Mamlakatimizda investitsiyalarning keng joriy etilishi milliy iqtisodiyotimizni jadal rivojlantirishning asosi



Download 20,97 Kb.
bet1/2
Sana28.09.2022
Hajmi20,97 Kb.
#850622
  1   2
Bog'liq
maqola


Mamlakatimizda investitsiyalarning keng joriy etilishi milliy iqtisodiyotimizni jadal rivojlantirishning asosi

Hozirgi kunda dunyo globallashuv jarayonini boshidan kechirmoqda va barcha mustaqil davlatlar, xususan, O'zbekiston ham o'zining milliy iqtisodiyotini shunga mos ravishda rivojlantirib bormoqda. Mamlakat iqtisodiyotining o'sishi bu ishsizlikning kamayishi, mamlakatlarda qashshoqlikning pasayishi va aholi turmush darajasining yaxshilanishi bilan mutanosib holda ahamiyat kasb etmoqda. Iqtisodiy o'sishni jadal sur'atlarda o'sishini ta'minlashda xususiy sektorlarning o'rni beqiyosdir.


Investitsiyani jadal rivojlantirishga barcha davlatlar muhim iqtisodiy jarayon ekanligini inobatga olgan holda uning huquqiy asoslarini yaratish bo'yicha bir necha qadamlarni ildam tashlay oladilar. Jumladan, O’zbekiston Respublikasi qonunlarida ham mustahkamlab qo'yilgan. Davlat investitsiya faoliyati subyektlarining huquqlarini kafolatlaydi. Davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari investitsiya subyektlarining qonunchilikka muvofiq amalga oshirilayotgan faoliyatiga aralashishga haqli emas[1].
Investorlarning nafaqat ijtimoiy huquqlari balki, ularning iqtisodiy huquqlari ham mustahkamlab qo'yildi. Investitsiya faoliyati subyektining investitsiya faoliyati natijasida olingan daromadlari soliqlar va to’lovlar to’langanidan keyin uning xohishiga ko’ra reinvestitsiya qilinishi yoki ulardan boshqa har qanday usulda foydalanilishi mumkin.
Investorlarga soliqlar va to’lovlarni to’lash sharti bilan chet el valyutasidagi mablag’larni O’zbekiston Respublikasiga va O’zbekiston Respublikasidan cheklovlarsiz erkin o’tkazish, shu jumladan valyutani repatriatsiya qilish uchun ayirboshlash kafolatlanadi[3]. Bu esa investitsiya faoliyatidagi eng katta imtiyozlardan birdir.
O’zbekistonning iqtisodiyotida investitsiyalarning o'rni va ahamiyati haqida olimlarimizning quyidagi fikrlarini ta'kidlab o'tish joizdir: Sh.Shodmonov va U.G‘afurov [5] larning fikricha, “Investisiyalar – asosiy va aylanma kapitalni qayta tiklash va ko‘paytirishga, ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirishga qilingan sarflarning pul shaklidagi ko‘rinishidir”. Mamlakatimizning investitsion muhiti haqida D. G’ozibekov [6] esa quyidagicha baholaydi: “O‘zbekiston Markaziy Osiyoning chorrahasida joylashgan bo‘lib, samarali mintaqaviy hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, mintaqaviy va transmilliy loyihalarda ishtirok etish uchun qulay transport koridorlariga ega mamlakatdir”.
Mamlakatimizda 2022-yilgi budjet parametrlarini tasdiqlash mobaynida O'zbekiston Respublikasi nomidan va O’zbekiston Respublikasining kafolati ostida tashqi qarzni jalb qilish bo'yicha yillik imzolanadigan yangi bitimlarning cheklangan hajmi 4,5 mlrd AQSH dollari, shundan budjetidan qo'llab-quvvatlash va loyihalarni amalga oshirish bilan bog'liq bo'lmagan chora-tadbirlarni moliyalashtirish uchun --- 2,5 mlrd AQSH dollari, investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun --- 2,0 mlrd AQSH dollari miqdorida belgilash rejalashtirildi.
2022-yilning yanvar-mart oylari oralig'ida investitsiyalar dasturi doirasidagi 1120 ta investitsion loyihalar amalga oshirilmoqda. Yana shuni ham ta'kidlab o’qish kerakki, mamlakatimizda o'tkazilgan Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida 7,8 mlrd AQSH dollarlik aniq shartnomalar va investitsiyaviy bitimlar paketi imzolandi. Shuningdek, qiymati 3,5 mlrd dollarlik shartnomalar imzolash yuzasidan birinchi qadamlar tashlangan.
O'zlashtirilgan investitsiyalarning o’sish sur’ati 2019-yilda 38,1% o'sgan, 2020-yilda esa 4,4%ga pasaygan, 2021- yilning hisobot davriga nisbatan esa 5,2% ga ortgan. 2019-yildagi pasayishga asosiy sabablardan biri koronavirus pandemiyasi iqtisodiy beqarorlik hisoblanadi. 2020-yil mobaynida elektrotexnika sanoati (2019 yilga nisbatan o‘sish -13 barobar), qurilish materiallari ishlab chiqarish (o‘sish -3,6 barobar), AKT (o‘sish - 3,5 barobar), oziq-ovqat sanoati (o‘sish- 1,5 barobar), kimyo sanoati (o‘sish -1,3 barobar) va to‘qimachilik sanoati (o‘sish -1,6 barobar) ham o‘sish dinamikasini ko‘rsatib, ichki va tashqi investitsiyalarning iqtisodiyot uchun qanchalik muhimligini amaliy misoli bo'ldi.

Download 20,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish