MA’RUZA
1-MAVZU: ZAMONAVIY FIZIKANING DOLZARB MASALALARI FANINING ASOSIY MAZMUNI, MAQSADI VA VAZIFALARI. TARIXIY KIRISH.
Reja:
Fizikaning dolzarb masalalari fanining asosiy mazmuni, maqsadi va vazifalari
Zamonaviy tadqiqotlar xususiyatlari
Fizika-astronomiya taraqqiyot yo’nalishlari
Fizika-astronomiya sohasidagi yutuqlar va ularning dunyoqarash shakllanishidagi o’rni
Tayanch iboralar: Xalqaro ilmiy markazlar va tashkilotlar, TsERN, Fermilab, DEZI, EKA, yangi nazariyalar, tezlatkichlar, materiyaning yangi turlari, neytrino fizikasi, nanofizika, nanotexnologiyalar, kengayayotgan Olam, insoniyot tarixi.
”Fizikaning dolzarb muammolari” fani 1 - kurs magistrantlarni tayyorlash o’quv rejasiga talaba tanlov fani sifatida kiritilgan. “Fizikaning dolzarb muammolari” fanining maqsadi – hozirda fizika fanida mavjud bo’lgan dolzarb muammolar bilan tanishish, fundamental fizik nazariyalarni umumlashtirish va ularni asoslash, fizika sohasidagi so’nggi yangiliklar, zamonaviy eksperimental texnologiyalar, so’nggi xorijiy adabiyotlar bilan tanishtirish iboratdir.
”Fizikaning dolzarb muammolari” fanining asosiy vazifalari magistrantlarda ilmiy–amaliy dunyoqarashni shakllantirish, fizikaning dolzarb muammolari haqidagi bilim va tushunchalar bilan qurollantirish, jumladan, astrofizika sohasidagi muammolar, koinot ob’ektlari, hodisalari to’g’risidagi ilmiy tasavvurlar va yangiliklar,qora tuynuklar, kvazarlar, qora materiya muammosi, nurlanish spektrlarini optik usullar bilan qayd qilishdagi, nanosturkturalar spektroskopiyasidagi, kvant optikasi, noklassik nurlarni tadqiq qilishdagi, lazerlar fizikasi va fotonika sohasidagi, nurtolali, kompyuter fotonikasi, optoinformatika, o’tao’tkazuvanlik soxalaridagi dolzarb muammolar, optik signallar ularning fundamental va amaliy jarayonlari asosida zamonaviy asboblar yaratish muammolarni o’rganishdan iboratdir.
O’quv fanini o’zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida magistr:
osmon yoritkichlari va ularni rivojlanishi to’g’risida zamonaviy yangiliklarni bilish kerak;
Koinotning yaratilishi haqidagi dolzarb muammolar, tahliliy ma’lumotlar bilan tanishish kerak;
Qorong’i materiya va qorong’i energiya xaqida dolzarb muammolar va yangi ma’lumotlar bilan o’rganishi kerak;
nanofizika sohasidagi dolzarb muammolar hamda uning ustuvor yo’nalishida respublikamiz va xorijiy ilmiy markazlar erishayotgan yutuqlar, dolzarb tadqiqotlar, shuningdek, bu boradagi ilmiy adabiyotlar haqidagi tahliliy ma’lumotlar bilan tanishish kerak;
nanofizikasi sohasidagi tadqiqotlar dolzarbligi, ilmiy yangiligi va amaliy ahamiyati haqidagi tasavvurlarga ega bo’lish kerak;
nanofizika yo’nalishida zamonaviy talablar asosida mashg’ulotlarni tashkil etishdagi muammolar va o’tkazish mezonlarini bilishi kerak,
zamonaviy optik qurilmalar bilan tanishtirish, optik nurlanishni qayd qilish usullarini bilishi kerak,
nanostrukturalar spektroskopiyasi asoslari bilan tanishish kerak,
noan’anaviy energiya manbalari va ulardan foydalanish muammolarini bilishi kerak,
fotonika asoslari, fotonik kristallar va ularning xususiyatlari, foton kompyuterlar yaratilish tendentsiyalari va muammolari bilan tanishtirish va olingan bilimlarini amaliyotga qo’llash malakaviy ko’nikmalarini shakllantirish,
magistrantning mustaqil ishlash malakasini tahliliy mulohaza yuritish qobiliyatini, shuningdek asosiy va qo’shimcha adabiyotlardan foydalanish mahoratini o’stirishi kerak,
o’qitish jarayonida ilm-fan yutuqlari, yangi usullar va uskunalardan foydalanish hamda ilg’or innovatsion texnologiyalarni amaliyotdagi o’rnini belgilash malakalariga ega bo’lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |