma’naviy tarbiyasiga katta javobgarlik hissi bilan yondashishga da’vat etib, buning sababini “yoshlar xalq ma’naviyatining munosib egalaridir” deb uqtirgani va bu boradagi siyosat qanday izchillik va samaradorlik bilan davom etayotganiga yana bir bor e’tibor qaratish joiz, deb bilamiz.

Yurtboshimizning tashabbusi va tarixiy jasorati bilan 1989 yildayoq o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgani, Prezidentimiz tomonidan 1990-1991 yillarda qabul qilingan qator hujjatlarga muvofiq yurtimizda “Navro‘z” bayrami qayta tiklangani, Ramazon va Qurbon hayitlari katta bayram hamda dam olish kunlari deb e’lon qilingani – bu kabi muhim tarixiy qarorlar xalqimizning asriy orzu va armonlari ro‘yobga chiqishi, milliy qadriyatlarimiz tiklanishi yo‘lida ilk yirik qadamlar bo‘lganini alohida ta’kidlash darkor.

Istiqlol yillarida mamlakatimizda ma’naviy-ma’rifiy sohadagi faoliyatning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab olishda, uning eng muhim masalalarini izchillik bilan hal etishda, bu jabhadagi ishlarni har gal yangi, yanada yuksak bosqichga ko‘tarishda, hech shubhasiz, Yurtboshimizning shu boradagi asarlari, ma’ruza va nutqlari, farmon va qarorlari dasturilamal bo‘lmoqda. Ayniqsa, Prezidentimiz tomonidan 2006 yil 25 avgustda imzolangan “Milliy g‘oya targ‘iboti va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish to‘g‘risida”gi qaror bu boradagi tashkiliy va amaliy ishlarni, g‘oyaviy-uslubiy yondashuvlarni takomillashtirishda ulkan ahamiyatga ega bo‘ldi. Ushbu qarorning samarasi birinchi navbatda shunda namoyon bo‘ldiki, joylarda Vatanimiz mustaqilligining ma’naviy asoslarini mustahkamlash, milliy qadriyatlarimiz, an’ana va urf-odatlarimizni asrab-avaylash, xalqimiz, ayniqsa, yosh avlod qalbi va ongiga ona yurtga muhabbat, istiqlolga sadoqat tuyg‘ularini chuqur singdirishga qaratilgan ma’naviyat va ma’rifat ishlariga e’tibor yanada kuchaydi. Bu boradagi faoliyat yangicha ruh, ma’no-mazmun bilan boyidi.

Mazkur qaror asosida Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi, viloyatlarda uning mintaqaviy-hududiy bo‘limlari, shuningdek, Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi, maxsus targ‘ibotchilar guruhlari tashkil etildi. Barcha viloyatlarda hokimlarning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha yordamchilari faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Bugungi kunda yurtimizda ma’naviy-ma’rifiy muhitni yanada yaxshilash, ming yillar mobaynida sayqallanib kelayotgan ibratli an’ana va qadriyatlarni targ‘ib etish borasida ko‘plab tadbirlar tashkil etilmoqda. Jumladan, joylarda qiziqarli ko‘rik-tanlovlar, ko‘rgazmalar, uchrashuv, muloqot va davra suhbatlari uyushtirilmoqda, ilmiy risolalar chop etilmoqda, ommaviy axborot vositalarida rang-barang materiallar e’lon qilinmoqda. Bularning barchasi yuksak iste’dod va tafakkur sohiblarining salohiyatini Vatan istiqboli sari yo‘naltirish, millatlararo do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlash, odamlarning ma’naviy kamolotini yuksaltirish, ajdodlarimiz tomonidan asrlar mobaynida yaratilgan bebaho madaniy merosimiz, milliy qadriyatlarimizni tiklashga, eng asosiysi, o‘zligimizni anglashga katta ta’sir ko‘rsatdi. Xalqimizning buyuk bunyodkorlik salohiyatini ro‘yobga chiqarishga xizmat qildi. Muhimi, jamiyat taraqqiyotining asosiy omillaridan biri – sog‘lom ma’naviy-ma’rifiy muhit yanada mustahkamlandi.

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi bugungi kunda o‘z atrofiga “Tafakkur” va “Jahon adabiyoti” jurnallari, “Ma’naviyat” nashriyoti kabi 60 ga yaqin tashkilotni birlashtirib, ularning ma’naviy-ma’rifiy va mafkuraviy targ‘ibot yo‘nalishidagi faoliyatini muvofiqlashtirib kelmoqda. Kengashning faoliyati o‘sib kelayotgan yangi avlodni milliy istiqlol ruhida tarbiyalash, mamlakatimizda tom ma’nodagi fidoyilik va vatanparvarlik muhitini yaratish, yurtdoshlarimizni bunyodkorlik ishlariga safarbar etish, ularni yot va zararli g‘oyalardan himoya qilish kabi ezgu maqsadlarga yo‘naltirilgan.

Bir so‘z bilan aytganda, davlatimiz rahbarining “Yuksak ma’naviyatsiz kelajak yo‘q”, degan teran ma’noli so‘zlar bilan ifodalangan ma’naviy-ma’rifiy sohadagi ishlarni yangi bosqichga ko‘tarish haqidagi da’vati soha xodimlari, millionlab yurtdoshlarimiz qalbida aks sado berdi. Eng muhimi, bugungi kunda nafaqat mazkur kengash, balki butun bir tizim faoliyati asosini ma’naviyat, axloq-odob, ma’rifat kabi o‘lmas qadriyatlar tashkil etmoqda.



Hayotning o‘zi, taraqqiyot qonuniyatlari, erishilgan marralar, istiqboldagi maqsad va vazifalar demokratik islohotlarni qat’iyat bilan davom ettirishni taqozo etmoqda. O‘zbekiston Prezidentining Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining 2010 yil 12 noyabrdagi qo‘shma majlisida “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” ma’ruzasida ijtimoiy-iqtisodiy hayotimizning barcha yo‘nalishlari qatorida ma’naviyat sohasiga oid vazifalar ham aniq belgilab berilgan. Chunki Konsepsiyada zikr etilgan ulug‘vor va murakkab vazifalarni hal etish, avvalo, ta’lim-tarbiya, ma’naviyat-ma’rifat, targ‘ibot-tashviqot masalalariga borib taqaladi.

Konsepsiya, o‘z mohiyatiga ko‘ra, davlat va jamiyat rivojining prinsipial jihatdan yangi bosqichida mamlakatimizni modernizatsiya qilish bo‘yicha boshlangan keng ko‘lamli ishlarni yanada izchil davom ettirish dasturidir. Zero, Yurtboshimiz ta’kidlaganidek: “Ma’naviyat haqida har qancha da’vatlar, muhim nazariy fikrlar bildirilmasin, agar ularni jamiyat ongiga singdirish uchun doimiy ish olib bormasak, bu boradagi faoliyatimizni har tomonlama puxta o‘ylangan tizimli ravishda tashkil etmasak, tabiiyki, biz ko‘zlangan maqsadga erisholmaymiz, ya’ni, inson qalbiga yo‘l topolmaymiz”.

O‘zbekiston xalqining milliy taraqqiyot yo‘lidagi bosh g‘oyasi – ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish ekan, bu g‘oya xalqimizning azaliy ezgu intilishlari, bunyodkorlik faoliyatining ma’no-mazmunini belgilaydi, har bir inson uchun muqaddas bo‘lgan yuksak qadriyatlarni o‘zida mujassam etadi.

Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, istiqlolning 20 yillik shonli tarixi davomida Prezidentimiz rahnamoligida yurtimizda amalga oshirilgan ma’naviy islohotlarning butun qamrovini ko‘rsatish, ma’naviy sohadagi o‘zgarishlar samaralarining mustaqil taraqqiyotimizda tutgan o‘rni va ahamiyatini, qolaversa, istiqboldagi vazifalarimizning mazmun-mohiyatini to‘liq ochib berish oson ish emas. Davlatimiz rahbari ta’biri bilan aytganda, “Ma’naviyat – uzluksiz harakatdagi jarayondir. Fikr, tafakkur, his-tuyg‘u tinim bilmaganidek, ularning mahsuli o‘laroq ma’naviyat ham doim o‘zgarish va yangilanishda bo‘ladi”.



G‘ulom Mirzayev,

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati


  1. Karimov I.A. Barkamol avlod - O'zbekiston taraqqiyotining poydevori.

  2. Karimov I.A. Asosiy vazifamiz – Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishdir. Prezident I.A.Karimovning Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma'ruzasi, 2010 yil 29 yanvar.

  3. Karimov I.A. Mamlakatimizni modernizasiya qilish va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish – ustuvor maqsadimizdir. Prezident I.A.Karimovning O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo'shma majlisidagi ma'ruzasi, 2010 yil 27 yanvar.

  4. Karimov I. Yuksak ma'naviyat – engilmas kuch – T.: Ma'naviyat, 2008.

Download 54,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish