Mavzu EKOLOGIK SESTEMALAR
kosistema (yun. uy, yashash joyi va sistema), ekologik sistema — birgalikda
yashaydigan organizmlar va ular yashaydigan sharoit majmui. Ekosistemada uning
tarkibiy qismlari oʻzaro qonuniy bogʻlangan. "EKOLOGIYA" terminini ingliz
botanigi A. Tensli taklif etgan (1935). A. Tensli taʼbiricha, ekologiya nuqtai
nazaridan EKOLOGIYA yer yuzidagi tabiiy birlik boʻlib, unga barcha organizmlar
bilan bir qatorda fizik omillar majmui, yaʼni biomuhit (keng maʼnoda yashash
muhiti) omillari majmui ham kiradi. Olim EKOLOGIYAda ular tarkibiga kiruvchi
organizmlar hamda organizmlar bilan anorganik muhit oʻrtasida har xil tarzda
moddalar almashinuvi boʻlib turishini koʻrsatgan.
"EKOLOGIYA" tushunchasini har xil murakkablikdagi va oʻlchamdagi
obʼyektlarga nisbatan qoʻllash mumkin. Mas, hovuz, koʻl EKOLOGIYAsi bilan
birga sohil boʻyi oʻsimliklari yoki suv tubi EKOLOGIYAsini koʻrsatish mumkin.
Oʻrmon ham EKOLOGIYA, uning chegarasida har xil tipdagi tuproqlar,
chiriyotgan toʻnkalar, toʻshalma va boshqalar EKOLOGIYAni ajratish mumkin.
Koʻpincha "EKOLOGIYA" tushunchasiga tirik organizmlar bilan ular yashaydigan
muhitning notirik komponentlari tarzida qaraladi. EKOLOGIYAning tirik va
notirik komponentlari oʻrtasida produtsentlar, konsumentlar va redutsentlar
ishtirokida moddalarning biotik aylanishi sodir boʻlib turadi. EKOLOGIYA
terminini sunʼiy EKOLOGIYA (qishloq xoʻjaligi dalalari, bogʻlar, xiyobonlar,
oqova suvlarni biologik tozalaydigan inshootlar va boshqalar) ga nisbatan ham
qoʻllash mumkin. EKOLOGIYA oʻziga xos xususiyatlarni uzoq vaqt davomida
saqlab turadigan oʻta turgʻun yoki qisqa muddatli (mas, efemer suv havzalari,
koʻlmak suvlar) boʻlishi mumkin. Murakkablik darajasidan qatʼi nazar
EKOLOGIYA turlar tarkibi, unga kiradigan organizmlar soni, biomassasi, ayrim
trofik guruhlar nisbati, organik moddalarning hosil boʻlishi va parchalanish
jarayonlarining tezligi bilan tavsiflanadi. EKOLOGIYA chegarasi va ularda
kechadigan moddalar aylanishi jarayonlari turli darajada roʻy beradi.
EKOLOGIYA atrof muhitdan faqat energiya emas, balki koʻp yoki oz miqdorda
moddalar kelib turgandagina mavjud boʻladi. Barcha EKOLOGIYA birgalikda yer
biosferasini tashkil etadi.
20-asr oʻrtalariga kelib ekologik muammolarning keskinlashuvi natijasida
EKOLOGIYAning funksional xususiyatlarini oʻrganish boʻyicha tadqiqotlar keng
miqyosda olib borila boshlandi. EKOLOGIYA strukturasi, mahsuddorligi va
turgʻunligini tushunib olish uchun ulardagi trofik bogʻlanishni oʻrganish muhim
ahamiyatga ega. Trofik bogʻlanishlar orqali EKOLOGIYAda moddalarning
biologik transformatsiyasi amalga oshadi. Zamonaviy metodlar, xususan,
EKOLOGIYAni matematik modellashtirish orqali bu jarayonlar intensivligi va
samaradorligini miqdoriy jihatdan aniqlash tabiiy resurslardan samarali
foydalanish va odam yashaydigan muhitni saqlab qolish masalalarini hal etishda
muhim ahamiyatga ega. Koʻp hollarda biogeotsenoz termini ham EKOLOGIYA
termini sinonimi sifatida ishlatiladi.
[1]