Ma’ruza №36
Shaxtali pechlarning asosiy tasnifi, issiqlik massalamashuv jarayonlari, ishlash printsipi
Tayanch iboralar:
shteyn, desulfurizatsiya, bo‘g‘iz, konverter, silindr, rolik, bandaj, flyus,
kolpak, napыlnik, distillyasiya, kondensator, allonj, raymovka, puseralar, zumpf, briket,
retortalar, tiklanish, kuydirish, toblash, baraban, shnekli ta’minlagich, shixta.
Reja
:
1. Shaxtali eritish jarayoninig umumiy tasnifi. Zamonaviy shaxtali pechlarning
konstruktsiyasi.
2.
Shaxtali pechlarda fizik-kimyoviy jarayonlar.
3.
Shaxtali eritish jarayonlarining maxsulotlari.
4.
Issiqlik va massalamashuv jarayonlari.
Shaxtali eritishning asosiy xarakteristikasi.
Kechayotgan jarayonlar kimyoviyligi bo‘yicha shaxtali eritishning uch asosiy turi
farqlanadi: tiklovchi, oksidlovchi va oksidlovchi-tiklovchi. Tiklovchi eritish esa rangli
metallurgiyada o‘z navbatida sulfidlashsiz tiklovchi eritish va tiklovchi-sulfidlovchi eritishlarga
bo‘linadi. Oksidlovchi eritishga rangli metallurgiyada piritli va yarimpiritli eritishlar misol bo‘la
oladi. Oksidlovchi-tiklovchi eritishga misol misli-oltingugurtli eritishdir.
Materiallarni eritishga tayyorlash xarakteri bo‘yicha ruda, aglomerat va briketlarni
eritishlar farqlanadi.
Rangli metallurgiyada shaxtali eritishning barcha turlarida suv bilan sovutiluvchi kessonli
devorlar beladi, buning natijasida adabiyotlarda bu pechlar ba’zan vaterjaketli pechlar deb
nomlanadi. Shaxtali pechlar qo‘rg‘oshin, nikel va mis metallurgiyasida qo‘llaniladi.
Shaxtali pechlarning ishi bir biriga qarama-qarshi yo‘nalgan gaz oqimlari bilan shixta
orasida kechayotgan bir qator murakkab kimyoviy va fizikaviy jarayonlarga asoslangan. Ushbu
jarayonlarni bevosita kuzatishning imkoni yo‘q.
Shaxtali pechlarda ushbu asosiy jarayonlarni rivojlanishning umumiy ko‘rinishi
quyidagicha ta’riflanishi mumkin. ruda, flyus, aylanma materiallar va koksdan iborat shixta
shaxtali pechga alohida porsiyalar bilan koloshlardan barcha materiallarning ma’lum miqdordagi
to‘plami yuklanadi. Odatda shixta alohida alohida qatlamlar ko‘rinishida avval koks, keyin
aylanma materiallar, flyuslar va ruda yuklanadi. Shixta pechda vertikal ustun ko‘rinishida
joylashib, erigan mahsulotlar vannaga va yon devorlarga tushadi. Shixtali ustunning sezilarli
qismi gazlarning shixtaga dinamik bosim beruvchi qarama-qarshi oqimi bilan tenglashadi.
Shixtaning pastki qatlamlarda yoqilg‘i yonishi, shteyn va shlak erishi natijasida
bo‘shliqlar hosil bo‘lishi sababli shixta ustuni sekin-asta cho‘kib harakatlanadi.
Furma tirqishlar orqali shaxtali pechga berilayotgan havo shaxtali pechning furma
zonasida koks bo‘laklari va shixtaning eng qiyin eruvchi komponentlaridan iborat bo‘lgan
shixtali aralashma bilan to‘qnashadi. Furmadan oqib chiqayotgan havo oqimlari bilan qizigan
koks va shixta qatlami to‘qnashish natijasida shaxtali pechning furma zonasida bo‘lakli
yoqilg‘ining yonish jarayoni, shuningdek erigan holatdagi sulfidlarning oksidlanishi faol
kechadi. Furma zonasida chegaralangan hajmda katta miqdordagi issiqlik ajralishi natijasida
harorat shaxtali pechdagi eng yuqori maksimal haroratga (1400-1600
o
C) etadi. Shaxtali pechning
eng yuqori maksimal haroratga ega furma zonasi pechning fokusi deb nomlanadi. Fokus harorati
shlakning erish haroratiga bevosita bog‘liq bo‘ladi va odatda ushbu haroratdan 100-250 grad
ortiq bo‘ladi.
Normal ishlayotgan pech furma zonasida hosil bo‘lgan gazlar harorati 1300-1500
o
C ga
teng bo‘ladi va to‘xtovsiz oqim bilan yuqoriga tushib kelayotgan shixtaga qarama-qarshi
harakatlanadi va uni yuvib o‘tadi.
Shixta tashkil etuvchilari va gazlar orasida to‘xtovsizravishda kimyoviy ta’sirlashish va
issiqlik almalshinuvi jarayonlari kechadi, ularning natijasida shixta harorati pastga tushib kelishi
davomida ko‘tarilib boradi, qarama-qarshi harakatlanayotgan gazlar harorati esa pasayadi.
Shixta tushib kelishi davomida unda ketma-ket quyidagi fizik-kimyoviy jarayonlar
natijasida o‘zgarishlar kechadi: quritish, degidratatsiya, dissotsiatsiya, oksidlanish yoki tiklanish,
shteyn hosil bo‘lishi, shlak hosil bo‘lishi va h. Pech fokusiga yaqinlashgani sari shixtada
yumshash va erish jarayonlari boshlanadi va eritishning suyuq mag‘sulotlari koks qatlamidan
filtrlanib pechning ichki gorniga oqib tushadi.
Pechning furma zonasini to‘ldirayotgan koks qatlamining tarkibi erirish turiga qarab
turlicha bo‘lishi mumkin. Agar eritishga kelib tushayotgan shixtada sulfidlar kam bo‘lsa, unda
eritish koksning 8-12% ga (massaga nisbatan) etuvchi yuqori sarfi bilan amalga oshiriladi, bunda
qatlamda koks ko‘p bo‘ladi. Aksincha, agar shixta tarkibida sulfidli minerallar ko‘p bo‘lsa, unda
eritish koksningkamaytirilgan sarfi bilan 3-5% dan (massaga nisbatan) ortmagan holatda olib
boriladi, unda furmalar qatlamida kvars va qiyin eruvchi jinslar ko‘p bo‘ladi. Furmalar
zonasidagi qatlam qancha bo‘lsa, eritish oksidlovchi xarakterga ega bo‘ladi, buning natijasida
purkashdagi kislorod ko‘proq pech fokusidan chiqayotgan kislorod tarkibi kam bo‘lgan koks va
gazlarning yonishiga sarflanadi.
Furma qatlamida koksning tarkibi kam bo‘lganda purkashdagi kislorod asosan suyuq va
qattiq holatdagi sulfidlarning oksidlanishi sarflanadi. Qattiq holatdagi sulfidlar pechning yuqori
gorizontlarida fokusdan chiqayotgan tarkibida erkin kislorodi bor gazlar bilan oksidlanadi.
Bunga mos ravishda shaxtali eritishda desulfurizatsiya darajasi 30 dan 80% gacha bo‘lgan keng
oraliqda, qisqartirish darajasi 2 dan 8 gacha o‘zgaradi.
Shaxtali pechga issiqlik ruda tarkibidagi sulfidli minerallar, uglerodli va mineralli yoqilg‘i
yonishi natijasida hosil bo‘ladi. Rudadagi sulfid tarkibiga mos ravishda uglerodli yoqilg‘idan
kelgan issiqlik miqdori o‘zgaradi, odatda bu umumiy issiqlik kelishining 20 dan 90% gacha
bo‘ladi. Issiqlik kelishi sulfidlarning oksidlanishi natijasidagi ekzotermik reaksiyalar issiqligi
hisobiga mos ravishda 80 dan 10% gacha o‘zgaradi.
Vaqt birligi ichida shaxtali pech maydonida issiqlik ajralish miqdori qancha ko‘p bo‘lsa,
unda shixtaning katta qismi eriydi va peching pastki gorizontlaridan shteyn, verkbley va shlak
ko‘rinishida chiqib ketadi va bunda shixta ustunipastga tushib keladi va pechning ishlab
chiqarish quvvati ortadi.
Vaqt birligi ichida shaxtali pechda ajralayotgan issiqlik miqdori vaqt birligi ichida
uglerodli yoqilg‘i va oksidlanuvchi sulfidlar miqdori bilan, ya’ni koks va sulfidlarning yonish
faolligi bilan aniqlanadi.
Koks va sulfidlarning yonish faolligi o‘z navbatida vaqt birligi ichida pechga kelayotgan
havo miqdori, ya’ni purkash miqdoriga nisbatan to‘g‘ridan to‘g‘ri funksiyadir.
Demak, shaxtali pechning ishlab chiqarish quvvati birinchi navbatda purkash miqdoriga
bog‘liq va unga nisbatan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlikda ortib boradi.
Shixta erish zonasiga kelgan vaqtda mos ravishda tayyorlangan bo‘lishi va unda kechishi
kerak bo‘lgan kimyoviy reaksiyalar yakunlangan bo‘lishi va eritish mahsulotlarining kerakli
tarkibini ta’minlashi zarurligini esda tutish lozim.
Buning uchun shixta pechning yuqori gorizontlaridagi yuqoriga ko‘ratilayotgan gaz
oqimining kimyoviy ta’siri hamda issiqlik ta’siri ostida minimal vaqt davomida bo‘lishi kerak.
Alangali pechlardan farqli ravishda shaxtali pechlarda gazlar va bo‘lakli shixta orasidagi
issiqlik yuza bilan yaxshi ta’sirlashish sharoiti orqali amalga oshadi. Shuning uchun shaxtali
pechdagi issiqlik almashinuvi jarayonlari odatda eritish kechishini limitlamaydi, ammo uning
issiqlik ko‘rsatkichlariga sezilarli ta’sir qiladi.
Yuqorida ta’riflanishicha, shaxtali pechlarning ishlab chiqarish quvvatini oshirishning
asosiy vosita bu pechga berilayotgan purkash miqdorini ko‘paytirishdir. Tabiiyki quyidagicha
savol tug‘iladi, purkash miqdorini qanday chegaragacha ko‘paytirish mumkin? Tadqiqotlar
ko‘rsatishicha, purkash miqdori koks yonishi, sulfidlarning oksidlanishi yoki oksidlarning
tiklanishi jarayonlari tezligi bilan limitlanmaydi, balki asosan shixtali ustun harakati mexanikasi
va gaz oqimiga bog‘liq.
Shaxtali pechlar normal ishlashi uchun muhim shartlardan biri shixta va gazlarning bir-
biriga qarama-qarshi bir tekis harakatlanishdir, ya’ni shixta va gazdar mexanikasidir. Shixtaning
pastga harakatidagi asosiy narsa –pechning ko‘ndalang kesimiga nisbatan bir tekis to‘xtovsiz va
keskin uzilishlarsiz harakatidir. Gazlarning yuqoriga haraktidagi asosiy narsa – gaz oqimlarining
pech ko‘ndalang kesimida mahalliy purkashlarsiz yoki purkalmagan uchastkalarsiz, teng
taqsimlanishidir. Shaxtali pechga berilayotgan havo miqdori ko‘payishi natijasida shunday payt
bo‘lishi mumkinki gaz oqimining dinamik bosimi shixta ustunini tenglashtirishi mumkin ekan.
Buning natijasida, shixtaning yuqoridan pastga bir tekis harakati to‘xtab, shixta osilib qolishni
boshlaydi, va unda havo bo‘shliqlari va kanallar hosil bo‘ladi. Shixtaning normal tushishi
harakati va gaz oqimlarining normal taqsimlanishining buzilishi eritishda issiqlik va texnologik
jarayonlarning izdan chiqishiga va ko‘p chiqindi chiqishiga olib keladi.
Ushbu hodisalarni chaqiruvchi purkash miqdori chegara miqdor deb nomlanadi.
Purkashning chegara miqdori shixta materiallarning tarkibi va xossalariga nisbatan hamda gaz
oqimi xarakteristikasiga nisbatan funksiyadir. shixta materiallarining tarkibi va xususiyatining
mos o‘zgarishlari, masalan bo‘laklar yirikligining ortishi bilan purkashning chegara miqdorini
sezilarli oshirish mumkin. purkashning chegara miqdorini oshirish uchun gaz oqimining
xarakteristikasini, masalan, koloshnikda bosimni oshirish yordamida o‘zgaritish mumkin
Shaxtali pechlarning asosiy avzalliklari: pechlarning yuqori solishtirma ishlab chiqarish
quvvati 30—120 t(m
2.
sutka) gacha etadi; desulfurizatsiya va qisqartirishning yuqori darajasi mos
ravishda 30-80% va 2-8 ga teng; pechda issiqlikni ishlatishni yaxshilash yuqori termik f.i.k. bilan
ifodalanadi va 40-60% ga teng bo‘lib, yoqilg‘i sarfi 3-30% (massaga nisbatan) ga teng holatda
kamayadi.
Shaxtali pechlarning asosiy kamchiliklari: shixta yirikligiga yuqori talablarning qo‘yilishi
bo‘lib, eritishga faqat 20 mm dan kam bo‘lmagan o‘lchamli bo‘laklarning kelib tushishini talab
qiladi; shixta mayda bo‘lganda 4-12% gacha (massa bo‘yicha) yuqori chang chiqishi bilan birga
sifatli koks iste’molini sezilarli oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |