Mavzu. Aкtdan foydalangan holda o'quvchilarning ta'lim olish imkoniyatlarini kengaytirish. Ta'Iim jarayonida Aкtdan foydalanish xavfsizligi, mas'uliyati va axloqiy normalari Reja



Download 353,7 Kb.
Pdf ko'rish
Sana21.06.2022
Hajmi353,7 Kb.
#687364
Bog'liq
1-M.1-mavzu



Mavzu. AКTdan foydalangan holda o'quvchilarning ta'lim olish 
imkoniyatlarini kengaytirish. Ta'Iim jarayonida AКTdan foydalanish 
xavfsizligi, mas'uliyati va axloqiy normalari 
Reja: 
1. AКTdan foydalangan holda o‘quvchilarning ta'lim olish imkoniyatlarini 
kengaytirish. 
2. Ta’lim jarayonida qo‘llaniladigan dasturiy vositalar. 
3. Ta’lim jarayonida AKT va undan foydalanishda pedagog-mutaxassislarning 
vazifalari 
4. Ta’lim jarayonida AКTdan foydalanish xavfsizligi, mas’uliyati va axloqiy 
normalari 
Axborot, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) yoki media-
texnologiyalar bugungi kunda hayotimizning har bir sohasidan mustahkam o‘rin 
egallamoqda. Kun sayin turmush tarzimizda, uyda, ish faoliyatimizda AKTdan 
samaraliroq foydalanmoqdamiz. Ota-onalar allaqachonlar farzandlariga axborot 
texnologiyalari vositalaridan foydalanishga ruxsat berib qo‘yganlar. Bola 
hayotining dastlabki kunlaridanoq mazkur vositalar orqali AKT bilan tanishib, 
undan foydalanishga odatlanmoqda, sababi bolani ovuntiruvchi turli moslamalar, 
uning o‘yinchoqlarida ham zamonaviy AKTning roli mavjud. Bola ulg‘aygani sari 
esa AKTning ta’siri oshirilib, keng foydalaniladigan o‘yinli ko‘ngilochar 
qurilmalardan foydalanmoqda. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bolalar 
ongiga kuchli ta’sir etuvchi ijtimoiy munosabatlar o‘rniga virtual olam 
imkoniyatlarini taqdim etib, mazkur ekranli texnikaga qaram bo‘lib borayotgan 
bolalarning rivojiga haqiqiy xavf tug‘dirmoqda. Keyingi yillarda hatto 
maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar uchun mo‘ljallab ishlab chiqarilgan va 
bozorga olib chiqilayotgan elektron qurilmalar, jumladan: videokassetalar va 
DVD-disklar, turli qiziqarli o‘yinchoqlar turi va soni ham ortib bormoqda. 
Hozircha ota-onalarning o‘zlari ham qiziqib sotib olayotgan bo‘lsalarda, biroq 
ularning bolalar ongiga qanchalik darajada ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini 
bilmaydilar, sababi mazkur muammoga bag‘ishlangan keng miqyosli ilmiy-
tadqiqotlar deyarli mavjud emas. 
Bugungi kunda AKT haqida so‘z borganda, ko‘pincha kompyuter va 
kompyuterlashgan qurilmalarni tasavvur etadilar, aslida, uning tarkibiga ko‘plab 
elementlar: video, DVD, kompyuter, planshet, mobil telefonlari, o‘yinli 
pristavkalar va eng birinchi navbatda, zamonaviy televizor kiradi. Ota-onalar 
kompyuterni televizorga nisbatan eng avvalo — ta’lim vositasi deb biladilar. Shu 
sababli ham bola biror yutuqqa erishishi uchun qiziqtiruvchi, rag‘batlantiruvchi 
vosita sifatida mazkur qurilmalarni sovg‘a qilishni va’da qiladilar. Ta’limda 
kompyuterning roli haqida gap ketganda, uni eng avvalo, bolalarning intellektual 
rivojiga ta’sir etuvchi omil deb sanaydilar. Biroq chet ellik ayrim pedagog-olimlar 
va tibbiyot mutaxassislarining olib borgan tadqiqotlariga ko‘ra maktabgacha va 
boshlang‘ich sinf yoshidagi bolalarga ushbu elektron axborot vositalari o‘zining 
salbiy ta’sirini ham ko‘rsatishi, bu yoshda bolalar tarbiyasiga, ayniqsa, e’tiborli 
bo‘lish zarurligini ta’kidlamoqdalar. Axir kichik yoshdagi bolalar bugungi kunda 


atrofdagi voqelikka bo‘lgani kabi AKT va Internet taqdim etayotgan 
imkoniyatlarga ham juda e’tiborli bo‘lib, tez ilg‘ab olmoqdalar. 
Bugungi kunda bolalar rivojiga kompyuter texnologiyalari ta’sirining ko‘zga 
tashlanib 
turgan 
ayrim 
jihatlarini 
ko‘rib 
chiqaylik. 
