Mavzu : Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish asoslari



Download 3,74 Mb.
bet1/2
Sana16.04.2022
Hajmi3,74 Mb.
#555869
  1   2
Bog'liq
Qishloq xo\'jaligi

Mavzu : Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish asoslari


1
    • O’zbekistonda qishloq xo’jaligi yerlaridan foydalanishni, mahsulotlarining hosildorligini oshirish

2
    • Jahon qishloq xo’jaligiga umumiy ta’rif

Reja
Qishloq xo‘jaliging asosiy vazifasi, bu - ishlab chiqarishning barqaror ishlashini ta’minlash va iqtisodiy samaradorligini oshirib borish asosida mamlakat aholisining oziq-ovqatga, sanoatning esa xom -ashyoga bo‘lgan ehtiyojini qondirishdir. Bugungi kunda aholi jon boshiga to‘g ‘ri keladigan oziq-ovqat mahsulotlarining yillik iste’m oli 55-70 foizni tashkil qilmoqda. Chakana savdoda oziq-ovqat mahsulotlari importi salmog‘i 40 foizdan ziyod. Qishloq xo‘jaligini erkin bozor iqtisodiyoti qonunlari talabi darajasida barqaror rivojlantirish uchun qishloq xo‘jaligida xo‘jalik yuritishning turli mulkchilik shakllarini va tadbirkorlik shakllarini barpo etishning zarurligi, yer-suv resurslaridan samarali foydalanish, sug‘oriladigan yerlar maydoni, sifati, moddiy-texnika resurslari, fan-texnika taraqqiyoti, ilg’or texnologiyalar va ulardan samarali foydalanish, qishloq xo‘jaliging asosiy va aylanma fondlari, mehnat resurslari bozori, mehnat unumdorligini oshirish, investitsiyalar (kapital qo‘yilmalar) bo‘yicha davlatning siyosati, qishloqda servisni rivojlantirish, xarajatlami tejash, mahsulotlaning va xizmatlaming baholarini belgilash va qishloq xo‘jalik korxonalarining daromadlarini ko‘paytirish yo‘llarini asoslab berish maqsadga muvofiqdir.
Ayni paytda O’zbekiston qishloq xo’jaligi ko’p tarmoqli bo’lib, unga paxtachilik bilan birga g`allachilik, kanopchilik, mevachilik, uzumchilik, sabzavot va polizchilik, qoramolchilik, qo’ychilik, parrandachilik, yilqichilik, asalarichilik, pillachilik sohalari kiradi. Mazkur tarmoq ham bug`doychilik, arpachilik, makkajo’xorichilik, chorvachilikning qo’ychiligida qoramolchilik, hisori qo’ychilik Respublika aholisining 60 foizidan ortig`i (uning ayrim viloyatlarida esa 80 foizi) qishloqlarda yashaydi. Mamlakatda ishlab chiqariladigan yalpi ijtimoiy mahsulotni 26-27 foizi milliy daromadining esa 45 foizi qishloq xo’jaligida yaratildi.Qishloq xo’jalik ilmiy ishlab chiqarish markaziga aylantirildi. Yuqorida zikr qilingan holatlar mamlakat qishloq xo’jaligida boshqaruv tizimining murakkab ekanligini ko’rsatadi. Biroq respublikaning qishloq xo’jaligi sohasidagi asosiy ishlar va umumiy siyosatni faqat qishloq va suv xo’jaligi vazirligi amalga oshiradi. Ayrim sohalarda chuqur ixtisoslashuvga ko’ra esa qishloq xo’jaligidagi bir qator korxonalar. “O’zmevasabzavotuzumsanoat”, “Јorako’l”, “Pilla”, “O’zparrandasanoat”, “Asal” kabi uyushma va respublika ishlab chiqarish birlashmalariga qaraydi.
Mustamlakachilik yillarida O’zbekistonning xalq xo’jaligi bir tomonlama rivojlantirildi. Ya'ni qishloq xo’jaligida paxta yetishtirishga, sanoatda esa paxta yalpi hosilini birlamchi qayta ishlash (ya'ni Rossiya to’qimachlik sanoati uchun xomashyo - paxta tolasi ishlab chiqarish)ga asosiy e'tibor qaratildi. Respublika sanoatining qolgan muhim tarmoqlari ham paxta majmuini rivojlantirishga muvofiq ravishda taraqqiy qildirildi. 1913 yilda mamlakatimiz hududida 425 ta sanoat korxonasi mavjud edi. Mamlakatimiz xalq xo’jaligi mustaqillik yillarida yangi bosqichga qadam qo’ydi. Bozor iqtisodiyotining birinchi bosqichidayoq (1991-1994) iqtisodiy islohotlarga oid qonunlar qabul qilindi, uning huquqiy negizi yaratildi. Islohotlar hayotning barcha jabhalarini qamrab oldi. 1995 yildan boshlab O’zbekiston jamiyatni isloh qilishning ikkinchi bosqichiga qadam qo’ydi. Ushbu bosqich bozor munosabatlariga o’tish tuzilmalarini shakllantirishni yakunlashni, mamlakat xalq xo’jaligini har tomonlama rivojlantirishni, milliy valyutani barqarorlashtirishni va uning ichki konvertasiyasini ta'minlash bilan boІliq davlat mulkini xususiylashtirishni yakunlash hamda iqtisodiyotni xomashyo yetishtirib berishdan tayyor mahsulot chiqarishga yo’naltirishni ko’zda tutilgan. Shuningdek, iqtisodiy islohotlarning yuqorida zikr qilingan ikkinchi bosqichida iqtisodiyotni barqarorlashtirish va xalq xo’jaligi uzoq tarmoqlari o’sishini ta'minlash, ishlab chiqarishda aholi keng iste'mol mollariga ko’ra ularning ehtiyojini nazarda tutib o’zgarishlar qilish va boshqa hayotiy masalalar xalq xo’jaligida qator tarkibiy o’zgarishlar yuz berdi. 
2018 yilda O‘zbekiston agro oziq-ovqat mahsulotlari eksport qiymati bor-yo‘g‘i 1,3 mlrd dollarni yoki har gektar mahsuldor yerga nisbatan 330 dollarni tashkil qildi. Taqqoslash uchun, o‘sha yili Vetnam 40 mlrd dollarlik qishloq xo‘jalik mahsulotini eksport qilgan. Bu davlatning eksportdan olgan foydasi har bir gektar mahsuldor yerga 6100 dollarni tashkil qiladi.
Jahon savdo tashkiloti tarkibiga kirish uchun hukumat tomonidan olib borilayotgan iqtisodiy islohot va chora-tadbirlar O‘zbekiston uchun qishloq xo‘jalik mahsulotlari, xususan meva-sabzavotlarni jahonning ko‘pchilik mamlakatlariga eksport qilish imkonini beradi.
Mamlakat qishloq xo‘jaligining asosiy masalalardan yana biri — eksport tomonidan taqdim etiladigan imkoniyatlarni amalga oshirishda mehnat resurslarining keng miqyosda ishtirok etishini ta’minlash zaruriyatidir. Hozirgi kunda meva-sabzavot mahsulotlarining 60 foizi katta bo‘lmagan dehqonchilik xo‘jaliklari va uy-joy uchastkalarida yetishtirilmoqda. 
O’zbekiston qishloq xo’jaligi turli xil geografik imkoniyatlarga ega bo’lgan mintaqalarda yuritiladi. Shu jihatdan geograf olimlar tomonidan mamlakat xuddi uchta zonaga bo’lingan. Ular: 1. Tog` va Tog`oldi zonasi. Zona respublikaning 21,5%ini ishІol qiladi. Uning baland qismida archazorlar va yoz yaylovi uchun o’tloqzorlar bor. Uning Tog`oldi qismi bahorikor yerlar bo’lib, undag`alla xashaki ekinlar ekish, boІdorchilik, uzumchilikni rivojlantirish mumkin. 2. SuІoriladigan zona. U mamlakat hududining 18%ini qamrab oladi. Mazkur zona Farg`ona vodiysi, Chirchiq, Ohangaron, Zarafshon,Qashqadaryo vohalari, Surxon-Sherobod vodiysi,Quyi Amudaryoni o’z ichiga oladi. 3. Cho’l-yaylov zonasi. Uning maydoni mamlakat hududining 60%idan ko’proqdir. Bu zona mamlakatning qorako’l qo’ylari boqiladigan istiqbolli zonasidir.
2018 yilda O‘zbekistonning 70 foiz ekin maydonlari paxta va bug‘doy yetishtirish uchun ishlatilgan. Oxirgi bir necha yillarda ba’zi yer maydonlari paxta va bug‘doy yetishtirishdan chiqarildi. Lekin qishloq xo‘jaligini rivojlantirishda unumdorlikni oshirish uchun hozirgi kunda mazkur ikki mahsulot ekish uchun ishlatilayotgan qo‘shimcha maydonlardan keyinchalik boshqa yanada foydali ekinlarga, xususan, meva va sabzavotlar ekish uchun foydalanish lozim . Jahon banki hisob-kitoblariga ko‘ra, O‘zbekiston paxta va bug‘doy maydonlarini qisqartirish, masalan ularni 50 foizgacha kamaytirish qishloq xo‘jaligi yalpi mahsulotining 51 foizga, qishloq xo‘jaligida bandlikning 16 foizga, suv tejamkorligining 11 foizga oshishiga olib keladi.
Yer shari iqtisodiy faol aholisining 60 foizdan ortig’i qishloq xo’jaligida band, agar qishloq xo’jaligiga yordam beruvchi yosh va keksalarni hisobga olsak unda jahon aholisining 2/3 qismi qishloq xo’jaligi sohalariga to’g’ri keladi. Hozirgi vaqtda ham Afrika va Osiyoni ko’pgina davlatlarida aholining 70 foizdan ortig’i qishloq xo’jaligida band. Ayrim davlatlarda, masalan: Verxnaya Voltada (G’arbiy Afrika) 95 foiz aholi qishloq xo’jaligida band. Sanoatlashgan va iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda qishloq xo’jaligida band aholi salmog’i kamayib bormoqda. AQShda hozirgi vaqtda qishloq xo’jaligida 5 foiz aholi, Buyuk Britaniyada esa 2 foizdan kamroq aholi qishloq xo’jaligida ishlaydi.
Qishloq xo’jaligi ikki asosiy tarmoqqa bo’linadi:
1. Ziroatchilik
2. Chorvachilik
Hozirgi zamon qishloq xo’jalik geografiyasi ko’pgina omillarga bog’liq: iqtisodiy, tabiiy va siyosiy.
Rivojlanayotgan mamlakatlarda mahsulot ishlab chiqarish sur’ati, aholi o’sish sur’ati bilan barobar, jumladan, oziq-ovqat mahsulotlarini yaxshilash, o’zining ishlab chiqarishi hisobiga bu mamlakatlarda yo’q. Shuning uchun ham ochlik va to’yib ovqat yemaslik darajasini pastligini hisobga olish kerak. Aholi zich joylashgan rayonlarda bo’sh yerlarni tanqisligi tufayli kam kapital mablag’lar sarf qilish hisobiga ekstensiv dunyo qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini rivojlantirish cheklangandir. Ayrim hollarda esa yirik yer egalari tomonidan yerlarni o’zlashtirish sun’iy ravishda yer resurslari tanqisligini yuzaga keltirish maqsadida to’xtatiladi, ijara haqini oshiradi va arzon ish kuchini ta’minlash maqsadida qiladi. Lotin Amerikasi, tropik Afrika mamlakatlarida va boshqa rayonlarda mavjud bo’lgan yirik bo’sh yer resurslaridan oqilona foydalanish uchun ko’plab mablag’lar talab qilinadi (yuksak texnika bazasida), qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishda va unga yaqin hisoblangan - transport, aholini joylashtirish, suv ta’minoti, melioratsiya va hokazolarni ham inobatga olish zarur. Bunday keng miqyosli ishlarni rivojlanayotgan mamlakatlar faqatgina birgalikda, uyushgan holdagina bajarishlari mumkin.
Yirik iqtisodiy jihatdan rivojlangan kapitalistik davlatlarda qishloq xo’jaligi bilan sanoat rivojlanishini vertikal holati va qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishdan yirik foyda olish maqsadida monopolistik kapital hisobiga, mayda hamda o’rta fermer xo’jaliklarini xonavayron qilish hisobga amalga oshiriladi. 1980 yilda AQShda fermalar soni 2.7 mln. bo’lgan bo’lsa, 1998 yilda 1.0 mln ga qisqardi, shu jumladan (mahsulot) tovar fermalari — 1.6 mln. ga yaqin va bundan keyin ham tovar fermalari sonini qisqartirish va buning hisobiga ishlab chiqarishni o’rtacha ko’paytirish ko’zda tutilgan.
Yirik monopolistik kapital egalari qishloq xo’jaligiga chuqur kirib boribgina qolmasdan, mashinalar, mineral o’g’itlar sotish, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini sotib olish, banklardan kredit olib berish bilan chegaralanib qolmasdan, balki qishloq xo’jalik yerlarini sotishni ham qo’llarida olib qolishiga xarakat qilmoqdalar.

Download 3,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish