Maktabgacha ta'lim vazirligi inklyuziv ta'limni joriy etmoqda



Download 448,84 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi448,84 Kb.
#278743
Bog'liq
Maktabgacha ta
9-Sinf o'quvchilariga xalq hunarmandchilik texnologiyasi bo'limini o'qitishda interfaol metodlardan foydalanish, Тилни қабоҳатли гап, Avstraliya aholisining katta qismi emigrantlar hissasiga to, 2-mavzu sirtqi, 1, 1, C Tajriba ishi №03, C Tajriba ishi №03, YaN MIO'M 2020-2021 3-kurs 300 ta, Mavzu Odamning paydo bo’lishi, ilova-371171100685, topshiriq, Maktabgacha ta’lim tizimining tuzilish tavsifi, O‘zbekistonda maktabgacha ta’limning vujudga kelishi va taraqqiyot bosqichlari.

Maktabgacha ta'lim vazirligi inklyuziv ta'limni joriy etmoqda

2019 yil 15 aprel kuni Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida 369-sonli maktabgacha ta'lim muassasasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi Facebook’dagi sahifasida xabar berdi.



Foto: O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi 

Davlat-xususiy sherikchilik asosida xayriya faoliyati shaklida tashkil etilgan mazkur ta'lim muassasasi birlashtirilgan turdagi birinchi MTM bo‘lib, unga ham sog‘lom tarbiyalanuvchilar, ham jismoniy rivojlanishida turli nuqsonlari bo‘lgan bolalar qatnash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Yakkasaroy tumanida kapital ta'mirlanishdan keyin ochilgan 369-sonli MTM birinchi inklyuziv maktabgacha ta'lim muassasasi bo‘ldi. Birlashtirilgan turdagi MTM ruhiy rivojlanishi sust bo‘lgan bolalar uchun tashkil etilgan guruhlar va umumiy ta'lim guruhlaridan iborat bo‘ladi.

“Inklyuziv ta'lim – ham sog‘lom, ham imkoniyati cheklangan bolalarga birdek kerak. Biz har bir bola bag‘rikeng bo‘lishga o‘rgatish bilan birga inson qadriyatlari uning imkoniyatiga bog‘liq emasligi haqidagi fikrni singdirmoqchimiz. Yoshlik chog‘ida bolaning ruhiy holati ochiq, egiluvchan va o‘zlashtirishga tayyor bo‘ladi. Insonlar orasida turli fe'l va qiyofaga ega insonlar mavjudligiga o‘rgangan bolalar kelajakda o‘zlaridan farq qilgan bolalarga zulm yetkazmaydi. Jismoniy rivojlanishida turli nuqsonlari bo‘lgan tarbiyalanuvchilar uchun MTMga qatnash muloqot qilish ko‘nikmalariga ega bo‘lish imkoniyatini yaratib berib, ularning keyingi ijtimoiy moslashuvini osonlashtiradi. Bolalarning bir-biri bilan uchrashishi faqatgina o‘yin maydoni yoki oshxona bilan cheklanib qolmaydi. Inklyuziya tamoyilini amalga oshirish maqsadida har bir oddiy guruhga uch nafar imkoniyati cheklangan, masalan nutqida og‘ir nuqsonlar bo‘lgan bolalar qatnaydilar. Biz homiylar tomonidan ko‘llab-quvvatlanadigan maktabgacha ta'lim muassasalari soni ko‘payishidan umid qilib qolamiz”, - deydi maktabgacha ta'lim vaziri Agrippina Shin.



Foto: O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi 

Yakkasaroy tumanidagi 369-sonli MTMda psixik rivojlanishda nuqsoni bo‘lgan tarbiyalanuvchilar uchun 7 ta guruh (1 guruhda 15 nafargacha bolalar nazarda tutilgan) hamda inklyuziv yo‘nalishdagi umumiy ta'lim bo‘yicha 7 ta guruh (1 guruhda 25 nafargacha bolalar nazarda tutilgan) ochilishi rejalashtirilmoqda.



Foto: O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi 

Ixtisoslashtirilgan guruhlarga bolalar psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya xulosasi asosida qabul qilinadilar. Ta'lim dasturi “Ilk Qadam” davlat dasturining moslashtirilgan varianti hisoblanib, unga defektolog bilan har kungi mashg‘ulotlar kiritilgan. MTMda shaxsni har tomonlama rivojlantirish uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan: u yerda shifokor ko‘rsatmasi bo‘yicha yakka tartibda va kichik guruh mashg‘ulotlari uchun davolash-jismoniy tarbiya xonasi, jismoniy tarbiya zali, yozgi basseyn, futbol maydoni va logopediya shoxobchasi mavjud, musiqiy ta'lim dasturi esa tuzatish ritmikasi bilan to‘ldirilgan. Shuningdek, maktabgacha ta'lim muassasasida psixolog faoliyat yuritib, bolalar bilan mashg‘ulotlar o‘tkazishdan tashqari ota-onalar va MTM xodimlari bilan konsultatsiyalar ham o‘tkazadi.



Foto: O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi 

Muassasani kapital ta'mirlash va jihozlash ishlari homiylik mablag‘lari hisobidan amalga oshirildi. Yakkasaroy tumanidagi 369-sonli MTM otaliq shaklidagi xayriya faoliyati davlat-xususiy sherikchiligi tarzidagi birinchi loyihadir, bu esa homiylar tomonidan kelgusida muassasaga beg‘araz yordam ko‘rsatilishini nazarda tutadi. 



Foto: O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi 

Ma'lumot uchun: otaliq shaklidagi xayriya faoliyat tarzida davlat-xususiy sheriklikni joriy etish O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2018 yil 5 apreldagi “Maktabgacha ta'lim tizimini yanada rag‘batlantirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3651-sonli qaroriga muvofiq amalga oshirilmoqda. Yakkasaroy tumanidagi 369-sonli MTM hamkorlikning mazkur shaklidagi birinchi maktabgacha ta'lim muassasasi bo‘ldi. 



Toshkent shahri Yakkasaroy tumanidagi 369-sonli MTM 1985 yilda qurilgan. Mazkur muassasa 280 nafar tarbiyalanuvchilarga mo‘ljallangan. 2018 yilning aprel oyida muassasa kapital ta'mirlanishi munosabati bilan yopilgan bo‘lib, ta'mirlash ishlari 2019 yilning 1 aprelida o‘z nihoyasiga yetdi.
Download 448,84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
axborot texnologiyalari
zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
guruh talabasi
nomidagi toshkent
O’zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
toshkent axborot
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
davlat pedagogika
rivojlantirish vazirligi
pedagogika instituti
Ўзбекистон республикаси
tashkil etish
haqida tushuncha
vazirligi muhammad
таълим вазирлиги
toshkent davlat
respublikasi axborot
O'zbekiston respublikasi
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
махсус таълим
vazirligi toshkent
fanidan tayyorlagan
bilan ishlash
saqlash vazirligi
Toshkent davlat
Ishdan maqsad
fanidan mustaqil
sog'liqni saqlash
uzbekistan coronavirus
respublikasi sog'liqni
coronavirus covid
vazirligi koronavirus
covid vaccination
koronavirus covid
qarshi emlanganlik
risida sertifikat
sertifikat ministry
vaccination certificate
haqida umumiy
o’rta ta’lim
matematika fakulteti
fanlar fakulteti
pedagogika universiteti
ishlab chiqarish
moliya instituti
fanining predmeti