Oilalarda 
mediatexnologiyalardan qanchalik ko‘p foydalanilib borilishi bilan bolalarga bilim 
beruvchi, savodxonlikni o‘rgatishga yordam beruvchi dasturlar soni ham ko‘payib 
bormoqda. Bundan tashqari, Internet tarmog‘iga ulangan televideniye va 
kompyuter qurilmalari bolalar uchun atrof-muhitni va hayotiy vaziyatlar bilan 
tanishib borishda katta imkoniyatlarni taqdim etmoqda. Haqiqatdan ham 
zamonaviy ta’limiy muhit ko‘z oldimizda kompyuter texnologiyalarisiz shakllana 
olmaydi. Bolalar bilimi va dunyoqarashini kengaytirisda Internetga ulangan 
qurilmalar taqdim etadigan turli ta’limiy resurslar muhim ahamiyatga molik. 
Kompyuter o‘yinlarining mazmunida fan bo‘yicha ta’limiy materiallarning 
berilishi o‘qishida muammosi bo‘lgan bolalar uchun juda foydali omil bo‘ladi. 
Kompyuterni maktabgacha tarbiya muassasalari va umumiy ta’lim maktablari 
ta’lim tizimiga joriy etayotgan tarbiyachi hamda o‘qituvchilar kompyuterni 
samarali zamonaviy ta’limiy texnik vosita deb hisoblaydilar, uning yordamida 
bolalar rivojiga ijobiy ta’sir ko‘rsatuvchi ta’lim va tarbiya jarayonini qiziqarli 
tarzda rang-barang mazmun bilan boyitish mumkin. 
Ma’lumki, kompyuter qurilmasining o‘ziyoq bolani o‘ziga qiziqtirib jalb 
etadi, bolani tezroq bilishga undaydi. Kompyuterdan foydalanib, o‘tilgan har bir 
dars o‘quvchilarda emotsional ko‘tarinkilikka, muvaffaqiyatga erishishga, 
topshiriqlarni bajarish uchun intilishga majbur etadi. Biroq bola bilan ta’limiy 
maqsadlarda kompyuterdan foydalanishda ko‘plab omillarni hisobga olish zarur 
ekanligini unutmaslik lozimligi ta’kidlanmoqda. Yuqorida sanab o‘tganlarimiz 
so‘zsiz AKTning ijobiy jihatlaridir. Aslida, uning salbiy jihatlari ham talaygina. 
Bolalar shovqini ko‘chalarni to‘ldirib, harakatli o‘yinlar bilan mashg‘ul 
bo‘lgan davrlar hali ko‘pchilikning yodida bo‘lsa kerak, ilgari bolajonlar kun bo‘yi 
koptok o‘ynar, velosipedda quvlashib, shodlanar, sport o‘yinlari bilan band bo‘lib, 
qumdan binolar “qurardilar”. Bugungi bolalarchi? Ular ortiqcha harakatsiz
ekranga tikilgancha qimmatbaho qurilmalarda allaqanday virtual o‘yinlar bilan 
shug‘ullanmoqdalar. O‘tgan asr bolalari qanchalik serharakat bo‘lgan bo‘lsalar, 
bugunning bolalari esa sensorli olamda shunchalik kam harakatdirlar. AKT 
rivojlanishi bilan bolalar o‘yinlari ham o‘zgardi va ko‘p o‘yinlarning asosida 
mazkur texnologiyalardan foydalanilmoqda, bu esa bolalarda ijodiy tafak-
kurlarining susayishi, shuningdek, jismoniy yuklamalarning kamayishiga olib 
keladi. Bolalarning televideniya bilan muloqoti hayotining dastlabki kunlaridanoq 
amalga oshadi, ya’ni bolalar hayot tajribasini aynan televideniyadan ham oladilar. 
Go‘daklik chog‘idan to bir yoshga to‘lguniga qadar allaqachon televizor “tomosha 
qiladilar”. Afsuski, hozirgi davrda esa hatto kompyuter ekraniga ham tikilib 
o‘tiradilar. Biroq bunga yo‘l qo‘yayotgan ota-onalar farzandlariga qanchalik zarar 
yetkazayotganliklarini biladilar deb aytish qiyin. Mazkur mediatexnologiyalardan 
foydalanish bola salomatligiga bir qator zarar yetkazishi haqida ko‘plab 
ma’lumotlar mavjud. Misol sifatida, quyidagilarni sanab o‘tish mumkin: 


Bolalar kompyuter va elektron o‘yinlardan foydalanishda ko‘pincha noqulay 
vaziyatda o‘tiradilar, bu esa tayanch-harakat apparatlarining buzilishiga olib kelishi 
mumkin. Ekranda lip-lip etib, tez-tez o‘zgarib turadigan tasvirlar bola asabiga, 
vizual, nevrologik va jismoniy rivojiga kuchli ta’sir ko‘rsatishi mumkin. 
Kompyuterdan ko‘p foydalanish ko‘rish, gormonal balans buzilishi 
kasalliklari yuzaga kelishiga sabab bo‘lishi mumkin. 
Bola ruhiy olamiga — ruhiyatning interaktiv faoliyatiga ta’sir etib, zo‘ri-
qishga olib borishi mumkin. Axborot texnologiyalari bolada uning xususiy 
kontenti shakllanishiga sabab bo‘lishi mumkin. 
Surunkali ruhiy zo‘riqish uning immun tizimi susayishi va turli jiddiy 
kasalliklar rivojlanishiga sabab bo‘lishi mumkin. Ekranda uzoq davom etgan 
vizual fiksatsiya ko‘z rivojiga salbiy ta’sir etib, o‘qish va yozishda qiyinchilikka 
olib kelishi mumkin. 
Ovozning katta tezligi, intensivligi, chastotasi eshitish, tasavvur qilish va 
o‘quv materialiga diqqat tizimini buzadi. Bunday sensor disbalans umumiy 
nevrologik rivojlanish, miya anatomiyasi va biokimyoviy jarayonlar, ichki organlar 
ishida muammolar yuzaga kelishiga sabab bo‘lishi mumkin. 
Erta bolalik chog‘ida nutq rivojlanishi 2 yoshga qadar amalga oshishi zarur. 
Biroq bu jarayonga televizor ham salbiy ta’sir etishi mumkin. 
Ma’lumki, mediatexnologialar (TV, video, o‘yinlar, Internet, musiqa, mobil 
telefonlari va boshqalar) zamonaviy bolalarimiz bolalik turmush tarzini o‘zgartirib 
yubordi. Zamonaviy hayotda AKTning ijobiy jihatlarini ta’kidlagan holda, mazkur 
ilg‘or texnologiyalarning farzandlar tarbiyasiga salbiy ta’sirining oldini olish 
uchun quyidagi vazifalarni amalga oshirish zarur: 
Bolajonlar va o‘smirlar ongi, jismoniy rivojiga ta’sir etuvchi televideniye 
ko‘rsatuvlarini ilmiy asosda ko‘rib chiqish; 
televideniyening bolalar rivojiga salbiy ta’sir etuvchi jihatlariga e’tibor 
qaratish; 
kichik yoshdagi bolalarda televideniye, kompyuter o‘yinlariga qiziqish 
yuzaga kelishining oldini olish, ularni atrof-muhit bilan tanishuvlarini virtual 
olamda emas, haqiqiy olamda amalga oshishiga e’tibor qaratish. 
farzandlar tomosha qiladigan televizion ko‘rsatuvlarni tanlab berish, o‘zlari 
ham birga tomosha qilishlari bolalarga yanada quvonch bag‘ishlashini unutmaslik 
lozim. 
ota-onalar kuniga 1–2 soat vaqtlarini bolalarga ajratib, kitob o‘qib berish va 
jismoniy harakatli ijodiy o‘yinlar bilan shug‘ullanishlari zarur. 
Xulosa qilib aytganda, tarbiyachilar, o‘qituvchilar, tibbiyot xodimlari ota-
onalar bilan AKTning bolalar salomatligiga ta’siri borasida suhbatlashish va ota-
onalarga AKT vositalari: televideniya, kompyuter, video, mobil telefonining 
bolalar rvojiga ta’siri haqida aniq ma’lumot berish lozim. Asosiysi, ta’lim-tarbiya 
jarayonida AKT imkoniyatlaridan foydalanishga oqilona yondashish zarur. 
Ta’limda qo‘llaniladigan elektron o‘quv vositalari turlari va tavsifi. 
Elektron axborot ta‘lim resurslarini yaratishda keng ishlatilib kelinayotgan 
dasturiy ta‘minotlardan biri Ispring dasturi hisoblanadi. Odatda, taqdimotni 
o’tkazishga tayyorlanish jarayonida aksariyat hollarda Microsoft PowerPoint 


dasturiy ta‘minotidan foydalaniladi. Ammo bunday taqdimotlar faqat mazkur 
mahsulot formatidagina bo’lishi mumkin (ppt, pptx). Hozirgi vaqtda internet 
texnologiyalarining rivojlanishi va o’z navbatida, masofali ta‘lim turining paydo 
bo’lishi natijasida taqdimot fayllarini internet brauzerining o’zida onlayn ravishda 
to’g’ridan-to‘g‘ri ko‘rish uchun flash (swf) formatida yoki HTML 5 texnologiyasi 
asosida yaratilgan fayl bo’lishi kerak. Hozirga kelib, PowerPoint dasturida 
tayyorlangan taqdimotdan flash-rolik shakllantirish imkoniyatini beruvchi dasturlar 
yaratilgan. 
Mahsulot iSpring deb nomlanadi va iSpring Free, iSpring PRO va iSpring 
Presenter kabi variantlarga ega. Mustaqil ekspertlarning fikriga ko‘ra, bugungi 
kunda mazkur mahsulot tezligi, bir formatdan boshqa formatga konvertatsiyalash 
sifati va optsiyalar soniga ko‘ra eng yaxshilaridan biri hisoblanadi. iSpring nafaqat 
flash-taqdimotlarni yaratishga, balki ta‘lim jarayonida qo‘llanilishi mumkin 
bo’lgan roliklar tayyorlashda, xususan, ularga turli shakldagi so‘rovlar, elektron 
testlarni ham kiritgan holda o‘zaro interaktiv bog‘lanish imkoniyatini ham beradi. 
iSpring quyidagi imkoniyatlari mavjud: 
• taqdimot fayllarini bir necha (exe, swf, html) formatlarda konvertatsiyalash 
imkoniyati; 
• taqdimot kontentiga tashqi resurslarni (audio, video yoki flash fayllarni) 
kiritish imkoniyati; 
• taqdimot kontentini muhofaza qilish: parol yordamida ko‘ra olish, 
taqdimotga «himoya belgi»si qo‘yish, taqdimotni faqat ruxsat etilgan 
domenlardagina «aylantirilishi»; 
• video qo‘shish va uni animatsiyalar bilan sinxronlashtirish
• elektron test(nazorat)larini yaratish va natijalarini elektron pochtaga yoki 
masofaviy o‘qitish tizimiga (LMS) uzatib berish imkoniyatini beradigan interaktiv 
matnlar yaratish uchun vosita o‘rnatilgan (Quiz tugmachasi); 
• masofaviy o‘qitish tizimida foydalanish uchun SCORMG‘AICC — mos 
keluvchi kurslarini yaratish; 
• taqdimot dastur darajasida aylantirish uchun ActionScript API; 
videotasvirni yozish va uni taqdimot bilan sinxronlashtirish; 
• YouTube‘ga joylashtirilgan roliklarni taqdimot tarkibiga kiritish 
imkoniyati. 


EAT resurslari ichida kiruvchi ma‘lumotnomalar va lug‘atlarni yaratish 
uchun iSpring Kinetics dasturini keltirish mumkin. iSpring Kineticsning quyidagi 
asosiy imkoniyatlari mavjud: 
• biror-bir fan bo‘yicha elektron ko‘rinishdagi qulay bo‘lgan glossariy, 
ma’lumotnoma yoki lug‘at yaratish; 
• vaqt shkalasini yaratish; 
• 3 o‘lchovli kitob yaratish; 
• FAQ yaratish mumkin. 
EAT resurslari ichida kiruvchi elektron nazorat turlarini yaratish uchun 
iSpring QuizMaker dasturini keltirish mumkin. 
iSpring QuizMaker quyidagi asosiy imkoniyatlari mavjud: 
• tarmoqlangan testlar yaratish imkoniyati (adaptatsiyalashtirilgan testlarni 
yaratish) imkoniyati; 
• ikki, uch, to‘rt yoki besh javobli yopiq test topshiriqlari, ulardan biri 
to‘g‘ri, ikkitasi haqiqatga yaqinroq turidagi topshriqlari; 
• bir necha to‘g‘ri javobli yopiq test topshiriqlari; 
• ochiq test topshiriqlari; 
• o‘xshashlikni aniqlashga yo‘naltirilgan topshiriqlar; 
• to‘g‘ri ketma-ketlikni aniqlashga mo’ljallangan topshiriqlarni yaratish 
imkoniyati. 
Zamonaviy, raqobatbardosh mutaxasis kadrlar tayyorlashda o‘quvchi-
talabalar bilimini nazorat qilish, sinash va baholashning ahamiyati katta. Agar uni 
yaxshi yo‘lga qo‘yilmasa, turli-tuman metodlarni qo‘llashimiz, qiziqarli dars o‘tish 
uchun turli topshiriqlar tayyorlashimizdan qat’i nazar, kutilgan natijaga erishib 
bo‘lmaydi. Chunki inson ongida har doim o‘z mehnat faoliyatini baholovchi 
psixologik jarayon ro‘y berib turadi. O‘z ishini atijasi baholanmasa yoki 
baholanishidan, taqdirlanishidan ko‘ngli to‘lmasa faolligi susayadi, oxir-oqibat 
«hafsalasi pir» bo‘lishi mumkin. O‘quvchi-talabalar bilimini, muntazam tekshirish 
va baholash ularni predmetni chuqur o‘rganish va nazorat usullarini 
takkomillashtirish vazifasini yuklaydi. 
Talabalar bilimlarini nazorat qilishning elektron shakllari. Talabalarning 
bilimi va o‘quvchining attestatsiyalash hamda verifikatsiyalash shakli sifatida 
testlash tabiiy va gumanitar yo‘nalishadagi kafedralarning ta’lim faoliyatida 
kompyuter texnologiyalari paydo bo‘lgunga qadar yuzaga kelgan. 
Qoidaga ko‘ra, o‘quvchilarni test nazoratidan (kompyuterlardan foydalangan 
holda qo‘llash bilan ham) quyidagi maqsadlarda o‘tkaziladi: 
- bilimlarning propedevtik (boshlang‘ich bilimlarini bilish bo‘yicha) nazorat; 
- egallangan ko‘nikma va o‘quvlarning tematik (joriy) nazorati; 
- bilimlarning marraviy nazorati; 
- o‘quv fanining barcha materiali bo‘yicha yakuniy attestatsiyasi; 


- qoldik bilim va o‘quvlarning monitoringi (rezidual nazorat). 
Ta’lim sohasidagi bilimlar, ko‘nikmalar va maxoratlarni nazorat qilishning 
test tizimi quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi: diagnostik, ta’lim beruvchi, 
tashqil qiluvchi, tarbiyalovchi va boshqaruvchi. Diagnostik funksiya test 
nazoratining o‘zini mohiyatidan iborat: o‘quv darsining darajasida qanday bo‘lsa, 
o‘quv fanining ancha umumiy darajalarida va talabaning barcha professional 
tayyorgarligida ham shunday tayyorgarlikning yutuqlari va tuzilishlarini 
aniqlashdan iborat. 
Ta’lim beruvchi funksiya test yoki etalonli javoblar jarayonida aytib turishni 
ko‘rsatish, bilish sohalarini namoyon qilish, probel (bo‘shliq)larni topishdan kelib 
chiqadi. Sinov darslari ta’sirida bilimlarni mukammallashtirish qo‘shimchalar, 
aniqliklar va to‘g‘rilashlar yo‘li bilan kechadi. 
Tarbiyalovchi funksiya talabaning o‘quv asoslarini oshirish bilan, bilish 
faoliyatining natijalariga javobgarlikni shakllantirish bilan, o‘quv jarayonini o‘zini-
o‘zi tashkil qilish bilan bog‘lik. Nazoratning tarbiyalovchi va rag‘batlantiruvchi 
harakati agar uning natijalari oshkora bo‘lsa, oshadi. Umuman, shaxs uchun o‘quv 
yutuqlarini nazorati kamchiliklarni ham, afzalliklarni ham ko‘rishga yordam 
beradi. Testlashning boshqaruvchi funksiyasi testlash natijalari bilan tug‘ilgan va 
o‘quv jarayoni samaradorligini oshirishga o‘qishning qo‘llaniladigan metodika va 
texnologiyalarini mukammallashtirishga qaratilgan o‘quvchining, o‘qituvchining 
va ta’lim muassasalari ma’muriy boshqarmasi harakatlari bilan bog‘liq. An’anaviy 
og‘zaki imtihon bilan solishtirganda imtihon testi nafaqat baholashning eng 
ob’ektiv usuli bo‘lib qolmay, balki psixologik tomondan eng asrab-avaylovchidir: 
xavotirlik darajasi kam, e’tibor darajasi yuqori, organizmning fiziologik 
harakteristikasi eng qulaydir. 
Bunda og‘zaki imtihonning shunday «nozik farqi», ya’ni imtihon 
oluvchining haddan ziyod qattiqqo‘lligi yoki, aksincha, haddan ziyod 
ko‘ngilchanligi aniq talabaga nisbatan imtihon oluvchining emotsional tarzda 
qo‘yadigan bahoga ta’siri yo‘qotiladi. Yaxshi tayyorlangan guruhga baholarni 
beixtiyor pasaytirish effekti tenglashtiriladi, qachonki, imtihon oluvchi uning unga 
xos baholarni taqsimlash shkalasini ishlab chiqishga intiladi. Imtihon testida 
talabalar unifikatsiyalashining darajasi yuqori, baholashning yagona kriteriya va 
normalari ishlab chiqiladi, talabalarning va o‘qituvchilarning vaqti tejaladi. 
Imtihondagi omadsizlik o‘qituvchi shaxsi bilan bog‘lanmaydi. 
O‘quv jarayonidagi zamonaviy testlash kvalimetrik o‘lchovlar nazariyasi va 
injenerlik pedagogikasiga asoslanadi. 
Oliy ta’lim muassasalaridagi (OTM) o‘quv jarayonida ishlatiladigan testlar 
o‘z vazifasiga ko‘ra quyidagi ikki guruxga bo‘linadi: 
- malakaviy (normativ yunaltirilgan); 
- attestatsiyali (kriteriyali yunaltirilgan). 
Birinchi turi eng ko‘p tarqalgandir. Uning uchun muayyan tartib maqsadlari 
yoki tanlash uchun individual natijani boshqa o‘quvchilar va o‘rta gurux natijalari 
bilan solishtirish harakterlidir. Agar talaba OTM ga shunday testlash natijalari 
bo‘yicha kirgan bo‘lsa, unda talabalik xayoti boshlanishi mumkin («o‘tish ball» 
idan oshiq ballar yig‘indisini to‘plagan holda). Malakaviy testlashning tez-tez 


takrorlanib turadigan maqsadi muayyan tartib - o‘zlashtirish: «a’lochilar», 
«to‘rtchilar», «uchchilar», «o‘zlashtira olmaydiganlar» kategoriyasi bo‘yicha 
o‘quvchilarni guruxlarga bo‘lishdir. 
Attestatsiya testlari berilgan mutaxassislikdagi talabalarda yutuqlarning 
individual darajasini tushuntirishga qaratilgan. Buning uchun attestatsion sinov 
jarayonida ob’ektga, u xali xatoga yo‘l kuymasidan, o‘suvchi murakkablikda 
ketma-ket test topshiriqlari beriladi. Talaba o‘ziga ishongan holda javob beradigan 
topshiriqlarning murakkablik darajasi berilgan fan sohasidagi uning yutuqlar 
darajasini harakterlaydi (test paytidagi «shaxsiy» rekord). Boshqa so‘z bilan 
aytganda, kriteriyali yunaltirilgan testlarning asosida yaxshi o‘zlashtiruvchi talaba 
o‘rganadigan bo‘limlarning rejalashtirilgan hajmi bilan individual natijalarning 
solishtirilishi yotadi. Qoidaga ko‘ra, malakaviy testlarda topshiriqlar ularning 
murakkabligini oshishi tartibida joylashtiriladi (ya’ni, to‘g‘ri javob olishga 
yetaklovchi harakatlar sonining o‘sishi bo‘yicha). Bu IQ - aniqlash testlarida 
qanday bo‘lsa, kirish imtixonining biletlaridagi topshiriqlariga ham shunday 
tegishlidir (variantlarda). Ammo biletlardagi savollar sonining kamligida, ularni 
attestatsiya testlariga kiritib bo‘lmaydi. Oliy ta’limning zamonaviy pedagogikasida 
maqsadli sifatida shaxsga yunaltirilgan ta’lim prinsipi qabul qilinadi, testlarning 
o‘quv jarayonida kriteriyali yunaltirilgan (attestatsiya testi) ni ishlab chikish va 
ishlatish aloxida muhim ahamiyat kasb etadi. Ular shaxsiy yutuqlarning 
yaxshilanishiga sezilarli asosni yaratadilar va ochik masofaviy ta’lim maqsadlariga 
aynan mos keladi. Shunga qaramay, malakaviy testlar o‘quv jarayonining 
monitoringi uchun dolzarb bo‘lib qoladi. 
Talabalarning yakunlovchi bilim va malakalarini ta’lim jarayonida turli 
mezonlar va yondashuvlarga tayanib aniqlash, bu jarayonlarga axborot 
texnologiyalarini, ochiq kodli dasturiy ta’minotlarni qo‘llash, ularning qo‘yilgan 
didaktik talablarga mosligi haqiqiyligini nazorat qilish mumkin. 
Ma’lumki, ta’lim jarayonini bunday baholash, faqat talabaning o‘zlashtirish 
darajasini belgilash bilan chegaralanib qolmay, o‘qish jarayonini rag‘batlantirishda 
muhim pedagogik vosita va ijobiy motiv uyg‘otish bilan talaba shaxsiga kuchli 
ta’sir etadi. Shu xilda talabani ob’ektiv baholash asosida unda adekvat ravishda 
o‘z-o‘zini baholash imkoni tug‘iladi va o‘z muvaffaqiyatlariga tanqidiy munosabat 
shakllanish qayd etiladi. Ta’limda ochiq kodli dasturiy ta’minotlar, veb-saytlarning 
sifati ta’lim jarayonida axborot fazasining rivojlanishiga ta’sir etuvchi eng muhim 
jihatlardan sanaladi. 
Bilimlarni nazorat qilishni amalga oshirish uchun test asosida nazorat 
qilishga qo‘yiladigan asosiy talablar quyidagilardan iborat: 
- validliligi (funksiya va mazmuni jihatidan adekvatligi); 
- aniqligi (hamma uchun tushunarliligi); 
- soddaligi; 
- bir xil ma’noni anglatishi (javoblariga ko‘ra baholash); 
- ishonchliligi. 
Bunda testning validligini aniqlashda uning mazmuniy va funksional 
validligini farqlay bilish lozim. 


Testning aniqligi bo‘yicha talablarning bajarilishi, talaba tomonidan 
topshiriqlardan nimani bajarilishi lozimligini to‘g‘ri tushunishdan tashqari, haqiqiy 
javobdan tashqi to‘g‘ri javoblarni ham hisobga olmasligi lozimligini uqtiradi. 
Testning soddaligi, har bir test bir xil qiyinlik darajasidagi birgina 
topshiriqdan tashkil topishi lozimligini, boshqacha aytganda, qiyinlik darajasi 
turlicha bo‘lgan bir necha yoki majmuaviy topshiriqlardan tashkil topmasliklarini 
uqtiradi. 
Test yordamidagi nazoratning ishonchliligi esa ma’lum talaba test topshirig‘i 
bo‘yicha qayta-qayta nazorat qilinganida ham uning natijalari bir xil mazmunga 
ega bo‘lishi ta’minlanishi bilan tushuntiriladi. 
Garchi kompyuter yordamidagi nazoratning testlashtirilgan bu tizimini joriy 
etishda test topshiriqlarini yaratishning yuqoridagi beshta talabga javob berishi 
zarurligi topshiriqlardan ma’lum bo‘lsada, biroq kompyuter vositasida, test 
topshiriqlari yordamida talabalarni baholashni o‘ziga yarasha yana bir qancha 
muammolari mavjud. Bundan ko‘rinishicha, ta’limning kompyuter ishtirokidagi, 
ochiq kodli dasturiy ta’minotlar yordamida nazoratining samarali bo‘lishi, 
aksariyat hollarda, tekshiruvchi bilan dastur ishlab chiqqan muallifning 
hamkorligiga bog‘liq bo‘ladi. 
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, tajriba sinflarida qo‘llanilgan ochiq 
kodli dasturlarda bilimlarni adaptiv na’zorat qiluvchi testlardan foydalanish sinov 
metodikasi samarador bo‘lib, o‘tkazilgan tajriba-sinov tahlillari uni respublikamiz 
miqyosida ommalashtirish mumkinligiga asos yaratadi. 
“Portfolio” deganda shaxsiy yutuqlarni qayd etish, yig‘ib borish va baholash 
uslubi nazarda tutilmoqda. Bu atama san’at sohasi mutaxassislari uchun avvaldan 
tanish; masalan, ko‘plab rassomlar o‘z asarlarining portfoliosini yaratishadi. 
Yuksak texnologiyalar asrida esa dizayner, fotorassom, modellik va reklama 
agentliklari kabilarning portfoliolari internetga joylanmoqda. 


Ta’lim jarayonida AKT va undan foydalanishda pedagog-mutaxassislarning 
vazifalari 
Jamiyat 
va ta’limni axborotlashtirish jarayonlarini jadallashtirish 
sharoitlarida o‘quvchilar bilan dars mashg‘ulotlarini raqamli vositalardan 
foydalanib, zamonaviy raqamli kommunikatsiya muhitida o‘tkazish katta samara 
beradi. Kichik yoshdagi o‘quvchilarni axborot va kommunikativ texnologiyalarga 
(AKT) o‘rgatish va ularni to‘g‘ri qo‘llash qobiliyatini boshlang‘ich umumta’lim 
bosqichidagi universal o‘quv faoliyatlari bilan uyg‘unlikda shakllantirish, uning 
samaradorligini ta’minlashning muhim elementi hisoblanadi. 
Shuning uchun boshlang‘ich umumta’lim bosqichida universal o‘quv 
faoliyatlarini shakllantirish uchun quyidagilarga: har qanday faoliyatlarga kiruvchi 
AKT’ni qo‘llash sohasidagi elementlar bilan tanishtirish, AKT-savodxonligi 
elementlari hisoblangan texnologik ko‘nikmalar alohida emas, balki idrok etish va 
kommunikativ masalalarni hal etish uchun ularni qo‘llash bilan birgalikda 
shakllantirilishiga e’tibor qaratish zarur. 
AKT vositalaridan foydalanish universal o‘quv faoliyatlarini tartibsiz 
shakllantirishdan maqsadga yo‘nalgan va reja asosida shakllantirishga o‘tishga 
yordam beradi. Albatta, universal o‘quv faoliyatlarining shakllanganligini 
baholashda AKT keng qo‘llanilishi mumkin (va kerak). O‘qituvchilar va 
o‘quvchilar o‘z faoliyatlarini hamda natijalarini rejalashtiradigan, shuningdek, 
qayd etadigan axborot-ta’lim muhiti ularni shakllantirish uchun juda muhim 
ahamiyatga ega. 
AKT-bilimdonligiga boshlang‘ich sinflarda yosh bo‘yicha ehtiyojlari va 
imkoniyatlari doirasida AKT vositalaridan va axborot manbalaridan foydalanib
o‘quv masalalarini hal qilish qobiliyati sifatida o‘quv AKT-bilimdonligini ajratib 
ko‘rsatish kerak. Kichik yoshdagi o‘quvchining umumiy (umumfoydalanuvchilik) 
AKT-bilimdonligi uning bir qismi hisoblanadi. Ko‘pchilik hollarda boshlang‘ich 
sinf o‘quvchilari umumiy AKT-bilimdonligi elementlarini ulardan kattalar 
kundalik hayotlarida va kasbiy faoliyatlarida foydalanishlari darajasida 
o‘zlashtiradilar. 
AKT-savodxonligini shakllantirish masalasining hal etilishi faqat alohida 
o‘quv fanlari dasturlarida emas, balki, o‘quv faoliyatida mohiyati jihatidan bog‘liq 


bo‘lgan universal bilimdonlikni shakllantirish bo‘yicha dasturlar doirasida qayd 
etilishi kerak. 
Shaxsiy 
bilim 
faoliyatlarida 
fanlarni 
o‘zlashtirishda 
quyidagi: 
• axborotga tanqidiy munosabatda bo‘lish va uni tanlab qabul qilish; 
• boshqalar shaxsiy hayotlari haqidagi axborotni va axborot natijalarini hurmat 
qilish kabi xislatlarni shakllantirishga e’tibor qaratiladi. 
O‘quv faoliyatlarini o‘zlashtirishda quyidagilar ta’minlanadi: 
axborot muhitida amalga oshiriladigan faoliyatlar sharoitlari, borishi va 
natijalarini baholash; 
amalga oshirilgan faoliyatlarni o‘quvchilarning o‘zlari, uning o‘rtog‘i va 
o‘qituvchi tomonidan baholash hamda ularni tuzatish uchun raqamli axborot 
muhitida joylashtirilgan faoliyatlar natijalaridan foydalanish; 
o‘quvchining o‘qishdagi yutuqlari raqamli portfoliosini yaratish. 
Idrok etish universal o‘quv fanlarini o‘zlashtirishda AKT umumta’lim 
universal faoliyatlarida muhim rol o‘ynaydi va pedagog-mutaxassislarning asosiy 
vazifalari quyidagilar: o‘quvchining individual axborot arxivlarida, ta’lim 
muassasasi axborot muhitida, axborot ta’lim resurslari mintaqaviy zahiralarida 
axborot izlashni o‘rgatish; atrof-olam va ta’lim jarayoni haqida axborotlarni qayd 
etish (yozib olish), jumladan, audio va video yordamida (o‘quvchilarning ishlarini 
va boshqalar)ni yozib olish, raqamlashtirishni o‘rgatish; bilimlarni tizimlashtirish, 
ularni tashkil etish va konseptual diagrammalar, xaritalar, davr yo‘nalishlari va 
genealogik daraxtlar ko‘rinishida taqdim etish; klaviatura vositasida teriladigan 
matnlardan iborat gipermedia xabarlar, raqamli ma’lumotlar, tasvirlar va tovushlar, 
xabar elementlarini yaratishni o‘rgatish; audio-ko‘rgazmali namoyish etish bilan 
chiqishlar tayyorlash; haqiqiy va virtual konstruktorlar konstruktiv elementlaridan 
obyektlar va jarayonlar modellarini shakllantirishdan iborat. 
AKT kommunikativ o‘quv faoliyatlarini shakllantirish uchun muhim vosita 
hisoblanadi. Buning uchun quyidagilardan foydalaniladi: 
• gipermedia-xabarlar yaratish; 
• audioko‘rgazmali namoyish mahsuloti bilan chiqish; 
• jamoali/shaxsiy kommunikatsiyaning borishini qayd etish (audio-video va 
matnli yozuv); 
• raqamli muhitda muloqotlar (elektron pochta, chat, videokonferensiya, 
forum, blog). 
O‘quvchilarning AKT’dan to‘g‘ri foydalana olish malakalarini shakllantirish 
tizimli-faoliyatli yondashish doirasida, o‘quv rejasi barcha fanlarini o‘rganish 
jarayonida sodir bo‘ladi, uning natijasi esa, o‘quvchilarni o‘qitish integrativ 
natijasidan iborat bo‘ladi. Umumlashtirilgan ko‘rinishda bu ushbu dasturda va 
boshlang‘ich umumiy ta’lim asosiy dasturini o‘zlashtirish rejalashtirilgan 
natijalarida aks ettiriladi. 
AKT-bilimdonligini universal o‘quv fanlari bilan uyg‘unlikda shakllantirish 
dasturiga kiritilishi ta’lim muassasasiga va o‘qituvchiga har bir fan xususiyatlarini 
hisobga olib, turli malakalarni o‘zlashtirishda takrorlashlarning oldini olishlariga, 
turli o‘quv kurslari mazmunini birlashtirishni va sinxronlashtirishni amalga 
oshirishlariga imkon beradi. Axborot bilan ishlash va AKT vositalaridan 


foydalanishni o‘zlashtirish fakultativ kurslar, to‘garaklar, o‘quvchilarning sinfdan 
tashqari faoliyatlari mazmuniga ham kiritilishi mumkin. AKT-bilimdonligini 
shakllantirishning asosiy omillari va ularning mazmuni quyidagilardan iborat. 
AKT vositalari. Ko‘rish organlari, nerv tizimi, faoliyat-tayanch apparati 
uchun xavfsiz bo‘lgan AKT vositalari bilan ishlash ergonomik uslublaridan 
foydalanish. O‘rnini to‘ldiruvchi mashqlarni bajarish. Fayllar va papkalar tizimini 
tashkil qilish, fayllardagi o‘zgarishlarni eslab qolish, fayllar va papkalarni 
o‘zgartirish, faylni chop etish. 
Axborotni yozish, qayd etish. Bevosita kameradan, jumladan, raqamli 
mikroskop, mikrofon, raqamli datchiklardan axborotlarni kompyuterga kiritish. 
Tasvirlar, matnlarni skanerdan o‘tkazish. Axborotni yozib olish (saqlab qolish). 
Tasvir ko‘rinishida kiritilgan matnni tanib olish. Foto va video-tasvir qurilmalari, 
axborotni ko‘chirish, saqlash moslamalari flesh-kartalar bilan asta tanishtirib 
borish zarur. 
Kompyuterda matn yaratish. Bunda klaviaturadan foydalanish va uning 
yordamida matn yaratib, so‘zlarning to‘g‘ri yozilishi, tinish belgilari, orfografiya 
qoidalarini o‘zlashtirib borishlari, shu bilan birga matnni saqlash, unga o‘zgartirish 
kiritish va boshqalarni o‘rganish. Matnni terish bilan ona tili va chet tillarini 
o‘rganishga intilish. 
Grafik ma’lumotlar. Grafik planshetda rasm chizish (tayyor rasmdan nusxa 
olish, shaxsiy rasmlarni yaratish)ni o‘rganish. Oilaviy shajara daraxtini yaratish. 
Matnni tahrir qilish. Matnga o‘zgarishlar kiritish: so‘z yoki matn qismini 
o‘chirish, almashtirish, o‘rniga qo‘yish va boshqa amallar vositasida matnni tahrir 
qilish. Tasvirlarni (slayd-shou), video va audio yozuvlarni tahrir qilish. 
Axborotni qidirish. Kompyuter lug‘atlaridan biror tushuncha yoki 
Internetdan axborotni qidirib topish. 
Xulosa qilib aytganda, dars jarayonida AKT’dan foydalanishda pedagog-
mutaxassislar quyidagilarga: 
• o‘quvchining tabiiy motivatsiyasi, ta’lim maqsadlari; 
• AKT bilimlarini o‘zlashtirish natijalarini nazorat qilib borish; 
• fan sohasi bo‘yicha AКТ’dan foydalanish samaradorligini oshirish; 
• fan sohasi bo‘yicha o‘zlashtirishni baholab borishda muhim hisoblangan 
raqamli portfolioni shakllantirishga e’tibor qaratishlari lozim. 

Download 353,7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish