Suyultirilgan selitrada kо‘mir va oltingugurtning yonishi.
MAVZU: Ammoniy nitrat
Azotni olinishi va xossalari
Mikrokolbachaga yoki probirkaga 3-5 tomchidan koitsentrlangan ammoniy xlorid va kaliy nitrit eritmalaridan quying. Probirkaning og‘zini gaz о‘tkazgich egik nay о‘rnatilgan probka bilan berkiting va shtativga tik qilib mahkamlang.
Boshqa probirka olib, uni suv bilan tо‘ldiring va kristalizatordagi suv ichiga tо‘nkarib qо‘ying (probirkadagi suv tо‘kilmasin va havo kirmasin). Shunday keyin tuzlar eritmasi solingan mikrokolbacha yoki probirkani past gaz alangasida kizdiring. Gaz jadal ajrala boshlaganda gaz chiqaruvchi nay uchini suv bilan tо‘ldirilgan probirkaga kiygizing. Agar reaksiya juda kuchli davom etsa, qizdirishni tо‘xtating. Probirkani ichidagi suv tо‘liq siqib chiqarilganidan keyin, uning og‘zini suv ostida barmog‘ingiz bilan berkitib, kristalizatordan chiqaring. Probirka og‘zini yuqoriga qilib, unga yonayotgan chо‘p tushiring. Kuzatilgan xodisani aniqlang. Ammoniy xlorid bilan kaliy nitrit orasidagi reaksiya tenglamasini ikki 6-rasm bosqichda yozing. Bunda reaksiya natijasida hosil bо‘lgan ammoniy nitritning beqarorligiga, uning azot va suvga parchalanishiga e’tibor bering. Keyingi reaksiya oksidlanish-qaytarilish jarayoni ekanligini aniqlang. Oksidlovchi va qaytaruvchilarni kо‘rsating.
Ammiakni olinishi va xossalari
Ammiak va azot oksidlari nafas olish yо‘llariga yallig‘lantiruvchi ta’sir etadi. Shu sababli olinishi va shu moddalar bilan ishlash mо‘rili shkafda olib boriladi. Chinni tigelga 3-4 mikroshpateldan ammoniy sulfat tuzidan va sо‘ndirilgan ohak soling va shisha tayoqcha yordamida yaxshilab aralashtiring. Aralashmadan probirkaga (1/3 hajmgacha) soling. Ammiak ajralishini uning hididan aniqlang. Probirka og‘zini tо‘g‘ri gaz о‘tqazuvchi nay о‘rnatilgan probirka bilan berkiting. Probirkani shtativ qisqichiga mahkamlab, kuchsiz gaz alangasida qizdiring. Gaz chiqaruvchi nay ustiga hо‘llangan qizil lakmus qog‘ozni tuting, lakmus rangining kо‘karishiga qarab, ammiak ajralayotganligiga ishonch hosil qiling. Shisha tayoqchani konsentrlangan xlorid kislota bilan hо‘llab, gaz chiqaruvchi nayga yaqinlashtiring. Nima kuzatiladi? Kuzatilgan hodisani tushuntiring va yozing. Reaksiya tenglamalarini yozing: