Mavzu:Elektr zanjirlari.O’zgarmas tok zanjiri Elektr zanjiri qismidagi kuchlanish deganda shu qism qismalari orasidagi potensiallar farqi tushuniladi. Quyidagi a-rasmda EYUK bo’lmagan R qarshilikli zanjir tasvirlangan. Bu zanjirning oxirgi nuqtalari a va b harflari bilan belgilangan. Zanjirda I tok anuqtadan b nuqtaga qarab oqmoqda. EYUK ega bo’lmagan zanjirda tok potensiali yuqori nuqtadan potensiali past nuqtaga qarab oqadi. Bundan a nuqta potensiali b nuqta potensialidan tok Ini qarshilik R ga kupaytirganga qadar katta qiymatga ega
φa=φb+IR Mos holda a va b nuqtalar orasidagi kuchlanish
Uab=φa-φb Bundan
Uab= IR. Elektrotexnikada qarshilik chekkalaridagi potensiallar farqini qarshilikdagi kuchlanish yoki kuchlanishlar tushuvi deb atash qabul qilingan.
Kuchlanishlar tushuvining shartli musbat yunalishi shu qarshilikdan oqayotgan tokning shartli musbat yunalishi bilan mos tushadi.
Endi qarshilik va EYUKga ega zanjir qismini qaraymiz.b va c –rasmlarda I tok oqayotgan zanjir qismlari tasvirlangan. a va c nuqtalar orasidagi potensiallar farqini aniqlaymiz.
Uac=φa-φc a no’qta potensialini c potensiali orqali ifodalaymiz. c nuqtadan bnuqtaga kuchishda EYUK E ga qarama-qarshi tomonga boramiz Shu sababli b nuqta potensiali c nuqta potensialiga qaraganda EYUK E ga kichik bo’ladi.
φb=φc-E. Endi c nuqtadan b nuqtaga kuchishda EYUK E ga yunalishi tomonga boramiz . Shu sababli b nuqta potensiali c nuqta potensialiga qaraganda EYUK E ga katta bo’ladi.
φb=φc+E.
.
Om qonuni
Yuqorida aytilganidek, EYUKga ega bo’lmagan zanjirda tok yuqori potensialli nuqtadan past potensialli nuqtaga qarab oqadi. Shu sababli 2.1 b va c rasmlarning har ikkalasida ham a nuqta potensiali b nuqta potensialidan R qarshilikka tushgan potensial qiymati qadar katta.
φa=φb+IR Shunday qilib, b-rasm uchun φa= φc -E+IR, yoki
Uac= φa – φc =IR-E va c-rasm uchun
φa= φc +E+IR,
yoki Uac= φa – φc =IR+E. Kuchlanishning shartli musbat yunalishi sxemalarda strelka bilan ko’rsatiladi. Kuchlanish uchun Uac =-Ucaifoda urinli bo’ladi.
Nemis fizigi G.Om o’tkazgichlarni har xil kuchlanishlardagi toklarini ulchab, ularning qarshiliklari berilayotgan kuchlanishga bog’liq bo’lmasdan, o’zgarmas kattalik ekanligi tug’risida xulosaga keldi.