Manim oftoblarim, manim oylarim, Toshbitigim Oʻrxun-Enasoylarim



Download 18 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi18 Kb.
#202853
Bog'liq
Manim oftoblari


Manim oftoblarim, manim oylarim,

Toshbitigim – Oʻrxun-Enasoylarim.

Faqat yuragimga ayon oʻronim*,

Ona tilim – jonim Oʻzbekistonim.

Bu jahon ichinda bir jahon tilim,

Otajon tilimdir, onajon tilim.

Olis-olislardan kelgan dardlarim,

Mahmud Qoshgʻariydan meros xatlarim.

Olam aro mening shajaram, koʻrkim,

Ildizim – “Devoni lugʻotit turk”im.

Ruhim eshigini kelgaydir ochib,

Oʻn asr naridan Yusuf Xos Xojib.

Soʻzlar ganji birlan toʻqdir iligim,

“Qutadgʻu bilig”dir qutlugʻ biligim.

Ne uchun toliblar boʻlmasin zakiy,

Oʻzi til oʻrgatsa Ahmad Yugnakiy.

Haqning tuhfasiga tomm loyiqdir ul,

Anglasang, “Hibat ul haqoyiq”dir ul.

Paygʻambar hadisi – neʼmatlarga boq,

Undan bahra olgan hikmatlarga boq.

Kim Ahmad Yassaviy soʻzini bilmish,

Haqni, Rasulini, oʻzini bilmish.

Bizlarga Tangrining atoyi – tilim,

Mavlono Lutfiyyu Atoyi tilim.

Bitgaydir ichimni toʻldirgan hasrat,

Tavajjuh qilsalar Navoiy hazrat.

Bori tillar ichra rutbam tayindir,

Bu “Muhokamat ul lugʻotayin”dir.

Qoʻlimdan qoʻymayman “Boburnoma”ni,

Vatanga muhabbat – taqdir nomani.

Yuragimga yuqqan dard-ohi bilan,

Hayotim nurlidir Ogahiy bilan.

Oshiq dil maqsudu matlabi undan,

Tarjima sanʼatin maktabi undan.

Vatan, til mangudir, kishi bor – oʻtar,

Qay dilda shu soʻz bor – u Avaz Oʻtar.

Vosita, robita, olamiyon – til.

Bani odamga jon, foida kon – til.

Daraxtdan uzilgan yashil barglarim,

Oh, juvonmardlarim – juvonmarglarim.

Hayotim toʻlagan oʻlponlarimdir –

Fitratu Qodiriy, Choʻlponlarimdir.

Millatning, Vatanning joni til bilan,

Shuhrati, shavkati, shoni til bilan.

Hayot yoʻli bizga oina – ibrat,

Behbudiy, Sidqiyu Isʼhoqxon Ibrat.

Bildim, iymon uchun zoʻr qoʻrgʻon – tilim,

Yoʻlim ham, dilim ham charagʻon tilim.

Tilga xiyonatni kechirmaydi dil,

Elga xiyonatni kechirmaydi el.

Tilga sadoqat bu – elga sadoqat.

Elga sadoqat bu – tilga sadoqat.

Manim Mahshargacha ravon yoʻlim bu,

Olam ayvonida mangu tilim bu.



Yuragim tarannum etgan bayotman,

Turkiy tilim bordir, men barhayotman.
Download 18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish