Ma’ruza №8. Elektrpayvand va gazalanga



Download 23,28 Kb.
Sana18.03.2022
Hajmi23,28 Kb.
#499557
Bog'liq
ХФХ Маъруза №8


Ma’ruza №8. ELEKTRPAYVAND VA GAZALANGA
IShLARDA XAVFSIZLIK QOIDALARI


REJA

  1. Elektrpayvand va gazalanga ishlarni bajarayotganda me’yor va qoidalar.

  2. Oldin yonuvchi suyuqliqlarga yoki kislotaga ega bo’lgan hajmlarni payvandlash.

  3. Elektrpayvand uskunasining kuchlanish ostida bo’lmagan metall qismlari.

  4. Gaz balonlarni tashish, saqlash.



Elektrpayvand va gazalanga ishlarni bajarayotganda, ushbu me’yor va qoidalar, GOST 12.3.003-86 va GOST 12.3.036-84, shuningdek O’zR Sog’liqni saqlash vazirligi tasdiqlagan "Payvandda, yamashda va metallarni kesishda sanitariya qoidalari talablarini bajarish lozim. Bundan tashqari, elektrpayvand ishlarini bajarayotganda, GOST 12.1.013-78 talablari bajarilishi lozim.
Elektrpayvand va gazalanga ishlarni ushbu yarusda bajarish joylari, shuningdek quyida joylashgan yaruslardagi joylar yamaydigan himoya to’shamasi yoki yonmaydigan material bilan himoyalangan to’shama yo’qligida kamida 5 m radiusda yonuvchi materiallardan, portlash havfi bo’lgan materiallar va qurilmalardan (jumladan gaz balonlari va gazgeneratorlardan) esa, kamida 10 m radusda bo’shatilishi lozim.
Konstruksilar elementlarini kesayotganda, kesilgan elementlarning tasodifan tushib ketishiga qarshi tadbirlar qurilishi lozim.
Bosim ostidagi har qanday suyuqliklar va gazlarga ega bo’lgan, yonuvchi yoki zararli moddalarga to’ldirilgan, yoki elektrotexnik qurilmalarga oid apparatlarni idishlarni va quvur o’tqazgichlarni ochiq alanga bilan payvandlash, kesish va qizdirish ishlatuvchi tashkilotning havfsizlikni ta’minlovchi tadbirlarni tashkil qilmasdan bajarishiga ruxsat berilmaydi.
Yopiq xajmlar yoki konstruksiyalar kovaklari ichida elektrpayvand va gaz alangaviy ishlarni bajarayotganda, ish joylarini so’ruvchi shamollatish bilan ta’minlash lozim. Hajm (kovak) ichida havoning harakat tezligi bu holda 0,3-1,5m/s chegaralarida bo’lishi lozim. Suyultirilgan gazlar (propan, butan) va karbonat kislota vositasida payvand ishlarini bajarayotganda, so’rish shamollatishi pastdan tortuvga ega bo’lishi lozim.
Oldin yonuvchi suyuqliqlarga yoki kislotaga ega bo’lgan hajmlarni payvandlash oldidan ularni tozalash,yuvish, quritish, so’ngra zararli moddalarning havfli konstruksiyasi qolmaganligini tasdiqlovchi tekshiruv o’tkaziluvchi lozim.
Yopiq hajmlar ichida bir vaqtda elektr payvandlash va gaz alanga ishlarni bajarishga yo’l qo’yilmaydi.
Hajmlar ichida payvand ishlarini bajarayotganda, yoritishni tashqarida o’rnatilgan yoritgichlar, yoki kuchlanishi 12 V dan ortiq bo’lmagan dastani ko’chma lampalar vositasida amalga oshirilishi lozim.
Payvandlash uskunasini payvandlanuvchi hajmdan tashqarida joylashtirish hamda me’yoriy elektrtutqichdan foydalanish lozim.
Gaz uzatuvchi shlanglarni gorelkalar, keskichlar va reduktorlar nipellarida mahkamlashni, shuningdek shlanglarni ulashni qisuvchi xomutlar vositasida bajarish lozim.
Yoy payvand uchun elektr tutqichlarga va gorelkalarga payvandlash tokini uzutish uchun payvandlash sikli davomatini hisobga olgan holda maksimal elektrik yuklamalarda ishonchli ishlashga mo’ljallangan izolyasiyalangan qayishoq kabellardan foydalanish lozim.
Payvandlash kabellarini ulashni jipslash, payvandlash, kavsharlashdan so’ng ulanish joylarini izolyasiyalash yoki maxsus ulagich muftalar vositasida bajarish lozim.
Kabellarni payvandlash uskunasiga ulashni jipslangan yoki payvandlangan kabel uchliklari yordamida bajarilishi lozim.
Payvandlash simlarini yotkizishda yoki ko’chirishda ularning izolyasiyalarining shikastlanishiga va suvga, moyga, po’lat arqonlarga va issiq quvur o’tkazgichlarga tegishiga qarshi zaruriy tadbirlar ko’rilishi lozim. Payvandlash simlaridan issiq quvur o’tkazgichlargacha va kislorod balonlarigacha masofa kamida 0,5m, yonuvchi gazlargacha esa, kamida 1 m bo’lishi lozim.
Elektrpayvand apparatlarida va ularning ta’minot manbalarida, kuchlanish ostida bo’lgan elementlarning ishonchli himoyasi ko’zda tutilishi lozim.
Elektrpayvand uskunasining kuchlanish ostida bo’lmagan metall qismlari, shuningdek payvandlanuvchi buyumlar va konstruksiyalar butun payvandlash davrida yerlantirilishlari, payvandlash transformatorda esa, bundan tashqari korpusning yerlantiruvchi boltini teskari sim ulanadigan ikkilamchi cho’lg’am qisqichi bilan ulash lozim.
Yomg’ir yoki qor yog’ayotganda, elektrpayvand uskuna va elektrpayvandchining ishlash joyi ustida soyabon yo’qligida elektrpayvandlash ishlarini bajarishga ruxsat berilmaydi.
Ochiq yoy payvand pastida payvandchilarning xonadagi ish joylari qo’shni ish o’rinlaridan va o’tuvlardan kamida 1,8 m balandligi yonmaydigan ekranlar (shirmalar, shchitlar) vositasida ajratilishi lozim.
Ochiq havoda payvandlash holida bunday to’siqlarni yonma-yon bir nechta payvandchi ishlaganda hamda binolar jadal harakatlanadigan joylarda qo’yiladi.
Gaz balonlarni tashish, saqlash, berish va qabul qilishni ular bilan muomala qilishga o’rgatilgan shaxslargagina ruxsat etiladi.
Gaz balonlarini zarbalardan va bevosita quyosh nurlari ta’siridan saqlanishi hamda isitish asboblaridan kamida 1 m masofaga uzoqlashtirilishi lozim.
Gaz balonlarini "Sanoatkontexnazorat" Agentligi tasdiqlagan "Bosim ostida ishlovchi idishlarning tuzilish va havfsiz ishlatish Qoidalari" talablariga mos tarzda maxsus quruq va shamollatiladigan xonalarda saqlash lozim. Bo’sh balonlarni gaz to’ldirilganlaridan ayrim saqlanadi.
Ishlash to’xtaganidan so’ng gazli balonlarni begona kishilar kirishini istisno qiluvchi maxsus saqlash uchun ajratilgan joylarda saqlanishlari, ko’chma asetilen generatorlar esa, kalsiy karbiddan bo’shatilib, maxsus ajratilgan joyga olib borib qo’yilishi lozim.
Kislorod balonlarni ishlatishda, saqlashda va ko’chirishda balonlar va shlanglarning moylash materiallariga, shuningdek moy izlari bo’lgan kiyimlarga va artish materiallariga tegishidan ehtiyot choralari ko’rilishi lozim.
Gaz balonlarini ko’chirishni bu maqsad uchun mo’ljallangan aravachalarda, konteynerlarda hamda balonlarning turg’un vaziyatini ta’minlovchi boshqa qurilmalarda bajarish lozim.
Asetilen generatorlarini o’tuvlarda, odamlar to’planadigan yoki o’tadigan joylarga, shuningdek kompressorlar yoki shamollatgichlar havo oladigan joylar yaqiniga joylashtirish man qilinadi.
Idishlarda, quduqlarda va boshqa yopiq hajmlarda gazalanga ishlarni bajarishda benzokeskichlardan foydalanishga ruxsat berilmaydi.
Payvand choklarining gamma-defektoskopiya yordamida sifati nazorati amalga oshirilayotganda, O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi tasdiqlagan radiofaollik havfsizligi sanitariya me’yorlari va qoidalari talablari bajarilishi lozim.
Payvand choklaring ultratovush vositasida sifati nazorati amalga oshirilayotganda, elektr qurilamalarni texnikaviy ishlatish qoidalariga rioya qilish lozim.
Download 23,28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish