Mavzu: C# dasturini o’rnatrish va uning imkoniyatlari
Hozirgi kungacha C# tilining quyidagi versiyalari ishlab chiqilgan: Versiya C# 1.0 Versiya C#2.0 Versiya C#3.0 Versiya C#4.0 Versiya C#4.5 Mazkur qo‘llanma Versiya C#4.0 imkoniyatlaridan foydalanilgan holda yaratilgan. C# dasturlash tili to‘g‘risida ma’lumot berilgan bo‘lib, u 5 ta bosma taboqdan iborat. Qo‘llanmada quyidagilar keltirilgan : C# tilining sintaksisi va asosiy operatorlari, tayanch turlari, C# tilida amallar, ifodalar va ularning yozilishi, chiziqli dasturlar tuzish, tarmoqlanuvchi jarayonlarni dasturlash, takrorlanuvchi jarayonlarni dasturlash, massivlar ustida amallar bajarish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar va shu mavzular bo‘yicha har bir mavzuga alohida topshiriqlar ishlab chiqilgan. Keltirilgan misollarni yechish yordamida talabalar operatorlar ishlatilishi, Math sinfi va uni dasturlarda qo‘llash uchun kerakli bilimlarni olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Ushbu qo‘llanma C# obyektga yo‘naltirilgan dasturlash tilini o‘rganishda muhim ahamiyatga ega bo‘lib talabalar va bu tilini mustaqil o‘rganuvchilar uchun uslubiy qo‘llanma bo‘lib hisoblanadi.
C# tilida yozilgan dasturni ishlatish.
1. Kodni fayllar sistemasida biror nom bilan saqlash lozim (hello.cs) 2. Kommandalar satrida csc /debug hello.cs buyrug‘ini bajarish lozim Ushbu buyruq bajarilgach, natijaviy .exe kengaytmali fayl hosil bo‘ladi. Agar kompilyatsiya jarayonida xatolik yuzaga kelsa, ma’lumot chiqariladi. debug parametri bajariluvchi faylga maxsus simvollarni joylashtiradi. Natijada exe faylni qayta ishlovchi dasturda taxlil qilinayotganda stekni kuzatib borishlari mumkin. 3. Dasturni ishlatish natijasida, ekranga Kirish! yozuvi chiqariladi.
C# dasturlash tilida Consol rejimda dastur tuzish uchun yangi loyiha yaratamiz. (File/New Project/Visual C#/ Console Application). Ushbu loyihamizning nomini masalan “Misol” deb nomlaymiz. Bizga C# kodini yozish uchun yangi oyna ochiladi. Console rejimida ishlash uchun .NET da Console sinfi ishlatiladi. Bu sinfning afzalligi 2 ta qismdan iborat bo‘lib: uning barcha metodlari o‘zgarmas, sanoqli bo‘lib, uni ishlatish uchun nusxalash shart emas. U kiritish, chiqarish va xatoliklarni chiqarishni o‘z ichiga oladi. Odatda kiritish, chiqarish standart Consolda amalga oshiriladi (agar u bo‘lmasa, masalan oynali masalalarda chiqarish amalga oshirilmaydi), lekin kiritish va chiqarish oqimlarini o‘zgartirish mumkin. Console bilan ishlashda asosan 4 metod ishlatiladi: Read, ReadLine, Write, WriteLine, birinchi ikkitasi kiritish, qolgani chiqarish metodlari hisoblanadi. Read metodi. Read metodi kiritish qurilmalaridan belgini qabul qiladi. U int tipida kiritilgan belgi kodini qaytaradi va hech narsa kiritilmagan bo‘lsa, -1 ni qaytaradi. Masalan: int i = Console.Read(); Console.WriteLine(i) ; Bu dastur kiritilgan belgi kodini ekranga chiqarib beradi
Mavzu: C# standart funksiyalar
Read, ReadLine, Write, WriteLine, birinchi ikkitasi kiritish, qolgani chiqarish metodlari hisoblanadi. Read metodi. Read metodi kiritish qurilmalaridan belgini qabul qiladi. U int tipida kiritilgan belgi kodini qaytaradi va hech narsa kiritilmagan bo‘lsa, -1 ni qaytaradi. Masalan: int i = Console.Read(); Console.WriteLine(i) ; Bu dastur kiritilgan belgi kodini ekranga chiqarib beradi. ReadLine metodi. ReadLine metodi kiritish qurilmalaridan matnning satrini qabul qiladi (uning qiymati keyingi satrga o‘tish belgisi bilan tugaydi ). U string tipidagi qiymat yoki null (agar kiritish amalga oshmagan bo‘lsa) qiymatini qaytaradi. Masalan: string s = Console.ReadLine(); Console.WriteLine("Kiritilgan satr : " + s) ; Write va WriteLine metodlari. Write metodi unga yuborilgan o‘zgaruvchi qiymatini ekranga chiqarish vazifasini bajaradi. U string tipini qabul qiladi. U barcha bazali tiplar uchun ishlaydi. Shuning uchun uni parametr sifatida chaqirish mumkin. Console.Write (I);
Console.Write (0.75<3) ; Console.Write("kirish”); Undagi satrga o‘zgaruvchi qiymatini qo‘shib e‘lon qilish uchun quyidagi kodni yozish kifoya: Console.Write("Kirish, {0}", I); Writeline metodining farqi shundaki, u keyingi (yangi) satrdan boshlab o‘ziga yuborilgan o‘zgaruvchi qiymatini ekranga chiqarib beradi.
Mavzu: Oddiy chiziqli dasturlarni yaratish
C# tilida eng sodda dasturlarni yozish uchun quyidagi umumiy tuzilma qabul qilingan:
1-misol. Kvadratning tomoni a berilgan .Uning perimetri aniqlansin.
1)using System;
class dars {
public static void Main()
{
double a, P; //o‘zgaruvchilarni e’lon qilish
Console.Write("a="); // O‘zgaruvchilarni chop qilish operatori
a = Convert.ToDouble(Console.ReadLine()); //O‘zgaruvchilarni tashqaridan kiritish operotori;
P = 4 * a; Console.WriteLine("P=" + P);
Console.ReadKey(); //natijalar oynasini tutib turish operatori;
} 2-misol.To‘g‘ri to‘rtburchakning a va b katetlari berilgan bo‘lsa uning gipatenuzasi va perimetri aniqlansin.
1-usul. using System;
class dars {
public static void Main() {
double a, b, c, p;
Console.Write("a=");
a = Convert.ToDouble(Console.ReadLine());
Console.Write("b=");
b = Convert.ToDouble(Console.ReadLine());
c = Math.Sqrt(a * a + b * b);
p = a + b + c;
Console.WriteLine("gipatenuza " + c);
Console.WriteLine("perimetr " + p);
Console.ReadKey(); } }
2-usul. using System;
class dars {
public static void Main() {
double a, b, c, p;
Console.Write("a=");
a = Convert.ToInt32(Console.ReadLine());
Console.Write("b=");
b = Convert.ToInt32(Console.ReadLine());
c = Math.Round(Math.Sqrt(Math.Pow(a,2)+Math.Pow(b,2)),3);
p = a + b + c;
Console.WriteLine("c=" + c);
Console.WriteLine("p=" + p);
Console.ReadKey();
} }
Do'stlaringiz bilan baham: |