Mavzu.
Astronomiyadan to`garaklar tashkil qilish.
Reja:
1. Yuqori sinflar to’garagi tashkillanilishi
2. Astronomiya to’garagining chuqqurlashtirilgan dasturi haqida
Astronomiyaga qiziquvchi maktab o’quvchilari uchun to’garaklarni alohida sinflar uchun
tashqil qilinadi. Kichik yoshdagi maktab o’quvchilari uchun to’garagda mashg’ulotlar qiziqarli
tarzda bayon etiladigan, elementar astronomik tushunchalar haqidagi suhbati tarzida o’tkaziladi.
Kuzatishlar sistemali xarakterda bo’lib, ular uchun kerakli asbob uskunalar tayyorlanadi.
Yuqori sinflar to’garagida esa o’quvchilarning mustaqil ishlari elementar nazariyani
o’rganish amaliy mashg’ulotlar bilan birgalikda olib boriladi.Maktabda fizika - astronomiya va
geografiya o’qitishda ular to’g’risidagi o’zaro bog’lanishni yanada rivojlantirish uchun fizika-
astronomiya yoki geografik – astronomik to’garaklar tuzish mumkin.
Har bir to’garak mashg’ulotini haftada bir marta 1-2 soat davomida o’tkazish tavsiya
etiladi.
Davomat va mashg’ulotlar mazmuni hisobga olib boriladigan jurnal tashqil qilish, devoriy
gazeta chiqarish yaxshi natijalar beradi. To’garagning asosiy vazifasi astronomiya bo’yicha
dastlabki ma’lumotlarni o’rganishdan iborat bo’ladi. O’quvchilar yulduzlar osmoni, osmon
sferasining sutkalik aylanishi, yulduzlar osmoni ko’rinishining yillik o’zgarishi bilan tanishadi.
Sutka davomida yoritgichlar balandligining o’zgarishini, yil fasllari davomida Quyoshning
tush paytidagi balandligining o’zgarishini kuzatish bu hodisalarning mohiyatini tushunib olishga
imkon yaratadi. Oyning yulduzlar tekisligida ko’chishini, uning fazalarning o’zgarishini,
shuningdek, planetalarning yulduzlar orasida siljishini ko’rish uchun kuzatishlar qilinadi.
O’qituvchi yulduzlar osmonining mazmunini bayon etgan va ularni kuzatish uchun sodda
ko’rsatmalarga ega bo’lgan bir qancha kitoblarni qanday keta-ketlikda o’rganish rejasini ishlab
chiqadi va o’quvchilarga Ma’lum qiladi. To’garak mashg’ulotlaridagi suhbatlarga o’qituvchi
astronomiya tarixining elementlari, yulduz to’dalari va planetalar nomlari bilan bog’liq bo’lgan
afsonalarni kiritadi.
Birinchi yarim yillikda to’garak mashg’ulotlaridagi barcha suhbatlarni o’qituvining o’zi
olib boradi, keyinchalik esa o’quvchilarni jalb etish maqsadga muvofiq bo’ladi. Bu o’quvchilar
faoliyatining sezirlarli faollashishiga olib keladi.
Yuqori sinflar to’garagida mashg’ulotlarning mazmuni murakkablashadi. Bu yerda Oy va
planetalar harakati qonunlari, tutilishlarning sabablari, Quyosh sistemasi jismlarining fizik
tabiati bilan tanishtirish mumkin. Osmon sferasi elementlarini o’rganish yulduzlar osmonining
surilma
kartasidan
tushungan
holda
foydalanish
va
astronomiyaning
ayrim
amaliy
qo’llanishlarini ko’rib chiqish imkonini beradi.
O’quvchilarga maktab ustaxonasida to’garak uchun kerakli bo’lgan asboblar, modellar,
asboblarni konstruktsiya qilish va tayyorlashni topshirish mumkin. Kuzatishlar asta-sekin
yulduzlar osmoni bilan chuqurroq tanishish xarakteriga ega bo’ladi: qo’shaloq yulduzlar, yulduz
to’dalari, tumanliklar kuzatiladi. Quyoshning aylanishini va Quyosh aktivligining o’zgarishini
ko’rish uchun sistemali ravishda Quyosh dog’larini kuzatish tashqil qilinadi.
Oyni kuzatish davomida o’quvchilar Oy sirtining sxematik kartalaridan foydalanishadi,
diqqatga sazovor obhktlarni o’rganib, ularning chizmalarini chizadilar. Teleskop yordamida
olingan planetalar ko’rinishining chizmalari bilan birgalikda materialni bayon qilish amalga
oshiriladi. Barcha kuzatish natijalari umumlashtiriladi va o’quvchilar, davriy ravishda, o’z
kuzatish materiallari bo’yicha to’garak mashg’ulotlarida ma’lumot berib boradilar.
Ilmiy – ommabop adabiyot bilan ishlash va davriy matbuot materiallaridan sistemali
ravishda foydalanishga alohida ehtibor beriladi. O’quvchilarga alohida mavzular bo’yicha
referatlar
tayyorlashni
topshirish
kerak.
O’qituvchinig
suhbatlari
bilan
birgalikda
mashg’ulotlarning asosiy mavzulari bo’yicha o’quvchilarning ma’ruzalari tinglandi.
Astronomiya to’garagining ishi chuqqurlashtirilgan dastur asosida olib boriladi. U o’z
ichiga, tadqiqotlarning zamonaviy vosita va metodlarini, kosmik fazo va osmon jismlarining
fizik
tabiati
hamda
Koinotning
tuzilishi
va
evolyutsiyasi
haqidagi
ilmiy
tasavvurlarni
o’rganishini oladi. Modellarning konstruktsiya qilish va tayyorlashda asosiy ehtiborni
ko’chma qurilmalar kameralar va osmonni rasmga oluvchi qurilmalar teleskoplar uchun
fotoqurilmalarga qaratiladi.
Yuqori sinf o’quvchilari bilan olib boriladigan kuzatishlarni har bir o’quvchining
qiziqishini hisobga olgan xolda aniq tematik bo’yicha tashqil etish kerak. To’garak
ahzolarining bir qismiga Quyoshni, boshqalariga o’zgaruvchan yulduzlarni, uchinchi
qismiga esa meteorlarni, to’rtinchi bir bo’lagiga planetalarni muntazam kuzatib borishlari
topshiriladi. Bunda ularning diqqatini kuzatish natijalarini qayta ishlash usulariga tartibga
solish va mazmunini ochishga qaratish juda muhim.
Agar kuzatishlarning natijalari grafik tarzda katta formatdagi qog’ozda tasvirlansa,
ular to’garak mashg’ulotlarida hamda astronomiya darslarida yaxshi ko’rgazmali qo’llanma
sifatida xizmat qilish mumkin. Yuqori sinf o’quvchilari uchun mo’ljallangan to’garak
mashg’ulotlarini o’tkazish metodikasi shunday qurilishi kerakki, oqibatda o’quvchilar
o’zlarini qiziqtirgan ma’lumotlarni mustaqil izlash ko’nikmalariga ega bo’lishlari kerak.
Bunga erishilgandan so’ng ular yuqori ko’rsatgichlar bilan ishlay boshlaydilar.
O’quvchilarning o’zlari o’qigan adabiyotlari asosida tayyorlagan ma’ruzalari biror
bir muammoga bag’ishlangan maqola materiallari bo’yicha o’tkazilgan diskussiyalar juda
foydalidir. Yuqori sinf o’quvchilari to’garakning ijtimoiy foydali roli ularning quyi bo’g’ini
astronomik to’garaklari mashg’ulotlariga raxbarlik qilish paytida namoyon bo’ladi. Bunday
paytda o’qituvchi ehtiborini yuqori sinf o’quvchilari bilan ish olib borishga qaratish
imkoniyatiga ega bo’ladi.
Yuqori sinf o’quvchilari, uning ko’rsatmalari asosida kichik va o’rta yoshdagi
o’quvchilari to’garaklarida mashg’ulotlar olib boradilar. So’zsiz, to’garak ishlarini olib
borishning boshqa shakllari ham mavjud jumladan faqat ikki bosqichni o’rta yoshdagi
o’quvchilar uchun va yuqori sinf o’quvchilari uchun to’garaklar tuzish mumkin. Bunday
holda kichik yoshdagi o’quvchilar to’garak ishining butun mazmuni o’rta yoshdagi
o’quvchilar to’garakning mazmunidan joy oladi.
Astronomik to’garaklardagi mashg’ulotlardan tashqari ilmiy tekshirish institutlari
astronomik va geofizik observatoriyalar xalq observatoriyalari planetariylarga ekskursiyalar
uyushtirish juda foydalidir. Bunday ekskursiyalarni shu tashqilotlarning mutaxassislari
tomonidan o’qituvchi bilan ekskursiyaning o’quv tarbiyaviy vazifalari haqida oldindan
suhbatlashib olingandan so’ng o’tkazilgan mahqul. Ekskursiyalar uzoq davom etmay
o’quvchilarni tushunadigan ortiqcha detallardan holi informatsiya bilan tanishtiradigan
darajada bo’lishi lozim.
Astronomiya to’garagining tematikasi masalasi eng muhim hisoblanadi. Ko’pincha
o’qituvchilar to’garak uchun osmon koordinatalari, kalenderlar, teleskoplar, optik asboblar va
boshqalarni
tanlashadi.
Astronomiya
o’qituvchisi
rahbarlik
qiladigan
to’garak
ishi
o’quvchilarning to’garakdagi ishini astronomiyani o’qitish bilan to’laroq bog’lash imkoniyati
bo’lishi uchun ko’proq astronomiya va astrofizik asboblar tematikasi bo’yicha olib boriladi.
Astronomiya to’garagini tashqil etish bilan o’qituvchi o’quvchilarning shaxsiy qiziqishlarini
hisobga olish va rejalashtirilayotgan to’garak faoliyatini ular bilan birga qo’shib olib borishi
kerak.
To’garaklar tematikasining zamonaviyligi katta ahamiyatga ega. Ma’lumki o’quvchilarni
teleskoplar, radioteleskoplar, Ulug’bek rasadxonasi, O’zbekistonda astronomiya va boshqa
masalalar qiziqtiradi. Ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan to’garak ishlari quyosh haqida umumiy
ma’lumotlar, quyosh energiyasining manbai, planetalar va ularning yo’ldoshlari kabi mavzular
ayniqsa o’quvchilarni qiziqtiradi.
To’garak tematikasining mazmunida “Quyosh sistemasining tuzilishi”, “Quyosh – eng
yaqin yulduz”, “Yulduzlar” mavzularining masalalarini ko’rib chiqaylik.
Quyida ko’rib chiqiladigan alohida to’garaklar bo’yicha rejalashtirish varianti darslikda
keltirilgan ketma – ketlikdan bir oz chetga chiqsada, biroq materialni bayon etishning umumiy
yo’nalishini taklif qiladi. U Quyosh sistemasining tuzilishi g’aqidagi tushunchalarning
rivojlanishini olimlarning alohida kashfiyotlari natijasi sifatida emas, balki olamni bishning qiyin
va murakkab yo’li fanning umumiy rivojlanish jarayonining bir qismi ekanini ko’rsatish
imkonini beradi.
Umum ta’lim maktablari to’garak tematikasining mazmunini ishlab chiqish.
1- to’garak dars. Planetalarning konfiguratsiyasi va sinodik aylanish davrlari.
Planetalar va sunhiy osmon jismlarining harakat qonunulari.
To’garak darsning maqsadi: plnetalarning ko’rinma joylashishining davriyligi va ularning
orbital harakatining asosiy qonunlari (Kepler qonunlari)ni tushuntirish; bu qonunlarning sunhiy
osmon jismlari harakatiga tadbiqini ko’rsatish.
Ko’rsatmali qo’llanmalar: “Quyosh sistemasi” va “Kosmik uchishlar (sunhiy yo’ldoshlar)
diapozitivlari yoki filg’mlardan kadrlar; ichki va tashqi plenatalarning konfiguratsiyalari va
fazalari: “Maktab astronomik kalendari”, plenatalar sistemasining modeli.
Materialni bayon qilish rejasi:
1.Ichki va tashqi planetalarning asosiy konfiguratsiyalari, ularning konfiguratsiyalari
farqlari va ko’rinish shartlari.
2.Konfiguratsiyalarning
aylanish davrlari. Planetalarning yulduz va sinodik aylanish
davrlari.
3.Kepler qonunlari, ularning kashf qilinishi va ahamiyati.
4.Planetalarning
Quyoshga
nisbatan
egallagan
Ma’lum
vaziyatlariga
ularning
konfiguratsiyalari deyiladi.
Planetalarning konfiguratsiyasi bilan tanishishni planetalar, Yer va Quyoshning o’zaro
turlicha joylashishlarini o’zida aks qilgan katta hajmdagi ko’rsatmali qurollarni namoyish
qilishdan boshlanadi. O’quvchilarning diqqatini konfiguratsiyalarning xarakterli belgilariga jalb
qilgan holda, ularning nomlari, Quyosh va planetalarning osmondagi vaziyatlarigagina bog’liq
bo’lib, fazoviy o’rinlariga bog’liq bo’lmasligi tushuntiriladi.
Planetalarning ko’rinish shartlarini yulduzlar osmonining surilma xaritasidan foydalanib
namoyish qilinadi.
2.Planetaning ketma-ket kelgan ikkita bir nomli konfiguratsiyalari orasida o’tgan vaqt
sayyoraning sinodik aylanish davri (S), uning o’z orbitasi bo’ylab Quyosh atrofida to’la bir
marta aylanib chiqish uchun ketgan vaqt siderik aylanish davri (T) deyiladi.
Planetalar konfiguratsiyalari qaytarilish davrining uning aylanish davri bilan mos
tushmasligini, ichki planetalardan birini tasvirlovchi kichik shar yordamida namoyish qilinadi.
3.Keplergacha osmon jismlarining harakati “aniq egri chiziq”- aylana bo’ylab ro’y
beradi, hisoblanar edi. U birinchi bo’lib, Marsning o’rnini kuzatish materiallaridan foydalanib,
hamda planetani Quyosh atrofida aylanadi deb hisoblab, Kepler uning orbitasini tuzishga erishdi.
Keplerning birinchi va ikkinchi qonunlari 1608-1609 yillarda ehlon qilindi. Planetalar
harakatining uchinchi qonunini esa Kepler 10 yildan keyingina ehlon qildi.
Keplerning birinchi qonuni. Planetalar Quyosh atrofida elliptik orbitalar bo’ylab harakat
qiladi. Bu ellipslarning hammasi uchun umumiy bo’lgan fokusda Quyosh joylashgan.
Keplerning ikkinchi qonuni. Planetalarning radius – vektorlari teng vaqt oraliqlarida teng
yuzlar chizadi.
Keplerning uchinchi qonuni. Planetalarning siderik aylanish davrlari kvadratlarining nisbati ular
orbitalarining katta yarim o’qlari kublarining nisbati kabidir.Keplerning umulashgan uchinchi
qonuni kosmik jismlarning massalarini aniqlash imkonini beradi.
Kepler, planetalarning harakatlanish sabablarini tushuntirmsdan, faqat ularning qanday
harakatlanishinigina
tushuntirgan
edi. Planetalarning harakat qonuniyatlarini XYII asrning
ikkinchi yarmida N’yuton kashf etdi.
2-to’garak dars. Butun olam tortishish qonuni va undan kelib chiqadigan natijalar
To’garak darsning maqsadi: butun olam tortishish qonunining bir qator astronomik
muammolarni hal qilishdagi ahamiyatini tushuntirish.
Ko’rsatmali qo’llanmalar: diapozitivlar yoki diafilg’mlardan lavhalar, planetalar harakatidagi
ko’tarilishlar, chetlanishlar sxemasi, Neptunning kashf qilinish davrida Uran va neptun
planetalarining o’z orbitalaridagi holatlari.
Materialni bayon qilish rejasi:
1.N’yuton tomonidan butun olam tortishish qonunining kashf qilinishi va uni tekshirish.
2.CHekinishli va chekinishsiz harakatlar. Neptun va Plutonning kashf etilishi.
3.Ko’tarilish va pasayishlar, ularni tushuntirish va uning Yer – Oy sistemasi
evolyutsiyasidagi roli.
1.Ingliz olimi I. N’yuton Yerdagi og’irlik kuchi olamdagi barcha jismlar orasida o’zaro ta’sir
etuvchi tortishish kuchining bir ko’rinishi degan xulosaga keldi. Yer yuzidagi og’irlik kuchining
tezlanishi 9,8 mzs2 ga teng. Agar og’irlik kuchi masofa kvadratiga teskari proportsional ravishda
o’zgarsa, Yerdan taxminan 60 Yer radiusiga teng masofada joylashgan Oy, 602= 3600 marta
kam, markazga intilma tezlanishni his etishi kerak, yahni
𝑔
1
=
9.8 м 𝑐
2
⁄
3600
= 0.0027 м 𝑐
2
⁄
Ikkkinchi
tomondan
aylana
bo’ylab
harakatlanayotgan
jism,
𝑎 = 𝜔
2
𝑟
ga
teng
bo’lgan
markazga
intilma
tezlanishga
ega
bo’ladi,
bunda
𝜔 - jismning burchak tezligi, r aylananing radiusi.
Soddalik uchun Oy orbitasining radiusi
𝑟 = 60R0 bo’lgan aylanadan iborat deb
hisoblasak (bu yerda
𝑅 ≈ 6400 km - Yer radiusi), u holda r= 60 ∙ 6400 ∙ 10
3
м = 3.84 ∙ 10
6
м
Oyning aylanish davri T=27,32sutqayoki
𝑇 = 27,32 ∙ 864000, 𝑐 = 2,36 ∙ 10
6
𝑐. Bundan Oy
orbital harakatning markazga intilma tezlanishi quyidagicha topiladi:
𝑎 = (
2𝜋
𝑇
)2r=0.0027 mzs
6
Bu ikkala kattalikning bir-biriga mos kelishi, Oyning o’z orbitasida ushlab turuvchi kuch,
aslida, Yer yuzasidagi tortishish kuchidan 3600 marta kichik ekanligini ko’rsatadi.
2.Chekinishsiz harakat. Kepler qonunlariga aniq bo’ysunadigan harakat chetlanishlarsiz
harakat deyiladi. Bunday ideallashtirish, ikki jismnigina o’zaro ta’sirini hisobga olishi nazarda
tutadi: masalan, planeta harakati, faqat Quyoshning tortish kuchi ta’sirida boshqariladi deb
qaraladi. Ikki jism masalasi N’yuton totmonidan to’liq hal qilingan.
Chekinishli harakat. Quyosh sistemasi jimslari faqat Quyoshgagina tortilmasdan,
balkibir-biri bilan ham tortishishlarining oqibatida vujudga kelgan chekinishli harakat tufayli
ro’y beradi. Chekinishlardan holi orbitalardan chetga chiqishlar hisobiga hosil bo’lgan natijaviy
harakat chetlanishli harakat deyiladi.
Ingliz astronomi V. Gershel 1781 yilda faqat teleskopdagina kuzatiladigan yangi katta
sayyora-Uranni kashf etdt. Uran orbitasining tashqarisida, undan uzoqda noMa’lum sayyora
bo’lib, u o’zining tortishish maydoni bilan Uran harakatini chekintiradi degan fikr vujudga keldi.
Astronomiya fani oldiga Uranning harakatidagi chekinishlardan uni chekintiruvchi noMa’lum
sayyoraning vaziyatini aniqlash masalasi qo’yildi. Bu murakkab masla deyarli bir vaqtda
frantsuz olimi Leverg’e va ingliz olimi Adams tomonidan mustaqil ravishda yechildi. 1846 yil
23 sentyabrda nemis astronomi Galle noma’lum sayyorani Lavere nazariy hisoblashlar
yordamida ko’rsatgan nuqtadan chetroqda kuzatdi. Yangi sayyoraga Neptun deb nom berildi.
1930 yilda AQSHlik astronom Tombo ko’p yillik kuzatishlari asosida Quyosh
sistemasidagi to’qqizinchi planeta Plutonni kashf etdi.
Ko’tarilish to’lqinlarining energiyasi Yer sharidagi barcha daryolardagi suvlarning
quyilish energiyasidan ortiqdir. Bundan ko’rinadiki ko’tarilishlar energiyasidan foydalanish,
dunyo energetikasining o’sishiga katta hissa qo’shadi.
Quyosh Yerdan juda uzoqda bo’lganligi uchun okeanlarda Oyga nisbatan 2,2 arta kuchsiz
ko’tarilishlar hosil qiladi. Planetalarning hech qaysi biri, yulduzlar ham amalda Yer sirtida
ko’tarilishni yuzaga keltira olmaydi. Ko’tarilish va pasayishlarning davriyligini tushuntirib,
Oyning Yer atrofida aylanishi oqibatida Oyning yuqori va quyi kulg’minatsiyalari to’liq yarim
sutkada emas, balki o’rtacha har 12 soat 26 minutda takrorlanib turishini eslatib o’tish kerak.
Ko’tarilishlar va pasayishlarham huddi shunday davr bilan takrorlanib turadi.
Kasb-hunar kollejlari va akademik litseylari uchun to’garak tematikasining mazmunini
ishlab chiqish.
1-to’garak dars. Kosmonavtika elementlari.
To’garak darsining maqsadi: Yerning sunhiy yo’ldoshlari orbitalari va kosmik apparat
(KA) larning Oyga va planetalarga uchish traektoriyalarining asosiy farq qiladigan tomonlarini
ko’rsatish.
Nazorat savollari:
1.Astronomiya to‘garaklarining ishini tashqil qilish va rejalashtirish ‘rinsFlari.
2.Yuqori sinflar to’garagi.
3.Ilmiy – ommabop adabiyot bilan ishlash.
4.Osmon yoritgichlarining ko’rinma vaziyatlarini va harakatlarini o’rganish.
Do'stlaringiz bilan baham: |