Mavzu: Hayot faoliyati xavfsizligi faniga kirish Reja



Download 0,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/16
Sana19.06.2021
Hajmi0,63 Mb.
#70052
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
1-ma'ruza matni (1)



Mavzu: 1. Hayot faoliyati xavfsizligi faniga kirish 

 

Reja: 



1. Hayot  faoliyati  xavfsizligi  haqida  tushuncha.  Hayot  faoliyati  xavfsizligi 

fanining maqsadi va vazifalari. 

2. Xavf-xatar tushunchasi va ularning turlari. 

3. Faoliyat xavfsizligini ta’minlash tamoyillari, uslublari va vositalari. 

4.Faoliyat  xavfsizligini  ta’minlashda  ergonomika  asoslari  va  xavfsizlik 

psixologiyasi.  

 

Insonning faol harakatlari yig‘indisi - faoliyat tushunchasini bildiradi. Aynan 



mana  shu  faoliyat  insonlarni  boshqa  tirik  mavjudotlardan  farqlantiradi.  Demak, 

faoliyat  -  insonning  bor  bo‘lib  turishi  uchun  zaruriy  ko‘rsatkich  hisoblanadi. 

Mehnat  esa  inson  faoliyatining  eng  oliy  shaklidir.  Shuning  uchun  faoliyat  ham, 

mehnat ham bo‘lmasa, kishilik jamiyati ham bo‘lmaydi. 

Hayotiy  faoliyat  -  bu  odamning  kundalik  faoliyati,  dam  olishi,  turmush 

tarzidir. 

Xavfsizlik  -  bu  faoliyatning  holati  bo‘lib,  ma’lum  ehtimollikda  xavflarning 

kelib chiqishini bartaraf qilishdir.  

Faoliyat  xavfsizligi  qadim  zamonlardan  to  hozirgi  kunimizga  qadar 

insoniyatni  ilmiy  va  amaliy  qiziqishlarining  eng  muhim  bir  tomonidir.  Odamzot 

har  doim  o‘zining  xavfsizligini  ta’minlashga  intiladi.  Ishlab  chiqarishning 

rivojlanishi bilan bu masalalar maxsus bilimlarni talab qiladi. Bizning davrimizda 

xavfsizlik  muammolari  yanada  keskinlashdi.  Ma’lumki  baxtsiz  hodisalar, 

yong‘inlar, avariyalar va talofatlardan katta miqdorda zarar ko‘riladi. 

Shuning uchun xavflardan himoyalanish masalalarida odamlarni tarbiyalash 

muhim ahamiyatga ega. Jamiyatimizni barqarorlashtirishda bu fan muhim ijtimoiy 

rol  o‘ynaydi  va  xalq  xo‘jaligi  faoliyatining  xavfsizligi  darajasini  oshirishga  ulkan 

hissa qo‘shadi. 

Faoliyat  jarayonining  modeli  ikki  elementdan:  inson  va  muhitdan  tashkil 

topgan  deyish  mumkin,  chunki  faol  faoliyat  bilan  faqat  insonlar  shug‘ullanadi  va 

ular  o‘zlarini  o‘rab  turgan  atrof  muhit  bilan  yaqin  munosabatda  bo‘ladilar. 

Shuningdek,  «Inson  -  muhit»  tizimini  ham  ikki  maqsadli  deb  qarash  mumkin: 

«birinchi  maqsadi  -  inson  o‘zining  mehnat  faoliyati  jarayonida  muayyan 

yutuqlarga,  samaradorlikka  erishishga  harakat  qilsa,  ikkinchi  maqsadi  -  mehnati 

jarayonida  yuzaga  keladigan  ko‘ngilsiz  oqibatlarni  bartaraf  qilishdan  iborat 

bo‘ladi. 

Hozirgi  davrda  ishlab  chiqarish  xavflaridan,  tabiiy  ofatlardan,  falokat  va 

halokatlardan  insonlarning  hayot  faoliyatini  saqlash  eng  dolzarb  muammolardan 

hisoblanadi. 

Turli  falokatlar,  halokatlar  va  ofatlardan  insonlar  hayot  faoliyatini  saqlash 

«Hayot faoliyati xavfsizligi» fanining maqsadlaridan biridir. 

Aynan  mana  shu  muammolar  echimini  «Hayot  faoliyati  xavfsizligi»  fani 

o‘rganadi. 

 

 




 




Download 0,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish