MAVLONO LUTFIY (1366 -1465) O’Z ZAMONASINING MALIK –UL KALOMI; - O’Z ZAMONASINING MALIK –UL KALOMI;
- 3000 BAYTGA YAQIN IJODIY MEROS;
- 75 % I G’AZAL JANRIDAN IBORAT;
- QIT’A
- RUBOIY
- TUYUQ
- FARD
TUYUQNING 4 OLTIN QOIDASI - 1. Tuyuq, albatta, to‘rt misradan iborat bo‘lishi kerak.
- 2. Tuyuq misralari, xuddi ruboiydagi kabi a-a-a-a yoki a-a-b-a tarzida qofiyalanishi zarur.
- 3. Tuyuq, albatta, ramali musaddasi mahzuf (yoki maqsur) vaznida, ya’ni «foilotun - foilotun - foilun (yoki foilon)» tarzida bo‘lishi shart.
- 4. Tuyuqda qofiyaga olingan so‘zlar, albatta, tajnisli bo‘lishi, ya’ni omonim so‘zlardan yoki shakldosh so‘zlardan tashkil topishi darkor.
TUYUQLAR Ko‘ngluma har yonki boqsam, dog‘i bor. Har necha dardimni desam, dog‘i bor. Qilcha tanga bori ishqing yor edi. Bir sori bo‘ldi firoqing dog‘i bor. * Ushbu tuyuqning qofiyalarida quyidagi ma’nolar yashirin: – dog‘i bor –yarasi bor, – dog‘i bor - tag’in, yana bor, – dog‘i bor –otashi yuk Men sening ilkingdin, ey dil, bandamen. Men sening ilkingdin, ey dil, bandamen. Vah, qachon yetgaymen ul dilbanda men Bevafolarg’a meni qilding asir Sen menga sultonsen, ey dil, banda men. * Ushbu tuyuqda, odatdagidek, tajnisli so‘zlar qofiya bo‘lib kelgan va ular quyidagi ma’nolarni anglatadi: - dil, bandamen - yurak, (men) banddaman (bog‘lanib qolganman); - dilbanda men - dilbandga men; - dil, banda men - yurak, banda(qul) men. Charxi kajraftor elidin yozamen, Charxi kajraftor elidin yozamen, Chiqmadim hijron qishidin yoza men, Bir meni yorliq bila yod etmas ul, Har necha ul shahg‘a qulluq yozamen. * Bu tuyuqda quyidagi tajnislarga duch kelamiz: - yozamen - yozg‘iraman (shikoyat qilaman); - yoza men - yozga men; - yozamen - yozaman (bitaman). TUSHUNCHALAR TAHLILI
ATAMALAR
|
IZOH
|
TUYUQ
|
TAJNIS SAN’ATIGA ASOSLANGAN
4 MISRADAN IBORAT SHE’RIY JANR
|
TAJNIS
|
SHAKLDOSH SO’ZLARNI KELTIRISH SAN’ATI
|
RAMALI MUSADDASI MAHZUF YOKI MAQSUR
|
TUYUQ YOZILADIGAN JANR
|
KAJRAFTOR
|
EGRI AYLANUVCHI
|
YORLIQ
|
MAKTUB
|
QULLUQ
|
ILTIFOTLI MAKTUB
| JAVOBI TANLANADIGAN TEST - KAJRAFTOR so’zining ma’nosini belgilang
- A.RAFTOR BERUVCHI
- B.BUZILGAN CHARXPALAK
- S.EGRI AYLANUVCHI ZAMON
- D.YUK TASHUVCHI ARAVA
BIR NECHA JAVOBLI TEST - Tuyuqning birinchi misrasida keltirilgan tajnisli so’zda kishilik olmoshi ishtirok etgan(HA-YO’Q)
- Tuyuqning birinchi, to’rtinchi misralarida keltirilgan tajnisli so’zlarda shaxs-son qo’shimchalari ishtirok etgan.(HA-YO’Q)
- Ikkinchi misradagi tajnisli so’zda jo’nalish kelishigining arxaik shakli ishtirok etgan.(HA-YO’Q)
JAVOBI YOZILADIGAN TEST - JAVOBI YOZILADIGAN TEST
- :”YOZAMEN” tajnisli tuyuqdan sof ko’makchini toping.(BILA)
Do'stlaringiz bilan baham: |