KAZUSLAR:
1. Сиз онгли равишда ўз ривожланишингиз йўналишларини танлар экансиз, ана шу ривожланиш мақсадингизга эришиш учун зарур бўладиган вазиятлар ва воқеаларга кўпроқ эътибор бера бошлайсиз. Сиз айнан ўзингизга керакли бўлган йўналишда ривожланиш учун зарур тажрибани тўплашга ҳаракат қиласиз. Шундай қилиб, сиз оқим бўйлаб сузмайсиз, балки ўзингиз хоҳлаган томонга, ҳам аввалдан режалаштирилган одимлар билан, ҳам профессионал фаолиятингизда вужудга келадиган янги имкониятлардан фойдаланган ҳолда интиласиз.
Айтинг-чи, одамларга ривожланишлари учун нималар халақит беради? Ўз шахсий ҳаётингиздан мисоллар келтиринг.
MANTIQIY SAVOLLAR:
1. Инсонлараро мулоқот кўникмаси барча инсонлар учун муҳимдир, чунки инсон ўз моҳиятига кўра доимий мулоқотга эҳтиёжи бўлган ижтимоий мавжудотдир.
Бунда Сиз ўзингиз учун ҳамкасбларингиз, курсдошлар ва ўқитувчиларингиз билан яхши муносабатларни йўлга қўйишнинг асосий жиҳатларини аниқлаб олишингиз лозим. Агар Сизнинг ҳамкасбингиз ёки курсдошингиз билан мулоқотингизда зиддият кузатилса, уни қандай бартараф этасиз? Бошқа одамга мураккаб ва ноодатий маълумотни қандай етказган бўлардингиз? Ўзингиз учун унчалик ёқимли бўлмаган инсон билан яхши муносабат ўрнатган ҳолатни ёритиб беринг.
2. Муваффақиятга эришган ишбилармонлар ўз вақтларини келгусида уларни янги билимлар, ижодий қарорлар ва куч-қувват билан таъминлайдиган нарсаларга сармоя қилишади. Дастлаб уларнинг муваффақияти сезилмаслиги мумкин, бироқ, охир-оқибат, узоқ муддатли сармоялар самараси ўлароқ, улар мисли кўрилмаган чўққиларни забт этишади.
Сиз вақтингизни бошқариш бўйича қандай усул ва ёндашувлар ҳақида маълумотга эгасиз ва улардан қайсиларини амалда қўллаяпсиз?
1.Muloqot-shaxslararo munosabatlarning asosiy ko’rinishi bo’lib, uning yordamida odamlar bir-birlari bilan o’zaro ruhiy jihatdan aloqaga kirishadilar, o’zaro axborot almashadilar,bir-birlariga ta'sir o'tkazadilar, bir-birlarini his qiladilar va tushunadilar.Zamonaviy dunyoni muloqot va munosabatlarsiz tasavvur qilib bo’lmaydi.Odamlar bilan muloqot qilishni bilishning hayot uchun ijobiy tomonlari ko’p.Muloqot orqali biz juda ko’p narsalarga erishishimiz, yoki aksincha bo’lishi mumkin.Muomala qilishni biladigan insonlar yaxshi natijalarga ko’p va tez erishadilar.Bunday insonlar doimo o’z hayotlaridan mamnun bo’lishadi.Suhbat qura olish qobiliyati munosabatlarda, mansab va do’stlikda yordam beradi.Xuddi shunday ekan , biz muloqotimiz davomida iloji boricha hech kim bilan ziddiyatlarga bormaslikka harakat qilishimiz kerak.Ammo qars ikki qo’ldan chiqqani kabi muloqotning qanday tarzda davom etishi faqat bir ishtirokchiga emas balki, shu muloqot davomidagi barcha qatnashchilarga bog’liq bo’ladi.Men xuddi shunday holatlarga duch kelgan paytim u inson bilan bahslashishni to’xtataman va o’zim ham u ham o’zini bosib olganidan keyin yana yaxshi so’zlar bilan muloqotni tiklashga harakat qilaman.Boshqa insonlarga noodatiy va murakkab bo’lgan ma’lumotlarni ,yani unga salbiy ta’sir qiladigan axborotni yetkazishimga to’g’ri kelsa ,undan avval ishlari, o’qishi,sog’lig’i va yana shunga o’xshash ba’zi savollarni beraman,keyin esa unga bir yaxshi bo’lmagan xabarni yetkazmoqchi ekanimni ,ammo buni yetkazishdan oldin o’zini bosib olishi kerakligi haqida va’dasini olaman shunda murakkab bo’lgan xabarni yetkazishimdan oldin suhbatdoshimga sal bo’lsada qizishib ketish ehtimoli pasayadi.Hayotda shunaqa vaziyatlar bo’ladiki, inson o’ziga yoqmaydigan odam bilan yaxshi muomala qilishiga to’g’ri kelib qoladi.Xususan menda ham bunaqa vaziyatlar bo’lgan .Men o’sha muloqotga kirishimdan oldin o’zimni ruhiy jihatdan tayyorlayman ,ya’ni o’zimga quyidagi savollarni beraman:
-Bu suhbat men uchun qanchalik ahamiyatli;
-Agar hozir suhbatdoshim bilan ziddiyatga borib qolsam keyin nima oqibatlar sodir bo’ladi;
-Gapni nima bilan boshlasam muloqotimiz ijobiy kechishi mumkin;
2. Ko‘pchiligimizning yashash sur’atini xotirjam va bir maromdagi deb atash qiyin. Yugur-yugur ko‘pligidan vaqt yetishmasligi barchamizga tanish holat. Stress yoki, undanam yomoni, surunkali charchoq qurboniga aylanmaslik uchun, albatta vaqtni to‘g‘ri taqsimlay ola bilish lozim. Vaqtni boshqarishning eng oddiy usuli reja tuzishdir. Xo‘sh, reja qanday tuziladi?
1. Kundalik reja tuzing
Hayotda muvaffaqiyatga erishgan kishilar reja tuzishga ko‘p vaqt ajratadi. Kundalik reja unumdorlikni oshirish va vaqtni samarali boshqarish garovidir.
2. Rejalarni qog‘ozga tushiring
Qilinadigan ishlar ro’yxati sizga xarita bo‘lib xizmat qilsinki, siz belgilangan maqsad sari yo‘ldan adashmang.
3. Kechqurun reja tuzib qo‘ying
Har kuni kechqurun ertangi kun vazifalarini belgilab oling. Tongda turiboq, mo‘ljallangan ishlarga kirishing.
4. Muhim narsalarni ajrata biling
Time-management’ning vazifasi vaqtida asosiy ishni aniqlashdan iboratdir. Birinchi darajali vazifalarni keyingi darajadagilardan, muhim ishlarni keraksiz ishlardan ajrata biling. Ro‘yxatdagi ishlaringiz tartibi ularning darajasiga bog‘liq bo‘lsin.
5. “Yo‘q” deyishni o‘rganing
Siz uchun muhim vazifalar ro‘yxatida bo‘lmagan ishlarni rad etish va “yo‘q” deyishni o‘rganing.
6. Vaqtingizni “yeydigan” narsalardan qutuling
O‘z ish vaqtingiz va bo‘sh paytingizni nimalarga sarflayotganingizga e’tibor bering. Vaqtingizni “yeb” qo‘yayotgan mashg‘ulotlardan (masalan, kursdoshlar bilan yangiliklarni muhokama qilish, maqsadsiz televizor ko‘rish, ijtimoiy tarmoqlarda ko’p vaqtni behuda sarflash) xoli bo‘lishga harakat qiling. Bunday keraksiz mashg‘ulotlar ro‘yxatini tuzib, “Bularni boshqa hech qachon qilmayman” degan sarlavha qo‘yish yodingizdan chiqmasin :-)
Shuni unutmangki, birinchi o‘rinda Siz va Sizning hayotingizdagi muhim odamlar turishi kerak. Bu uchun o‘z samaradorligingiz ustida ter to‘ksa arziydi.
Kazus
3.Insonga rivojlanishi, uning maqsadlariga erishishi uchun o’zidan boshqa hech kim yo hech narsa xalaqit bermaydi deb o’ylayman.Chunki agar insonda aniq maqsadlar bo’lsa,o’ziga ishonsa va eng muhimi harakati bo’lsa, u inson aynan o’zi ko’zlagan maqsadlarga erisha olmasligi mumkin, ammo ko’p narsalar qila oladi va eng muhimi bunday insonlar hayotlaridan mamnun holda yashashadi ,chunki ularda maqsad va harakat bor,shu ularni doimo oldinga siljishga , hayotdagi zarbalar bardoshli bo’lishga undaydi.Agar insonda aniq maqsadlar va bir qancha orzular bo’lsayu harakat bo’lmasa, bu inson xuddi qo’lini suvga tiqib, og’ziga suv kelishini kutayotgan odamga o’xshaydi.Agar harakat va ishtiyoq bo’lsayu, aniq maqsad bo’lmasa bu inson ham boshqalar gapiga kirib o’z harakatlarini amalga oshiradi ba’zi narsalarga erishishi mumkin, ammo hayotidan hech qachon mamnun bo’lmaydi.Bunday odamlar ko’pincha boshqa insonlarning muvaffaqiyatlari uchun xizmat qilishadi
Do'stlaringiz bilan baham: |