Magnit maydon. Magnit maydon enerdiyasi va zichligi. Moddaning magnit maydoni.
Reja:
1. Magnit maydon
2. Magnit maydon energiyasi va zichligi
3. Moddaning magnit maydoni
Magnit maydon
Magnit maydoni bu biz magnit kuchni tasvirlashda foydalanadigan tushuncha boʻlib, u kosmosda va magnitlangan jismlar atrofida hosil boʻlib taqsimlanadi. Koʻpchiligimiz kundalik hayotda magnitlangan jismlar bilan tanishmiz va ular orasida taʼsir kuchlari boʻlishi mumkinligini bilamiz. Biz magnitlarning ikkita qutbga ega ekanini va ikkita magnitning joylashish vaziyatiga qarab ular tortishishi (qarama-qarshi qutblar) yoki bir-birini itarishi (oʻxshash qutblar) mumkinligini koʻrganmiz. Bu hodisa magnit atrofidagi maʼlum bir sohada kuzatiladi. Ushbu soha magnit maydonni tasvirlaydi.
Tarixiy sabablarga koʻra, magnitning bir tomoni “shimoliy” va boshqasi “janubiy” qutb deb olinadi hamda kuchlanganlik chiziqlari ularga mos qilib chiziladi. Magnit maydon kuch chiziqlari shimoldan janubga yoʻnalgan deb olinadi. “N” va “S” harflari odatda magnit maydonni hosil qiluvchi manbaning chetlariga qoʻyiladi, biroq bu nuqtalar xayoliy va hech qanday oʻzgacha xususiyatga ega emas.
Mаgnit оqimi. Biror sirtni kesib o‘tayotgan magnit maydon kuch chiziqlarini tavsiflashda magnit maydon oqimi degan tushuncha kiritilgan.S yuzadan o‘tayotgan magnit induksiya oqimi deb, magnit induksiya vektorning yuzaga ko‘paytmasiga aytiladi: Magnit oqimi Ф harfi bilan belgilanadi. Ta’rifga ko‘ra, magnit oqimi ifodasini quyidagicha yozamiz: Ф=B· ΔS,
Ba’zan energiya zichligi tushunchasidan ham foydalaniladi. Hajm birligidagi energiya miqdoriga son jihatidan teng kattalik energiyaning hajmiy zichligi deb yuritiladi. Energiya zichligini bilgan holda istalgan nuqtadagi energiya aniqlanishi mumkin.