Mavzu: hozirgi zamonning asosiy huquqiy tizimlari va oilalari



Download 43 Kb.
Sana23.01.2022
Hajmi43 Kb.
#403325
Bog'liq
HOZIRGI ZAMONNING ASOSIY HUQUQIY TIZIMLARI VA OILALARI


Mavzu: HOZIRGI ZAMONNING ASOSIY HUQUQIY TIZIMLARI VA OILALARI

Huquqiy tizim -huquq tizimi va yurisdiksiyaviy ( huquqni muhofaza qiluvchi) organlar tizimidan tarkib topadi. Har qanday davlatning huquqiy tizimi jamiyatda muayayn huquq tartibotni o’rnatishga qaratilgan. Jahondagi mavjud huquqiy tizimlarni tasniflashda etnik, irqiy, ju-rofiy diniy tushunchalardan tortib to yuridik texnika va huquq uslubi bilan tugaydigan xidma xil omillardan foydalaniladi. R.David tomonidan berilgan huquqiy oilalar tasnifi eng ommaviysi bo’lib chiqdi. U din, falsafa, iqtisodiy va ijtimoiy tarkiblarni o’z ichiga olgan mafkura hamda huquq manbalarini asosiy tarkib sifatida qamrab oluvchi yuridik texnikadan iborat ikki mezoning qo’shib olib borilishiga asoslangan. R.David uch huquqiy oila: roman-german, ingliz-sakson va totalitar oilani ajratib ko’rsatishga asoslangan –oyani ol-a surgan.

Asosiy huquqiy oilalarni aniqlashda quyidagi o’zaro bo-liq mezonlarning uch guruhi muhim ahamiyatga molikdir. 1) huquqiy tizimlar tarixiy genezisi ( kelib chiqishi) 2) huquq manbalari tizimi; 3) huquqiy tizim tarkibi.

Roman –german huquqiy tizimi yoki kontinental huquq tizimi yevropada Rim, muqaddas diniy va mahalliy an’analar asosida yuzaga kelgan tizimlarni o’z ichiga oladi . U 12-16 asrlar mobaynida italyan, fransuz, nemis universitetlarida YUstinian qonunlari to’plami asosida Rim huquqini o’rganish natijasida tarkib topgan.Bu qonunlar ko’pchilik yevropa mamlakatlari uchun umumiy bo’lgan yuridik fanni shakllantirgandi. Bu ta’limotda kodekslar, maxsus qonunlar, ma’muriy farmoyishlar, vazirlar dekretlarining ahamiyati katta.Ammo urf odat huquqning mustaqil manbai mohityatini yo’qotgan.

Ingliz- amerika huquqiy tizimiga mansub davlatlarda sud pretsedenti, ya’ni sud’yalar tomonidan ularning qarorlarida ta’riflangan normalar huquqning asosiy manbai bo’lib xizmat qiladi. Masalan Qirollik sudlari faoliyati davomida asta sekin to’planib borgan qarorlar jamlanmasi tarkib topgan va keyinchalik shu sudlar ulardan qo’llanma sifatida foydalana boshlagan. Bu huquqiy oilada «Sud himoyasi vositasi huquqdan muhimroq» degan ta’rifni kuzatish mumkin edi.

1787 yilgi Amerika Konstitutsiyasidan keyin AQSHda inglizlarga o’xshash presedent huquqini qonun chiqaruvchilik bilan qo’shib olib boriladigan dualistik tizim tarkib topdi. Sudlar tomonidan shunda ham sudlar qarorlariga ishora qilish mumkin bo’lganidagina Amerika huquqiy tizimiga kiradi.AQSHda Angliya huquqida bo’lmagan Kodekslar amal qilsada, xuddi Angliyadagidek, qonunni qo’lanilishi uni sharhlashning sud pretsedentiga bo-liq bo’ladi.

Lotin Amerikasi huquqiy o’z asosiga ko’ra,kodekslashgan huquq tizimi bo’lib, bu yerda kodekslar yevropa namunalari asosida tuzilgan. Bu huquqda urf odatlarning manba sifatidagi roli turli mamlakatlarda turli ko’rinishlarga ega. Masalan Argentinada Urugvayga qaraganda yuqoriroq.Argentina, Braziliya,Venesuela, Meksika federatsiyalardir. Demak, federatsiya bilan uning a’zolari o’rtasidagi vakolatlar chegaralanishi nazarda tutilishi lozim.SHuningdek, sud amaliyoti huquq manbai sifatida hisoblanadi.

Skandinaviya (SHimol) huquqiy oilasi roman-german, ingliz amerika huquqiy tizimlarining ayrim x’ususiyatlarini o’zida mujassamlashtirgan. Bu huquqiy tizimga Daniya, Islandiya, Norvegiya,Finlyandiya va SHvetsiya mamlakatlari kiradi. aniyadagi «Qirol Kristaining Daniya Qonuni»Mamlakat quqi tarixidagi eng muhim hujjatlardan biri hisoblanadi. Qonunchilik huquqning bosh manbai hisoblanadi. Dengiz va savdo bilan bo-liq odatlar huquq manba sifatida muhim ahamiyat kasb etadi.

Islandiyada 930 yildan buyon ya’ni u tashkil topgandan buyon huquqiy urf odatlar keng rivoj topib keldi. Island huquqi manbalarining bugungi tizimini Konstitutsiyasi, Kodekslar, qirollar chiqargan ayrim qonunlar tashkil etadi.

Norvegiyadagi huquqiy urf-odatlarning yozma nusxalari 12 asrga to’-ri kelgan.Masalan 1150 yildagi «Gulating qonunlari», 1190 yildagi «Frostating qonunlari» hozirgi kunga qadar to’laligacha saqlanib qolgan. Norveg huquq tizimida qonun chiqaruvchi maqsadini aniqlashga yordam beruvchi huquqshunos olimlarning qonun moddalari sharhiga yoxud sud hukmlariga katta ahamiyat beriladi.

Finlyandiya huquqi tarixida shved davlatining 1734 yilgi Asosiy qonunlar to’plami muhim ahamiyatga ega.rus shved urushi natijasida Rossiyaga qo’shib olingan yerlarda ham shved fin qonunlari o’z kuchini saqlab qolgan.SHu bilan birga shimol davlatlarining 1870 yildan boshlangan o’zaro yaqinlashuv jarayoni ham Fin qonunchiligi rivojiga katta ta’sir ko’rsatdi.1919 yilga kelib mamlkata SHimoliy davlatlar hamjamiyatiga rasmiy ravishda qo’shilgan.

SHvetsiyada hozirgi zamon huquqiy tizimiga 1734 yilgi qonun bilan asos solingan. Bu yerda urf odatlar va sud pretsedentlari ham manba hisoblanadi. Skandinaviya huquqiy oilasining o’ziga xos jihati huquq retsepsiyasining keng qo’llanilishidir. Masalan SHvetsiyada qabul qilingan muayayn bir qonun, agarda Norvegiya davlati uchun ma’qul deb topilsa, ya’ni parlamenti tomonidan ma’qullansa, ushbu qonun Norvegiyada ham kuchga kiradi.

O’zbekiston mustaqil davlat bo’lib, o’zining tizimiga ega. Huquq tizimini asosini va uning yangilanishini 1991 yil 31 avgustda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to’g’risidagi qonun, O’z r Konstitutsiyasi va boshqa bozor iqtisodiga utish to’g’risidagi normativ huquqiy hujjatlar tashkil qiladi. Huquq tizimi jamiyat taraqqiyoti mahsuli sifatida hayot talablariga muvofiq ravishda o’zgarib boradi. Shu bilan birga huquq tizimini tashkil topish va rivojlanishi ob’yektiv holda bo’lib, uning huquqiy normalar, huquq institutlari va huquq sohalariga ajratish ham ob’yektiv harakterdagi tamoiylariga asoslanadi. Shuning uchun O’zbekiston iqtisodiy, siyosiy, madaniy va huquqiy sohada islohatlar o’tkazib uning tizimiga kiruvchi huquq sohalari yangilanib, rivojlanib bormokda.

O’zbekiston Respublikasi mustaqil davlat bo’lib, jaxonda rivojlangan davlatlar va sharqona milliy urf-odatlar asosida ko’pgina yangi qonunlar qabul qiladi. Jumladan mulk to’g’risida, davlat tasarrufidan chiqarish va hususiylashtirish to’g’risida va boshqa bozor iqtisodiga utish bilan bog’liq bo’lgan ko’pgina qonunlar. Bular O’zbekiston Respublikasining huquq tizimini umumiy va hsusiy huquqka bo’linishiga olib keladi. Burjuaziya huquq fanida uning huquq tizimi umumiy va hususiy huquqka bo’linadi. Huquqning bunday bo’linishiga qadimgi Rim olimi Ulpian asos solgan. Bu nazariya hozirgacha burjuaziya davlatlarida saqlanib, burjuaziya olimlarining fikricha huquqning bunday bo’linishi tabiiy bo’lib, shahs bilan davlat o’rtasidagi va hususiy mulkka asoslangan ijtimoiy munosabatlardan kelib chiqqan. Umumiy huquq davlatga taalukli bo’lib unga davlat huquqi, jinoyat huquqi, ma’muriy huquq sohalari kiradi. Hususiy huquq alohida shahslarga taalukli bo’lib, unga fuqarolik huuki, oila va nikoh huquqi, savdo huquqi va boshqa huquq sohalari kiradi.



Sobiq sovet davlatida huquqning umumiy va hususiy huquqka bo’linishini tan olinmadi. Chunki, huquqning bunday bo’linishi hukmron ekspluatatorlar sinfiga hizmat qiladi deb Demak, huquq tizimi jamiyatning iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy tuzilishi bilan belgilangan, ob’yektiv harakterga ega bo’lgan bir turdagi ijtimoiy munosabatlarning tartibga soluvchi huquqiy normalar huquq institutlari va huquq sohalaridan iborat. Har bir huquq sohasiga ijtimoiy munosabatlarning tartibga soluvchi predmet va usullariga ega.
Download 43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish