Mavzu: Alkogolizm va uning asoratlari. Alkogolizimning homilaga ta’siri



Download 0,5 Mb.
Sana09.02.2022
Hajmi0,5 Mb.
#438958
Bog'liq
alkogolizm 2 - mustaqil ish


Mavzu: Alkogolizm va uning asoratlari. Alkogolizimning homilaga ta’siri.
Etil spirti uzum va boshqa mevalar sharbatlarini achitish hamda sintez yo‘li bilan olinadi. Etil spirti ma’lum konsentratsiyalarda alkogolli ichimliklar (aroq, konyak, vino, shampan vinosi, pivo) tarkibida mavjud. Buqrot, Jolinus, Abu Ali ibn Sino davrlaridan boshlab yaqin zamonlargacha spirtli ichimliklar — portveyn, xeres, kagor, oq va qizil uzum vinolari bilan ayrim kasalliklarda, harorat oshganda, yuqumli kasalliklardan keyin ishtahani ochish uchun, organizmning umumiy tonusi pasayganda modda sifatida qo’llanib kelingan.

Hozirgi kunda tarkibida etil spirti bo'ladigan ichimliklar tibbiyotda dori modda sifatida qo‘llanmaydi, chunki ularga organizm o’rganib qolib, foydasidan zarari ko‘p bo’lgan. Etil spirtining mikroorganizmlarga qarshi xususiyati borligi tufayli uni tibbiyotda antiseptik sifatida terming jarrohlik o’tkaziladigan joyini, xirurgik asboblami zararsizlantirish uchun qo'llanadi. Etil spirti yuqori nafas yo’llari shamollaganda kompress qilish hamda surkash uchun, nevritlarda nervlar negiziga yuborish — alkogolizatsiya uchun qo’llaniladi. Etil spirtidan faimatsevtika sanoatida nastoykalar tayyorlash uchun foydalaniladi. Spirtli ichimlik iste’mol qilganda ular oshqozondan so’rila boshlaydi, 5 daqiqadan keyin qonda aniqlanadi. Alkogolning 20-40% i och qoringa ichilsa, oshqozonda, qolgan 60-80% i ingichka ichakda qonga so’riladi. Yog’lar, uglevodlar alkogolning qonga so’rilishini sekinlashtiradi. Alkogolning 90% i jigarda metabolizmga uchraydi, uglekislota va suv darajasigacha oksidlanadi, oksidlanish jarayonida energiya ajraladi. 1 gramm alkogol 7,1 kkal beradi, bu quwatni organizm o’zlashtiiadi. Alkogol ta’sirida jigar fermentlari induksiyaga uchraydi, uning metabolizmi tezlashadi. Iste’mol qilingan spirtning 10% i organizmdan o’zgarmagan holda o’pka, buyrak va teri bezlari orqali chiqib ketadi. Qonga so’rilgan alkogol asosan maikaziy nerv sistemasiga. ta’sir ko’rsatadi, ta’siri quyidagi davrlardan iborat bo’ladi: qo’zg’alish davri, narkoz davri va o’lim talvasasi.


Birinchi qo’zg’alish davri maikaziy nerv sistemasini tormozlovchi mexanizmlar falajlanishi tufayli yuzaga chiqadi, bunda sezuvchanlik, aql, idrok, zakovat, ma’naviyat, diqqat- e’tibor, o’ziga nisbatan tanqidiy qarash xususiyatlari kamayadi. Tormozlanish jarayonlari pasayib ketadi, eyforiya holati ro’yobga chiqadi, odam xushchaqchaq, kirishimli, dilkash, ruhi ko’tarilgan, kayfi chog’ bo’lib qoladi, g’am-tashvishlar esdan chiqadi. Ichib olgan odam o‘zini juda kuchli hisoblab (aslida esa buning aksi bo'ladi), bo‘lar- bo‘lmas harakatlar qiladi, ko‘p gapiradi. Alkogolning qanday ta’sir ko'rsatishi nerv sistemasining turiga, mijozga, odamning xulq-atvoriga bog'liq. Alkogol tufayli kelib chiqqan qo'zg'alish narkoz paydo qiladigan moddalar keltiradigan qo'zg'alishdan farq qiladi. Alkogol ta’siridagi qo'zg'alish davrida es-hush yo'qolmaydi. Alkogolning miqdori qonda oshgan sari uning ta’siri miyachaga o'tadi: harakatlar muvozanati izdan chiqadi, mushaklar kuchi kamayadi, oyoqda turolmay qolinadi.

Keyin alkogol ta’siri psixomotor markazlarga, orqa miyaning reflektor apparatiga o'tadi. Ong xiralashib, keyin es-hush butunlay yo'qoladi, reflekslar so'nadi, mushaklar bo'sbashadi, narkoz davri boshlanadi. Alkogol miqdori oshgan sari narkoz davri falaj davriga o'tadi, chunki etil spirtining narkotik ta’sir doirasi keng emas, narkotik hamda zaharlovchi konsentratsiyalari bir-biriga yaqin. Uzunchoq miyaning. nafas va qon-tomir markazlari falajlanadi, qon bosimi keskin tushib ketadi, nafas yuza va notekis bo'ladi, uni to'xtashi va o'lim sodir bo'lishi mumkin. Qon tomir markazi zaiflashgani tufayli tomirlami qisqartiradigan impulslar chetda joylashgan tomirlarga yetib borolmaydi, ular kengayadi, shuning uchun yuz, bo'yin va boshqa joylar qizaradi. Qon kengaygan tomirlardan o'tayotganda issiqlik oshgandek tuyuladi, aslida esa organizmdan issiqlik chiqa boshlaydi. Shuning uchun mast odam sovuqda qolsa, muzlab qolishi mumkin, chunki u sovuqni sezmaydi. Alkogol bilan o'tkir zaharlanish yengil mastlikdan tortib, to es-hushni yo'qotish, hatto o'limga olib borishi mumkin. Lekin alkogolning o'lim sodir qiladigan aniq miqdori hali aniqlanma Etil spirtining konsentratsiyasi, qonga so'rilish tezligi odamning yoshiga, salomatligiga, haroratga bog'liq bo'ladi. Masalan, o'n yoshli bolalarda S gramm alkogol halokat keltirishi, kattalarda bu raqam 200 grammga to'g'ri kelishi mumkin. 200 gramm alkogol esa 1 shisha aroqda, 2 shisha qizil vinoda bo'ladi. Yengil mast bo'lgan odam qonida alkogol 0,2%, mastlikda 0,25%, og'ir mastlikda — es-hush yo'qolib, komatoz holatda 0,35-0,4% bo'lishi mumkin. Alkogol bilan o'tkir zaharlangan odamni issiq qilib o'rab qo'yiladi, novshadil spirti hidlatiladi, hatto 3-4 tomchi ichiriladi, sun’iy nafas oldiriladi, asabni rag' batlantiruvchi moddalar, achchiq, issiq choy, kofe ichiriladi. Oz miqdordagi ichimlik organizmda unchalik katta o'zgarishlar paydo qilmaydi, uning zaharli ta’siri keyinroq ko'rina boshlaydi. Alkogol tez-tez surunkali ichilsa, unga o'rganish, tobelik paydo bo'ladi, alkogolizm — ichkilikbozlik degan mudhish kasallik kelib chiqadi. Bunda markaziy nerv sistemasida, ichki a’zolarda chuqur o'zgarishlar paydo bo'ladi. Mast qiluvchi ichimliklar eramizdan bir necha asr ilgari ma’lum bo'lgan. VI-VII asrlarda arab davlatlarida sharobdan toza spirt olish o'rganilgan va unga «alkogol», ya’ni «gangitadigan», «miyani aynitadigan» degan nom berilgan. Yevropada u «akva vita», ya’ni “hayot suvi” deb atalgan. Keyinchalik ushbu ichimlik tufayli boshga tushgan kulfatlar oqibatida uni «ofat suvi», «o'lim suvi» deb atashgan.


Alkogolizm — surunkali kasallik bo'lib, bunda odam ichkilikka ruhiy va jismoniy tobe bo'lib qoladi. Surunkali kasallik asta-sekin rivojlanadi. Kasallik 3 davrdan iborat bo'ladi: birinchidan — boshlang'ich davr; bemor ichkilikka ruju qilib ko'p ichadi va uni ko'taradi. Nerv sistemasi va ichki a’zolarda dastlabki o'zgarishlar ro'y beradi. Bu davrda irodasi kuchli odamlar ichldlikdan o'zi voz kechishi mumkin. Ikkinchi davrda alkogolga ruju qilish oshib boradi, odam ichmasa, o'zini yomon his etadi, bo'shashadi, boshi aylanadi, yurak urishi tezlashadi, ya’ni abstinensiya holati ro‘y beradi, agar ichkilik iste’mol qilinsa, ushbu holat o'tib ketadi. Bu davrda mast bo'lish uchun ko'proq ichishga to'g'ri keladi va surunkali ichish boshlanadi, ichgan shaxsda burch, vijdon, or-nomus, izzat degan tushunchalar yo'qoladi, ulaming o'mini maqtanchoqlik, aldamchilik, qo'pollik egallaydi. Ichkilikboz butun vujudi bilan ichkilik topishga intiladi, bu davrda alkogoldan bemor o'zi qutula olmaydi, mhiyatida va ichki a’zolarida o'zgarishlar chuqurlashib boradi. Uchinchi davr — og'ir davrda alkogolga ehtiyoj kamayib boradi, ichkilikboz ozgina ichsa ham mast bo'lib qoladi, xotirasi susayadi, odamiylik qiyofasi yo'qoladi, psixoz hosil bo'ladi, nerv sistemasida asliga qaytmas o'zgarishlar paydo bo'ladi, og'ir holatlarda «alahlash» xurujlari ro'y beradi, bunda ko'ziga mudhish narsalar ko'rinadi, quloqiga har xil tovushlar eshitiladi, maniakal va kollaps holatiga tushib qolib, o'lim sodir bo'lishi mumkin. Alkogolni surunkali iste’mol qiladiganlarda yurak va qon tomir kasalliklari 22 marta ko'proq uchraydi. Nafas a’zolari jarohatlanishi, traxeit, pnevmoniya, o'pka emfizemasi, pnevmoskleroz, tuberkulyoz kasalliklari ichkilikbozlarda ko'proq uchraydi va ulami davolash ham qiyinroq bo'ladi.

Alkogol oshqozonning shilliq qavatini ta’sirlab, boshjang'ich davrlarda oshqozon sekretsiyasini oshiradi, giperatsid, keyinchalik gipoatsid holatlar, me’da yarasi va o'smalar hosil bo'ladi. Surunkali ichkilikbozlarda me’da-ichak kasalliklari 18 marta ko'proq uchraydi. Alkogol jigarga qagiq zarba beradi. oldia moddalar almaahinuvi izdan chiqadi, keyinchalik gepatit, jigar sinozi yuzaga kelishi mumkin. 33% hoJlar^a jigar sirroziga: surunkali ichkilikbozlik sabab bo'ladi. Alkogol buyrak va jinsiy a’zolajni Ъат jarohatlaydi: 1/3 bemorlarda jinsiy ojizl^ ro'y Beradi. Alkogolizm o'smir bolalarda tez sodir bo'ladi va og'ir 6‘tadi. Alkogol naslga yomon ta’sir ko'rsatadi. Qta-onalar spirtli ichimlik ictigan paytda bunyod bo'lgan bolalar ko'pincha mayib-majruh bo'lib tug‘i(adi, ular orasida tutqanoq va boshqa ruhiy kasalliklar kuzatiladi. Shuning uchun xalqimiz qadim zamonlardan beri yosh kelin- kuyovlami spirtli ichimliklardan asrab kelgan. Klinik kuzatishlarga ko'ra, 1000 ta ruhiy bemor bolalaming kasalligini sababi tekshirilganda SO foizida otasi, 7 foizida onasi va 7 foizida otasi va onasi alkogolik bo'lgan, demak, 64 foiz bolalaming ruhiy kasalligiga alkogol sabab bo'lgan. Ichkilikboz ota-onalardan tug‘ilgan bolalar tez-tez kasal bo'lib turadi, jismoniy va aqliy jihatdan ojiz bo'ladi. Agar onalar homiladorlik davrida ichkilik ichsa, alkogol teratogen va embriotoksik ta’sir ko'rsatishi mumkin. Alkogol, ayniqsa, homiladorlikning 6-8 haftalijgida xavfli, chunki shu davrda homilaning asosiy a’zolariga zamin yaratiladi, natijada bola majruh bo'lib tug'ilishi mumkin. Ichkilik ichadigan homilador ayollarda kechki toksikozlar, vaqtidan oldin tug'ish hollari kuzatiladi. Emizikli ayol alkogol iste’mol qilsa, 15-20 daqiqadan keyin ko'krak sutiga o'tadi va chaqaloqqa ta’sir ko'rsatadi. Ma’lumki, kasalliklami davolashda fannakologik moddalar qo'llaniladi, ana shu moddalar bilan davolanganda alkogolli ichimliklar iste’mol qilish mumkin emas, bunda alkogol dori moddalar metabolizmida qatnashadigan fermentlar faoliyatini pasaytirib, moddalar ta’sirini o'zgartirishi, zaharliligini oshirishi mumkin. Bunda alkogolning o'z metabolizmi ham o'zgarishi mumkin, suv bilan uglekislota hosil bo'lishi o'miga oraliqda zaharli atsetaldegid hosil bo'lishi mumkin. Masalan, nitroglitserin bilan davolanayotgan vaqtda alkogol ichilsa, yurak to'satdan to'xtab qolishi mumkin. Alkogol seduksen, eleniumning tasirini oshirib, ular nafas markazini susaytirishi mumkin, antikoagulyantlar ta’siri oshib, qon ketishi mumkin.


Alkogolizni kasalligini davolash uchun tetaram moddasi qo'llaniladi:
Teturam
Bu modda alkogolning metabolizmini o'zgartiradi. Arap teturamsiz alkogol suv va uglekislotagacha parchalansa, tetuiam bilan alkogol metabolizmi oraliqdagi mahsulot — atsetaldegid hosil bo'lishi bilan to'xtaydi.

a) oddiy holatda Hj C-CHj OH—>H,C-COH+H+ ->H3C - СООН+(40Ж2Н+)-*- etil spirti asetal'degid sirka kislota гсоҚо


b) teturam yuborilganda H,C - СН2ОН ^H ,C - COH etil spirti atsetaldegid
Atsetaldegid organizmni zaharlaydi: bosh og‘riydi, ko'ngil aynaydi, qayt qiladi, ko'p terlaydi, yurakda og‘riq, qo'rquv paydo bo'ladi. Teturam bilan alkogol bir necha marta birga qoilansa, har gal bemor yuqoridagi mudhish holatga tushib, unda alkogolga nisbatan salbiy shartli refleks paydo bo'ladi, teturamsiz ham alkogolni ko'rishi, uning hidi kelishi bilan yurak o'ynoqqa tushib qoladi, ana shu salbiy refleks tufayli bemor alkogoldan voz kechadi. Teturamni shifokor nazoratida qo'llash lozim. Yurak, qon tomir, jigar, buyrak kasalliklarida, SO yoshdan oshgan shaxslarga bu moddani qo‘llash man etiladi. Teturamning davomli uzoq ta’sir etadigan turi — esperai tabletkalarini teri ostiga o'tkazish (implantatsiya qilish) mumkin, bunda alkogolga nisbatan salbiy refleks paydo bo'ladi. Alkogolizm kasalligini davolash ancha mushkul, shuning uchun uning oldini olish katta ahamiyaga ega.

Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish