Marketing tadqiqotlari orqali korxona eksport salohiyatini oshirish yo`llari



Download 25.48 Kb.
Sana13.04.2020
Hajmi25.48 Kb.
MARKETING TADQIQOTLARI ORQALI KORXONA EKSPORT SALOHIYATINI OSHIRISH YO`LLARI.

TMI., M-90 Talabasi:

Ilmiy rahbar:

Mamlakatimizda innovatsion iqtisodiyotni shakillantirish va shu orqali korxona eksport salohiyatini oshirish yo`llarini keng miqiyosida tadqiq etish masalalari juda ko`p bora ilmiy izlanishlarning ham nazariy, ham amaliy ishlarni olib borishni taqozo etmoqda. Albatta bu vosita korxona eksport salohiyatiga bevosita ta’sir etuvchi omillarni taxlil qilish zaruriyatini tug`diradi. Korxona eksport salohiyati zamonaviy bozor munosabatlariga bog`liq. Shunday ekan, bunda marketing tadqiqotlari, korxona yutuqlarining hal qiluvchi omillari va ularning kutilmagan tasodiflarini hisobga olgan holda imkoniyat istiqbollarini aniqlash borasida korxona faoliyatining innovatsion strategic tadqiqot o`tkaziladi, marketing strategiyasi va uni amalga oshirish yo`llari ishlab chiqiladi. Ma’lumki, mazmuniga ko`ra “strategiya” – korxonaning o`z faoliyatida qaror qabul qilish maqsadida amal qiladigan qoidalar, yo`l-yo`riqlar majmuidir. Bu qoidalardan iborat:



  • korxona faoliyatining hozirgi va kelgusidagi rivojlanishini baholashda qo`llaniladigan qoidalar;

  • korxona va tashqi muhit o`rtasidagi munosabatlarning yuzaga kelishidagi qoidalar, ya’ni: mahsulotning yoki texnologiyaning qanday u taqdim qiladi, qayerga, kimga va qanday narxda o`z mahsulotini sotadi, qanday yo`l bilan raqobatchilardan ustunlikka erishadi va h.k.

  • korxonaning ichki munosabatlarini tashkil qilishdagi qoidalar;

  • korxonaning kundalik faoliyatida qo`llaniladigan qoidalar.

Respublikamiz korxonalari, ayniqsa , sanoat tarmog`lari korxonalari bugungi kunda bir qator qiyinchiliklarga duch kelmoqdalar. Bular ishlab chiqarish, sotish, moliyaviy, resurslar yetishmasligi, tovarlar sifatining pastligi kabilarda yaqqol namoyon bo`lmoqda. Ichki bozorda raqobatchilarning paydo bo`lishi, yangi texnologiyalarning vujudga kelishi, sobiq ittifoq davrida mavjud bo`lgan iqtisodiy aloqalarning uzilishi tarmoq korxonalarning ayrimlarini ayrimlarini tanglik holatiga tushirib qo`ydi. Bunday vaqtda korxona faoliyatini yaxshilash, bozordagi ulushini saqlab qolish va uni mustahkamlash masalalarini yo`lga qo`yish juda muhimdir. Bizning fikrimizcha, korxonaning krizis holatiga tushib qolishiga asosiy sabab-birinchidan, korxonaning strategik rivojlanish kontsepsiyasi yo`qligi bo`lsa, ikkinchidan, operativ qarorlar qabul qilish uchun bozorning holati, tashqi muhit to`g`risida axborotlarning yo`qligi, deb hisoblaymiz. Tanglik holatida bo`lgan korxonada axborotlarning yetishmasligi quyidagi uch omil asosida yuzaga keladi:

  • bozordagi talab va taklif qisman hisobga olinganda yoki umuman hisobga olinmaganda;

  • bozorning sifat va miqdoriy ko`rsatkichlari o`zgarishi to`g`risida ma’lumotlar bo`lmaganda;

  • korxonaning tovarlarni sotish bilan shug`illanuvchi bo`limi yaxshi rivojlanmagan, shu sababli maqsadga qaratilgan sotish siyosatini amalga oshirish imkoniyatiga ega emas.

Yuqorida sanab o`tilgan muammolarni bartaraf qilish jadal ravishda faol marketingga o`tishni talab qiladi. Tadqiqot natijalari shuni ko`rsatdiki, assotsiatsiya tarkibiga kiruvchi korxonalarning qariyb 50 foizida marketing bo`limlari tashkil qilinmagan, mavjudlarida ham marketingning vazifalaridan kompleks foydalanish, bozor konyunkturasini tadqiq qilish natijasida axborotlar to`plash talab darajasida emas. Bozor iqtisodiyoti rivojlanib borayotgan hozirgi davrda korxonaning eksport salohiyati rivojlanishi iste’molchining istak va xohishini o`z vaqtida ilg`ab olish hamda uni tezda qondirishga qaratilgan taqdirdagina amalga oshadi. Buning uchun korxonaning faoliyatini strategik rejalashtirish, uning yaqin va uzoq kelajakdagi maqsadlarini aniqlash muhim ahamiyatga ega.

Korxona maqsadlarini uning mohiyatiga ko`ra bir nechta turlarga bo`lishimiz mumkin, masalan: bozordagi maqsadlar – ta’sir ko`rsatish, sotish, bozorning ma’lum ulushini egallash; moliyaviy maqsadlar – foyda, rentabillik; mahsulot va jamiyat bilan bog`liq bo`lgan maqsadlar – sifat, ijtimoiy javobgarlik, korxona faoliyati kafolatini ta’minlash va boshqalar. Korxonaning eksport salohiyati bo`yicha maqsadni belgilashda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar xususiyati, tashqi bozordagi imkoniyatlari, ishonchli sotish kanallarining mavjudligi ham ta’sir ko`rsatadi. Shuni ham ta’kidlash lozimki, harqanday maqsadga erishish korxonaning haqiqiy imkoniyatlaridan kelib chiqib belgilansa, rahbariyat va ishchi-xodimlar o`rtasida to`liq anglab yetilsagina, uni amalga oshirish oson kechadi. Demak, sanoat mahsulotlari marketing o`ziga xos xususiyatlariga ega bo`ladi.

Bular quyidagilar:


  • sotish va xarid qilishning katta hajmda ekanligi;

  • mahsulotlarning texnika jihatdan ancha murakkabligi;

  • xaridorlarning katta tavakkal qilishlari;

  • sotib olish davrining bir muncha uzunligi;

  • sotib olish haqida qaror qabul qilish jarayonining bir qadar murakkabligi;

  • oldi-sotdi ishlarning uyushgan bozorlarda amalga oshirilishi va h.k.

Sanoat marketing xususiyatlarini belgilovchi omillardan biri sanoat tovarlarining texnik jihatdan ancha murakkabligidir. Darhaqiqat mashinasozlik tarmog`ida ishlab chiqarilgan mahsulotlar, iste’mol tovarlariga nisbatan texnik jihatdan murakkabligi bilan ko`zga yaqqol tashlanadi. Bu hol sanoat marketing xodimlaridan o`z sohalari bo`yicha maxsus bilimli, texnika, ilm-fan yutuqlaridan doimo xabardor bo`lishlarini, o`z malakalarini oshirib borishni talab qiladi. Shu yo`nalish bo`yicha olib brogan marketing tadqiqotlarimiz shuni ko`rsatadiki, respublikamizda “sanoat dizayni”ga bo`lgan e’tibor, uning rivojlanish holati va assotsiatsiya tarkibiga kiruvchi korxonalar eksport salohiyati orasida ma’lum bog`liklik mavjud ekan. O`tkazilgan marketing tadqiqoti natijasida shu narsa aniq bo`ldiki, “sanoat dizayn” tushunchasi maxsus dizaynerlar va korxona rahbarlari tomonidan turlicha talqin qilinar ekan. Masalan, dizaynerlar fikricha “sanoat dizayni” – bu: - estetik va ergonomic talablarga mos keluvchi tovarlarni loyihalashtirish; - ommaviy ishlab chiqariluvchi tovarlar dizayni.

Kelgusida sanoat dizaynining rivojlanishiga ta’sir ko`rsatuvchi omillar sifatidagi fikrlar bildiriladi: “sanoat dizayn”nib o`yicha oliy o`quv yurtlarida mutaxassislar tayyorlashni yo`lga qo`yish va ta’lim sifatini oshirish; -sanoat korxonalari rahbarlarining sanoat dizayniga bo`lgan e’tiborni yanada kuchaytirish. Yuqoridigilarga qo`shimcha qilib shuni ta’kidlash joizki, bizning fikrimizcha, mashinasozlik tarmog`ida sanoat dizaynini kelgusida rivojlantirish va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni yo`lga qo`yish uchun quyidagilarni amalga oshirish maqsadaga muvofiq bo`ladi:

-mashinasozlik tarmog`ida sanoat dizaynini rivojlantirish bo`yicha yagona davlat dasturi ishlab chiqish;

-davlat tomonidan qo`llab-quvvatlash va kapital qo`yilamalarni ko`paytirish;

-sanoat dizayni sohasida huquqiy tizimni yaratish;

-dizaynerlar ishlanmalarini standartlashtirishni yo`lga qo`yish. – “sanoat dizayni”ga bag`ishlangan xalqaro va respublika miqiyosida ilmiy-amaliy anjumanlar tashkil qilish.



Yuqorida sanab o`tilgan muammolarni bartaraf qilish jadal ravishda faol marketingga o`tish orqali innovatsion iqtisodiyotni shakillantirishga hamda korxona eksport salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.
Download 25.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
axborot texnologiyalari
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
guruh talabasi
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
toshkent axborot
nomidagi samarqand
haqida tushuncha
toshkent davlat
ta’limi vazirligi
xorazmiy nomidagi
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
tashkil etish
Toshkent davlat
rivojlantirish vazirligi
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
sinflar uchun
pedagogika universiteti
bilan ishlash
таълим вазирлиги
Nizomiy nomidagi
maxsus ta'lim
o’rta ta’lim
tibbiyot akademiyasi
ta'lim vazirligi
fanlar fakulteti
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
fanining predmeti
махсус таълим
umumiy o’rta
Referat mavzu
haqida umumiy
fizika matematika
ishlab chiqarish
Navoiy davlat
universiteti fizika
Buxoro davlat
Fuqarolik jamiyati
pedagogika fakulteti