Mahalla pdf



Download 20,31 Kb.
Pdf ko'rish
Sana08.08.2021
Hajmi20,31 Kb.
#142514
Bog'liq
mahalla



Insoniyat   mavjudligining  muhim shartlaridan biri- bola  tarbiyasi hisoblanganligi bois, u dunyoga

kelmasdanoq  tarbiyaviy  tadbirlar  boshlab  yuboriladi.  

Shunday    bo‘lsa-da    jamiyatda xulq-atvorida salbiy illatlarga moyil, ijtimoiy me’yorlarni qabul

qilolmaslik xohishi, hatti-harakatlarini nazorat qila olmaydigan bolalarni uchratamiz. Ularni tabiatan

shunday xulq-atvorga ega deb, e’tibordan chetda qoldirish yoki chora-tadbirlar ishlab chiqmaslik

jamiyat uchun kattadan-katta yo‘qotishlarga olib keladi. Shu bois tarbiyasi va xulq-atvorida

o‘zgarishi bo‘lgan bolalarga yordam ko‘rsatuvchi kishilar psixologlar, pedagoglar hisoblanadi.

Chunki tarbiyasi qiyin bolalarda bir qator o‘ziga xos tipik illatlar kuzatiladiki, ular:

*ota-onalar, pedagoglar va boshqa katta yoshdagilar bilan  munosabatda

*o‘rtoqlari, sinfdoshlari va boshqa tengdoshlari bilan  munosabatda

*o‘ziga munosabatda va o‘zini o‘zi tushunishda

*ichki yagonalik, boshqalar bilan do‘stlasha olmasligi

*o‘qishdagi qiyinchiliklarni boshdan kechiruvi kabi  tipik illatlar kuzatiladi.

Ushbu illatlardan bolalarni xalos etish yoki ularning oldini olish uchun qanday psixologik-pedagogik

yordam ko‘rsatish mumkin?!

Uylaymizki, tarbiyasi qiyin bolalarga psixologik-pedagogik yordam ko‘rsatishning o‘ziga xos tartibi

bo‘lish kerak. Bugungi kun psixologik-pedagogik tajribalar tarbiyasi qiyin bolalarga  yordam

ko‘rsatish uchun quyidagi tartibda ish tutishni taqazo etmoqda:

Yosh jihatlariga qarab proflaktika va psixokorreksiya ishlarni boshlash talabi.

Chunki, tarbiyasi qiyin bolalarga o‘smirlik yoshiga xulqdagi buzilishi qat’iy shakllangan bir davrda

proflaktik va korreksion tadbirlarga qo‘l uriladi. Aslida xulq-atvorida rish yaqqol namoyon bo‘lgan

davrida unga chora ko‘rishni kutib o‘tirmaslik lozim. Shu bois boshlang‘ich maktab yoshdayoq

maqsadli proflaktika va psixokorreksiya ishlarini boshlash maqsadga muvofiq. Balki undanda oldin.

Ishni differensial va individual tashkil etish.

Bunda bolalarning tarbiyaviy-proflaktik jarayonda yosh va jinsiga qarab differensial hamda ularni

har birini individual xususiyatlarga qarab ishni rejalashtirish.

Yordam faoliyatida xilma-xillikni ta’minlash, ya’ni vaziyat, shart-sharoitga qarab usullar, vositalardan

keng foydalanish.

Insoniylik munosabati bilan yondoshish.

Bolalar bilan ishlayotganda ularni har bir toifasiga qanday millatga xosligi, dunyoqarashi, dinidan

qat’iy nazar uning qiziqishlarini hisobga olib, unga ochiq  ko‘ngillik va o‘ziga ishonch ortirish yo‘li

bilan munosabat o‘rnatish lozim.

Mintaqaviy xususiyatlarni hisobga olish.

Tarbiyasi qiyin bolalar bilan tarbiviy-proflaktik tadbirlarni o‘tkazish jarayonida ularni

ijtimoiy—madaniy va iqtisodiy vaziyatlarga tayanib, u tashkil etilayotgan mintaqaning xususiyatlarini

hisobga olish lozim.

Albatta, yuqorida sanab o‘tilgan talablar umumiydir, ammo tarbiyasi qiyin bolalar bilan ishlayotgan

vaqtda ularga psixologik-pedagogik yordam ko‘rsatish  uchun bir qator uslub va amallardan

foydalanishni bilish lozim.

Tarbiyada ta’sir ko‘rsatish usullariga ya’ni taqdirlash va jazolash yo‘llariga alohida e’tibor beriladi.

Tarbiyasi qiyin bolalar bilan ishlash jarayonida ham pedagog-tarbiyachilar ulardan samarali

foydalanishlariga to‘g‘ri keladi. Taqdirlash bola xatti-harakatlarida ijobiy  sifatlarni  tarkib topishi va

mustahkamlanishi uchun, jazolash esa ixtiyor etilmaydigan salbiy xususiyatlarni   oldini olish va

ulardan ogoh etish maqsadida foydalaniladi. Jazolash adolatli  va bolaning shaxsini kamsitmagan

holda samarali tashkil etilishi zarur.

Tarbiyaviy vositalar orasida tarbiya amallari borki, ularni samarali qo‘llash ijobiy natijalarga olib

keladi.

Tarbiya amallari tarbiya uslublarining tarkibiy elementlari bo‘lib, ular bolaga ta’sir samaradorligini

ta’minlashga yordam beradi. Biz tarbiyasi qiyin bolalar bilan ishlash jarayonda  mutaxassislar bir

qator tarbiya amallaridan foydalanishlari o‘rinlidir deb hisoblaymiz. Tarbiya amallari

Bizning izlanishlarimiz va kuzatishlarimiz  tarbiya amallarini maqsad va yo‘nalishidan kelib  chiqqan



holda ularni quyidagi uch guruhga  ajratishimiz.

Birinchi guruhga  tarbiyachining tarbiyalanuvchiga murojaat etishi orqali uning shaxsiy ehtiyojlarini

aniqlash yordamida tashkil etiladigan amallar.

Bu amallar toifasiga yordam ko‘rsatishga ehtiyojni aniqlash kiradi.  Tarbiyachi tarbiyalanuvchiga

maslahat ma’nosida murojaat qilib,  o‘z    muammolari haqida so‘zlab berishini so‘raydi va shu

asnoda muammoning yechish yo‘llarini topadi.

Yaxshi xatti-harakatlarga yo‘nalish berish amalidan tarbiyachilar tarbiyalanuvchilarga yordam zarur

bo‘lganda ko‘mak beradilar. Bunda ijobiy xatti-harakatlarga alohida urg‘u beriladi.

Hayot  istiqbolini belgilashga ko‘maklashish amali.  Pedagog suhbat jarayonida tarbiyalanuvchining

hayot rejalariga aniqlik kiritadi. Shundan so‘ngra tarbiyalanuvchining rejalarini amalga oshirishiga

ko‘mak beriladi.

O‘zi va boshqalar haqida so‘zlab berish amali. Tarbiyalanuvchiga o‘tgan kunlari haqida  hikoya

yozish tavsiya etiladi. Shundan so‘ngra ularga boshqacha yashash mumkinligi haqida

suhbatlashiladi.

Mening idealim. Suhbat jarayonida tarbiyalanuvchilarning ideali aniqlanadi va uning ijobiy axloqiy

sifatlari ajratilib baholanadi.

Tarbiyalanuvchilar uchun ertak. Bu ertakterapiya g‘oyalarini bajarish uchun foydalaniladi.

Tarbiyachilar qahramonlar tarbiyalanuvchilarga va ularning atrofdagilariga o‘xshagan kishilar

ishtiroki to‘g‘risida  ertak tuzadilar. Ertak oxirida pedagog va o‘quvchilar o‘zaro mulohaza

yuritadilar.

Ikkinchi guruhga guruhiy faoliyatni tashkil etishga asoslangan tarbiya amallarini kiritish mumkin.

Ushbu toifa tarbiya amallaridan biri fikrlar estafetasi bo‘lib, o‘quvchilar berilgan mavzu bo‘yicha

zanjirsimon tarzda biridan keyin ikkinchisi  so‘zlaydi, bir-birini to‘lg‘azadi, aniqlik kiritiladi.

O‘zini o‘zi ruhlantirish amali. O‘quvchilar guruhlarga ajralib, bir-biriga ma’lum savollar bilan

murojaat qiladilar, Berilgan savol va javoblar solishtirilib, so‘ngra muhokama qilinadi.

Erkin mavzuda suhbatlashish amali. Bunda har bir tarbiyalanuvchi o‘zi qiziqadigan biror mavzu

bo‘yicha hikoya tuzadi va guruhdagilarga hikoya qilib beradi.

Uchinchi guruhga o‘qituvchilarning o‘quvchilarga atrofidagi muhitni o‘zgartirishga yo‘naltirilgan

tashkiliy faoliyatlariga qaratilgan amallar kiritiladi.

Ko‘rsatma berish amali. Tarbiyalanuvchilarga muomalaga va xulq-atvor qoidalariga tayanib, berilgan

topshiriqlarni bajarish so‘raladi. Tarbiyalanuvchilar o‘yin qoidalariga muvofiq o‘z mulohazalarini

bildirishlari mumkin. Takliflar jarayonida har bir tarbiyalanuvchining mavqyeini himoyalash inobatga

olinadi.

Rollarni taqsimlash amali. Ushbu tarbiya amalida tarbiyalanuvchilar  berilgan mavzuni bilishiga

qarab rollar taqsimlanadi va ular  topshiriqni bajarishi so‘raladi.

Bundan tashqari uchinchi guruhda topshiriqlarga tarbiyalanuvchilar ijodiy yondashtirish maqsadida

har xil obrazli o‘yinlar tarzidagi amallardan foydalanish mumkin.

Umuman bola tarbiyasida har bir kichkintoyga shaxs sifatida qarab, fazilatlaridan kelib chiqib



amallarni bajarishga yo‘naltirish, har biriga e’tiborni kuchaytirish va amallar doirasini kengaytirish

lozim.

Download 20,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish