Maktabgacha ta’limyoshidagi bolalalar shaxsini barkamol qilib tarbiyalashda milliy urf odatlardan foydalanish mundarij a


Ma’naviyat xonasini tashkil etish



Download 55,95 Kb.
bet12/14
Sana05.01.2021
Hajmi55,95 Kb.
#54797
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
MAKTABGACHA TA’LIMYOSHIDAGI BOLALALAR SHAXSINI BARKAMOL QILIB TARBIYALASHDA MILLIY URF ODATLARDAN FOYDALANISH

Ma’naviyat xonasini tashkil etish. Maqsad: tarixiy siymolar, Prezident, madhiya, bayroq, gerb, haqida qisqacha ma’lumot berish. Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari milliy g‘urur tushunchasini anglashining ahamiyati kattadir. Milliy g‘urur tushunchasini anglashning tiklanishi esa, o‘z navbatida, mustaqil jamiyatimizning ijtimoiy iqtisodiy, siyosiy, madaniy-ma’naviy zaminlarining mustahkamlanishiga sabab bo‘ladi. Bu hikmatli so‘zlar bir qarashda ota-onalarga qarata aytilgan fikrdek tuyuladi. Biroq, uning mantiqiy ma’nosi pedagog-tarbiyachilar faoliyati bilan bog‘liqdir.

Shuningdek, maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyachilari, muassasada tarbiyalanayotgan bolalar bilan o‘z farzandlari kabi yaqin bo‘lmog‘i lozim. Chunki, ular ham ota-ona, ham pedagog-tarbiyachi vazifasini o‘taydilar. Demak, maktabgacha ta’lim muassasalarida faoliyat ko‘rsatuvchi tarbiyachilar o‘z tarbiyalanuvchilariga nisbatan o‘ta shirinso‘z, muloyim, xushmuomlali va ayni chog‘da, talabchan bo‘lishlari zarur.

Qomusiy olim Al-Beruniy o‘kitishda «o‘quvchining qiziqishi va intilishi hisobga olinishi va muallim o‘z shogirdiga xushmuomalali bo‘lishini ta’kidlaydi».

Sharq mutafakkirlari asrlar mobaynida o‘z ijodi va faoliyatlari bilan yoshlarga ibrat bo‘lib kelishmokda. Ularning qoldirgan badiiy-estetik meroslari, biz tadqiqot-tajriba ishlari olib borayotgan maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida, Vatanga mehr-muhabbat, umuminsoniy, milliy qadriyatlarimiz bilan g‘ururlanish va ularni avaylab-asrash, ravnaq toptirishga intilishlari uchun muhim manbalardir.

Darhaqiqat, sharqona ahloq-odob, vatanparvarlik, insonparvarlik, xalqparvarlik, rostguylik, hiyonat har tomonlama barkamol insonning ma’naviy qiyofasidir. Shuningdek, ma’naviyati yuksak inson xdromdan xalolni farklab olib, haromga, poklik bilan nopoklikni ajratib, nopoklikka, hiyonatdan diyonatni ajratib, hiyonatga, adolatsizlikka qarshi kurasha oladi.

Mutafakkir-olimlar xalqning qadimiy bayram an’analari, marosimlari va ular bilan bog‘lik urf-odatlari haqida o‘z asarlarida qimmatli ma’lumotlar qoldirganlar. Ularda „Navro‘z”, „Mehrjon”, Qurbon xayiti”, „Ramazon xayiti” kabi bayramlar haqida ma’lumot berganlar. Bu bayramlar insonlarni bir-biriga mehr-muruvvatli, xayr-saxovatli bo‘lish, yetim-yesirlar, qarindosh-urug‘lar holidan habar olish, o‘zbekona odatlarimizga sodiqlik, Vatanni sevish va ardoqlash, u bilan g‘ururlanish kabi his-urf odatlarni shakllantirish muhim hisoblanadi.

Bu mutafakkir-olimlar xalqning qadimiy bayram an’analari, marosimlari va ular bilan bog‘liq urf-odatlari Masalan, „Navro‘z" bayramida shirinliklar hadya etish (hayotning shirin bo‘lishini tilash), sovg‘a-salomlar berish, gul sovg‘a qilish (guldek nafis, go‘zal hayot tilash), bir-birlariga suv sepish (suv mul bo‘lsin, hosildorlik yuqori bo‘lsin degan ma’noda) va boshqa urf-odatlar joriy etilgan. Bularning barcha shakllar

muassasasi tarbiyalanuvchilarining milliy urf odatlarni shakllantirishga xizmat maktabgacha ta’lim qiladi.

O‘zbek xalq og‘zaki ijodi (afsona, rivoyat, ertak, doston, maqol, matal, qo‘shiq) namunalari xalkning turmush tarzi, ahloq-odobi, urf-odatlari, an’analari, diniy e’tiqodni o‘zida mujassam etadi. Orzu-umidlarni, mehnatga ijobiy munosabatni, vatanparvarlikni, sadoqatni, erk va ozodlik yo‘lidagi mardonavor kurashni, moddiy va ma’naviy ehtiyojlarni qondirish, kelajakdagi farovon turmushga ishonchni ifodalaydi.

Xalq og‘zaki ijodining qadimiy janrlaridan biri afsonalardir. „Iskandarning shoxi bor”, „Luqmoni hakim”, „Shirin qiz”, „Yolg‘on so‘z siri”,

„Tilla baliq tog‘i” kabi afsonalar azaldan sharq xalqlarining tabiatiga xos mardlik, vatanparvarlik, xalkparvarlik, adolat, erksevarlik, vafodorlik kabi fazilatlarni tarbiyalaydi.

Rivoyatlar esa mavjud hayotiy ma’lumotlarga tayangan holda, badiiy tuqimalar orqali insoniy qadriyatlar, insonning ezgu orzu-umidlari, armonlari, quvonchlari, tashvishlari, g‘am-qayg‘ulari, ehtiroslarini aks ettiradi. Rivoyatlar negizida tarixiy shaxslar hayoti, ma’naviy faoliyati yotadi.

Masalan, Jaloliddin Manguberdi Vatanni tashqi dushmandan himoya qilgan va jonini fido etgan, Amir Temur o‘z xalqi, Vatanning osoyishtaligi, uning milliy g‘ururi yo‘lida jang qilgan, Bobur o‘z Vatanidan yiroqda bo‘lishiga qaramay, o‘z xalqini, Vatanini e’zozlab, ularni qumsab yashagan. Navoiy, Nodira, Uvaysiy kabi mutafakkirlarimizning insoniyligi, buyukligi, Vatanga hurmati, mehr-muhabbatini ifodalovchi qator rivoyatlar mavjud.

Bundan tashqari, Uchtepa, Besh-ariq, Buxoro, Navoiy, Xorazm, Surxondaryo kabi joy nomlari haqidagi rivoyatlar ham maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarining milliy urf odatlarni shakllantirishda va o‘zligini anglatishda muhim ahamiyatga moliqdir.

Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida milliy urf odatlarni shakllantirishda shakllarida, xalq og‘zaki ijodining marosim qo‘shiqlari ham alohida o‘rin tutadi. Marosim qo‘shiqlari insonlarning tabiatga, voqelikka estetik munosabatlarini bildiruvchi tasavvurlari, ishonchlari, orzu-umidlari, ahloqiy qarashlarini shakllantirishga yordam beradi.

Ertaklar esa ta’sirchan janr bo‘lib, bolalarning ruhiy va yosh xususiyatlariga ko‘ra, ma’naviy ongiga, faoliyati mazmuniga, hissiyotiga ijobiy ta’sir etadi. Ertaklarning o‘ziga xos xususiyatlarini aniq bilgan bola unda ko‘tarilgan g‘oyaning asl mohiyatini tushunadi, ertaklarga xos badiiy to‘qimalardagi voqea-hodisalardan hayotiy xulosa chiqarishga o‘rganadi. Ma’lumki, ertaklarning g‘oyaviy yo‘nalishini adolat, jasurlik, qahramonlik, ezgulik, insonparvarlik, farovon hayot, vafo, xalqparvarlik kabi ma’naviy tushunchalar tashkil etadi. Shuning uchun ham momolarimiz, bobolarimiz o‘z nabiralarini doimo ertak bilan siylashgan.

Xalq dostonlari xalq ma’naviy qadriyatlari, an’analari mujassamlashtirilgan xalq og‘zaki ijodi janrlaridan biri bo‘lib, unda musiqa bilan she’riyat uyg‘unlashgan. Dostonlarning g‘oyaviy va ma’rifiy ahamiyati shundaki, ularda yuksak go‘zallikka va baxt-saodatga erishishning birdan-bir yo‘li maqsadlar sari qat’iy intilishdan, sabr-chidam, matonat, mardlik, qahramonlik ko‘rsatishdan iboratdir, degan g‘oya ilgari suriladi. Dostonlarda milliy g‘urur urf odatsi kuylovchi va tinglovchi o‘rtasidagi badiiy-estetik muloqot shakllanadi.

Milliy urf odatlarni shakllantirishda samarali ta’sir etuvchi shakllardan yana biri - latifalar asosida tarixiy voqealar, maishiy hodisalar yotadi. Ziyraklik, o‘tkir hajv, hozirjavoblik, hajm jihatdan ixchamlik, mazmunan teranlik latifalarning asosiy tamoyili hisoblanadi. O‘zbek xalk latifalarining asosiy qahramoni Nasriddin qiyofasi orqali nodonlik, ikkiyuzlamachilik, firibgarlik, munofiqlik, ochko‘zlik, ayyorlik, ishyoqmaslik kabi ma’naviyatga zid illatlar qoralanadi. Go‘zallik, donolik, zukkolik, rosguylik, mehnatsevarlik, mehmondo‘stlik, himmat, mehr- oqibat, saxiylik, ilmlilik, insonparvarlik kabi yuksak qadriyatlar ulug‘lanadi. □

Maqol va matallar esa turli millat kishilarining ma’naviy yetuklik, zukkolik belgisi bo‘lib, ularning tub mohiyatlari, orzu-armonlari umumiyligining ko‘rsatkichlaridir.

Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarda milliy urf odatlarni shakllantirish maqsadida olib borilayotgan tadqiqot - tajriba ishlari jarayonida shu narsa ma’lum bo‘ldiki, milliy turmush tarzimizga yot bo‘lgan “jangari“ o‘yinchoqlar, mul’tfil’mlar, kinofil’mlardan imkon qadar foydalanmaslik, aksincha Sharqona odob va bashariyatning ezgu intilishlarini aks ettiruvchi o‘yinlar, o‘yinchoqlar, rasmli kitobchalar, milliy ertaklar asosida yaratilgan mul’tfil’mlar, bolalardagi ilk yoshlikdan mafkuraviy karashlarning tug‘ri shakllanishida qo‘l keladi.

Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida milliy g‘urur, vatanparvarlik va davlat ramzlari to‘g‘risida tasavvur tushunchalarini aniklashga doir bir necha metodlardan foydalanildi.

So‘rovnoma-suhbat: Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari bilan mashg‘ulotda, milliy g‘urur, vatanparvarlik mavzularida suhbatlar tashkil kilish, tarbiyalanuvchi bilan tarbiyachi o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlab, ularning erkin, mustaqil fikrlash jarayoniga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Mustaqil tafakkurni tarbiyalash bo‘yicha: “Vatanparvarlik o‘z o‘lkasini o‘rganish”, ’’Mustaqil vatanim seni kuylayman”, Yosh avlodni O‘zbekiston madhiyasi, gerbi, bayrog‘i, Konstitutsiyasiga sadoqat ruhida tarbiyalash”, Ona Vatan mustaqil O‘bekistonga sodiq bo‘lish”.

Buyuk siymolar bo‘yicha: Amir Temur, Alisher Navoiy, Ulug‘bek, Mirzo Bobur, Muso Xorazmiy, Ibn Sino, Jaloliddin Manguberdi.

Milliy bayramlar bo‘yicha: “Navro‘z”, „Qurbon hayiti”, “Ramazon hayiti”va h- k.

Pedagog-tarbiyachilar ota-onalar bilan muntazam ravishda suhbatlar, uchrashuvlar o‘tkazishi, ularni bolalarga ta’lim-tarbiya berish bo‘yicha amalga oshiradigan ishining mazmuni, metodlari bilan tanishtirib borishi, oila tarbiyasidagi ijobiy namunalardan o‘zining ta’lim-tarbiyaviy ishida foydalanishi lozim.

Bolalarda mustaqillikni tarbiyalash, madaniy xulq odatlarini shakllantirish, tengdoshlari va kattalar bilan munosabatda bo‘lish, faoliyat madaniyatini shakllantirish, buyumlarga nisbatan ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lishni tarbiyalash, bolalarnnng yoshiga xos bo‘lgan yaxshilik, to‘g‘rilik, haqqoniylik, jasurlik, kamtarlik kabi ahloqiy tasavvurlarni shakllantirish lozim.

Milliy urf odatlarni, xususan yosh avlod qalbiga va ongiga singdirishda jamiyat hayotining barcha sohalarini qamrab olish, ta’lim-tarbiya, targ‘ibot va tashviqotning samarali usul va metodlaridan oqilona foydalanish taqozo etiladi.

Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida milliy urf odatlarni tarbiyalashda ta’lim-tarbiya muassasalari, jismoniy tarbiya va sport, oila muhim o‘rin tutadi.

Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida milliy urf odatlarni shakllantirish asosida ularni ijtimoiy hayotga, oilaviy turmushga jamiyatning faol ishtirokchisi va mustaqillikni, hukukiy fuqarolik asosidagi demokratik jamiyatni mustahkamlash hamda rivojlantirishga xizmat qiladigan barkamol inson kilib yetishtirish birinchi navbatdagi vazifadir.

Ona yurtiga, shahriga, qishlog‘iga bo‘lgan muhabbat dastlabki vatanparvarlik hislarini o‘yg‘otishga asos bo‘ladi. Bolalarni tanishtirish uchun hamma yerda diqqatga sazovor joylari bor. Hamma oilalarda umumxalq bayramlari bo‘lgan navro‘z, hayit va boshqa kunlar keng bayram qilinadi.

Bolalar ham bu bayramlarda qatnashadilar. Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilariga har bir bayram va tantananing ahamiyati ularning yoshlariga mos holda tushuntiriladi. Bu yerda tarbiyachining eng muhim vazifasi - bolalarning hissiyotlariga ta’sir etib, ularda o‘z halqidan, uning qadriyatlarida g‘ururlanish hissini o‘yg‘otish, mehnatsevar odamlarga xurmat urf odatsini tarbiyalashga o‘rgatishdir.


Download 55,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish