Mavzu : Korrupsiya rivojlanish kushandasi



Download 51,5 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi51,5 Kb.
#318989
Bog'liq
Korrupsiya rivojlanish kushandasi


Mavzu : Korrupsiya rivojlanish kushandasi.

Reja :
1 . Korrupsiya tushunchasi hamda uning ko‘rinishlari .

2 . Korrupsiyaga yetaklovchi omillar .

3 . Korrupsiyasiz jamiyat sari .


“Korrupsiya bilan hech qachon maqsadimizga erisha olmaymiz”

SH.Mirziyoyev


1 . Korrupsiya so’zi lotincha “buzish”, “aynish” degan ma’nolarni anglatadi. Biror mansabdor shaxsning qonunchilikka va axloqqa zid ravishda o’zining boshqaruv vakolatlari va huquqlaridan shaxsiy manfatlar maqsadida foyda olishidir. Korrupsiya atamasi odatda siyosiy apparatga nisbatan ishlatiladi. Mansabdor shaxslarni sotib olish, ularning poraga sotilishi ham korrupsiya deyiladi. Xalqaro darajada 1970-yilda Yaponiyaga samolyotlar sotishda kompaniya tomonidan oliy davlat amaldorlarini sotib olish bo’yicha “Lokxid ishi” eng yirik korrupsiya ko’rinishlariga misol bo’ladi.Korrupsiyaning eng keng tarqalgan turlariga poraxo’rlik, firibgarlik, tovlamachilik, nepotizm kiradi. Bunday jinoyatlarning ko’plab sodir etilishi iqtisodiyotni zaiflashtirib, siyosiy boshqaruvni izdan chiqarishi va fuqarolarni davlat tizimi va siyosiy tizimlarga nisbatan ishonchsizligini keltirib chiqarishi mumkin. Mustaqillikka erishganimizdan keyingi davrda ushbu turdagi jinoyatchilikni oldini olishga qaratilgan qator huquqiy hujjatlar qabul qilingan, unga qarshi kurashuvchi davlat idoralari,ularning tarkibiy tuzilmalari tashkil etilgan bo’lsada, unga qarshi kurashish ko’ngildagidek bo’layotgani yo’q. Tom ma’noda korrupsiyaviy jinoyatchilik ildiz otib, miqdori kun sayin oshib bormoqda. Eng xatarlisi esa odamlarni bunday holga nisbatan befarqligi, unga oddiy holat sifatida munosabatda bo’lishidir. Chuqurroq o’ylab qarasak korrupsiya va unga bog’liq bo’lgan iqtisodiy jinoyatchilik davlatlarning bugungi iqtisodiy va siyosiy vaziyatida taraqqiyotga to’sqinlik qiluvchi asosiy xavf manbai, xavfsizlikka tahdid hisoblanadi.Korrupsiyadan ko’rilayotgan zararning ko’lami cheksiz. Global moliyaviy oshkoralik tashkiloti ma’lumotlariga ko’ra, 2001-yildan 2010-yilga qadar dunyoning 150 rivojlanayotgan davlatida 6 trillion dollarga yaqin pul korrupsiya bois ko’kka sovurilgan. Bunday davlatlar ro’yxatining boshida Xitoy turibdi. O’tgan 10 yil davomida bu o’lkada 2,75 trillion dollar noqonuniy oldi-berdi uchun sarflangan. Ayni davrda Meksikada 476 milliard dollar pul davlat g’aznasidan o’marilgan, ya’ni har bir fuqarodan 4500 dollardan o’g’irlandi degani. Rossiyada korrupsiya keltirgan zarar 152 milliard dollarga teng. Afrika davlatlarida eng korrupsiyalashgani Nigeriya. U yerda noqonuniy kapital aylanmasi 129 milliard dollarga teng.Mamlakatimizning kelajagini va obro‘-e’tiborini qadrlaydigan har bir vijdonli fuqaro bu tahdidni esda tutmog’i darkor. Halol mehnat qilish, o‘z bilimi, kuch-g’ayrati va ijodiy qobiliyatini sarflash uchun barqaror shart-sharoit bo‘lishini istaydigan, farzandlari va yaqin kishilari kelajakda ham demokratik, fuqarolik jamiyatida sivilizatsiyalashgan bozor munosabatlarining samaralaridan to‘la-to‘kis foydalanishni orzu qiladigan har bir fuqaro, korrupsiya yo‘liga o‘z vaqtida zarur to‘siq qo‘yilmasa, bu illatlar qanday ayanchli oqibatlarga olib kelishi mumkinligini yaxshi anglab yetmog’i lozim.
2 . Payg’ambarimiz Rasululloh s.a.v. aytdilar “ Pora beruvchiga ham , pora oluvchiga ham la’nat bo’lsin “ . Biz korrupsiya balosiga qarshi birgalikda, ahillik bilan, dadil qadamlar ila kurashmog’imiz zarur.Uning kelib chiqish sabablarini aniqlash, korrupsiyaga qarshi kurashning samarali yo‘llarini topish bo‘yicha mutaxassislar, turli institutlar va xalqaro tashkilotlar tomonidan yuzlab, minglab tadqiqotlar o‘tkazilgan. O‘ziga xos reytinglar tuzilib, har xil ko‘rsatkich va raqamlar qayd etilgan , jadvallar yaratilgan. Hatto korrupsiyaning xilma-xil ko‘rinishidagi formulalari ham ishlab chiqilgan. Hanuzgacha, barcha millatlar uchun qo‘l keladigan qarshi kurashda asqotadigan yagona yechim yo‘q. Gap shundaki, korrupsiyaning asl ildizi uning paydo bo‘lish geografiyasi bilan o‘zgaradi. Xo‘sh, O‘zbekistonda qanday omillar uning kurtak otib, «gullab-yashnashi»​ga sharoit yaratmoqda.Avvalo, Adliya vazirligi rasmiy saytida keltirilgan izohni qaytadan ko‘rib chiqish tavsiya etiladi: «Korrupsiya – davlat organlari xodimlari moddiy yoki mulkiy yo‘sinda, g‘ayriqonuniy shaxsiy naf ko‘rish maqsadida, o‘z xizmat mavqeidan foydalanishida ifodalanadigan ijtimoiy hodisadir»​.Bu yerda kalit so‘zi «davlat organlari xodimlari»​ sanaladi. Ya’ni, ushbu jumlaning o‘zi korrupsiya darajasi yuqori ekanida davlat xizmatchilarining roli muhim ekanligini ko‘rsatadi. Davlat organlarida xizmat qilayotganlarni bunday qabih ishga qo‘l urishga nima undamoqda? Javob yana izohning o‘zida yastanib turibdi: «moddiy yoki mulkiy yo‘sinda, g‘ayriqonuniy shaxsiy naf ko‘rish maqsadida»​! Tabiiyki, korrupsiya ortida mo‘may daromad topish ilinji turibdi, biroq har bir quyi bosqichda uning hakalak otishiga davlat xizmatchilarining oylik maoshi pastligi sabab bo‘lmoqda. Masalan, mahalliy hokimiyatning oddiy xizmatchisini ko‘z oldingizga keltiring, uning kichik maoshi, aslida xodim inson kapitaliga mos emasligi, korrupsiyaga qo‘l urishga majbur qiladi. Soddaroq qilib aytganda, kuchli bilim va tajribaga ega xodim hech qachon kichik maosh taklif etilgan ish lavozimida mehnat qilmaydi. Uning oldida tanlash uchun ikkita yo‘l turibdi: ish joyini o‘zgartirib, ko‘p oylik maosh va’da qilib turgan xususiy sektorga o‘tib ketish yoki kichik maoshga «qanoat»​ qilib, korrupsiyaga qo‘l urish. Bunday vaziyatda, davlat organlarida kadrlar yetishmovchiligi kuzatilib, tajribali va bilimli mutaxassislarni yo‘qotishi ham hech gap emas.Davlat organlarida oylik maoshni oshirish bilan korrupsiyaga barham berish mumkinmi? Aslo! Korrupsiya darajasini susaytirish borasidagi takliflarni quyida batafsil mushohada etamiz, lekin, ayni chog‘da uni keltirib chiqaruvchi yana bir omilga e’tibor qaratsak: korrupsiyani keltirib chiqaruvchi sun’iy to‘siqlar.Sun’iy to‘siq, deb atalmish jihatlar shundan iboratki, ularning barchasini siyosiy iroda kuchi bilan yo‘q qilish mumkin. Ular nimalar? Ro‘yxatning boshida davlat organlari xodimlarini ishga qabul qilishda yuz berishi «belgilangan mantiqsizlik»​ va shaffoflikning yo‘qligidir. Gap shundaki, inson kapitalining haqiqiy qiymatini o‘zbek modelidagi «obektivka»​ orqali aniqlash mumkin emas. Bo‘lg‘usi kadrning salohiyatini tekshirish, uning psixologik va jismoniy yetukligi o‘rniga «Toshkent propiskasi»​, «yaqin qarindoshining sudlanganligi»​ kabi foydasiz vajlar har qanday bilimli kishini rasmiy doiradan uzoqroq yurishga undaydi. Agar tajribali va bilimli mutaxassis davlat organida ishlash istagi bilan eshik qoqsa, unga beriladigan ilk topshiriq ham bir talay hujjatlarni yig‘ib kelish bo‘ladi. O‘z o‘rnida har bir ma’lumotnomani olish kichik korrupsiyaga sabab bo‘lishi mumkin. Undan tashqari, ishga joylashish masalasida har kim «tanish-bilish»​ tizimi, mahalliychilik, urug‘-aymoqchilik, klanizm kabi «ijtimoiy hodisa»​larga duch kelishi tayin. Ana shunday barcha «-chiliklar»​ zamirida korrupsiyaga boshlab boruvchi yo‘l​ mujassam. Shuningdek, kuchli fuqarolik jamiyatining haqiqiy belgisi sifatida davlat organlarining xalq oldida hisobdorligi, ularning faoliyati va moliyaviy harakatlar aniq raqamlar bilan ifodalanishi shart. Har bir sohaning xalq oldidagi hisobdorligidan tashqari, ayni paytda, Oliy Majlis a’zolari, vazir va davlat qo‘mita raislari, yuqori rahbarlik lavozimida ishlaydigan amaldorlarning shaxsiy mol-mulki, daromadlari hamda ularning manbasi shu paytgacha ko‘rsatilmagan. Hisobdorlik shakli qanday bo‘lishi kerak? Agar bironta vazirlik misolida qisqacha tushuntirish berilsa, hisobdorlik belgilangan vazifalar, taqvimdagi masalalar hamda bajarilgan ishlar kabi harakatlar bilan to‘yintirilishdan tashqari, moliyaviy shaffoflikni talab etadi. Bunda har qanday oddiy xalq vakili istagan savoliga javob olishga haqli bo‘lishi nazarda tutilsin. Xulosa shundaki, korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillar ana shu hodisa yashab turgan jamiyat yaratgan tizimning nosog‘lom yashashida namoyon bo‘ladi. Shu o‘rinda alohida ta’kidlab o‘tish lozimki, ommaviy axborot vositalarining korrupsiyaga qarshi kurashdagi asosiy vazifasi ijtimoiy kayfiyatni yoritish: cho‘qqining o‘tkir nuqtasiga yetib kelganimizni eslatib turishdan iborat.

Korrupsiya shu darajaga yetib borganki, tibbiyotning u aralashmagan biror yo‘nalishi qolmagan. Korrupsiya xodim ishga qabul qilinishidan boshlab moliya-xo‘jalik faoliyatini yuritish, tibbiy xizmat ko‘rsatish, dori-darmon ta’minoti, deyarli barcha yo‘nalishlarni qamrab olgan. Sohaga qilinayotgan jiddiy e’tibor va moliyaviy ta’minotga qaramasdan jiddiy muammolar, kamchilik va nuqsonlar hamon saqlanib qolmoqda. Sog‘liqni saqlash sohasidagi ta’magirlik va suiiste’molchilik,tizimning barcha bo‘g‘inlarida korrupsiyaning keng ildiz otgani xavotirlidir.


3 . Korrupsiyaga qarshi kurash borasida huquqiy madaniyatni yuksaltirish, poraxoʻrlik, tamagirlik kabi huquqbuzarliklarni aniqlash va ularga minbʼad chek qoʻyish, bunday jinoyatlarga qarshi jazo muqarrarligini har bir shaxs bilishi zarur. Korrupsiya balosining naqadar mudhish illat ekanini tushungan, uni ongli ravishda idrok etgan odam bu jinoyatga qoʻl urmaydi. Bugungi kunda har bir davlatda korrupsiyaga qarshi kurash davom etmoqda. Har bir davlat va jamiyat korrupsiyaga qarshi kurashish yoʻlini oʻzi tanlaydi, aniqrogʻi, qanday yoʻl toʻgʻri ekanini hayot koʻrsatadi. Qonunda korrupsiyaga qarshi kurashni keng qamrovda olib borish choralari koʻzda tutilgani, bu borada har bir masalaga alohida eʼtibor qaratilgani bejiz emas. Mutaxassislar fikricha, korrupsiya soʻzi “sotish” va “sotilish” degan maʼnolarni ham anglatar ekan. Korrupsiyaga aloqador odam qonunni buzishdan tashqari, oʻzining kimligini, eʼtiqodi, maʼnaviyati qay darajada ekanini oshkor qiladi. Bunday odam nafaqat moliyaviy ziyon-zahmat yetkazadi, balki davlatni, demokratiyani behurmat qilib, obroʻsini toʻkadi, unga non-tuz berib katta qilgan, ilmu hunar, obroʻ va mansab bergan el-yurtning yuziga oyoq qoʻyadi. Oliy oʻquv yurtida talabadan yo uning ota-onasidan pora olgan, tamagirlik qilgan dekan yo boshqa mansabdor shaxs uchun iymon, vijdon, insoniylik degan tuygʻular boʻlmaydi. Ular xarom-xarish yoʻl bilan topganlarini oilasida oʻz farzandlariga harom luqma yegizayotganini tushunmaydi. Bunday oilada oʻsgan oʻgʻil-qizlar ertaga undan battar ochofat, yulgʻich, poraxoʻr boʻlib oʻsadi va bir kun albatta qopqonga tushib, umri panjara ortida oʻtadi. Mana shu haqiqatni oliy oʻquv yurtlaridagi har bir mansabdor shaxs yaxshi bilib olishi zarur. U bugun qilayotgan qingʻirliklarimni hech kim bilmaydi, sezmaydi, deb oʻylaydi. Vaholanki, bugun odamlarning koʻzi ochilmoqda. Oliy oʻquv yurtida qaysi dekan yoki boshqa mansabdor shaxs shunaqa qingʻirliklar qilayotganini atrofidagilar yaxshi bilishadi. Oriyatli, vijdonli ziyolilar ular haqda tegishli idoralarga xabar berib qoʻyishni oʻzlarining vijdoniy burchi, pokiza yashashga intilgan xalq oldidagi qarzi deb bilmoqdalar. Shunga yarasha oliy oʻquv yurtlari ham asta-sekin tozalanmoqda!
Download 51,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish