Ma’ruza №7. Alkinlar, nomlanishi va olish usullari Alkinlarning nomlanishi va izomerlanishi. Uch bog‘ni hosil qilish usullari. sp-gibridlanish tushunchasi asosida uch bog‘ni tushuntirish. Alkinlarning fizik xossalari Molekulasida uch bog‘ tutgan uglevodorodlar alkinlar yoki atsetilen uglevodorodlar deyiladi. Alkinlarning gomologik qatori atsetilendan boshlanadi. Umumiy formulasi CHH2n-2.
Atsetilen qatori birikmalarida izomerlanish butindan boshlanadi va uch bog‘ning holati bilan farq qiladi. S5N8 dan boshlab esa izomerlanish uglerod skeleti bilan bog‘liq bo‘ladi.
Sistematik nomenklaturada atsetilen uglevodorodlarini nomlash uchun to‘yingan uglevodorodlaning -an qo‘shimchasi -in ga almashtiriladi. Uzun zanjir tanlab olinadi va uch bog‘ chetga yaqin tomondan nomerlanadi.
Ratsional nomenklaturada nomlash uchun atsetilen gomologlarini atsetilenning hosilasi deb qaraladi:
Oddiy atsetilen birikmalar tabiatda erkin holda uchramaydi. Ammo murakkab poliinlar o‘simliklarning gullarida uchraydi:
Atsetilen va uning gomologlari sintez qilib olinadi. Sanoatda atsetilen metan va etandan sintez qilinadi:
Metallarning karbidlaridan suv ta’sir ettirib olinadi:
CaC2 + H2O Ca(OH)2 + CH CH
Mg2C3 + 4H2O CH3-C CH + Mg(OH)2 Galogenalkanlarga KOH + spirt eritmasini ta’sir ettirib olish:
CH3-CHBr-CH2Br + 2KOH (spirt) CH3-CCH + 2KBr + 2H2O
Atsetilenning gomologlari atsetilendan yoki alkilatsetilendan olinadi:
H - C C-H + NaNH2 N - C C-Na + NH3 H-C C-Na + I-CH2CH3 H - C C-CH2CH3 + NaI
Alkilatsetilenning galogenalkan bilan reaksiyasi PdCl2katalizatorligida olib borilsa, atsetilenning yangi gomologi hosil bo‘ladi:
Iotsich kompleksi yordamida olish. Buning uchun atsetilenga Grinyar reaktivi ta’sir qilinadi:
2CH3MgI + H - C C-H IMg - C C - MgI + 2CH4 Sintez qilingan kompleksga galogenalkan qo‘shib qizdiriladi:
IMg - C C - MgI + 2C2H5I C2H5 - C C - C2H5 + 2MgI2 Etin, propin, butinlar gaz, C5H10 dan boshlab esa suyuq moddalar. Atsetilenning ionlanish energiyasi (IE) 11,4 eV etilenga (10,4 eV) nisbatan katta bo‘lib, bu undagi elektron kuchli bog‘langanligini bildiradi. Atsetilen molekulasi qutblangan emas, ammo unga biror alkil guruh kiritilsa, u qutblanadi va dipol momentga ega bo‘ladi:
Atsetilen birikmalarining dâà nD20 lari alkenlarga nisbatan yuqori. C2H2 suvda yaxshi eriydi (1,15:1), atsetonda 25:1 va DMFA 33,5:1. Bosim ostida 1hajm atsetonda 300 hajm S2N2 eriydi. C2H2 tutab yonadi. C2H2 kislorod oqimida yonganda alanganing issiqligi 31500 yetadi. U qirqish ishlarida ishlatiladi. Atsetilen termodinamik qarorsiz modda u turtkidan portlaydi.