«Unitel» MChJ 2006 yil 12 sentyabrdan boshlab Beeline Uzbekistan savdo belgisi ostida xizmat ko'rsatib kelmoqda. Beeline Uzbekistan – bosh qarorgohi Amsterdamda (Gollandiya) joylashgan VEON xalqaro telekommunikatsiya xoldingi tarkibiga kiradi.
VEON – bu 10 ta mamlakatda 210 milliondan ortiq abonentga ega global telekommunikatsiya va internet xizmatlarini yetkazib beruvchi kompaniya. Uning aksiyalari NASDAQ va Euronext Amsterdam fond bozorlarida ro'yxatga olingan.
Beeline Uzbekistan da 1,7 mingdan ortiq hodim faoliyat yuritadi. 2006 yildan boshlab, O'zbekiston bozoriga kirganidan beri, VEON mamlakat telekommunikatsiya sanoatiga 1,2 milliard dollardan ortiq mablag' kiritdi.
Beeline savdo belgisi O'zbekistondagi faoliyati davomida 1,8 milliard dollardan ortiq miqdorda soliq to'lagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |