Mavzu. Astronomiyadan to`garaklar tashkil qilish. Reja: Yuqori sinflar to’garagi tashkillanilishi



Download 267,92 Kb.
Pdf ko'rish
Sana22.06.2021
Hajmi267,92 Kb.
#73297
Bog'liq
4-seminar



Mavzu. 

Astronomiyadan to`garaklar tashkil qilish. 

Reja: 

1.  Yuqori  sinflar  to’garagi  tashkillanilishi 

2.  Astronomiya  to’garagining  chuqqurlashtirilgan  dasturi  haqida 

 

Astronomiyaga  qiziquvchi  maktab  o’quvchilari  uchun  to’garaklarni  alohida  sinflar  uchun 

tashqil  qilinadi.  Kichik  yoshdagi  maktab  o’quvchilari  uchun  to’garagda  mashg’ulotlar  qiziqarli 

tarzda  bayon  etiladigan,  elementar  astronomik  tushunchalar  haqidagi  suhbati  tarzida  o’tkaziladi. 

Kuzatishlar  sistemali  xarakterda  bo’lib,  ular  uchun  kerakli  asbob uskunalar  tayyorlanadi. 

 Yuqori  sinflar  to’garagida  esa  o’quvchilarning  mustaqil  ishlari  elementar  nazariyani 

o’rganish  amaliy  mashg’ulotlar  bilan  birgalikda  olib  boriladi.Maktabda  fizika  -  astronomiya  va 

geografiya  o’qitishda  ular  to’g’risidagi  o’zaro  bog’lanishni  yanada  rivojlantirish  uchun  fizika-

astronomiya  yoki  geografik  – astronomik  to’garaklar  tuzish  mumkin. 

Har  bir  to’garak  mashg’ulotini  haftada  bir  marta  1-2  soat  davomida  o’tkazish  tavsiya 

etiladi.   

Davomat  va  mashg’ulotlar  mazmuni  hisobga  olib  boriladigan  jurnal  tashqil  qilish,  devoriy 

gazeta  chiqarish  yaxshi  natijalar  beradi.  To’garagning  asosiy  vazifasi  astronomiya  bo’yicha 

dastlabki  ma’lumotlarni  o’rganishdan  iborat  bo’ladi.  O’quvchilar  yulduzlar  osmoni,  osmon 

sferasining  sutkalik  aylanishi,  yulduzlar  osmoni   ko’rinishining  yillik  o’zgarishi  bilan  tanishadi.   

Sutka  davomida  yoritgichlar  balandligining  o’zgarishini,  yil  fasllari  davomida  Quyoshning 

tush  paytidagi  balandligining  o’zgarishini  kuzatish  bu  hodisalarning  mohiyatini  tushunib  olishga 

imkon  yaratadi.  Oyning  yulduzlar  tekisligida  ko’chishini,  uning  fazalarning  o’zgarishini, 

shuningdek,  planetalarning  yulduzlar  orasida  siljishini  ko’rish  uchun  kuzatishlar  qilinadi. 

O’qituvchi  yulduzlar  osmonining  mazmunini  bayon  etgan  va  ularni  kuzatish  uchun  sodda 

ko’rsatmalarga  ega  bo’lgan  bir  qancha  kitoblarni  qanday  keta-ketlikda  o’rganish  rejasini  ishlab 

chiqadi  va  o’quvchilarga  Ma’lum  qiladi.  To’garak  mashg’ulotlaridagi  suhbatlarga  o’qituvchi 

astronomiya  tarixining  elementlari,  yulduz  to’dalari  va  planetalar  nomlari  bilan  bog’liq  bo’lgan 

afsonalarni  kiritadi. 

 Birinchi  yarim  yillikda  to’garak  mashg’ulotlaridagi  barcha  suhbatlarni  o’qituvining  o’zi 

olib  boradi,  keyinchalik  esa  o’quvchilarni  jalb  etish  maqsadga  muvofiq  bo’ladi.  Bu  o’quvchilar 

faoliyatining  sezirlarli  faollashishiga  olib  keladi. 

Yuqori  sinflar  to’garagida  mashg’ulotlarning  mazmuni  murakkablashadi.  Bu  yerda  Oy  va 

planetalar  harakati  qonunlari,  tutilishlarning  sabablari,  Quyosh  sistemasi  jismlarining    fizik 

tabiati  bilan  tanishtirish  mumkin.  Osmon  sferasi  elementlarini  o’rganish  yulduzlar  osmonining 

surilma 

kartasidan 

tushungan 

holda 


foydalanish 

va 


astronomiyaning 

ayrim 


amaliy 

qo’llanishlarini   ko’rib  chiqish  imkonini  beradi.   

O’quvchilarga  maktab  ustaxonasida  to’garak  uchun  kerakli  bo’lgan  asboblar,  modellar, 



asboblarni  konstruktsiya  qilish  va  tayyorlashni  topshirish  mumkin.  Kuzatishlar  asta-sekin 

yulduzlar  osmoni  bilan  chuqurroq  tanishish  xarakteriga  ega  bo’ladi:  qo’shaloq  yulduzlar,  yulduz 

to’dalari,  tumanliklar  kuzatiladi.  Quyoshning  aylanishini  va  Quyosh  aktivligining  o’zgarishini 

ko’rish  uchun  sistemali  ravishda  Quyosh  dog’larini  kuzatish  tashqil  qilinadi. 

Oyni  kuzatish  davomida  o’quvchilar  Oy  sirtining  sxematik  kartalaridan  foydalanishadi, 

diqqatga  sazovor  obhktlarni  o’rganib,  ularning  chizmalarini  chizadilar.  Teleskop  yordamida 

olingan  planetalar  ko’rinishining  chizmalari  bilan  birgalikda  materialni  bayon  qilish  amalga 

oshiriladi.  Barcha  kuzatish  natijalari  umumlashtiriladi  va  o’quvchilar,  davriy  ravishda,  o’z 

kuzatish  materiallari  bo’yicha  to’garak  mashg’ulotlarida  ma’lumot  berib  boradilar. 

Ilmiy  –  ommabop  adabiyot  bilan  ishlash  va  davriy  matbuot  materiallaridan  sistemali 

ravishda  foydalanishga  alohida  ehtibor  beriladi.  O’quvchilarga  alohida  mavzular  bo’yicha 

referatlar 

tayyorlashni 

topshirish 

kerak. 

O’qituvchinig 

suhbatlari 

bilan 


birgalikda 

mashg’ulotlarning  asosiy  mavzulari  bo’yicha  o’quvchilarning  ma’ruzalari  tinglandi. 

Astronomiya  to’garagining  ishi  chuqqurlashtirilgan  dastur  asosida  olib  boriladi.  U  o’z 

ichiga,  tadqiqotlarning  zamonaviy  vosita  va  metodlarini,  kosmik  fazo  va  osmon  jismlarining 

fizik 

tabiati 


hamda 

Koinotning 

tuzilishi 

va 


evolyutsiyasi 

haqidagi 

ilmiy 

tasavvurlarni  



o’rganishini      oladi.    Modellarning  konstruktsiya  qilish    va  tayyorlashda      asosiy      ehtiborni  

ko’chma      qurilmalar      kameralar    va  osmonni    rasmga    oluvchi    qurilmalar    teleskoplar    uchun  

fotoqurilmalarga   qaratiladi. 

Yuqori    sinf  o’quvchilari      bilan  olib    boriladigan    kuzatishlarni    har  bir    o’quvchining 

qiziqishini    hisobga    olgan  xolda    aniq    tematik    bo’yicha    tashqil    etish    kerak.    To’garak  

ahzolarining      bir  qismiga    Quyoshni,    boshqalariga    o’zgaruvchan    yulduzlarni,      uchinchi  

qismiga    esa    meteorlarni,    to’rtinchi  bir  bo’lagiga    planetalarni    muntazam    kuzatib    borishlari  

topshiriladi.  Bunda  ularning    diqqatini    kuzatish    natijalarini    qayta    ishlash    usulariga    tartibga  

solish   va mazmunini   ochishga   qaratish   juda  muhim. 

 Agar  kuzatishlarning    natijalari      grafik      tarzda    katta    formatdagi      qog’ozda    tasvirlansa,  

ular    to’garak    mashg’ulotlarida    hamda    astronomiya    darslarida    yaxshi  ko’rgazmali      qo’llanma  

sifatida    xizmat    qilish    mumkin.  Yuqori  sinf  o’quvchilari    uchun    mo’ljallangan  to’garak  

mashg’ulotlarini  o’tkazish    metodikasi    shunday    qurilishi    kerakki,  oqibatda  o’quvchilar  

o’zlarini  qiziqtirgan      ma’lumotlarni    mustaqil    izlash    ko’nikmalariga      ega  bo’lishlari    kerak. 

Bunga   erishilgandan   so’ng   ular  yuqori   ko’rsatgichlar    bilan   ishlay    boshlaydilar. 

   O’quvchilarning    o’zlari  o’qigan    adabiyotlari      asosida    tayyorlagan    ma’ruzalari    biror 

bir    muammoga    bag’ishlangan    maqola    materiallari  bo’yicha  o’tkazilgan    diskussiyalar  juda  

foydalidir.    Yuqori    sinf    o’quvchilari    to’garakning    ijtimoiy  foydali  roli    ularning  quyi    bo’g’ini 

astronomik    to’garaklari    mashg’ulotlariga    raxbarlik    qilish    paytida      namoyon  bo’ladi.    Bunday 



paytda    o’qituvchi    ehtiborini    yuqori  sinf  o’quvchilari    bilan  ish  olib  borishga    qaratish  

imkoniyatiga   ega  bo’ladi. 

Yuqori  sinf    o’quvchilari,      uning    ko’rsatmalari      asosida    kichik    va  o’rta    yoshdagi   

o’quvchilari    to’garaklarida    mashg’ulotlar    olib  boradilar.    So’zsiz,    to’garak    ishlarini    olib 

borishning    boshqa  shakllari    ham  mavjud    jumladan    faqat  ikki  bosqichni  o’rta  yoshdagi  

o’quvchilar    uchun  va  yuqori    sinf    o’quvchilari    uchun    to’garaklar    tuzish    mumkin.    Bunday  

holda    kichik    yoshdagi    o’quvchilar    to’garak    ishining    butun    mazmuni    o’rta    yoshdagi  

o’quvchilar   to’garakning    mazmunidan   joy  oladi. 

  Astronomik  to’garaklardagi    mashg’ulotlardan    tashqari      ilmiy  tekshirish    institutlari  

astronomik    va  geofizik    observatoriyalar    xalq    observatoriyalari    planetariylarga    ekskursiyalar 

uyushtirish    juda    foydalidir.    Bunday  ekskursiyalarni    shu  tashqilotlarning    mutaxassislari  

tomonidan    o’qituvchi    bilan    ekskursiyaning    o’quv  tarbiyaviy    vazifalari      haqida    oldindan  

suhbatlashib    olingandan    so’ng    o’tkazilgan    mahqul.    Ekskursiyalar    uzoq    davom    etmay  

o’quvchilarni    tushunadigan    ortiqcha    detallardan  holi    informatsiya    bilan  tanishtiradigan  

darajada  bo’lishi   lozim.   

Astronomiya  to’garagining  tematikasi  masalasi  eng  muhim  hisoblanadi.  Ko’pincha 

o’qituvchilar  to’garak  uchun  osmon  koordinatalari,  kalenderlar,  teleskoplar,  optik  asboblar  va 

boshqalarni 

tanlashadi. 

Astronomiya 

o’qituvchisi 

rahbarlik 

qiladigan 

to’garak 

ishi 

o’quvchilarning  to’garakdagi  ishini  astronomiyani  o’qitish  bilan  to’laroq  bog’lash  imkoniyati 



bo’lishi  uchun  ko’proq  astronomiya  va  astrofizik  asboblar  tematikasi  bo’yicha  olib  boriladi. 

Astronomiya  to’garagini  tashqil  etish  bilan  o’qituvchi  o’quvchilarning  shaxsiy  qiziqishlarini 

hisobga  olish  va  rejalashtirilayotgan  to’garak  faoliyatini  ular  bilan  birga  qo’shib  olib  borishi 

kerak.  


To’garaklar  tematikasining  zamonaviyligi  katta  ahamiyatga  ega.  Ma’lumki  o’quvchilarni 

teleskoplar,  radioteleskoplar,  Ulug’bek  rasadxonasi,  O’zbekistonda  astronomiya  va  boshqa 

masalalar  qiziqtiradi.  Ijtimoiy  ahamiyatga  ega  bo’lgan  to’garak  ishlari  quyosh  haqida  umumiy 

ma’lumotlar,  quyosh  energiyasining  manbai,  planetalar  va  ularning  yo’ldoshlari  kabi  mavzular 

ayniqsa  o’quvchilarni  qiziqtiradi. 

To’garak  tematikasining  mazmunida  “Quyosh  sistemasining  tuzilishi”,  “Quyosh  –  eng 

yaqin  yulduz”,  “Yulduzlar”  mavzularining  masalalarini  ko’rib  chiqaylik.   

Quyida  ko’rib  chiqiladigan  alohida  to’garaklar  bo’yicha  rejalashtirish  varianti  darslikda 

keltirilgan  ketma  –  ketlikdan  bir  oz  chetga  chiqsada,  biroq  materialni  bayon  etishning  umumiy 

yo’nalishini  taklif  qiladi.  U  Quyosh  sistemasining  tuzilishi  g’aqidagi  tushunchalarning 

rivojlanishini  olimlarning  alohida  kashfiyotlari  natijasi  sifatida  emas,  balki  olamni  bishning  qiyin 

va  murakkab  yo’li  fanning  umumiy  rivojlanish  jarayonining  bir  qismi  ekanini  ko’rsatish 




imkonini  beradi.   

Umum  ta’lim  maktablari  to’garak  tematikasining  mazmunini  ishlab  chiqish. 

 1- to’garak  dars. Planetalarning  konfiguratsiyasi  va sinodik  aylanish  davrlari. 

Planetalar  va sunhiy  osmon  jismlarining  harakat  qonunulari. 

To’garak  darsning  maqsadi:  plnetalarning  ko’rinma  joylashishining  davriyligi  va  ularning 

orbital  harakatining  asosiy  qonunlari  (Kepler  qonunlari)ni  tushuntirish;  bu  qonunlarning  sunhiy 

osmon  jismlari  harakatiga  tadbiqini  ko’rsatish. 

Ko’rsatmali  qo’llanmalar:  “Quyosh  sistemasi”  va  “Kosmik  uchishlar  (sunhiy  yo’ldoshlar) 

diapozitivlari  yoki  filg’mlardan  kadrlar;  ichki  va  tashqi  plenatalarning  konfiguratsiyalari  va 

fazalari:  “Maktab  astronomik  kalendari”,  plenatalar  sistemasining  modeli. 

Materialni  bayon  qilish  rejasi: 

1.Ichki  va  tashqi  planetalarning  asosiy  konfiguratsiyalari,  ularning  konfiguratsiyalari 

farqlari  va ko’rinish  shartlari. 

2.Konfiguratsiyalarning 

aylanish  davrlari.  Planetalarning  yulduz  va  sinodik  aylanish 

davrlari. 

3.Kepler  qonunlari,  ularning  kashf  qilinishi  va  ahamiyati. 

4.Planetalarning 

Quyoshga 

nisbatan 

egallagan 

Ma’lum 


vaziyatlariga 

ularning 

konfiguratsiyalari  deyiladi.   

 

Planetalarning  konfiguratsiyasi  bilan  tanishishni  planetalar,  Yer  va  Quyoshning  o’zaro 



turlicha  joylashishlarini  o’zida  aks  qilgan  katta  hajmdagi  ko’rsatmali  qurollarni  namoyish 

qilishdan  boshlanadi.  O’quvchilarning  diqqatini  konfiguratsiyalarning  xarakterli  belgilariga  jalb 

qilgan  holda,  ularning  nomlari,  Quyosh  va  planetalarning  osmondagi  vaziyatlarigagina  bog’liq 

bo’lib,  fazoviy  o’rinlariga  bog’liq  bo’lmasligi  tushuntiriladi. 

 

Planetalarning  ko’rinish  shartlarini  yulduzlar  osmonining  surilma  xaritasidan  foydalanib 



namoyish  qilinadi. 

 

2.Planetaning  ketma-ket  kelgan  ikkita  bir  nomli  konfiguratsiyalari  orasida  o’tgan  vaqt 



sayyoraning  sinodik  aylanish  davri  (S),  uning  o’z  orbitasi  bo’ylab  Quyosh  atrofida  to’la  bir 

marta  aylanib  chiqish  uchun  ketgan  vaqt siderik  aylanish  davri  (T) deyiladi.   

 

Planetalar  konfiguratsiyalari  qaytarilish  davrining  uning  aylanish  davri  bilan  mos 



tushmasligini,  ichki  planetalardan  birini  tasvirlovchi  kichik  shar yordamida  namoyish  qilinadi.     

 

3.Keplergacha  osmon  jismlarining  harakati  “aniq  egri  chiziq”-  aylana  bo’ylab  ro’y 



beradi,  hisoblanar  edi.  U  birinchi  bo’lib,  Marsning  o’rnini  kuzatish  materiallaridan  foydalanib, 

hamda  planetani  Quyosh  atrofida  aylanadi  deb hisoblab,  Kepler uning  orbitasini  tuzishga  erishdi.   

 

Keplerning  birinchi  va  ikkinchi  qonunlari  1608-1609  yillarda  ehlon  qilindi.  Planetalar 



harakatining  uchinchi  qonunini  esa Kepler  10 yildan  keyingina  ehlon  qildi. 


 

Keplerning  birinchi  qonuni.  Planetalar  Quyosh  atrofida  elliptik  orbitalar  bo’ylab  harakat 

qiladi.  Bu  ellipslarning  hammasi  uchun  umumiy  bo’lgan  fokusda  Quyosh  joylashgan.    

 

Keplerning  ikkinchi  qonuni.  Planetalarning  radius  –  vektorlari  teng  vaqt  oraliqlarida  teng 



yuzlar  chizadi.   

Keplerning  uchinchi  qonuni.  Planetalarning  siderik  aylanish  davrlari  kvadratlarining  nisbati  ular 

orbitalarining  katta  yarim  o’qlari  kublarining  nisbati  kabidir.Keplerning  umulashgan  uchinchi 

qonuni  kosmik  jismlarning  massalarini  aniqlash  imkonini  beradi. 

 

  Kepler,  planetalarning  harakatlanish  sabablarini  tushuntirmsdan,  faqat  ularning  qanday 



harakatlanishinigina 

tushuntirgan 

edi.  Planetalarning  harakat  qonuniyatlarini  XYII  asrning 

ikkinchi  yarmida  N’yuton  kashf  etdi.      

 2-to’garak  dars. Butun  olam  tortishish  qonuni  va undan  kelib  chiqadigan  natijalar 

To’garak  darsning  maqsadi:  butun  olam  tortishish  qonunining  bir  qator  astronomik 

muammolarni  hal  qilishdagi  ahamiyatini  tushuntirish. 

Ko’rsatmali  qo’llanmalar:  diapozitivlar  yoki  diafilg’mlardan  lavhalar,  planetalar  harakatidagi 

ko’tarilishlar,  chetlanishlar  sxemasi,  Neptunning  kashf  qilinish  davrida  Uran  va  neptun 

planetalarining  o’z orbitalaridagi  holatlari. 

Materialni  bayon  qilish  rejasi: 

 

1.N’yuton  tomonidan  butun  olam  tortishish  qonunining  kashf  qilinishi  va uni  tekshirish. 



 

2.CHekinishli  va chekinishsiz  harakatlar.  Neptun  va Plutonning  kashf  etilishi. 

 

3.Ko’tarilish  va  pasayishlar,  ularni  tushuntirish  va  uning  Yer  –  Oy  sistemasi 



evolyutsiyasidagi  roli. 

1.Ingliz  olimi  I.  N’yuton  Yerdagi  og’irlik  kuchi  olamdagi  barcha  jismlar  orasida  o’zaro  ta’sir 

etuvchi  tortishish  kuchining  bir  ko’rinishi  degan  xulosaga  keldi.  Yer  yuzidagi  og’irlik  kuchining 

tezlanishi  9,8  mzs2  ga  teng.  Agar  og’irlik  kuchi  masofa  kvadratiga  teskari  proportsional  ravishda 

o’zgarsa,  Yerdan  taxminan  60  Yer  radiusiga  teng  masofada  joylashgan  Oy,  602=  3600  marta 

kam,  markazga  intilma  tezlanishni  his  etishi  kerak, yahni     

𝑔

1

=



9.8  м 𝑐

2



3600

= 0.0027 м 𝑐

2

⁄  


 

 

 



Ikkkinchi 

tomondan 

aylana 

bo’ylab 


harakatlanayotgan 

jism,     

𝑎 = 𝜔

2

𝑟 



ga 

teng 


bo’lgan 

markazga 

intilma 

tezlanishga 

ega 

bo’ladi, 



bunda   

𝜔 - jismning  burchak  tezligi,  r aylananing  radiusi. 

 

Soddalik  uchun  Oy  orbitasining  radiusi 



𝑟 = 60R0  bo’lgan  aylanadan  iborat  deb 

hisoblasak  (bu  yerda 

𝑅 ≈ 6400  km  -  Yer  radiusi),  u  holda  r=  60 ∙ 6400 ∙ 10

3

м = 3.84 ∙ 10



6

м        

Oyning  aylanish  davri  T=27,32sutqayoki 

𝑇 = 27,32 ∙ 864000,  𝑐 = 2,36 ∙ 10

6

   𝑐.  Bundan  Oy 




orbital  harakatning  markazga  intilma  tezlanishi  quyidagicha  topiladi: 

𝑎 = (


2𝜋

𝑇

)2r=0.0027 mzs



6

 

 



Bu  ikkala  kattalikning  bir-biriga  mos  kelishi,  Oyning  o’z  orbitasida  ushlab  turuvchi  kuch, 

aslida,  Yer yuzasidagi  tortishish  kuchidan  3600 marta  kichik  ekanligini  ko’rsatadi. 

 

2.Chekinishsiz  harakat.  Kepler  qonunlariga  aniq  bo’ysunadigan  harakat  chetlanishlarsiz 



harakat  deyiladi.  Bunday  ideallashtirish,  ikki  jismnigina  o’zaro  ta’sirini  hisobga  olishi  nazarda 

tutadi:  masalan,  planeta  harakati,  faqat  Quyoshning  tortish  kuchi  ta’sirida  boshqariladi  deb 

qaraladi.  Ikki jism  masalasi  N’yuton  totmonidan  to’liq  hal  qilingan. 

 

 Chekinishli  harakat.  Quyosh  sistemasi  jimslari  faqat  Quyoshgagina  tortilmasdan, 



balkibir-biri  bilan  ham  tortishishlarining  oqibatida  vujudga  kelgan  chekinishli  harakat  tufayli 

ro’y  beradi.  Chekinishlardan  holi  orbitalardan  chetga  chiqishlar  hisobiga  hosil  bo’lgan  natijaviy 

harakat  chetlanishli  harakat  deyiladi. 

 

Ingliz  astronomi  V.  Gershel  1781  yilda  faqat  teleskopdagina  kuzatiladigan  yangi  katta 



sayyora-Uranni  kashf  etdt.  Uran  orbitasining  tashqarisida,  undan  uzoqda  noMa’lum  sayyora 

bo’lib,  u  o’zining  tortishish  maydoni  bilan  Uran  harakatini  chekintiradi  degan  fikr  vujudga  keldi. 

Astronomiya  fani  oldiga  Uranning  harakatidagi  chekinishlardan  uni  chekintiruvchi  noMa’lum 

sayyoraning  vaziyatini  aniqlash  masalasi  qo’yildi.  Bu  murakkab  masla  deyarli  bir  vaqtda 

frantsuz  olimi  Leverg’e  va  ingliz  olimi  Adams  tomonidan  mustaqil  ravishda  yechildi.  1846  yil 

23  sentyabrda  nemis  astronomi  Galle  noma’lum  sayyorani  Lavere  nazariy  hisoblashlar 

yordamida  ko’rsatgan  nuqtadan  chetroqda  kuzatdi.  Yangi  sayyoraga  Neptun  deb nom  berildi.   

 

1930  yilda  AQSHlik  astronom  Tombo  ko’p  yillik  kuzatishlari  asosida  Quyosh 



sistemasidagi  to’qqizinchi  planeta  Plutonni  kashf  etdi. 

 

 



Ko’tarilish  to’lqinlarining  energiyasi  Yer  sharidagi  barcha  daryolardagi  suvlarning 

quyilish  energiyasidan  ortiqdir.  Bundan  ko’rinadiki  ko’tarilishlar  energiyasidan  foydalanish, 

dunyo  energetikasining  o’sishiga  katta hissa  qo’shadi. 

 

Quyosh  Yerdan  juda  uzoqda  bo’lganligi  uchun  okeanlarda  Oyga  nisbatan  2,2  arta  kuchsiz 



ko’tarilishlar  hosil  qiladi.  Planetalarning  hech  qaysi  biri,  yulduzlar  ham  amalda  Yer  sirtida 

ko’tarilishni  yuzaga  keltira  olmaydi.  Ko’tarilish  va  pasayishlarning  davriyligini  tushuntirib, 

Oyning  Yer  atrofida  aylanishi  oqibatida  Oyning  yuqori  va  quyi  kulg’minatsiyalari  to’liq  yarim 

sutkada  emas,  balki  o’rtacha  har  12  soat  26  minutda  takrorlanib  turishini  eslatib  o’tish  kerak. 

Ko’tarilishlar  va pasayishlarham  huddi  shunday  davr bilan  takrorlanib  turadi.      

 

Kasb-hunar  kollejlari  va  akademik  litseylari  uchun  to’garak  tematikasining  mazmunini 



ishlab  chiqish. 

 

1-to’garak  dars. Kosmonavtika  elementlari. 



 

To’garak  darsining  maqsadi:  Yerning  sunhiy  yo’ldoshlari  orbitalari  va  kosmik  apparat 




(KA)  larning  Oyga  va  planetalarga  uchish  traektoriyalarining  asosiy  farq  qiladigan  tomonlarini 

ko’rsatish. 

 

 

Nazorat savollari: 



1.Astronomiya  to‘garaklarining  ishini  tashqil  qilish  va rejalashtirish  ‘rinsFlari. 

2.Yuqori  sinflar  to’garagi. 

3.Ilmiy  – ommabop  adabiyot  bilan  ishlash. 

4.Osmon  yoritgichlarining  ko’rinma  vaziyatlarini  va harakatlarini  o’rganish. 



 

Download 267,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish