Ma’ruza 1: Loyihalash haqida umumiy ma’lumotlar.
Konchilik korxonalarini loyihalash fanining maqsadi va vazifalari.
Loyihalashning me’yoriy bazasi.
Reja:
1. Loyihalash haqida umumiy ma‟lumotlar.
2. Konchilik korxonalarini loyihalash fanining maqsadi va vazifalari.
3. Loyihalashning me‟yoriy bazasi.
1. Kon sanoatining rivojlanishi, uning qurilishini moliya bilan ta‟minlash va
kon korxonalarini qayta jihozlashda ko„p yillar oldindan optimal qarorlar topilishi
kerak bo„lgan loyihalar asosida amalga oshirilgan. “Loyiha” so„zi lotincha
“proektus” so„zidan olingan bo„lib, oldinga tashlangan degan ma‟noni anglatadi,
ya‟ni loyiha bo„lajak korxonani optimal dinamik texnik iqtisodiy modelini
ko„rsatadi. Kon korxonasi boshqa ko„p sanoat obektlari va inshootlaridan
(metallurgiya, mashinasozlik, ximiya zavodlari va boshqalar) farqli tabiiy-
texnologik kompleks hisoblanadi. Konchilik korxonalarining parametrlari va
iqtisodiy samaradorligining ko„rsatkichlari texnikaning berilgan darajasi uchun,
asosan tabiiy omillar (konning tuzilishi, va o„lchamlari, joyning relefi,
gidrogeologik sharoitlar va boshqalar) va uning atrof muhitga ijozatli ta‟siri bilan
aniqlanadi. Boshqa tabiiy-texnologik komplekslar (gidroelektrostantsiya, transport
aloqa yo„llari va boshqalar) dan farqli karer bir necha o„n yillar davomida vaqt va
fazoda rivojlanuvchi dinamik obekt hisoblanadi. Buning natijasida har yili
karerning o„lchamlari, transport aloqa yo„llarining uzunligi va kon-geologik
sharoitlar o„zgaradi, shuningdek fazoda ish joyi bir joydan boshqa joyga ko„chadi.
Karerlarning loyihalarini optimallashtirish, aniqlovchi omillarning (tabiiy, texnik,
iqtisodiy va sotsial) turli-tumanligi, ular ta‟sir xarakterining ehtimoli bilan, yuqori
darajadagi noaniqlik va loyihalash boshlangunga qadar qator omillarning etarlicha
o„rganilmaganligi tufayli qiyinlashadi.
Sifatli loyihalar kon korxonasining samaradorligiga, mineral xom ashyo
resurslaridan ratsional foydalanishga va atrof muhitni muxofazalashga, ya‟ni halq
xo„jaligida asosiy e‟tibor beriladigan muammolarga katta ta‟sir ko„rsatadi.
SHuning uchun karerlarni loyihalash (ayniqsa murakkab strukturali ko„p
komponentli konlar sharoitida) juda murakkab va ko„p mehnat talab qiladigan
mahsuliyatli texnik-iqtisodiy vazifa hisoblanadi, uni to„g„ri hal etish faqat katta
eruditsiyani va chuqur bilimni talab qilibgina qolmasdan balki, elektron hisoblash
texnikasini va iqtisodiy matematik usullarni qo„llash asosida ijodiy yondashuvni
ham talab qiladi.
Kon korholarini loyihalash usullarining rivojlanishi. Professorlar B.I. Bokiy,
A.A. Skochinskiy, M.M. Protod‟yakonov, A.M. Terpigorev, L.D. SHevyakovlar
(XIX asrning oxiri – XX asrning boshi) kon korxonalarini loyihalashning nazariy
asoslariga o„zlarining ilmiy ishlarida matematik metodni qo„llash bilan asos
solganlar. Kon korxonalarini loyihalashni tashkil etishda 1929 yilda prof. B.I.
Bokiy maqolalari asosida nashr qilingan “Konchilik sanhatining analitik kursi,
Rudniklarni loyihalash.” fundamental monografiyasi katta rol o„ynadi.
XX asrning 50 - 70 yillarida ko„mir shaxtalarini loyihalash nazariyasi va
amaliyotida yangi hisoblash usullari va elektron hisoblash mashinalari qo„llanila
boshlandi. Professorlar K.K. Kuznetsov, A.S. Burchakov, B.M. Vorobg„ev, V.G.
SHorin, A.M. Kurnosova, S.V. TSoya, V.A. Harchenko, E.V. Petrenko, texnika
fanlari nomzodi A.M. Miteyko ilmiy ishlarida shaxtalarni loyihalash qarorlarini
kompleks optimallashtirish metodi g„oyalari rivojlantiriladi. Tsentrogiproshaxt
boshchiligidagi ko„mir sanoati vazirligi tarkibidagi loyiha institutlari tomonidan
ko„mir shaxtalarini, karerlarni va boyitish fabrikalarini avtomatlashtirilgan
loyihalash tizimi ishlab chiqiladi.
Murakkab kon-geologik sharoitlardagi yuqori qimmatli rudalarda ruda
konlarini er osti usulida qazib olishni loyihalashda bajariladigan ishning ko„proq
xavfsizligini, yuqori mehnat unumdorligini, eng yaxshi iqtisodiy ko„rsatkichlarni,
er qahridan ratsional foydalanishni, foydali qazilmaning yo„qotilishi va
sifatsizlanishini pasaytirishni ta‟minlovchi ruda shaxtalarining ish unumdorligini
asoslash, texnik-iqtisodiy baholashva er osti usulida qazish tezligini tanlash kabi
muammolarni hal etish katta ahamiyatga ega. Bu muammolarni hal etishga
akademik M.I. Agoshkov, professorlar: P.N. Gorodetskiy, D.M. Bronnikov, V.R.
Imenitov, G.M. Malaxov, O.A. Boykunarov, V.A. SHestakov, S.L. Iofin va
boshqalar katta xissa qo„shganlar.
Karerlarni loyihalash nazariyasi bo„yicha birinchi qilingan ish Krivbass
temir ruda karerlarining eng chuqur nuqtasi 80 – 115 m ga etganda va er osti usuli
bilan qazib olishga o„tish masalasi paydo bo„lgan 1928 – 1933 yillarga to„g„ri
keladi. Bu davrda kon injenerlari M.I. Goberman, S.I. Pilyavskiy, A.I. Stishenko,
I.A. Kuznetsov, P.S. Bondar, A.A. SHteding va boshqalarning karer chegaralarini
aniqlashning analitik metodlarini va ochiq usulda qazib olishning samaradorligini
aniqlovchi omillarni o„rganishni boshlashga asos soluvchi maqolalari chop etilgan
edi.
O„tgan asrning 40 – 50 yillarida ochiq usulda qazib olishni loyihalash
nazariyasining rivojlanishi akademik N.V. Melg„nikov, professorlar: P.I.
Gorodetskiy, E.F. SHeshko, A.A. Starikov, P.E. Zurkov, A.S. Fidelev, A.V.
Brichkin, B.P. Bogolyubov, N.N. Melg„nikov, P.I. Tomakov nomlari bilan bog„liq.
1949 yilda chiqqan prof. P.I. Gorodetskiyning kitobi “Loyihalash asoslari”
kursi bo„yicha birinchi darslik edi. Bu kitobda nafaqat mana shu fanga tegishli bir
tartibda yoritilgan asosiy masalalar mujassamlashgan, balki birinchi bor bizning
mamlakatimizda kon-ruda sanoatini loyihalash metodikasini va tajribasini
ommalashtirgan. Bu kitob xozirgi kunga qadar kon korxonalarining ish
unumdorligini asoslash, qazish tizimini tanlash, ochiq va er osti ishlari orasidagi
chegarani aniqlash, yo„qotilish va sifatsizlanishni baholash va hisobini yuritish
kabi masalalarni hal qilishda texnik-iqtisodiy tahlilning asoslari qo„llanilganligi
sababli o„quv jarayonida va loyihalash amaliyotida qo„llanma sifatida xizmat
qilayapti va xozirgi kunda ham o„z ahamiyatini yo„qotgani yo„q.
Yangi konchilik korxonalarini qurish va ishlab turgan konchilik
korxonalarini kengaytirish va qayta jihozlash ishlarini loyihalash uchun shu
hududdagi mavjud foydali qazilma zahiralari A, B va S kategoriyalari bo„yicha
davlat zahira komissiyasi tomonidan tasdiqlangan bo„lishi shart. SHundan so„ng
korxona yoki tashkilot shu qazilma boylik konlaridan foydalanish uchun maxsus
davlat organidan er osti konlarini ishlatish uchun, er ostidan foydalanish huquqini
beruvchi davlat tashkiloti yoki organidan litsenziya olganidan so„ng, loyihalashga
huquq beruvchi litsenziyasi bo„lgan loyihalash instituti yoki loyihalash tashkiloti
bilan shu konchilik korxonasini yoki shaxta rudniklarini loyihalashga topshiriq
bergan buyurtmachi bilan loyihalashtiruvchi institut yoki tashkilot o„rtasida
kelishuv shartnomasi tuzilib, rasmiylashtirilganidan so„ng shartnoma kuchga
kiradi. Buyurtmachi belgilangan tartibda davlat organlari tomonidan berilgan er
osti foydali qazilma konlaridan foydalanishga huquq beruvchi litsenziyasi bo„lgan:
vazirlik, aktsiyadorlik jamiyati va jismoniy shaxslar bo„lishi mumkin. Ularda
foydali qazilma konlarini qazib olish shart-sharoitlari bitilgan litsenziya bilan birga
tuzilgan kontrakti ham bo„lishi kerak.
Bizness-reja yoki texnikaviy-iqtisodiy ko„rsatkichlari asoslangan TIA
(TEO) tuzilib, foydali qazilma konini qazib olishni iqtisodiy jihatdan maqsadga
muvofiqligi va halq xo„jaligiga zarurligi, qazib olishga texnikaviy imkoniyatlari
etarli bo„lgan buyurtmachi bilan loyihalash instituti – Bosh loyihachini bevosita
ishtirokida loyihalashga topshiriq tuzadi, sub-pudratchi sifatida maxsus loyihalash
tashkilotlarini loyihalash ishiga jalb qiladigan bo„lsa, topshiriq tuzishda hisobga
olinib, ularning nomlari ko„rsatiladi. Bosh loyihachi esa odatdagidek, loyihani
texnologik qismini ishlab chiqaruvchi loyihalash tashkiloti hisoblanadi.
Buyurtmachi topshiriq bilan birga loyihalovchi institutga foydali qazilma
konini ishlatishga huquq beruvchi litsenziya va konchilik ishi uchun ajratilgan er
osti maydonini o„lchami haqidagi dalolatnomani (gornootvodnoy akt) va qazib
olish shart-sharoitlari belgilangan kontrakt va tuman, viloyat hokimiyatini qurilish
maydonini tanlash, va er maydonini ajratib berish haqidagi qarori ham qo„shib
topshiriladi .
Buyurtmachi loyihalash ishlarini o„z vaqtida bajarilishi va uning sifati
ustidan nazorat o„rnatadi va tayyorlangan loyihalarini smeta hujjatlarini qabul qilib
oladi. Bundan tashqari loyihaga buyurtma beruvchi tashkilot yoki shaxs o„z
vaqtida belgilangan muddatda topshiriqnomani berishi, boshlang„ich ma‟lumotlar
haqidagi hujjatlarni va bajarilgan loyihalangan obektlarga tahluqli ishlarni o„z
vaqtida hisob kitob qilib, shartnoma smetadagi belgilangan haqini to„lab turishga
javobgardir.
Konchilik korxonasini bino va inshootlarini loyihalash ishlari bir bosqichda
(ishchi loyiha, jamlangan smeta qiymatida hisoblangan hujjatlar)i bosqichli
(birinchi davridagi loyiha bilan birga jamlama smeta hisobi, ikkinchi bosqichda esa
– ishchi hujjatlari) tayyorlanib buyurtmachiga topshiradi.
2. “Konchilik korxonalarini loyihalash” fani 5311600 – “Konchilik ishi”
ta‟lim yo„nalishi bo„yicha bakalavr-kadrlar tayyorlashda mutaxassislik fanlarini
umumlashtiruvchi asosiy kurslardan biridir. Bir tomondan bu fan “SHaxta va
rudniklarni qurilishi”, “Foydali qazilma konlarini er osti usulida qazib olish”,
“Ochiq kon ishlari texnologiyasi va kompleks mexanizatsiyalash”, “Konchilik
sanoati menejmenti”, “Konchilik aerologiyasi” va boshqa maxsus fanlarni davomi
bo„lib, konchilik korxonalarini loyihalash uchun yuqorida keltirilgan fanlarni birini
ikkinchisi bilan bog„lovchi integrallashgan fandir.
Konchilik korxonalarini loyihalash printsiplarini va nazariy asoslarini,
amaliy ishda har bir konchi-bakalavr mutaxassisi qaysi bir sohada ishlashidan
qahtiy nazar bilishi zarurdir.
Shuning uchun bu fanning asosiy maqsadi talabalarga loyihalashning ilmiy
asoslarini hozirgi davr me‟zoni va usullarini hisobga olgan holda, rudniklarni eng
qulay o„lchamlarini, kon ishlari texnologiyasi va boshqa texnikaviy echimlarni hal
qilish printsiplarini, hamda mavjud tartibda loyihalash ishlarini tashkil etishni,
konchilik korxonasi loyihasini asosiy mazmunini o„rgatishdan iboratdir.
Bulardan tashqari bu fan talabalarni konchilik korxonalarini loyihalash va
qurilishida zarur bo„lgan me‟yoriy hujjatlar bilan ham tanishtiradi.
Loyihalash asoslarini o„zlashtirgan talaba konchilik korxonasini ishlab
chiqarish quvvatini hisoblashni, qulay variantini tanlashni, kon zahirasi
chegaralarini belgilashni, konni ochish va uni ishlatishga tayyorlashni, qazib olish
tizimini konchilik ishlari texnologiyasi bilan bog„lashni, rudnikni qurish va
ekspluatatsiya qilish, taqvimiy rejasini tuzish kabi ishlarini mukammal darajada
o„rganishga erishadi.
Ushbu fan konchilik korxonasini spetsifik xususiyati bilan bog„liq kon-
geologik sharoitni o„zgaruvchanligi, ish joyni siljib borishi, konchilik ishlari
texnologiyasini tez-tez o„zgarishi, har bir konchilik obekti bo„yicha mutaxassisga
turli hil loyihalarni tuzishini, baholashini ko„rib chiqishni, tasdiqlash va loyihalarni
amaliyotda qo„llash uchun imkon yaratadi.
Hozirgi davr sharoitida konchilik korxonasini (rudniklarni) loyihalash
ishlari, tabiiy resurslardan ratsional foydalanishga qaratilgan bo„lib, foydali
qazilmalarni qazib olishdan, kompleks qayta ishlov berib tayyor mahsulot olgunga
qadar bo„lgan jarayonlarni o„z ichiga oladi. SHuning uchun loyihalashda qurilish
materiallari, metall, energiya resurslarini va mablag„larni tejab sarflaydigan
texnolgiyalarni qo„llash, loyihani texnikaviy darajasini yuqori bo„lishini va
mahsulot sifatini har tomonlama oshirish talab etiladi.
SHuning uchun xozirgi davrda, konchilik sanoatidagi, barcha foydali
qazilmalardan to„liq foydalanish muommolarini hal etish masalasi ko„ndalang
bo„lib turibdi; shulardan konni ochishda chiqarilgan jinslardan boshlab og„darmaga
tashlangan jinslargacha qazib olib, maydalangan rudani boyitish jarayonidagi
chiqindilari,
suv
resurslari,
qurilish
maydonini
qisqartirish
va
erni
rekulg„tivatsiyalash kabi ishlarni ilmiy asosda o„rganib ishlatishga jalb etish
masalalarini hal etish kerak. Foydali qazilma konlarini qidirib topish va razvedka
qilishga 30-40% kapital qo„yilma mablag„lar ajratiladi va 20% ga yaqin mehnat
resurslari jalb etiladi. SHu resurslarni asosiy qismi er osti ishlarini olib borishga
sarflangan.
Hozirgi davrda ruda tarkibi metallga boy bo„lgan konlar er ostini chuqur
qatlamlarida qolgan, shuning uchun ularni er osti usulida qazib olish rangli metall
konlarida -67% tashkil etsa, Kimyo sanoati homashhyosini qazib olishda -50%,
ko„mirni -60%, kaliy tuzlari deyarli 100% er osti usulida qazib olinmoqda.
Karerlardagiga nisbatan, er osti rudniklaridan qazib olingan metall miqdori bir
necha marta ortiqdir.
Er osti usulini qo„llab qazib olish, katta mehnat sig„imi va ko„p mablag„
talab etadigan jarayondir. SHunday bo„lishiga qaramasdan er osti usulida qazib
olinadigan rangli metallarni qiymati karerlardan qazib olinadigan metallar
qiymatiga nisbatan ancha yuqori. SHuning uchun er osti usulida qazib olinadigan
konlarni zamon talablariga muvofiq loyihalash muhim ahamiyat kasb etganligi
uchun loyihalashda xatoga yo„l qo„yilsa ko„p miqdordagi har-xil resurslarni
ortiqcha sarflanishiga olib keladi. SHu vaqtni o„zida loyihalashda aniq, ishonchli
echimlar qabul qilish, ham katta miqdordagi resurslarni tejab qolish imkonini
beradi. Hozirgi davr talabi shundan iboratki barcha material, energiya va mehnat
resurslarini minimal miqdorda sarflab, er ostidagi zahiralarni kompleks ishlatishga
jalb etish va boshqa resurslarni muhofaza etish kabi murakkab masalalarni hal
qilish uchun iqtisodiy-matematik modellash, eHM bilan hisoblash va
avtomatizatsiyalashtirilgan tizimda loyihalash usullarini kengroq qo„llanish zamon
talabidir. Odatda rudniklarni o„lchamlarini loyihalashda uni butunlay ishlatish
muddati davomida o„zgartirilmaydigan qilib qabul qilinadi va uni oldindan
o„zgartirish ham nazarda tutilmaydi. Loyiha hisoblariga kiritilgan konditsiyani
hisoblash o„lchamlari va rudnikni ishlab chiqarish ko„rsatkichlari, shu jumladan,
uning ishlab chiqarish quvvati loyihadagiga nisbatan 1,5-2 barobar ko„p yoki oz
tomonga o„zgarishi mumkin. Ko„pincha rudnikni loyihada belgilangan ishlab
chiqarish quvvati qazib olish jarayonida 60-70% gina o„zlashtiriladi, olinadigan
(so„ngi) mahsulotda esa 48-50%. Masalan, «Ingichka» volfram konida loyihada
belgilangan metallni 60-65% tasdiqlangan. Murakkab kon-geologik sharoitdagi
rudniklarda esa belgilangan texnologik variantlarni qo„llash imkoni 40-50% gina
tasdiqlangan. SHuning uchun rudniklarni ishlatish natijalariga qarab loyihani ayrim
o„lchamlariga o„zgartirish kiritish kerak bo„ladi.
Ushbu fan kursini asosiy masalalaridan biri shundan iboratki, masalalarni
echishda, hozirgi davr talabalariga muvofiq keladigan usullarini qo„llab, uning
optimal o„lchamlarini topish va loyihalashda yo„l qo„yilish ehtimoli bo„lgan
xatolardan saqlanishni o„rgatishdir.
Konchilik korxonalarini loyihalashni bosh maqsadi shundan iboratki,
imkoni boricha kam kapital mablag„lar sarflash va ekspluatatsiya harajatlarni ham
kam sarflagan holda, halq xo„jaligiga zarur bo„lgan foydali qazilmani ko„proq
qazib olishni optimal o„lchamlarini loyihalashda, xatoga kamroq yo„l qo„yish
imkonlarini ham o„rgatishdir. Bu odatda yangi konlarni o„zlashtirish hisobiga,
yangi shaxtalar qurib ishga tushirish va ishlab turgan konlarni qayta loyihalab,
qayta jihozlab, kengaytirish, yangi texnika bilan qayta qurollantirish hisobiga
amalga oshirish mumkin. Bu yangi shaxtalarni qurishga nisbatan ancha arzonga
tushadi. SHuning uchun ishlab turgan konlarni o„lchamlarini muvofiqlashtirib,
qayta loyihalash aktual masalalardan biridir.
Konchilik korxonalarini loyihalash - bu ijodiy jarayon bo„lib, kon ishlarini
kelajagini oldindan ko„rishga intilishdir. Loyihalashni samaradorligi avvalo
uslubiy ko„rsatmalarda, qo„yilgan masalalarni to„g„ri echish uchun ularni tanlab
olinishiga bog„liq. Bu ko„rsatma odatda hisob ko„rinishiga asoslangan yozma
bayonnoma, chizma va boshqa materiallardan iborat.
Loyihalashning bosh masalasi shundan iboratki, yangi yoki qayta
kengaytirib jixozlanayotgan konchilik korxonalarini muvofiq o„lchamlarini
aniqlash va tanlash bo„lib, asosiy e‟tibor qazilma zahirasi va rudnikni kon maydoni
chegarasidagi rudani sifati, qazib chiqarish quvvati, rudnikni xizmat qilish
muddati, konni ochish sxemasi va usullari, qazib olish tizimi, qo„llaniladigan
konchilik asbob-uskunalari va mashina-mexanizmlarni turi, qazib olinadigan ruda
massasiga, texnologik xarakteristika, kapital qurilish ishlar hajmi, rudnikni qurish
muddati va loyihada belgilangan qazib chiqarish quvvatini o„zlashtirish muddati
aniqlanadi. Bulardan tashqari ishlab turgan konchilik korxonasini texnikaviy-
iqtisodiy ko„rsatkichlari, rudnikni qurish uchun ajratiladigan kapital harajatlar
miqdori, mehnat unumdorligi, qazib olinadigan ruda va tayyor mahsulotni
tannarxi, ko„riladigan foyda miqdori, kon ishlarini mexanizatsiyalash va
avtomatizatsiyalash va energo bilan qurollanish darajasi, kapital qo„yilmalarni
samaradorligi, harajatlarni qoplash muddati, qazib chiqarishning rentabelligi va
boshqalar loyihada o„z aksini topgan bo„lishi kerak. Konchilik sanoatini samarali
ishlashi uchun loyihaning hamma echimlari juda chuqur asoslangan bo„lishi shart.
Bunday muhim masalalarni bajarish uchun nafaqat loyihalash nazariyasini,
amaliyotini chuqur bilish, balkim bunday muhim muammolarni hal etishda
iqtisoddagi va matematikadagi va boshqa bilimlarda erishgan yutuqlarini
loyihalashga tadbiq etishiga, birinchi navbatda programmalashtirish, eHM va
loyihalashni avtomatik tizimini qo„llash zarur bo„ladi, faqat shundagina loyihani
yuqori sifatli bo„lishi ta‟minlanadi. Loyihada atrof muhitni muhofazalashga ham
keng o„rin ajratilishi kerak. YUqoridagi talablardan kelib chiqqan holda fanning
maqsadi – konchilik ishlari sohasida bilim olayotgan talabalarga shaxta va
rudniklar qurilishini, qazib chiqarish majmualarining elementlarini loyihalash
asosini o„rgatishdir. Uning o„lchamlarini hisoblash,er osti inshootlarini va er
yuzasida bunyod etiladigan korxonaning faoliyati uchun zarur bo„lgan bino
inshootlarni optimal o„lchamlarini aniqlash yo„llarini ham o„rgatishdir .
3. Konni qazib olish sanoat korxonasi loyihasini ishlab chiqarish Davlat
tizimi tomonidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan loyihalash va qurilish me‟yoriy
hujjatlariga muvofiq ishlanadi.
Me‟yoriy hujjatlar sanoat obektlarini loyihalash va qurilishida yagona
talablar o„rnatish uchun xizmat qiladi. Bu hujjatlar qurilish sifatini yaxshilash,
qurish muddatini qisqartirish, smeta narxini kamaytirish (arzonlashtirish), atrof
muhitni muhofazalash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish imkonini beradi.
Bulardan tashqari me‟yoriy hujjatlar loyihalashni asosiy yo„nalishini va
loyihada progressiv echimlar qabul qilish imkonini yaratib, texnologik jarayonlarni
mexanizatsiyalash, avtomatlashtirish va qurilishni tashkil etishda ilg„or usullarni
qo„llashga imkon beradi.
Loyihalashning me‟yoriy bazasi: Davlat standartlari, har hil me‟yoriy
hujjatlari va direktiv ko„rsatmalardan tashkil topadi.
Direktiv hujjatlarga O„zbekiston Respublikasi prezidentini farmonlari va
boshqa loyihalash ishlariga va foydali qazilma konlarini ishlatishga taluqli bo„lgan
hujjatlar kiradi. Masalan, O„zbekiston Respublikasini Er osti boyliklaridan
foydalanish haqidagi 13.12.2002 y №444-11 sonli qarori, O„zbekiston
Respublikasi vazirlar mahkamasi raisining qonun kuchiga ega bo„lgan
Litsenziyalash haqidagi 12.05.2001 y №222-11 sonli qarori, O„zbekiston
Respublikasini hukumati tomonidan 22.05.2006 y №92 sonli qarori bilan
tasdiqlangan ekspertizalash haqidagi qarori, O„zbekiston Respublikasini ishlab
chiqarishni xavfli obektlarida sanoat “xavfsizligi haqidagi” 28.09.2006 yildagi №3
RU-57 raqam bilan tasdiqlangan davlat qonuni. Me‟yoriy hujjatlarga, idora,
boshqarma, vazirliklarni konni qazib olish sanoat tarmog„ini va boshqa nazorat
tarmoqlarni konlarni qazish ishlariga tegishli bo„lgan hujjatlari ham kiradi.
Ko„rsatilgan hujjatlardagi talablarga, konchilik korxonalarini loyihalashda
to„liq rioya qilinishi shart.
Bunday va shunga o„xshash hujjatlar bo„lmaganida «Gosstroy» qurilish
me‟yori va qoidasi (SNiP) va avvalgi umumittifoq texnologik loyihalash me‟yori
(ONTP) dan foydalanish tavsiya etiladi, agar bu hujjatlar O„zbekiston
Respublikasini mavjud me‟yoriy hujjatlariga zid bo„lmasa. Qurilish me‟yori va
qoidasi (SNiP) olti qismdan iborat bo„lib, uning har bir qisimi guruhlarga
bo„linadi. Masalan: ikki qismli loyihalash me‟yori, 12 guruhdan iborat me‟yoriy
hujjatlarga ega. SHular jumlasidan, 09 guruhi ham sanoat korxonasini, ishlab
chiqarish binolari va inshootlari unga er osti kon lahmlarini loyihalash, qurilish
me‟yori va qoidalari ham kiradi.
Qator ishlab chiqarish jarayonlarini loyihalash, kon qazish sanoatining har
xil tarmoq va rudniklari uchun umumiydir. Masalan, shaxtani ko„tarish qurilmasi,
er osti transporti, konni shamollatish, er osti suvni chiqarib tashlash va boshqalar.
MDH davlatlari tomonidan qabul qilingan, loyihalashdagi yagona texnologik
me‟yoriy hujjat asosida loyihalanadi. Boshqarma (tarmoq) me‟yoriy hujjatlariga:
etalonlar, ishlab chiqarilayotgan loyiha-smeta tarkibini aniqlovchi hujjatlar, tarmoq
tomonidan ishlab chiqarilgan xavfsizlik qoidasi, texnikaviy ekspluatatsiya qilish
qoidasi, ayrim ishlab chiqarish jarayonlarini loyihalashdagi e‟tibor beriladigan har
xil hujjatlar ham kiradi (shamollatish bo„yicha, shaxtada degozatsiyalash ishlar
olib borilishi bo„yicha, transport bo„yicha va boshqa hujjatlar). Masalan rangli
metallurgiya korxonalarida rudani er osti usulida qazib olishni loyihalash
texnologik me‟yori. SHunga o„xshash me‟yoriy hujjatlar qora metallurgiya,
ko„mir, kon-kimyo sanoati tarmoqlarida ham mavjud.
Konlarni qazib olish sanoati korxonalarini loyihalash uchun qo„llanish shart
bo„lgan hujjatlar: kon texnika davlat nazorati inspektsiyasi, sanitariya
inspektsiyasi,
davlat
standartlash
va
gidrometerologiya,
vazirlik,
Departamentlarning qoida va me‟yoriy hujjatlaridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |